<DevCon /> – Telegram
<DevCon />
85 subscribers
54 photos
4 videos
7 files
107 links
DevCon P/E rasmiy telegram kanali. Informatsion texnologiyalar dunyosiga xush kelibsiz. Kanalda IT sohasiga oid qiziqarli ma'lumotlar va yangiliklar berib boriladi.

Murojaat va takliflar uchun:
http://t.me/iplosvoy
support@devcon.uz
Download Telegram
Kompyuter dasturchisi pianinoning oldiga kelib, uni uzoq ko‘zdan kechirib, dermish:
— Klaviatura noqulay. Bor-yo‘g‘i 84 ta klavishalar bor, ularni-yam yarimidan ko‘pi funksional klavishlar. Hech qaysida yozuvi yo‘q. Lekin «Shift»ning oyoq bilan bosilishi zo‘r ekan.
Phone’ нинг 2018 йилда чиқадиган учта модели: бири маълум бўлди
Батафсил: https://www.terabayt.uz/?p=57397
— Nega kompyuterning bir nechta klavishasini birdaniga bossa ovoz chiqadi?
— Uxlab qolgan dasturchini uyg‘otish uchun...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Айтишники убегают 🤣
"Two most important days in your life are the day you are born and the day you find out why"

"Hayotdagi eng muhim ikkita kun bor, biri sen tug‘ilgan kun, ikkinchisi nima uchun tug‘ilganingni anglagan kun"

Mark Twain
Dasturchilar tushunadi )))
Matmusani dasturchi bo'lgani haqida
(do'stimga hazil) :)

Dasturlashni o'rganolmay,
Siqilardi Matmusa,
C sharpdagi qatorlarga,
Tikilardi Matmusa.

Klas, obyekt, metodlar,
Allambalo "morfizm",
Ikki-uch oy o'tsa hamki
Qilolmaydi hech hazm.

Konsol proyekt ochamiz,
Ridlayinu, Raytlayn,
Jin ursin-ey, bunaqada
Jinni bo'lish ham tayin!

Inxeritens, statik voyd
Interfeysi nimasi?
For, if zenu, du vayl
Svitch keysi nimasi?

Yo'q, qaytish yo'q baribir
O'rganaman shu tilni,
Undan keyin kamiga
VB.NET va MSIL ni.
...
Shu zaylda vaqt o'tdi,
Do'stimiz hech tolmadi,
Troyelsin, Rixter, Shildt,
Kitobi ham qolmadi.

Vanihoyat o'sha kun,
Va nihoyat o'sha on,
Dedi kulib o'ziga:
C sharpmi? Juda oson!

Huddi shu payt TV da
Habarda shunday dermish:
Maykrasoft .NET, C sharpni
Ortiq qo'llamas ermish.

Bundan buyon yangi til -
O', Q, G' lar chiqqanmish,
Yangi tilga yangicha
Funksiyalar tiqqanmish.

Yangilikni eshitib
Qotib qoldi Matmusa,
Ko'rpa to'shak qib uch kun
Yotib qoldi Matmusa.
...

Hozir qanday deysizmi?
U C sharpni tashlagan,
To'rt oy bo'ldi O', Q, G' ni
O'rganishni boshlagan...