Co-Learning Center – Telegram
Co-Learning Center
540 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
🚀 Tez kunlarda start oladigan oflayn kurslarimizni intizorlik bilan kutyapsizmi? Siz yolg‘iz emassiz! Bizning tajribali o‘qituvchilarimiz ham o‘z bilim va ko'nikmalarini ulashishga tayyor. Keling ular safi bilan yaqindan tanishtiramiz:

1️⃣ Backend lektor Xaitmetova Xojarbu

Colearning Academy’dagi onlayn IT darslari bilan tanilgan Python va Backend dasturchisi.

2️⃣ Frontend lektor Shahzod Qudratov

Matn.uz, birgayengamiz.uz, faxriylar.uz kabi yirik loyihalarida frontend boʻyicha oʻzining professional faoliyati bilan hissa qoʻshgan.

3️⃣ Grafik dizayn - lektor Murodxoʻja Muratov

Project Managers kompaniyasi bosh dizayneri. Yirik brendlar bilan ishlashda katta tajribaga ega.

4️⃣ SMM va Copywriting: Mahin Nursaidova va Sadriddin Abdurahimov - SMM bo‘yicha yetarli tajriba va bilimga ega mutaxassislar.

#CLC #INHA #courses #staytuned

@colearninguz
👍1
CoLearning Center’ning yangi kurslariga qabul o‘z yakuniga yetdi!

🔍 Ayni paytda arizalar ko‘rib chiqilib, nomzodlar Zoom intervyuga taklif etilmoqda. Kuting, markazimiz ma’sullari tez orada siz bilan ham bog‘lanishadi!

@colearninguz
Marhamat, darslarimiz jadvali bilan tanishing

🎉 Va nihoyat, INHA universiteti bilan hamkorlikdagi birinchi oflayn kurslarimizga start berildi. Bugunni oʻzidayoq SMM, Grafik dizayn, Backend yoʻnalishlaridan ilk darslar boʻladi.

Qatnashuvchilarni darslariga kech qolmasdan kelishlarini soʻrab qolamiz 😉

#VaNihoyat #OflaynDarslar

@colearninguz
Ayni kunlarda shiddat bilan davom etayotgan CoLearning Center IT darslarini kuzatib boryapsizmi?

Oʻqituvchilarimiz va dars jarayoni bilan yaqindan tanishishga ulgurdingizmi?

Xabaringiz bor, ITʼning Backend, Frontend, grafik dizayn, SMM va kopirayting yoʻnalishlariga bagʻishlangan kurslarimizning 2-haftasi oʻtmoqda. Dars jarayonlaridan qiziqarli lavhalar storizlarimizda. Tez orada bepul IT darslarimizning ikkinchi fasli uchun saralash start oladi. Shunday ekan, #StayWithUS!

#CLC #study_with_PM #Free_courses #Free_courses

@colearninguz
🥳 Colearning Centerʼda darslar boʻlayotganidan hatto magazinchi Gʻaybullaning ham xabari bor. Ammo, bizda boʻlayotgan partyʼlardanchi?

🎉 Kuni kecha SMM kursi ishtirokchilari bayram tashkil qilishdi. Bayram sababi oddiy – vazifalarni vaqtida bajarishayotgani va berilgan loyihani aʼlo tarzda himoyalashgani.

🤓 Demak, bir marta koʻrgan yaxshi, deganlaridek, eʼtiboringizga videoni havola etamiz. Bizni kuzatishda davom eting. Darslarimizning keyingi mavsumini oʻtkazib yubormang.

@colearninguz
📚 Foydali kitobni oʻqishga koʻp vaqt ketadi. Kitobni qay darajada foydaliligini bilish uchun esa, oʻqib chiqish kerak. Vaqtingizdan unumli foydalanishingiz maqsadida Colearning Center marketologlar uchun kitoblar jamlanmasini tuzdi.

1. Phil Barden – Decoded. Ushbu kitobni oʻqimagan marketologni dunyo boʻylab 80 kun kezib topolmaysiz. Muallif isteʼmolchi ongida nimalar sodir boʻlishi va uning qarorlariga “marketingcha” taʼsir koʻrsatishni oʻrgatadi.

2. Philip Kotler — Principles of Marketing. Maqsadlarni aniq yozish va amalda qoʻllash uchun muallif har bir bobda misollar bergan.

3. Nir Eyal – Hooked. Nega baʼzi mahsulotlar eʼtiborimizni tortadi, baʼzilari esa yoʻq? Kitobda ushbu savollarga javoblardan tashqari isteʼmolchilar odatini shakllantiradigan bosqichlar hikoya qilinadi.

🔖 Marketingʼga oid qanday kitoblarni tavsiya qilasiz? Fikrlaringizni bizning izohlarda dunyo bilan boʻlishing!

@colearninguz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Keling “checklist” qilamiz. Bu yil boʻlib oʻtgan voqealar maqsadlaringizga taʼsir qildimi?

Balki Co-Learning Centerʼda oʻqish qolib ketgandir? 🧐

Izohlarda erishgan yoki erisha olmagan maqsadlaringizni yozib qoldiring 😉

#2021isComing #CLC_uz

@colearninguz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥳 Uraaa, bizning birinchi SMM kursimiz qaldirgʻochlari muvaffaqiyatli tamomlashdi!

🎉 Doʻstlar, bitiruvchilarimizning marosim oldidan tashkillashtirgan kichik intervyusi bilan ushbu videoda tanishishingiz mumkin!

Eslatib oʻtamiz, ushbu kurslar Toshkent shahridagi INHA universiteti ichidagi Co-Learning Markazida boʻlib oʻtdi va mutlaq bepulga amalga oshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting, tez kunda sizlarni “super” yangiliklar kutmoqda!

#weloveCLC #CLC_uz

@colearninguz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham kutmoqdamisiz? Tez kunda “SMM specialist 2.0“ kursimiz uchun qabul boshlanadi

🔥 Hammasi juda zoʻr va yangicha ruhda boʻlishi aniq!

🤔 Siz qaysi yoʻnalishdagi mashgʻulotlarimizga qatnashmoqchisiz? Izohlarda yozib qoldiring!

@colearninguz