Dev Farhod – Telegram
Dev Farhod
331 subscribers
102 photos
10 videos
22 links
Yetakchi Dasturiy Muhandis

✔️ Dasturiy muhandis sifatida kariyerangizni qurishni o'rgataman.
✔️ Kariyeraviy hayotimdagi ibratli yutuq va yechimlarni ulashaman.

©️ Chewy, Mastery, Marvin, EPAM, Turing
Download Telegram
2023 yilda o'rgangan texnalogiyalarim

- React Native
- Java - ni ishlatib, maxsus React Native kutubxonasi qurish.
- Swift - ni ishlatib, maxsus React Native kutubxonasi qurish.
- Node.js
- Express.js ni ishlatib REST API qurish.
- MongoDB
- Azure AD B2C
- JWT (Haa, adashmadingiz, haligacha JWT ni o'rganmagan edim 😅)
- Jest va React Testing Library
- Redux Thunk
- TailwindCSS
- ChatGPT bilan birgalikda ishlash.

Yuqoridagi texnalogiyalarni ipida-ignasigacha o'rganmadim. Faqat ishimni bitirish uchun kerak bo'lgan qismini o'rgandim. Biroq 2024 - yilda bu texnalogiyalarni chuqur o'rganmoqchiman.

Siz qaysi texnalogiyalarni o'rgandingiz va 2024 - da qaysi texnalogiyalarni o'rganmoqchisiz

Kanalga ulanish: @devfarhod
👍17💯1
Business Logic 🚀

Dasturda biznes mantiqni boshqalaridan ajratish, uni kengaytirishga qulay qiladi.

🤔 Biroq qanday qilib biznes mantiqni boshqalaridan farqlab olamiz? Ko'pchilikda shu muammo bo'lsa kerak.

🎯 Shu sababdan bu mavzuga chuqurroq kirishga va tushinishga harakat qildim. Va quyidagicha xulosa qildim.

Biznes mantiq:

- Dastur yo'nalishiga, sohasiga doir bo'lgan qoida va xususiyatlar.

- Faqatgina siz qurayotgan dasturga xos, takrorlanmas mantiqlar.

- Ma'lumotlarni to'g'riligini tekshirish mantig'i.

- Biznes qoidalariga asoslanib qaror qilishni talab qiladigan mantiq.

- Biznes talablariga ko'ra tez-tez o'zgarib turuvchi mantiq.

- UI va ma'lumotlarga kirish qatlamidan ajralib turuvchi mantiq.

Misol uchun onlayn dukon dasturida, "shopping cart" dagi mahsulotlarning umumiy narxini hisoblash, chegirmalarni qo'llash va yekazib berish narxlarini hisoblash mantig'i.

Bu ro'yxatga nimani qo'shgan bo'lar edingiz?

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
👍7
IT - ning "kuni bitmoqdami"?

Layoffs.fyi saytiga ko'ra, 2023 - yilda 1157 ta IT korxonalari 257.778 ta ishchini ishdan bo'shatgan.

Yilning boshida boshlangan bu fojiya, yil oxiriga kelib ham foal bo'lib qoldi.

Etsy. 13 - Dekabr 📉 225 ta bo'shatish, tahminan 11% ishchi kuchi.

Spotify. 4 - Dekabr 📉 1500 ta bo'shatish, tahminan 17% ishchi kuchi.

Tidal. 6 - Dekabrda 📉 40 ta bo'shatish, tahminan 10% ishchi kuchi.

Zulily butunlay yopilmoqda, 800 dan ko'p ishchi ishsiz qoladi.

Twilio. Dekabr boshida tahminan 300 ta bo'shatish, tahminan 5%. Bu hammasi emas, Fevralda yana 17% bo'shatish ro'y berishi ma'lum qilingan, bu degani tahminan 1500 ta ishchi degani.

Shonli kunlarimiz ortda qoldimikan?

Bu mavzuda chuqqurroq izlanish qilib, xulosalarimni sizlar bilan ulashaman. Maqsadim, talabgir bozorga qanday moslashishni aniqlash.

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
👍7
2024 - yilda Leetcode da 365 ta masala yechishni maqsad qilib qo'ydim.

Orangizda kimdir "challenge" ga qo'shilishni istaydimi? Guruhda yutuqlarimizni va "progress" ulashib boramiz.

Har kuni kamida bittadan yechim yuklashi kerak bo'ladi.

