e-gov.uz – Telegram
e-gov.uz
2.64K subscribers
4.62K photos
290 videos
1 file
2.1K links
Raqamli hukumat markazining rasmiy kanali

🤖 @egovuz_bot
📞+998 55-501-36-06

✉️ E-mail: info@egov.uz
🌐Web: e-gov.uz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/egovernmentuz
Instagram:
https://www.instagram.com/egov.
Download Telegram
❗️Davlat organlari xodimlari census.stat.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/davlat-organlari-xodimlari-censusstatuz-orqali-onlayn-royxatdan-otadi-2046

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🕊1
☄️ Notarial harakatlar endi videokonferensaloqa orqali amalga oshiriladi

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (№3742, 05.01.2026-y.)

Yangi tartibga ko‘ra, jismoniy yoki yuridik shaxsning vakili notarial idoraga kelmagan holda, notarial harakatlar masofadan turib amalga oshirilishi mumkin.

💻 Notarial harakatlar:

E-notarius.uz portali
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali videokonferensaloqa rejimida tasdiqlanadi.

📝 Murojaat qiluvchi:

onlayn xizmat shartlari bilan tanishadi va roziligini tasdiqlaydi;
amalga oshirilayotgan notarial harakat turini aniq ko‘rsatib, zarur ma’lumotlarni to‘ldiradi.

⏱️ Notarius murojaatni 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, kamchiliklar mavjud yoki yo‘qligi haqida xabar beradi.

📹 Videomuloqot vaqtida:

taraflar yonida boshqa shaxslar bo‘lmasligi;
joy shovqinsiz va yorug‘ bo‘lishi;
videotasvir tiniq ko‘rinishi shart.

🗣Hujjat imzolashga tayyor bo‘lgach, notarius taraflarga ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek notarial harakatning mazmuni va oqibatlarini tushuntiradi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida

🔺Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

🌐 Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

💬Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
❗️Aholini ro‘yxatga olish boshlanmoqda! Onlayn ro‘yxatdan qanday o‘tiladi?

🟡 Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

🔵Ro‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

📱 Birinchi bosqichda (15–31 yanvar) fuqarolar census.stat.uz portali orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

📱Demak, har bir fuqaro OneID tizimidan foydalanishni bilishi muhim.

👨‍💻 Bir necha oddiy qadam va siz OneID tizimidan oson, tez va qulay foydalanishingiz mumkin.

👇 Quyidagi videorolikda barcha bosqichlar birma-bir va tushunarli tarzda ko‘rsatilgan.

▶️https://youtu.be/iJ488a0WFME?si=MHhqUpObX_Jx4WYx

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🗣 Aziz Vatan himoyachilari!

🇺🇿 Sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi bilan Raqamli hukumat markazi jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Mardlik, jasurlik va fidoyilik kabi oliyjanob fazilatlarni o‘zida mujassam etgan Siz azizlarning xizmatlaringiz har qanday tahsin va olqishlarga loyiqdir.

🎉 Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli xizmatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
☄️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🇺🇿 2026-yil 15-yanvar, soat 00:00 dan O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman start oldi.

⌛️17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌐 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish:
🟢 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
🟢 xorijda vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimiz uchun ham ochiq.

❗️Ro‘yxatdan istalgan joyda, yagona identifikatsiya tizimi orqali o‘tish mumkin.

▶️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma:
👉 https://www.youtube.com/watch?v=emOwotRVK4c&t=224s

🔐 Agar OneID tizimida parollarni unutgan bo‘lsangiz, tiklash oson:
👉 https://youtu.be/hqabRIFI0Q4?si=2G2e2vx_S0ml0O0w

🎁 Quvonarli yangilik!
Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar orasida tasodifiy tanlov asosida qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi.


🔺 Barcha fuqarolarni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
👮‍♀️Xavfsizlik kamariga oid yangi tartib: QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma beriladi

📝 Salomatligi sababli xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar ro‘yxati Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur hujjat 2025 yil 13 yanvar kuni 3755-son bilan ro‘yxatga olingan.

📱 Tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma beriladi. Ushbu ma’lumotnoma “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi yoki bemor davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan bepul taqdim etiladi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍💻 2,2 milliondan ortiq fuqaro onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Sizchi?

⌨️ Kuni kecha, 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.

👤 Shu kunning o‘zida, soat 20:30 holatiga ko‘ra, census.stat.uz portali orqali 457,8 mingta xonadonda yashovchi qariyb 2,2 million nafar fuqaro onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

❗️Eslatib o‘tamiz, mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


📱 Avvalroq OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish hamda ushbu tizimda parollarni tiklash bo‘yicha videoqo‘llanmalar taqdim etilgan edi.

