elyor.dev – Telegram
elyor.dev
292 subscribers
97 photos
3 videos
84 links
- Shaxsiy fikrlar hammasi ham to'g'ri bo'lmasligi mumkin

© Elyor Shodiyorov
Download Telegram
Reactda two way data binding uchun bir misol.

Aytgancha sahifada 100 ta input bo'lsa ham ortiqcha rerenderdan o'ylanmasa ham bo'ladi. Chunki faqatgina bitta change bo'layotgan input rerender bo'ladi. Mobx magic, Mobx top)

https://codesandbox.io/s/two-way-data-binding-mobx-rfz8xk?file=/src/App.tsx


#mobx #form_controller

@elyor_dev
👍3🔥1👏1
Forwarded from Islombek.dev
​​Dasturlash oson emas

Bo'lib ham har bir developerni hayotida yomon kunlari bo'ladi.

Bir-ikkita kichkina muammoni hal qila olmasangiz bu sizni yomon developer ekanligingizni bildirmaydi.

Miyangizga dam bering. Tashqariga chiqing, coffee iching, yaqinlaringiz bilan gaplashing va keyin miyangiz ancha yengillagan holda kelasiz.

Siz robot emassiz, kerakli paytda miyaga va tanamizga dam bera olishimiz kerak. Shundagina biz xohlagandek ishlab beradi :)

@islombekdev
2
Forwarded from Josh*Developer
Diqqat, "Josh*Podcast"ning oltinchi soni e'loni. 🎙

Podcast mavzusi 📃:
Dasturlashda muvaffaqiyatga erishish.”

Mehmonimiz
👥:
- Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile)

Sana va vaqti
🕔:
14-Oktyabr, 21:00

Jonli efir linki
📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c

Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi.

#podcast

@JoshDeveloper
👍5🔥1🤝1
elyor.dev
Lyric chekinish. Ish uchun, yoki biron communitylarda umuman odam ko'p bo'lgan chatlarda bo'lsanggiz, profilinggizning nomiga e'tibor berib qo'ying. Eng yaxshi varianti ism, familiya yozib qo'yishlik nazarimda. Har xil hech ma'no yo'q simvollardan chekingan…
Yana o'sha mavzu

Biron bir kishidan yoki communitylarda savol so'rashlikda ham odobni ushlash kerak. Javob bergan kishiga rahmat deb qo'yishlik ham o'sha kishida siz haqinggizda yaxshi taassurot qoldiradi. Bundan avvalo o'zinggizga foyda:

1. Keyingi safar savol so'rasanggiz ham og'rinmay javob berishadi.

2. Kelajakda sizni potensial ish beruvchiga tavsiya qilishi ham mumkin.

Yana bizni qadriyatlarimizda ham hojatini chiqargan kishiga albatta tashakkur aytib qo'yishlik ham yaxshi amal. Umuman olganda savol javob odoblarini yaxshilab o'rganib qo'yishlik barchaga foyda keltiradi. Sizga avvalambor hech kim javob berishga majbur emas, hammani vaqti o'zi uchun qimmatli, doim shu yodinggizda tursin. Savolni iloji boricha qisqa, lo'nda, va faktlari (codedan rasmlar, xatodan rasm, o'zinggiz nimalar qilib ko'rganinggiz va h.) bilan bering.

#tavsiya #soft_skills

@elyor_dev
👍7🔥3💯1
Forwarded from R4Y🍉
O'zbekistondagi React hamjamiyatining asosiy figurasi bo'lgan Ayyubxon do'stimizning kanallariga ham obuna bo'lib, qo'llab-quvvatlab qo'yaylik.

Yaxshi maqolalar yozib turadi. Shulardan biri mana RTK haqida:
https://www.texnoman.uz/post/redux-toolkitni-10-qadamda-organing_.html

Kanalga havola: https://news.1rj.ru/str/thunkdev

P.s. Reklama huquqlari asosida
3
Ba'zan kim tomonda ekanligingni bildirib qo'yishlikkina yetarli emas. So'zlar aytilaveriladi, amallar so'zlaydi. So'zlar bilan aytib qo'yib yana yo'lda davom etishlik, tildan chiqqan gap bilan qalb bir emasligini anglatadi.