"Challenge" ga qo'shilishni istaganlar kommentariyada "+" qoldiring.

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
👍51👨‍💻1
Leetcode 5 - kun

Yangi yilda 4 ta masala yechdim. Bir kun safar tufayli qolib ketdi.

Masalalarni "sliding window" va "two pointer" uslublari yordamida yechdim.

Siz qanday o'zgarishlar qildingiz?

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
👍81🏆1
Vaqtni Baholash - Time Estimation

Freelancer bo'lib ishlaysizmi yoki doimiy ishda ishlaysiz, siz doim vazifalarni yoki butun proyektni qancha vaqt olishini baholashingiz kerak bo'ladi.

Agarda baholashni noto'g'ri qilib, topshirish muddatidan kechiksangiz, siz guyoki yaxshi dasturchi emassiz. Aslida bu noto'g'ri. Baholash bu kafolat emas, bu tahmin. Uni hech kim 100% aniq qila olmaydi.

Xush qanday qilib vaqtni baholaymiz?

1. Proyketni kichik vazifalarga bo'ling va har bir vazifani alohida baholang. Tip. Har bir vazifani bajarilish qadamlarini aniq tasavvur qiling. Shunda uning qancha vaqt olishini tahmin qilish osonlashadi.

2. Tajribangizdan foydalaning. Agarda oldin bajargan ishingiz bo'lsa, oldin qancha olganiga qarab baholang.

3. Jamoa bilan maslahatlashing. Jamoa ichida avval shu kabi vazifani bajarganlar topilishi mumkin.

4. Three-Point Estimation: Optimiztik, pissimistik va eng real stsenariyalarni olib quyidagi formular yordamida baholang.

K = (O + 4E + P) / 6

K - Kutilayotgan vaqt
O - Optimistik vaqt
E - Eng real vaqt
P - Pissimistik vaqt

P.S. Bu muammoaga aniq siz ham duch kelgansiz 😎 Shunday bo'lsa, kommentariyada yozib qoldiring.

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
👍9
Men Kuchli Dasturchi EMASman! 🥴

Men o'zimdagi har bir kamchilikni bilaman va har bir inson o'zini har kimdan yaxshi biladi deb ishonaman.

Nimalarni bilmasligim, o'rgangan bilimlarimning aksari ishlatilmasdan eskirib qolayotgani, "men yaxshi dasturchi emasmanmi?" degan savolni paydo qiladi.

Bu "imposter" sindromi deyiladi. Professional odam bilimidan shubxa qilaveradi.

Xush qanday qilib bu sindromdan qutilish mumkin. Men bu borada izlanish qilmadim. O'zim uchun foyda bergan shaxsiy uslubimni siz bilan ham ulashmoqchiman.

💠 O'rgangan bilimlaringizni takrorlashni boshlang, shunda ular hali ham yodingizda ekanini anglaysiz.

💠 Yangi bilimlarni davomli o'rganing. Shunda doimiy rivojlanishni his qilasiz.

Yuqoridagilarni bajarish orqali siz o'zingizga ishonchingizni oshirasiz. O'zingizga ishonch, "imposter" sindromini yengishga yordam beradi.

Siz nima qilgan bo'lar edingiz?

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
👍19🔥1💯1
Faqat kod yoza olish endi yetarli emas!

GPT kirib kelgandan so'ng, faqat kod yoza oladigan dasturchilarga talab pasayib ketdi.

Sababi, GPT dasturchilarning samaradorligini oshirmoqda. Natijada kamroq ishchi bilan ham kerakli ishni hal qilish mumkin bo'lib qoldi.

Buning oqibatida korxonalar ishchilari sonini kamaytirmoqda. Tabiiyki ishga kirish uchun raqobat kuchayib bormoqda.

Bu bozorda faqat kod yoza olishning o'zi yetarli emas.

Quyida sizni raqobatbardosh qiluvchi bir qancha mahoratlar ro'yxati:

- Muammoga yechim topish, - Tanqidiy fikrlash, - Muloqot qilish, - Jamoaviy hamkorlik, - Vaqt boshqaruvi, - Davomli o'rganish, - Tafsilotlarga e'tibor, - Versiyalarni boshqarish/Git, - Nosozliklarni tuzatish va muammolarni bartaraf etish, - Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarini tushinish, - Domen/soha bilimi, - Agile metodologiyalari, - Xavfsizlik haqida tushuncha, - UX haqida tushuncha, - Sinov va sifat kafolati, - Dokumentatsiya yozish, - Mijozni tushinish, - Yetakchilik va murabbiylik


Bu mahoratlar ustida ishlasangiz raqobat yuqori bo'lgan bozorda ajralib turasiz.

