Dev Farhod – Telegram
Dev Farhod
331 subscribers
102 photos
10 videos
22 links
Yetakchi Dasturiy Muhandis

✔️ Dasturiy muhandis sifatida kariyerangizni qurishni o'rgataman.
✔️ Kariyeraviy hayotimdagi ibratli yutuq va yechimlarni ulashaman.

©️ Chewy, Mastery, Marvin, EPAM, Turing
Download Telegram
Kuchli dasturchi bo'lish uchun dokumentatsiya o'qishni odat qiling

Dasturlashni o'rganishda eng ko'p qo'yiladigan xatolardan biri umuman yoki kam dokumentatsiya o'qish!

Video darsliklar orqali o'rganish anchayin oson va tushinarli bo'lganligi tufayli, barcha boshlovchilar umuman dokumentatsiya o'qimay qo'yadi.

Agar siz ham shunday yondashuvdan foydalanayotgan bo'lsangiz, uslubingizni o'zgartiring.

Video darsliklar orqali umumiy tushunchani o'rganing, so'ng esa o'rgangan har bir tushinchangiz mavzusini dokumentatsiyadan o'qing, shunda eng sahih ma'lumotlarni olasiz.

Ingliz tilini bilmayman-ku! 🤔

Bugungi kunda bu bahona bo'la olmaydi. Rus tilini bilsangiz, rus tilida o'qing yoki Google Translate bilan butun sahifani tarjima qiling.

Ba'zi dokumentatsiyalarning hatto O'zbek tiliga tarjimasi ham bor. Misol uchun Git.

P.S: Agar shunda ham tushinmasangiz, unda guruhda mendan so'rang. Qo'limdan kelgancha yordam beraman.

👉 @devfarhod
Shogirdim 5 oyda ishga joylashdi

Bir necha kun oldin, Shaxboz ismli shogirdim Anhor Lokomotiv istirohat bog'iga front-end dasturchi sifatida ishga qabul qilindi. Yozgi ta'tilni soz o'tkazish imkoniyatini ham qo'lga kiritdi. 😎

Shaxboz noldan boshlab besh oy davomida tayyorlanib kelmoqda. To'liq kursi tugashiga hali yetti oy bor. Ya'ni bir yillik kursimga qatnashmoqda. Bir yil ichida bu shogirdimdan middle dasturchi chiqara olishimga ishonaman.

Shu kungacha, Shaxbozga HTML5, CSS3, SVG, Canvas, JavaScript, Object Oriented JavaScript, React.js, bir nechta Design Patterns, Styled Components, Git, Github kabi texnalogiyalarni batafsil o'rgatib kelmoqdaman. Hali ishlashimiz kerak bo'lgan narsalar ham ko'p.

P.S: Shaxboz kariyeraviy hayotingizga omad tilayman, ishonamanki bundanda ko'proq natijalarga erishasiz. Kelajakda yetuk Software Engineer bo'lish nasib etsin. 🎊🎉👏🏻

👉 @devfarhod
ISH YO'Q deb noluvchi "DASTURCHILAR" uchun

EPAM saytiga kirganimda hozirgi vaqtda 1884 ta ish o'rni bor ekanligiga ko'zim tushib qoldi.

Ma'lumot o'rinida shuni aytib o'tib ketaman, EPAM 35+ davlatda xizmat ko'rsatadi. Shu davlatlar ichida O'zbekiston ham bor. Bu shuni anglatadiki, shu 1884 ta ish o'rniga har bir O'zbek topshirishi mumkin.

Bu ishlardan 1599 tasi dasturchilar uchun ekan.

Ishlash to'liq masofaviy, ya'ni istalgan joyda turib ishlashingiz mumkin.

Hurmatli dasturchilar shuni takidlamoqchimanki, ish yetarli, biroq biz bilimimizni xalqaro standartlarga javob bera oladigan darajaga chiqarishimiz kerak. Mehnat qilishdan qochmasligimiz kerak.

👉 @devfarhod
Ingliz tilini endi o'rganishni boshlagan vaqtlarim, so'zlarni daftarga ro'yxat tarzida yozib olib yodlar edim. Yodlash bu so'zlarni qayta va qayta daftarga qarab o'qish va keyin daftarga qaramasdan ularni tartibda aytish.

Bu uslub bilan tilni o'rganib bemalol gapirish darajasiga yetishingiz 1% ham bo'lmasa kerak.

Keyinchalik, IELTS dan 6 ball olish jarayonida (bundan 5 yil oldin) o'zim uchun so'zlarni eslab qolish yo'llarini ishlab chiqdim.

Hozir bemalol ilmiy maqolalarni O'zbek tilidagidek o'qiy olaman. Biroq gapirishni kam mashq qilganim uchun juda yaxshi gapira olmayman, biroq bemalol Amerika korxonalari bilan ishlash darajasida gapira olaman.

