#Forum
"IX Xalqaro O‘zbekiston gidlar forumi – 2026” bo‘lib o‘tdi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Turizm kafedrasi tashabbusi bilan "21-fevral – Butunjahon turizm gidlari kuni" munosabati bilan "IX Xalqaro O‘zbekiston gidlar forumi – 2026” tashkil etildi.
Tadbir yakunida samarali faoliyati olib borayotgan gidlar turli nominatsiyalar bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining sertifikati va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Forumda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari, Xorazm viloyati Turizm boshqarmasi mas’ullari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida mehnat qilayotgan gidlar, Urganch davlat universiteti Turizm kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turizm gidlari faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy gidlik standartlari, xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda gidlarning o‘rni, milliy madaniy merosni targ‘ib etish hamda xorijiy sayyohlar bilan ishlash madaniyatini oshirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir yakunida samarali faoliyati olib borayotgan gidlar turli nominatsiyalar bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining sertifikati va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍4🥰1🤩1
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️15 yillik stajga ega pedagoglar uchun ipoteka badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-sonli “Oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatimiz taʼlim tizimida tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan muhim voqelik sifatida namoyon boʻldi.
Ilk bor oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglar uchun ipoteka krediti boʻyicha davlat subsidiyasi joriy etilishi ustoz va murabbiylar mehnatini yuksak eʼtirof etish, ularning fidokorona xizmatini munosib ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy himoyasini yangi, sifat jihatdan yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan qatʼiy siyosiy irodaning amaliy ifodasidir.
Mazkur qaror orqali oʻqituvchi va ustozlik kasbining jamiyatdagi maqomi yanada mustahkamlanib, pedagoglarning farovon turmush kechirishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli va tizimli mexanizm yoʻlga qoʻyildi.
Unga koʻra:
✅ 2026-yildan boshlab kamida 15 yil ish stajiga va oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari boshlangʻich badalining 25 foizini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi joriy etiladi;
✅ subsidiya olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi hamda uy-joy kadastri faoliyatini boshqarishning “Davlat xizmatlari markazlari” elektron platformasiga integratsiya qilinadi;
✅ ipoteka kreditini boshlangʻich badalining 25 foizi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng kam miqdorlaridan kelib chiqib aniqlanadi;
✅ subsidiya olish uchun kelib tushgan arizalar “subsidiya.idm.uz” elektron platformasi orqali inson omillisisiz koʻrib chiqiladi hamda subsidiya platformasi tomonidan avtomatik tarzda toʻlov platformasi orqali subsidiya toʻlanadi;
✅ ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan har yili 200 mlrd soʻmgacha mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Qarorga koʻra, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan pedagoglar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish belgilangan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️15 yillik stajga ega pedagoglar uchun ipoteka badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-sonli “Oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatimiz taʼlim tizimida tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan muhim voqelik sifatida namoyon boʻldi.
Ilk bor oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglar uchun ipoteka krediti boʻyicha davlat subsidiyasi joriy etilishi ustoz va murabbiylar mehnatini yuksak eʼtirof etish, ularning fidokorona xizmatini munosib ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy himoyasini yangi, sifat jihatdan yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan qatʼiy siyosiy irodaning amaliy ifodasidir.
Mazkur qaror orqali oʻqituvchi va ustozlik kasbining jamiyatdagi maqomi yanada mustahkamlanib, pedagoglarning farovon turmush kechirishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli va tizimli mexanizm yoʻlga qoʻyildi.
Unga koʻra:
Qarorga koʻra, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan pedagoglar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish belgilangan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥3
⚡️ Yilning eng yirik yoshlar harakatiga start berildi!
🖐 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ulardagi yashirin iqtidorlarni yuzaga chiqarish maqsadida 2022-yildan buyon “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun poytaxtimizdagi muhtasham Olimpiya shaharchasida yoshlar o‘rtasida 5-marotaba o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi” loyihalarining tantanali ochilish marosimi yuqori ko‘tarinkilikda bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, hukumat a’zolari hamda hamkor vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etib, yoshlarga kelgusi musobaqalarda omad tiladilar.
Olimpiadaning 2026-yilgi mavsumida yoshlar o‘rtasida jami 23 ta turli tanlov va sport musobaqalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
🔥Sen ham o‘z iqtidoringni namoyon et va g‘alabalar tarixini biz bilan birga yoz!
#BeshTashabbusOlimpiada2026
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bugun poytaxtimizdagi muhtasham Olimpiya shaharchasida yoshlar o‘rtasida 5-marotaba o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi” loyihalarining tantanali ochilish marosimi yuqori ko‘tarinkilikda bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, hukumat a’zolari hamda hamkor vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etib, yoshlarga kelgusi musobaqalarda omad tiladilar.
Olimpiadaning 2026-yilgi mavsumida yoshlar o‘rtasida jami 23 ta turli tanlov va sport musobaqalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
🔥Sen ham o‘z iqtidoringni namoyon et va g‘alabalar tarixini biz bilan birga yoz!
#BeshTashabbusOlimpiada2026
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍8😁1😱1
Oʻzbekiston–Turkiya hamkorligida oila institutini mustahkamlashga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Turkiya Ayollar va demokratiya jamgʻarmasi (KADEM) hamkorligida "1-Xalqaro Oilani mustahkamlash konferensiyasi" tashkil etildi.
Tadbir doirasida Ikkinchi "Yil ayoli" dasturi boʻyicha Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi boʻlim boshligʻi Muhabbat Mirsoliyeva "Yil ayoli" mukofoti bilan taqdirlandilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Turkiya Ayollar va demokratiya jamgʻarmasi (KADEM) hamkorligida "1-Xalqaro Oilani mustahkamlash konferensiyasi" tashkil etildi.
Mazkur xalqaro anjumanda Turkiya Ayollar va demokratiya jamgʻarmasi (KADEM) boshqaruv kengashi raisi Sumeye Erdogʻan Bayraktar, Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur Ozdemir Goktash, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda sohaning boshqa masʼul vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiya doirasida oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish, mazkur yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Chiqishlarda oila barqarorligini taʼminlashda taʼlim va ilmiy asoslangan yondashuvlarning ahamiyati alohida qayd etildi.

👍9❤4