Yuqoridagi ro'yxatga yana nimani qo'shgan bo'lar edingiz?

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
👍10
Qanday qilib top 1% dagi dasturchi bo'lish mumkin?

Shu kunlarda dasturchi kadrlar orasida raqobat kuchaygani tufayli, izlanish qila boshladim. "Qanday qilsam top 1% dasturchiga aylanaman?"

Aslida raqobat o'sgani biz uchun yaxshi, bizni yanada yaxshiroq bo'lishga undaydi. Soha yanada rivojlanadi.

Shunday ekan, nolib o'tirish o'rniga o'z ustimda ishlashga va doimiy rivojlanishni afzal bildim.

Top 1% dasturchiga aylanish kariyeramni eng yuqori cho'qqiga olib chiqa oladi.

O'zim topga chiqish bilan birga boshqalarga ham qanday qilib top 1% ga chiqishni o'rgatishni maqsad qildim.

Har doim ortga surib kelganim, bu yilda video darslar ishlab chiqishni boshlayman. Lekin faqat video bilan bo'lmaydi. Agar topda bo'lishni istasangiz matn ko'rinishidagi postlar, dokumentatsiya va kitob o'qishni odat qilishga majbursiz.

Sababi bitta video ishlab chiqishga ketgan vaqt ichida, 10 lab matn ko'rinishidagi postlar ishlash mumkin. Vaholangki, ko'plab pro dasturchilar kamera oldida o'zini noqulay sezadi.

Bundan tushinish mumkinki, kuchli dasturchilarni bilimidan bahramand bo'la olmaysiz.

Men hali top 1% dasturchilar ichida emasman, biroq In Sha Allah, shunga harakat qilaman. Bu darajaga siz bilan birgalikda erishamiz.

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
👍17🔥2
Faqat video tomosha qilib ekspert bo'la olmaysiz!

Bundan oldingi postda matn ko'rinishidagi kontentlardan bahramand bo'lish haqida qisqacha gapirgan edim. Shunga aniqlik kiritmoqchiman.

Nega matn ko'rinishidagi kontent video formatdagi kontentdan yaxshiroq?

Aslida videoga qaraganda matnni tushinish ancha qiyin.

Muammo qaysi biri osonligida emas, balki hamma ma’lumot ham video ko'rinishda mavjud emasligida.

Video ishlash ko’p vaqt va mahorat talab qiladi. Hamma ham video kontent ishlab chiqa olmaydi.

Nega React kutubxonasining dokumentatsiyasi video emas, matn ko'rinishda?

Barcha muhandislar hissa qo'sha olishi va matnni tahrir qilish oson va arzon bo'lgani tufayli.

Har kim matn yoza oladi, uni tahrirlash oson va yaratish bir necha o'n marta kam vaqt talab qiladi. Balkim bir necha yuz marta.

Shuning uchun men har doim, videodan matnni afzal ko'raman.

“Medium”da ko'plab kuchli muhandislarning bloglari bor, zo'r maqolalar yozishadi.

Ko'pchiligini YouTube kanali yo'q, hatto shaxsiy blog sayti ham yo'q. Vebsayt qurish ancha vaqt olgani sababli, “Medium”da yozishadi.

Faqat video ko'rib o'rta miyora bo'lasizmi yoki matn o'qib ekspert bo'lasizmi?

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
👍8🔥21
Yangi bilimlarni qanday o’rganaman? 👨‍🎓

- Agar yangi texnalogiyani o'rganayotgan bo'lsam proyekt qilib ko'rsatgan video dars tomosha qilaman. Bu texnalogiya haqida umumiy, amaliy tushuncha olishga yordam beradi.

- Dokumentatsiya o'qiyman. Bu texnalogiyani ipidan-ignasigacha chuqurlashtirilgan tartibda o'rganish uchun.

- Dokumentatsiyani tushinish qiyin joyini kengaytirib, muallifning o'z uslubida tushintirilgan maqolalar o'qiyman.