🔐Quyida OneID tizimidan foydalanishning yana bir qulay usuli — Mobile-ID orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun videoqo‘llanmani havola etamiz:

▶️ https://youtu.be/-4Ubi_B_J5Q?si=tWLmrJJoV38nBCco

🟡 Ushbu tavsiyalardan foydalaning va sanoqda qatnashganlar safiga qo‘shiling!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#raqamlashtirish

📱 O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Uzinfocom” bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi amaliyotga joriy etildi.

🟡 Mazkur tizim sertifikatlashtirish, metrologiya, standartlashtirish va akkreditatsiya yo‘nalishlarida elektron, ochiq va shaffof xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlab, inson omilini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Hozirda platforma orqali yuzdan ortiq tashkilot va minglab mutaxassislar faoliyati qamrab olingan.

🔄 Kelgusida sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali xizmatlar sifati va boshqaruv samaradorligini yanada oshirish rejalashtirilmoqda.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🤩1👌1
Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurdingizmi?

🟡 Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi boshlanganidan buyon millionlab yurtdoshlarimiz onlayn tarzda sanoqdan o‘tishga ulgurishdi.

👤 Jarayonda aholining yoshi, oilaviy ahvoli, ta’lim darajasi, migratsiya, ish bilan bandlik va daromad manbalari haqida yagona baza yaratiladi. Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish, chorvachilik va parrandachilik ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqich 31-yanvarga qadar davom etadi.

🧑‍💻 Fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌐 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimiz uchun ham yaratilgan.

👉 Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, OneID yordamida sanoqdan o‘ting!

🔐 OneID tizimidan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanmalar:

▶️ https://youtu.be/iJ488a0WFME
▶️ https://youtu.be/g7Sd78jsxmw
▶️ https://youtu.be/hqabRIFI0Q4

🔵 Siz ham ushbu muhim jarayonga o‘z hissangizni qo‘shing: ro‘yxatdan o‘tishni orqaga surmang!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

🔄 “Shaffof qurilish” tizimida sun’iy intellekt joriy etiladi

🟢 2026-yildan boshlab qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish yangi bosqichga chiqadi. Endilikda “Shaffof qurilish” tizimida sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llanilib, sohada shaffoflik va samaradorlik yanada oshiriladi.

🔹 154 ta aholi punkti uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi.
🔹 Arxitektura-shaharsozlik kengashlari to‘liq raqamlashtiriladi.
🔹 Fuqarolar murojaatlarini tahlil qilishda sun’iy intellekt joriy etiladi.
🔹 Qiymati 10 mlrd so‘mdan yuqori loyihalar faqat elektron tizim orqali ko‘rib chiqiladi.

💻 Shuningdek, “Turar joy” milliy axborot tizimi ishga tushirilib, uy-joylarning texnik holati, energiya va suv iste’moli yagona elektron bazada yuritiladi.

📊 Barcha jarayonlar “Shaffof qurilish” tizimi orqali doimiy monitoring qilinadi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
☄️ Nomingizga o‘zgalar kredit rasmiylashtirmasligi uchun nima qilish kerak?

⌨️Nomingizga firibgarlar tomonidan kredit rasmiylashtirilishidan xavotirdamisiz? Endi bu xavfning oldini olish juda oson:

GooglePlay yoki AppStore orqali MyGov ilovasini yuklaysiz.
MyID orqali pasport raqami va tug’ilgan kuningizni kiritib, shaxsingizni tasdiqlaysiz.
"Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish" xizmatini tanlaysiz va faollashtirasiz.

❗️Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

📱Faollashtirilgan taqiq haqidagi ma’lumotlar "Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri"ga kiritiladi, bu esa banklar va moliyaviy tashkilotlar tomonidan sizga kredit berilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

👉 Ushbu muhim xizmatdan qanday foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanmani ko'rib, o'zingiz va yaqinlaringizni firibgarlikdan himoya qiling!

▶️ https://youtu.be/Vh39ZypODT8

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Aqlli” migratsiya shoxobchalari tashkil etiladi

“Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 19.01.2026-y.) qabul qilindi.

📝 Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan eksperiment tariqasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 tadan tuman (shahar) migratsiya va personallashtirish bo‘linmalarida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan, sun’iy intellekt asosidagi “Aqlli” migratsiya shoxobchalari tashkil etiladi. Bunda:

🔹 dastlabki bosqichda “Aqlli” migratsiya shoxobchalarida belgilangan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi;
🔹 Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘ziga o‘zi ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari kengaytirib boriladi.

