<DevCon /> – Telegram
<DevCon />
85 subscribers
54 photos
4 videos
7 files
107 links
DevCon P/E rasmiy telegram kanali. Informatsion texnologiyalar dunyosiga xush kelibsiz. Kanalda IT sohasiga oid qiziqarli ma'lumotlar va yangiliklar berib boriladi.

Murojaat va takliflar uchun:
http://t.me/iplosvoy
support@devcon.uz
Download Telegram
"Men biror qiyin ishni qilish uchun dangasa odamni tayinlayman. Chunki yalqov odam o'sha ishning eng oson yechimini topadi." (c) Bill Gates
Wi-Fi тармоғи паролини билишнинг 5 усули
https://www.terabayt.uz/post/wi-fi-tarmogi-parolini-bilishning-5-usuli
Internet tarmog‘ining tuzilishi.

Internet
o‘z — o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:

- texnik;
- dasturiy;
- axborot.

Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.

Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar.

Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.

Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.
Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi

Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi sifatida quyidagi fikrlarni keltirish mumkin:

1. Manzil kompyuter xotirasining qismlarini, kompyuter kiritish-chiqarish qurilmalari portini, hisoblash tarmog‘i kompyuterlarini hamda boshqa ma’lumot manbalarini yoki ularni uzatish uchun belgilangan joyni aniqlaydi.

2. Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi yoki jo‘natuvchilarni aniqlovchi ma’lumotlar ketma-ketligi.

@devcon
Lokal, mintaqaviy va global komp’yuter tarmoqlari.
Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:

Lokal tarmoq — bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi komp’yuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq.

Mintaqaviy tarmoqlar -mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.

Global tarmoqlar — o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.
Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar.

Hozirgi kunda mobil telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining shunaqa turlari ishlab chiqarilmoqda-ki, bular vazifalari jihatidan personal kompyuterdan qolishmaydi. Bunday mobil aloqa vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, o‘yinlar o‘ynash, hatto radioeshittirish va televideniyedan ham bahramand bo‘lish mumkin.

Smartfon(smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli telefon” ma’nosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan cho‘ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo‘lgan mobil telefon. Bunda cho‘ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlangan.

iPhone — to‘rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone o‘zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va internet planshetlarning asosiy funksiyalarini ham qamrab olgan.

Internet planshetlar — bu maxsus mobil qurilma bo‘lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan iPad) tashqi ko‘rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo‘lib, boshqa qo‘shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko‘rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to‘liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.
#lifehack #keyboard
Backspace - kursordan chap tomondagi belgini o‘chiradi;

Del -​ kursordan o‘ng tomondagi belgini o‘chiradi;

Ctrl+Del -​ kursordan o‘ngdagi so‘zni o‘chiradi;

Ctrl+Backspace -​ kursordan chapdagi so‘zni o‘chiradi.
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi.
Ma’lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi — uning uzatilish tezligini belgilaydi.

Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning o‘lchov birliklari mavjud bo‘lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o‘lchov birliklari mavjuddir, bular:

- Bit/sekund — bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;

- Kbit/sekund — bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;

- Mbit/sekund — bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;

- Gbit/sekund — bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.

Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi.
#latoif
-Siz kuchli dasturchimisiz?
-Ha kuchli dasturchiman.
-Unda kompyuterlarni ko'taring, boshqa xonaga ko'chirishimiz kerak.