- ChatGPT dan tushinchamni tasdiqlash yokida soddaroq qilib tushintirishi uchun foydalanaman. Yangi texnalogiyani o'rganayotganda avvaldan bilgan texnalogiyamga qiyoslab, men uchun bu texnalogiya rostdan kerakmi yo'qligini ham aniqlashda foydalanaman.

- Ma’lum bir texnalogiyaga oid bo’lmagan asos bilimlarni o’rganish uchun kitob o’qishga harakat qilaman. Shu o'rinda aytishim joyiz texnik kitob o'qishda unchalik sabrli emasman. Odatda shaxsiy rivojlanishga doir ko'p kitob o'qiyman.

- Oldin o’qigan dokumentatsiya va kitoblarimni vaqti-vaqti bilan qaytarib turaman. Bir o’qiganda yodlab olguncha o’qimayman, tahlil qilaman, tushunsam o'tib ketaveraman. Qaytarish esa eslab qolishga sabab bo’ladi.

Sizning o’rganish uslubingiz qanday?

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
🔥10👍4
Kecha kun davomida jismoniy ishlar bilan sho’g’illandim. Shunday mazza qildim. Xuddi dam olishga borgandek tetiklashdim.

Hayotimning aksar qismi kompyuter qarshisida sarflanayotgan ekan.

Haftada bir kun faqat jismoniy ishlar bilan sho’g’illanishni reja qilib qo’ydim. Bahordan hovlimizda dehqonchilik qilmoqchiman. 😎

Sizga ham maslahat beraman.
20💯4🤣2👍1
2024 - yilda hech bo'lmasa bitta IT product/startup qilishga urinib ko'rmoqchiman.

To'g'risi doimiy ishchi bo'lib yurish odamni charchatadi. Xavf-xatarni hisobga olgan holda IT product/startup boshlash va tadbirkorga aylanish erkin ijod qilish muhitini taminlaydi.

Birinchi tadbirkorligimni o'quv markaz ochishdan boshlaganman, undan so'ng dastur ishlab chiqish agentlikka asos solganman.

O'quv markaz muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Agentlik esa, qanchalikdur pul keltirgan biroq harajatlarni qoplayvermagach uni ham yopganman.

Shundan buyon doimiy ishchi sifatida xalqaro korxonalarda ishlab kelayapman.

Bu yilda kamida bitta product/startup boshlab ko'rmoqchiman. O'xshab ketsa doimiy ishchilikdan bo'shab to'liq tadbirkorlikka qadam qo'yaman.

O'xshamasa doimiy ishchi sifatida ishlashni davom ettirgan holda, side-hustle sifatida boshqa product/startup qilishda davom etaman.

Sizga dasturchidan tadbirkorga aylanish mavzusi qiziqmi?

Agar qiziq bo'lsa, izohlarda o'z fikringizni qoldiring. Qanday qilib dasturchi sifatida xavfsiz IT product/startup boshlash haqida batafsil maqola yozaman.

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
🎉10👍41
Hozirda O'zbekistonda jadal tarzda dasturchilarni o'qitib yotipmiz. Biroq ularga ish o'rinlari yaratish masalasiga e'tibor qaratilmayapti.

Shuning uchun ham IT product va startup lar sonini oshirishimiz kerak deb hisoblayman. Qancha ko'p IT product/startup lar bo'lsa shuncha ko'p ish o'rni bo'ladi.

Faqat dasturchi bo'lish kurslari emas, startup va product ishlab chiqish kurslari ham paydo bo'lishi kerak.
💯30👍1👌1
Telegram kanalimni yuritishni noma'lum muddatga to'xtatmoqchiman

Kanalimni boshlaganimga ham 5 yil bo'lipti. Shu yillar ichida kanalim maksimum 800 tacha foydalanuvchiga erishdi.

Bu raqam oxirgi 5 yilda uchratgan odamlarim sonidan ham kam bo'lsa kerak 😂

Shuning uchun kanalimni yuritishni noma'lum muddatga, jiddiy sho'g'illanishga qaror qilgunimgacha to'xtatmoqchiman.

Aslini olganda 1000 ta foydalanuvchiga jiddiy kirishsa 1 oyga qolmasdan erishsa bo'ladi.

Yomon kontent yaratgandan ko'ra umuman yaratmagan ma'qul deb o'ylayman.

Bundan tashqari shu kunlarda kariyeraviy o'sishga ko'proq e'tibor bermoqdaman, ancha narsadan ortda qolib ketipman. Bilimlarimni charxlab olishim kerak.