2026-yil 1-maydan Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy boshqarmalariga O‘zbekistonga elektron kirish vizasi asosida kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning elektron vizalari amal qilish muddatini 1 marotaba 30 kungacha uzaytirish huquqi beriladi.

Chet el fuqarolariga O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani rasmiylashtirish vakolati Departament va uning hududiy boshqarmalariga ham beriladi.

📄 2026-yil 1-sentyabrdan talabalar yotoqxonasiga joylashish bo‘yicha shartnoma tuzish bilan bir vaqtda talabalarni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning kompozit tartibi joriy etiladi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#raqamlashtirish

❗️Migratsiya va personallashtirish sohasi raqamlashtiriladi

📋 Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan jismoniy shaxslarga identifikasiyalovchi ID kartalar 1-marotaba rasmiylashtirilganda uning chipiga kiritiladigan elektron raqamli imzo sertifikati bepul beriladi.

🏛 Departament jismoniy shaxslarning quyidagi markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va doimiy yangilab borish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi:

🔸 chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔸 identifikasiyalovchi ID karta seriyasi, raqami, berilgan joyi hamda berilgan sanasi va tugash sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔸 O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔸 O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔸 O‘zbekistonga taklif qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqidagi, shuningdek, ularning viza muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

📜 2026-yil 1-sentyabrdan quyidagi davlat xizmatlarini YIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi:

▪️ xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekistonga taklif qilish;
▪️ fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Digital.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sohasida erishilgan natijalar hamda 2026-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о достигнутых результатах и приоритетных задачах на 2026 год в сфере развития цифровых технологий.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
❗️AI va elektron reyestrlar: tibbiyotda yangi davr boshlanmoqda

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan takliflarda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish masalalari alohida o‘rin oldi.

Tez tibbiy yordam xizmati telemetrik EKG, monitorli defibrillyatorlar bilan jihozlanadi, EKG natijalari esa sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, axborot tizimi orqali shifoxonalarga real vaqt rejimida uzatiladi.
Infarkt va insult holatlarida “oltin soat” tamoyilini ta’minlash uchun tez tibbiy yordam brigadalari va stasionar muassasalar o‘rtasida raqamli ma’lumot almashuvi yo‘lga qo‘yiladi.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/ai-va-elektron-reyestrlar-tibbiyotda-yangi-davr-boshlanmoqda-2057

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#infografika

🔵 Poliklinikaga hisobga turish to'liq onlaynga o‘tmoqda

👨‍💻 Bundan xabari bor yurtdoshlarimiz poliklinikaga hisobga turish uchun alohida vaqt sarflab, borib o‘tirmayapti.

📈 Natijada aholining tibbiyot muassasalariga biriktirish xizmatidan foydalanish ko‘rsatkichi keskin oshdi.

📱 Hozirga qadar 1,2 milliondan ortiq fuqaro my.gov.uz orqali onlayn hisobga turish imkoniyatidan foydalandi.

❗️Qiziq jihati, ularning 96 foizi buni my.gov.uz mobil ilovasi orqali hal qilishgan! Portaldan murojaat qilganlar soni esa 4 foizni tashkil etgan.


📱Bu ko‘rsatkich aholi orasida davlat xizmatlarini MyGov ilovasi orqali olish ancha qulay va samarali ekanligini tasdiqlaydi.

📍 Xizmatdan foydalanishda eng faol hududlar:
Samarqand viloyati (207 000+ ariza)
Buxoro viloyati (158 000+ ariza)
Toshkent shahri (157 000+ ariza) bo'lgan.

👤 Eslatib o‘tamiz! Mazkur xizmat orqali nafaqat o‘zingiz, balki farzandlaringizni ham tibbiyot muassasasiga onlayn hisobga qo‘yishingiz mumkin!


🌎 my.gov.uz — shaffof, tezkor va qulay davlat xizmatlari!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasi raqamlashtiriladi

📝 “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (11-son, 20.01.2026-y.) qabul qilindi.

👮‍♀️ Qarorga ko‘ra, Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimi “Ma'muriy amaliyot” moduli mas’ul vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.

👉 2026-yil 1-fevraldan:

🔹 umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari, konlar, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transportlar, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar, shuningdek, “antikvar” avtomototransportlar uchun alohida seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi;
🔹 ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transportlardan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi.

Avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.


👉 Avtomototransportni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olish yo‘lga qo‘yiladi:

▪️ avtomototransport oldi-sotdi shartnomasi;
▪️ “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;
▪️ davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransportlarga beriladigan elektron hisob-ma’lumotlar;
▪️ avtomototransport vositasi mulkdorining ma’lumotlari.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3