Ba'zi katta ishlarda "chumoli" pozitsiyasidaman deb yurishlik ham to'g'ri emas.
10👍4🔥2🆒1
Postlarim soni birdan pasaydi. Mobx haqida ham yoza olmayapman. Sababi vaqt. Vaqt masalasi og'irroq. Oxirgi paytlar ko'pchilikka qizig'i yo'q narsalar ustida izlanyapman. Yoritishga mavzular ko'p, lekin yana masala borib vaqtga taqalyapti. Tez orada nasib bo'lsa seriyali postlar chiqararman, biron bir qiziqarli mavzuda.

#stay_tuned

@elyor_dev
👍8
mobx v6.11.0

Mobx standart decoratorlar bilan yangi release chiqdi.

O'zi 6 versiyagacha mobx decoratorlar ishlatar edi, faqat u paytda decoratorlar standart emas, experimental edi. Shu sabab keyin biroz muddat funksional makeAutoObservable(), makeObservable() kabi funksiyalar qo'shildi, bugunga kelib esa decoratorlar standart bo'lgach, mobx yangi standart decoratorlar bilan yangi release qildi.

Decoratorlarni makeAutoObservable() kabi funksiyalardan asosiy farqi, nima observable element nima yo'q ekanligi aniq ajratilishi, asli keraksiz elementni observable qilishni oldini olishidir.

Mobx avtoridan statya:
https://michel.codes/blogs/mobx-decorators

@elyor_dev
👍31
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Komediya kino ko'rib yig'laganmisiz?

Men uchun bu kinoni nomi "Ajoyib Hayolparast". Televizorda ko'p ko'rganman, har ko'rganda ichimni qattiq ezadi. Garchi 1977-yilda ishlangan bo'lsada, ekranlarda hozirgacha qo'yilsa kerak.

Hayol surma, hayol surish senga emas - paxtangni ter degan kino.

Biz hayol surmayapmiz. Bilasizmi nima alam qiladi? 42da dasturlash bo'yicha kurs chiqardik - 99 kishi bu kursdan keyin ish topsak bo'ladimi deb so'radi, lekin 1 kishi bu kursdan keyin startup qilib millarder bo'lib ketamanmi deb so'ramadi. Ikkisi uchun ham javob - "balki" bo'lardi, lekin 2-ni eshitishni ko'proq xohlardim.

Bu davr hayolparastlar darvi. Tasavvur qilgan narsangizni yarata olasiz - qura olasiz.

Bizni o'zbeklar:
- oylik bermasa yig'ishtir "it pitingni" deyishadi. "Ana bor, bozorga chiq" deb qancha ota o'g'liga aytgan ekan?

Ha aytgancha, pulingiz bo'lmasa ham 42.uz kurslari ochiq, @yordam42 ga yordam so'rab yozgan hech kimga yo'q demadik.
🔥7👍1
Forwarded from Dev thinking loud
Qo'shimcha ishlash(overtime)

So'nggi paytlarda maslakdoshlarimdan shu masalada ko'p etirozlar eshityapman. Bazan ish beruvchilar hodimlarni qo'shimcha ishlashga(overtime) majburlash holatlari kuzatilayotgan ekan. Ustiga ustak bu vaqtlar uchun maosh ham to'lanmas ekan.

Bu holat bir paytlari o'zimning ham boshimdan bir necha marotaba o'tgani va har gal bu menga juda qattiq salbiy tasir qilgani uchun shu mavzu haqida yozishga qaror qildim.

Bu mavzuda bir qancha tomonlar bor, keling birgalikda bir-bir o'tib chiqaylik.

Masalaning birinchi tomoni, bu holat sabab hodimning foydali ish koeffisiyenti tushib ketadi(burnout). Bu masalaning eng dolzard tomoni, chunki bunda har ikki tomon zarar ko'radi. Ishdan keyin qo'shimcha soatlarda yoki shanba/yakshanba kunlari majburiy ishlatilgan hodimning keyingi kun/haftadagi ish unumdorligi keskin tushib ketadi (bazan hodim juda yosh bo'lsa bu sezilmasligi mumkin, ammo bu holat bir muddat davom etgandan keyin albatta seziladi), natijada bundan biznes ham zarar ko'radi.

