elyor.dev – Telegram
elyor.dev
291 subscribers
97 photos
3 videos
84 links
- Shaxsiy fikrlar hammasi ham to'g'ri bo'lmasligi mumkin

© Elyor Shodiyorov
Download Telegram
Forwarded from Vector IT Academy
Siz Node.js dasturchimisiz? 💭

Unda ushbu kurs aynan siz uchun. 🫵

O'z sohangizni qiyin qismlarini chuqurroq o’rganib, haqiqiy professional bo'lish uchun ochilgan noyob imkoniyat.

O'zbekistonda ilk bora, O'zbek tilida, barchaga qulay “jonline”(jonli va online) tarzida, “Node.js Advanced" kursi boshlanish arafasida. Siz esa ushbu kursda qatnashish imkoniyatiga egasiz.

Kurs taqdimotiga oz qoldi.

Taqdimotga qo’shilish uchun kanal: @nodejs_advanced

Vector IT Academy” - Bizga qo'shiling, tajribalilardan bo'ling.
👍2
Forwarded from Islombek.dev
Middle C# dasturchi qidirilyapti ekan

3+ years of commercial experience in .NET C# + ASP.NET MVC
English (upper intermediate) and Russian (upper intermediate)
Work from office 5/2, 10:00 - 19:00
Salary: 1.500$ -2.000$

Contacts:
@alishermakhmudov_com
+998903210892

@islombekdev
👍2
Kursni bitirib ish qidirayotganlar nimalarga e'tibor qaratishlari kerak yohud birinchi ish qanday topiladi?

IT olamida menimcha oxirgi yillarda eng qiyin etap bu birinchi ishni topish bo'lib qoldi. Shu borada bir necha maslahatlar bilan bo'lishmoqchi edim.

1. Vakansiyalarga topshirgan holda pet projectlar qilish, ilm olishda davom etishlik. Pet projectlar ham boshqalarnikidan ajralib turadigan bo'lsa yana ham yaxshi. Ish beruvchilar ham bir xil youtuberdan ko'chirilgan projectlardan charchashi mumkin. Shu bilan birgalikda ilm olishda, bilmagan yoki kam bilgan mavzulariga chuqurroq kirishish, interviewda tushadigan savollarni mohiyatini o'rganishda davomli bo'lish kerak.

2. Public chatlarda (u yoki bu texnologiya uchun ochilgan, masalan reactjs uchun) biroz faollikni oshirish, lekin albatta me'yorni ushlagan holda. Kuninggiz shu chatlarda o'tib ketmasin. Bunday chatlardan ikkita foyda bor. Birinchisi, agar siz bilmagan savol berilsa va kimdir unga javob bersa siz ham o'rganib olasiz. Ikkinchisi, siz ham savollarga javob berish orqali shu sohada ishlovchilar bilan tanishasiz, tanish orttirasiz. Kelajakda sizni ish topib ketishizga aynan shu tanishlar refer qilishi sabab bo'lishi mumkin.

3. O'zinggizga o'xshash sheriklar topib biron foydasi tegishi mumkin bo'lgan projectlar qilish, ya'ni jamoa bo'lib ishlash. Va bu haqida masalan Linkedin, Head Hunter (hh) kabi platformalarda ko'rsatib borish, jamoa nimalar bilan shug'ullanayotgani kabi yozib borish.

Yuqoridagi maslahatlar barchasi ilmni kuchaytirish uchun bir yo'l xolos. Hammasidan asosiy maqsad shu bo'lishi kerak.

Agar yana qanaqadir birinchi ishni topishlikda yordam beradigan idealar, yoki e'tibor berish kerak bo'lgan muhim jihatlar bo'lsa kommentlar ochiq.

#birinchi_ish

@elyor_dev
👍5❤‍🔥1🆒1
Qiziq sayt topib oldim. Koinotga qiziquvchilar uchun ancha qiziq bo'lsa kerak

https://eyes.nasa.gov/

@elyor_dev
🔥3👍1🤯1
CSS print

Ba'zan sahifani chop etish (print) yoki pdf ga aylantirish kerak bo'lib qoladi, lekin sahifadagi ba'zi elementlar print qilganda ko'rinmasligi kerak, yoki boshqacharoq ko'rinishi kerak. Shunaqa vaziyatlarda ham css dagi @page, @media print lar yordamga keladi. Shular haqida to'liqroq o'qish uchun shu linkga bosing.

