Daryo | Rasmiy kanal – Telegram
Daryo | Rasmiy kanal
385K subscribers
109K photos
4.55K videos
7 files
90.9K links
“Daryo” saytining rasmiy kanali

English — @daryo_eng
Русский — @daryo_central_asia
Kirill — @daryo_kirill
Tezkor — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Lifestyle — @daryo_lotin

Tahririyat — @daryoga_murojaatbot
Reklama — +998 90 185 02 32
Download Telegram
Prezident “O‘zbekneftgaz”ga import o‘rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha vazifalar yukladi

Taqdimotda energetika xavfsizligini mustahkamlash va tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini barqaror saqlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniya faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish vazifalari belgilandi.

Batafsil — https://daryo.uz/GgGHNdHDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Havo zarbasidan quruqlik bosqiniga qadar”. Trampga Eron bo‘yicha takliflar berildi

AQSH prezidenti hozircha harbiy amaliyot o‘tkazish uchun “yashil chiroq” yoqmagan. Shuningdek, Pentagon tomonidan taklif etilgan variantlardan birortasini ham tanlamagan.

Batafsil — https://daryo.uz/K_mL4OHDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Andijonda yo‘l o‘rtasida salomlashgan haydovchilar boshqa avtomobil jarimaga tushishiga sabab bo‘ldi

Tekshiruv davomida yo‘lni to‘sib turgan Matiz va Nexia-2 haydovchilari ham qoidabuzarlikda aybdor deb topildi. Ular Spark haydovchisiga belgilangan jarimani o‘zlari to‘lab berishini bildirgan.

Batafsil — https://daryo.uz/DDERFOHDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Jizzax viloyatida 2026-yilda ishsizlik darajasi 4,6 foizga, kambagʻallik 2,8 foizga tushiriladi

Prezident viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Hududga 5 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish va yillik eksport hajmini 500 mln dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/x00ctdNDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Apple iPhone sotuvida rekord o‘rnatdi

“iPhone 17 ga bo‘lgan talab biz kutganimizdan ham oshib ketdi”, dedi kompaniya bosh direktori Tim Kuk. Ammo Apple’ning boshqa mahsulotlari savdosida pasayish kuzatildi.

Batafsil — https://daryo.uz/HqHHgONvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Jizzax mahallalari infratuzilmasini yaxshilash uchun 40 mln dollar ajratiladi

2026-yilda mahallalardagi infratuzilmani rivojlantirish uchun 30 million dollar, kelgusi yilda esa qo‘shimcha 10 million dollar ajratiladi. Mablag‘lar hisobidan ijtimoiy obyektlar, ichimlik suvi, elektr va kanalizatsiya tarmoqlari, shuningdek, olis mahallalarni bog‘lovchi yo‘llar qurilib va ta’mirlanadi.

Batafsil — https://daryo.uz/Yvz32ONDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Istanbulda o‘ldirilgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi va farzandlari vatanga olib kelindi

Marhuma va bolalarini O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Istanbuldagi bosh konsulxona hamda Migratsiya agentligi hisobidan qoplangan.

Batafsil — https://daryo.uz/URLrAdNvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Suriya kurdlari armiya safiga qo‘shilishga rozi bo‘ldi

Asosan kurdlardan iborat Suriya demokratik kuchlari Damashq bilan kelishuvga erishdi. U kurd harbiy va fuqarolik institutlarini bosqichma-bosqich davlat bilan integratsiya qilishni ko‘zda tutadi.

Batafsil — https://daryo.uz/ASTq5dHvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekiston Xitoydan mandarin va ananas importiga vaqtinchalik taqiq joriy etdi

Cheklov mevalar tarkibida karantin ostidagi zararkunandalar aniqlangani bilan izohlandi. Mutaxassislar ularni qariyb 20 ta yuk partiyasida qayd etgan. Taqiq davrida ushbu mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomalari rasmiylashtirilmaydi.