Masalaning ikkinchi tomoni, bunaqa tajriba hodimga psihologik jihatdan salbiy tasir ko'rsatadi va hodim sekin-asta boshqa kompaniya qidirishga tushadi, alal oqibat qayerdandir hatto pastroq oylikka bo'lsa ham ish chiqadi va hodim kompaniyani tark qiladi. Natijada kompaniya hodimdan ayriladi. Yangi hodimni qidirib topish, uning unumli ishga tushib ketishi esa biznes uchun ham vaqtdan ham moliyaviy jihatdan zarar yetkazadi.

Masalaning uchinchi tomoni, bunaqa holat bilan ishdan ketgan hodim kompaniya haqida hech qachon ijobiy gapirmaydi, natijada kompaniyaning sohadagi obro'si tushib ketadi va tajribali hodim hech qachon bunaqa kompaniyaga ishga kelmaydi. Yana kompaniya zararda.

Masalaning to'rtinchi tomoni, bir insonni o'z roziligisiz yoki muhtojlik holatidan foydalanib qo'shimcha ishlashga majburlash na insoniy va na shar'iy tomondan to'gri bo'lmaydi. Bu ish hodimga nisbatan shar'an zulm hisoblanadi. Bunaqa biznesdan baraka ko'tariladi.

Endi masalaning sabablariga kelsak. O'zi nega bu tajriba qo'llaniladi?
Odatda har qanaqa biznes/reja "vaqt tahmin"(estimation)lariga asoslanadi. Mana shu "vaqt tahmin"larni togri hisob-kitob qilish odatda boshqaruv(management)ning zimmasida bo'ladi. Agar shu bosqich noaniq bajarilsa (yoki umuman bajarilmasa), boshqaruv ozi qilgan xatolarni qoplash uchun mazkur tajribaga murojaat qiladi. Yani qo'pol qilib aytganda boshqaruvning xatolarini hodimlar qoplashi kerak bo'lib qoladi.

Endi masalaning yechimiga kelsak. Bunaqa holatlarning oldini olish uchun boshqaruv bilan shug'ullanadigan qatlamga maslahatim o'zingizning sohangiz bo'yicha biron joyda bilim oling yoki malaka oshiring. "Biznesni boshqaruv" yoki "Proyektni boshqaruv" degan fanlar bor, bular bo'yicha universitetlarda yo'nalishlar va markazlarda kurslar bor. O'zingizning malakasizligingiz uchun boshqalarni qiynashdan voz keching.

@dev_thinking_loud
👍821
Leetcode

Oxirgi vaqtlarda ishdan ortib qolgan vaqtimni asosan leetcodega sarf qilyapman. Shuning hisobiga sevimli mobx haqida postlar bo'lmayapti. Nihoyat algoritmlar bo'yicha bilimlarni biroz bo'lsa ham ko'tarib olishga qaror qildim.

Bugun ishlangan masalalar soni 400 ga yetdi. Tabiiy bularni hammasini o'zim bittada ishlamaganman. Ba'zilarini solutions bo'limidan ko'rib keyin ishlaganman. Umuman olganda masalalarni yechishdagi asosiy qoidam hozircha "Bitta masalaga maksimum 1 soat" bo'lib turibdi.

Solutionlarni shu yerga joylab boryapman.

#leetcode

@elyor_dev
👍5🔥1
elyor.dev
https://www.geeksforgeeks.org/window-sliding-technique/
Sliding Window Algorithm Technique

Ancha qiziq va joyida ancha effective (brute force O(n^2) yoki O(n^3) -> window sliding O(n)) bo'lgan texnika ekan. O'qib ko'rishni maslahat beraman.

https://itnext.io/sliding-window-algorithm-technique-6001d5fbe8b3

@elyor_dev
👍4
🥲
😭1
TLE

Bunaqa test'larni tuzgan "birad"lar bilan uchrashib qolsam "от души" qo'lini siqib qo'yar edim 🤯

#thoughts #leetcode

@elyor_dev
👍2
🤣25
Forwarded from Ayyubxon Fargʻoniy | 0.1x engineer (Ayyubxon)
Qanday outsource companylarni bilasiz?

Oʻzbekistonda faoliyat yuritishi shart emas.

Bilganlarimni yozib qoʻyaman, commentda davom ettirishingiz mumkin, bu boshqalar uchun ham foydali boʻladi:

1. Oxagile
2. Epam
3. Exadel
4. Vention
5. Applied labs
👍6
Mobx

Angular signals mobx bilan.

#mobx #signals

P.S. shunchaki syntax o'xshash

@elyor_dev
👍3