@elyor_dev
👍9👎1🆒1
Majburlikdan RTK (redux-toolkit) o'rganish kerak bo'lib qolsa, shu pleylistga o'taverasizlar.

https://news.1rj.ru/str/c/1823945791/888


https://youtube.com/playlist?list=PLw1vOw8ryxt_2VIGLqamCP2gC0sI1h3k0&feature=shared


Mobx top baribir, unutmaymiz!
🤣6😁3👍1
Ramazon oyi muborak barchalarizga.
👍15
Forwarded from MJ
Далолат.

Закотга хақдор инсонлар телеграм канали бор. Эҳсон берувчи кишилар тез-тез шу канални сўраб туришади. Ҳозир Рамазон ойи, закот, фитр ва фидя мавсуми. Ўз қўли билан Хақдорга обориб бераман деган кишилар учун ёрдамчи дастур бор.
Марҳамат, телеграм канал ва сайтга кириб фойлаланинг...

https://news.1rj.ru/str/+zDNMhMXHADo3ZDcy

https://www.maqsaad.uz/
Devin AI - aynan software engineering uchun moslangan AI. Bugun uni bir muncha sinab ko'rdim. Natijalar rasmda.

Hozircha chatgpt yaxshiroq ekan degan xulosaga keldim. Contextga yaqin ham kelmadi. Faqatgina bir nechta urinish va to'g'irlashlardan so'ng sal yaqinroq keldi xolos. Unda ham men kutgan natija chiqmadi.

DevinAI hozircha ishimizni tortib ololmas ekan)

#devinai

@elyor_dev
Mobx local state

Mobx'ning Redux'dan yana bir farqli jihati uni nafaqat global state sifatida ishlatish, balki undan local state sifatida ham foydalanish mumkinligida. Bunday usulning custom hooklardan foydali jihati code base'da global/local statelar farqli bo'lmasligi. Kerak vaqtda local state'dan osongina global state yasash (yozilishida farq bo'lmagani sabab) imkoni borligida.

Keyin mobx'da props sifatida butun objectni berib yuborsanggiz ham ortiqcha rerender haqida bosh qotirish shart emas)

Yuqoridagi to'liq codeni [shu link] orqali ko'rish mumkin.

#mobx #local_state

@elyor_dev
👍5👎21
Mobx vs Zustand locale states

[Bu yerda] mobx va zustand local statelar. Reduxda bunaqa qilib bo'lmaydi, uviii

Upd.: Reduxda ham qilib bo'lar ekan, example bitta keyingi postda.

#mobx #zustand

@elyor_dev
5👎2👍1
Hayit muborak bo'lsin.
👍11🎉2
Forwarded from Programming ∀
Woow

Git o'zbek tilida !!!!!


https://git-scm.com/book/uz/v2
14👍1
Forwarded from Islombek.dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayotizga foyda olib keladigan eeeng katta ilmlardan biri - bu ingliz tili

Nafaqat sohangizga, balki agar to'g'ri ishlatsangiz deyarli hamma narsaga manfaatini sezasiz.

Oramizda ko'pchilik ingliz tilini tushunish lekin yaxshi gapira olmaslikdan aziyat chekadi. Ayni shu muammoni hal qilishda Josh developer do'stimiz akademiyasida English for IT (+Business English) kursini ochipti.

Darsga qatnashib ko'ring. Katta ehtimol bilan ketkizadigan vaqtingizga ham, pulingizga ham arziydi deb o'ylayman.

🔗 Havola: https://news.1rj.ru/str/vector_academy_uz/72

Bonus: ISLOMBEKDEV promokodi bilan kursga qo'shilsangiz, sizga 10% chegirma taqdim etiladi.

@islombekdev
👍6😁1
Forwarded from MJ
Bu holat ancha avj olibdi. Facebookdagi tanishlarda ham ko'rgandim bunday xabarlarni.

Mirjalol akanikidek profil sozlab olgan.

Bunday firibgarlardan ehtiyot bo'lish uchun:

- pul so'ragan har qanday odamdan telefon qilishini so'rang
- profil nomini o'z chat tarixingizdan izlang, asl shu odamning o'z profili chiqadi
- qanday sabab bo'lmasin, TGdan yozgan, shoshilib telefon qilgan odamga pul o'tkazmang

===

Agarda mening profilim rasmi va biosi bir xil bo'lgan odamdan xabar bo'lsa, javob bermang. Bloklang.

P.S. Skrinshotda men yozish uslubi Mirjalol akanikiga o'xshamaganligi, boshqa profil bo'lganligi uchun biron nimani aniqlab olarman deb yozishganman. Mirjalol akaning Humoyun ismli shogirdlari ham yo'q o'zi.