Batafsil — https://daryo.uz/E-L3VONvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Anjancha “ish rejimi”: hokimlar erta tongdan to tun yarmigacha ishlashga oʻtmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida tuman va shahar hokimlari tongi soat 05:00 dan mahallalarda uchrashuv tashkil qilayotgani va bu uchun “mahalla yettiligi” hamda boshqa tashkilot xodimlari ham bunga jalb qilinayotgani aytilmoqda. Shuningdek, hokimlar ishdan keyin, yarim tunda ham aholini roʻyxatga olish ishlarini tekshirish uchun mahallalarga bormoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/GPp7WOHDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani yagona hudud sifatida rivojlantiriladi

Bu boʻyicha ishlab chiqiladigan bosh rejada shahar va tumanni bogʻlaydigan yagona jamoat transport tizimini yoʻlga qoʻyish, yagona maʼmuriy bino qurish orqali tashkilotlarni bir joyga koʻchirish nazarda tutiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/aOWXYONDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari Anqara Palas muzeyiga tashrif buyurdi

Tashrif davomida muzeydagi tarixiy va madaniy meros namunalari, jumladan, o‘zbek va turk xalqlarini bog‘lovchi hunarmandchilik ashyolari namoyish etildi. Birinchi xonimlar madaniyat gumanitar hamkorlikning muhim yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.

Batafsil — https://daryo.uz/Rlj-UdHDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
JSST O‘zbekiston qizamiqdan xoli mamlakat maqomini nega yo‘qotganiga izoh berdi

Tashkilotga ko‘ra, O‘zbekistonda qizamiq yuqishi 2019-yildan boshlab qayta tiklangan va virus endemik tarzda tarqalgan. Tashkilot qizamiqni bartaraf etish uchun emlash qamrovini kamida 95 foiz darajada ta’minlash va epidemiologik nazoratni kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/NDMvLdHvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
30-yanvar kuni e’lon qilingan yangiliklar dayjesti:

• O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

• JSST O‘zbekiston qizamiqdan xoli mamlakat maqomini nega yo‘qotganiga izoh berdi

• Ijtimoiy tarmoqlarda yangi trend: nega hamma tog‘ga yolg‘iz yo‘l olgan pingvin haqida gapirmoqda?

• Prezident “O‘zbekneftgaz”ga import o‘rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha vazifalar yukladi

• “Nasiya savdo deb odamlarga kredit berilyapti” — Timur Ishmetov

• Google qisqa vaqt davomida dollarning soʻmga nisbatan kursini 6 778 soʻm koʻrsatdi

• Qozog‘istonda ta’qib qilish bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Tramp ma’muriyati Kanadadan ajralib chiqishni istaydigan separatistlar bilan muzokara olib boryapti – FT

Separatistlar neftga boy provinsiyada referendum o‘tkazish bilan mustaqillikka erishmoqchi. Qo‘shma Shtatlardan esa “oyoqqa turib olish uchun” yarim trillion dollarlik kredit so‘ralayotgan bo‘lishi mumkin.

Batafsil — https://daryo.uz/cSPiPOHDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Isroil G‘azoda 71 ming kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

Yahudiy davlati shu vaqtga qadar Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan statistikani inkor etib kelayotgandi. Biroq hozir bu ma’lumotlar tahlil qilinib, tinch aholi va jangchilardan berilgan qurbonlar o‘rganilyapti.

Batafsil — https://daryo.uz/0SAUAONvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning tahliliy maqolasi eʼlon qilindi

Materialda Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi zamonaviy dunyodagi global chaqiriqlarga Oʻzbekiston tomonidan berilgan sivilizatsion javob, islomning bunyodkor va maʼrifatparvar mohiyatini ochib beruvchi xalqaro gumanitar platforma sifatida talqin etilgan.

Muallif markazning barpo etilishi, uning ilmiy-maʼnaviy mazmuni va jahon yetakchilari tomonidan berilgan yuksak baho orqali “Yangi Oʻzbekiston” siyosati doirasida shakllanayotgan yangi intellektual makonning tarixiy ahamiyatini yoritadi.


Batafsil — cisc.uz
Qizil stikerli avtomobillar uchun shaharlarga kirishda hozirda cheklov mavjud emas — YHXX

Ekologik stikerlar transport vositalarini ifloslantirish darajasiga ko‘ra tasniflash uchun joriy etilmoqda. Hozircha ushbu belgilar avtomobillar harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Batafsil — https://daryo.uz/evLTrOHDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda bir yilda 19 mingga yaqin kishi qamaldi

Sudlar tomonidan bir yilda 79 554 nafar shaxsga nisbatan 63 177 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan. Sudlanganlarning 55 829 nafari erkak, 7 511 nafari ayol kishi bo‘lgan.

Batafsil — https://daryo.uz/2MUoxdHvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga yordam ko‘rsatgani uchun Qirg‘izistonga qarshi ilk bor sanksiyalar joriy etishi mumkin

Ukraina urushi boshlanganidan so‘ng Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlaridan Qirg‘izistonga eksport bir necha barobar oshgan, ayrim holatlarda esa 10 000 foizdan ham ko‘proq o‘sish qayd etilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/HE9AXFHvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo