Diaryfarangiz – Telegram
Diaryfarangiz
5 subscribers
3 photos
Oʻsha kitobxon qizning qadrdon blogi...
Download Telegram
Channel created
❤️
🥰1
5 yil oldin ochilgan blog minglab kitobxonlar qalbiga kirib borgan taqrizlaru kitoblar...
5 yil oldin 2025 yil sentyabrda Diaryfarangiz kanalini yaratib yuzlab yaqinlarga ega boʻldim, 500ga yaqin kitoblar oʻqildi🥹 ehhh ...
Oʻshanda bakalavrga 1 kursga oʻqishga kirgan juda juda sodda qiz edim, 21 yosh boʻlsam-da shunchalik koʻp oʻylarim bor edi, hayotimni tartiblashga kitoblar va albatta mana shu kanal yordam bergan...
Kanalni butunlay oʻchirib yubordim, bu narsa besabab boʻldi ammo barbr oʻsha nom oʻsha xotiralar, yangi raqamdan yangi ochdim...

Kitoblari koʻp yigitga turmushga chiqaman degan oʻsha Farangiz, bugun ona kitoblari koʻp yigitchani oyisi, turmush oʻrtogʻim esa kitoblarga qiziqadilar, oʻqimishli, tushungan, dunyosi keng va goʻzal bir inson ☺️❤️ kitoblari koʻp emas🙊ammo meni kitoblarimni koʻpaytirishga yordam beradilar🥳

5 yil oldin Oʻzbekiston Milliy universitetiga bakalavrga oʻqishga kirib dunyodagi eng baxtiyor qizdek his qilgandim oʻzimni, bugun esa Magistraturaga talabasiman, Allohga shukr, Allohga oson🥰
Orzularimda yashayapman...
Ogʻlim yaqinda 2 yoshga toʻladi, onasidan oʻtgandek kitoblarga mehri alohida zehni baland🥹

Orzular qiling amalga oshmasachi deb qoʻrqmang, siz oʻsha orzularda yashaysiz ishoning🙃
1
Blogim uchun olingan ilk rasmlar 2021...
Baʼzan birdan esimga tushib shunaqa sogʻinib ketaman, oʻsha kitobxon qizlar bilan tinimsiz yozishmalarni, Toshkentda Termizda kitoblarimiz bilan boʻlgan uchrashuvlar, qizlar davrasi, pikniklar, kutilmagan hadiyayu sovgʻalar, ehhh... 2020 dan 2023 gacha qancha qizlardan oʻzimda yoʻq ilmlaru anglashlarni oldim.
Sogʻindim... Qisqasi osha lahzalarni qumsaydi qalbim. Hozir ham bari goʻzal endi meni kitobxonim ogʻlim bor, faqat синий трактор oʻqiymiz, oʻqimasam qoʻlimdan ushlab oldiga oʻtirgʻizib oʻqitadi🐻🤣