Shu vaqtgacha meni qullab quvvatlaganingiz uchun barchangizdan minnatdorman.

Kurishguncha 😊
👍40👨‍💻2
Men qaytdim! 🙌

Assalomu alaykum! 👋 Uzoq tanaffusdan so'ng, blogimga qaytdim. Bu vaqt mobaynida nimalar sodir bo'ldi?

Hayot yo'limda adashdim. 😕 Atrofdagi voqealarni kuzatib, "biror startup yoki biznes boshlashim kerak, korxonada ishlab boy bo'la olmayman" degan fikr hayolimdan ketmadi. Natijada, asosiy ishim bilan birga proyektdan proyektga sakrab yurdim. 🤹‍♂️

"The Psychology of Money" kitobini o'qib, qarashlarim tubdan o'zgardi va yangi hayot yo'nalishini belgiladim. Bu tajriba menga shuni o'rgatdiki, haqiqiy muvaffaqiyat shaxsiy va professional hayotning muvozanatidadir.

Endi maqsadim multi-millioner bo'lish emas, balki hayotdan zavq olib 😃, sayohat qilib ✈️, yangi tajribalarni sinab ko'rish 🧗‍♂️, sog'lom bo'lish 💪 va oilamga ko'proq vaqt ajratish 👨‍👩‍👧‍👦.

Moliyaviy erkinlik uchun ikki narsaga e'tibor qaratmoqchiman: kariyeramni rivojlantirish va aktiv sarmoya qilish. Hayotimni turli ishlar bilan murakkablashtirmayman. Sizlarga ham o'z qadriyatlaringizga sodiq qolib yashashni tavsiya etaman. 🙏

Yuqoridagi kitobni o'qib, maqsadlarimiz doim o'zgarishini angladim. Hozirgi maqsadlarim yana o'zgarishi mumkin — bu tabiiy jarayon.

Sizlarda qanday yangiliklar bor? 😊
👍13🔥2🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁1
Qoyil hali uxlamaganlar ko'p ekan 😂
😁4
🌟 OpenAI dan yana bir yangi model! 🌟

Hozirgina bilib qoldim, ChatGPT'ga yangi model qo'shibdi — "GPT-4 with Canvas"! 🎉 Bu model bilan matn va kod yozishda odatiy chatdan tashqari bir qancha qulayliklarga ega ekansiz.

O'zim sinab ko'rdim va endi quyidagi qo'shimcha vazifalarni ham bajara olasiz:

- 🧐 Kod tahlili (Code Review): Model yozgan kodingizni tahlil qilib, fikr-mulohazalar qoldiradi. 📝 Birgina "Apply" tugmasini bosish orqali bu fikr-mulohazalarda aytilgan o'zgarishlarni amalga oshirishingiz mumkin.

- 🔄 Dasturlash tilini o'zgartirish: Bir dasturlash tilidan boshqasiga o'tkazishni bir tugma bilan amalga oshirishingiz mumkin. 🚀 Bu biz yozgan promptlardan ancha aniq va tezroq ishlaydi!

- 🐞 Xatolarni tuzatish (Debug): Xatolarni aniqlash va tuzatishni ham bir tugmani bosish bilan amalga oshirasiz.

- 💬 Log va izohlar qo'shish: Loglar va izohlarni qo'shishni ham juda oson bajarishingiz mumkin.

Qarang, Suniy Intellekt qanchalik tez rivojlanmoqda! 😲 Ilgari funksiyalarga mos nom topishda qiynalar edik, izohlar yozish va dokumentatsiya qilish haqida gapirmasa ham bo'ladi. Endi esa bu juda oson. 🎊

Yaqin kelajakda yashash tarzimiz yanada osonlashib, ish jarayonlarimiz tubdan o'zgaradi. 🌐🤖

Siz ham bu yangi modelni sinab ko'rdingizmi? Fikr-mulohazalaringizni bo'lishing! 👇
👍4
Biz ko’rsatmoqchimizki, kambag’al mamlakatlar kambag’al, chunki hokimiyatda turganlar qashshoqlikni keltirib chiqaradigan qarorlarni qabul qilishadi. Ular xato yoki bilmaslikdan emas, balki ataylab noto’g’ri qaror qilishadi.

“Why Nations Fail” kitobidan.

@devfarhod
💯84👍2