Kanalimda bu strategiyani siz bilan ham ulashmoqchiman, va zerikarli bitta so'z va uni tarifini qo'yish o'rniga shu strategiyaga asoslangan postlar qo'ymoqchiman.

Bu sizga qiziqmi, fikr qoldiring!

Do'stingizni aqlliroq bo'lishiga o'z hissangizni qo'shing, postni u baxtli inson bilan ulashing. 😊 "Sharing is caring" ❤️

👉 @devfarhod
👍1
▪️ Bir dasturlash tilini boshqasidan yaxshi deb o'ylash.

▪️ Dokumentatsiya o'qimaslik.

▪️ IT ga oid kitoblar o'qimaslik.

▪️ Kariyerani rivojlantirish va netvorkingga e'tibor bermaslik.

▪️ To'g'ri algoritmlarni ishlatishga harakat qilmaslik.

▪️ Dastur tezligiga e'tibor bermaslik.

▪️ Kerak vaqtda yordam so'ramaslik.

▪️ Yangi dasturlash tillari va bilimlarni o'rganmaslik.

▪️ Qizlar bilan uchrashmaslik. 😄

Do'stingizni aqlliroq bo'lishiga o'z hissangizni qo'shing. Postni u baxtli inson bilan ulashing. 😊 "Sharing is caring" ❤️

👉 @devfarhod
Sizga matn ko'rinishidagi post yaxshimi yoki rasm?
Anonymous Poll
65%
Rasm ko'rinishidagi post yaxshi
35%
Matn ko'rinishidagi post yaxshi
EPAM ga SENIOR dasturchi sifatida qabul qilindim 😎

Yangi yildan oldin EPAM ga ishga topshirgan edim.

Ishga kirish jarayoni 3 bosqichdan tashkil topdi.

1. HR bilan suhbat: Bu suhbatda HR korxona haqida batafsil savollarimga javob berdi va o'zim haqimda, tajribam haqida aytib o'tishimni so'radi.

2. Texnik suhbat: Bu bo'limda dasturchi sifatida bilimlarim tekshirildi. JavaScript, React, "data structures", "algorithms" va "design pattern" larga doir savollar berildi. Bir nechta kamchiliklar bilan barcha savollarga javob berdim. Shu orada kamchiliklarimni ham bilib oldim. Bir necha soatlardan so'ng, HR menejer suhbatdan middle+ sifatida o'tganimni xabar berdi. 😔

3. "Resource Manager" lar bilan suhbat: Bu suhbatda turli xil vaziyatlarda nima chora ko'rishimni tekshirishdi. Jamoani boshqarish va mijozlar bilan ishlash borasidagi katta tajribam qo'l keldi. Ular to'liq mendan qoniqishdi va sizni SENIOR sifatida qabul qilamiz deyishdi. 😎

Xudo xohlasa, 3 - fevraldan ishni boshlayman.

👉 @devfarhod
👏1
Va nihoyat senior software engineer 😎

@devfarhod
👏2
Live stream scheduled for
Live stream started
2022-01-17
Dev Farhod
EPAM ga kirish haqidagi audio chat yozuvi
Bir ota qiziga 🤠 "O'qishni tugatding, bu men biroz oldin sotib olgan mashinam... Bir necha yil bo'ldi. Lekin uni senga berishimdan oldin uni shahardagi avtosalonga olib bor va sotaman deb ayt. Ular qancha taklif qilishini ko'r."

Qiz otasining oldiga qaytib keldi va dedi: "Ular 1000 evro taklif qilishdi, chunki u juda eski deyishdi."

Ota dedi: Uni sotma va 2-qo'l mashina sotuvchisiga olib bor.

Qiz otasining oldiga qaytib: "Ular 100 evro taklif qildi, chunki bu juda eski mashina va uni qayta haydash uchun ko'p sarmoya kerak", - deydi.

Ota qizidan mutaxassislar ishtirokidagi ishtiyoqmandlar avtoklubiga qo'shilishni va ularga mashinani ko'rsatishni so'radi.

Qiz mashinani ishtiyoqmandlar avtoklubga olib bordi, o'girilib, otasiga dedi: "Klubdagi ba'zi odamlar menga 100 000 evro taklif qilishdi, chunki bu yaxshi holatda, ajoyib imkoniyatlarga ega va topish juda qiyin bo'lgan noyob mashina." 🤗

Shunda otasi: "Agar to'g'ri joyda bo'lmasang, hech narsaga arzimasligingni bildirmoqchi edim", dedi. Agar seni qadrlashmasa, g'azablanma, bu sening noto'g'ri joyda ekanligingni anglatadi.

"Qimmatingni hech kim ko'rmaydigan joyda qolma😉".

👉 @devfarhod
👍2
JavaScript ma'lumot strukturalari va algoritmlariga bag'ishlangan ajoyib kitobni o'qishni boshladim.

Kitobni o'qib tugatganimdan so'ng, xulosalarimni ulashaman.

👉 @devfarhod
🔥2👍1
$3000 oylikli ish taklifni rad etdim!

Yuqorida, Juan isimli Amerikalik senior software engineer LinkedIn ijtimoiy tarmog'i orqali menga $3000 oylik bilan ish taklif qilmoqda.

Albatta, taklifni rad etdim. Chunki allaqachon EPAM bilan rasmiy shartnoma imzolaganman.

Bu postni yuklaganim sababi, kariyerangizni rovojlantirish uchun LinkedIn da bo'lishingiz shart. Bu xalqaro imkoniyatlar eshigini ochadi.

👉 @devfarhod
👍2
EPAM dan yangi laptop berishdi.

Rosti boshida MacBook berishmadi deb rosa hafa bo'lgan edim. Biroq qarasam bu go'zal, juda ham ajoyib xususiyatlarga ega, qimmatbaho laptop ekan. 😍

- Windows 10 Pro
- Intel Core i7 11 - avlod
- 32 GB RAM
- 512 GB SSD
- 15.6" diagonalli FHD ekran

HP vebsaytida, xuddi shu laptop, faqat 16 GB RAM bilan $2920 ekan. 😱

Eslatma: Rasmlar sifatiga e'tibor bermangizlar. Telefonim dunyodagi eng oddiy telefon. 😂 Men faqat kompyuterlarni sevaman. Professional foto kameramni esa, zaryadi yo'q. 😁

👉 @devfarhod
👍2😁1
EPAMdan ketish va Chewy, Marvin dagi tajriba.

Anchadan buyon EPAMdan ketishim sababi va hozirgi ishim haqida yozaman deb vaqt topa olmayotgan edim.

Xullas, mana uzoq muddatlik to'xtalishdan so'ng, yana post yozmoqdaman.

EPAMdan nega ketganimdan boshlasam. EPAMdan ketmadim, balki ular shartnomani bekor qilishdi. Bunga sabab, behosdan "security breach", xavfsizlik qoidasini buzganim. Yirik korxonalarda sizning samaradorligingizdan ko'ra, xavfsizlik ustun turadi. Bu bitta qimmatga tushgan tajriba bo'ldi.

Undan so'ng, Juan ismli Amerikalik dasturchi bilan hamkorlikda ishlashni boshladim. Yuqorida bir postda menga Amerikalik dasturchi $3000 oylikli ish taklif qilgani haqida yozgan edim. Shu taklifni qabul qildim va Juan bilan ishlashni boshladim. Hozirgacha u bilan ishlab kelmoqdaman.

Shu vaqtgacha Chewy va Marvin korxonalarini proyektlarida ishtirok etdim. Chewyni yaqinda PetMD nomli proyektini tamomladik va kelgusi haftada yana boshqa proyektida ishlashni boshlayman. Marvinda esa, yaqinda shartnoma yakuniga yetdi, ularda ham bir nechta proyekt usitda ishladik.

Qanday qilib Amerika va Yevropa korxonalariga ishga kirish va tayyorgarlik ko'rish haqida savollaringiz bo'lsa, fikr qoldirish bo'limida bering.

Anchadan buyon post yozmaganimga ko'proq ma'lumot yozishga g'oya topa olmadim. 😊

👉 @devfarhod
👍1
Dasturchilarning Daraja va Lavozimlari Shajarasi

Har bir boshlang'ich dasturchida kariyeraviy maqsad bo'lishi kerak. Misol uchun: "3 yildan so'ng, "Senior Software Engineer I" bo'lib ishlayman" - kabi.

Kariyeraviy maqsad qo'yish uchun lavozimlar shajarasini bilishingiz kerak bo'ladi. Quyida bu haqda qisqa, biroq lunda ma'lumot berishga harakat qildim.

Asosiy darajalar

1. "Software Engineer I" yoki "Junior Software Engineer"
2. "Software Engineer II" yoki "Middle Software Engineer"
3. "Senior Software Engineer I"
4. "Tech Lead", "Senior Software Engineer II" yoki "Lead Software Engineer"

Shu yerda texnik yoki boshqaruv yo'nalishida davom etishingiz mumkin.

Texnik yo'nalish

1. "Staff Software Engineer"
2. "Senior Staff Software Engineer"
3. "Chief Software Architect" yoki ba'zi korxonalarda "Principal Software Engineer"

Boshqaruv yo'nalishi

1. "Software Engineering Lead"
2. "Software Engineering Director"
3. "VP of Software Engineering"
4. "CTO - Chief Technology Officer"

👉 @devfarhod
👍3
👍12👏3🔥1
👍17💯4🎉2🏆2👏1
Boshlanishiga faqat bitta dasturlash tilini o’rganing. Chunki dasturlash tillarining katta qismi o'xshash bo'ladi.
#atommaslahatlar
👍32🤣5🔥2👏1💯1