EMU UNIVERSITY – Telegram
EMU UNIVERSITY
5.58K subscribers
562 photos
329 videos
2 files
568 links
Emu University - O'zingga munosib kelajakni tanla!

Qabul bo'yicha savollar bormi? - @emuni_support1 barcha savollar uchun

+998 78 147 00 07

Website: https://www.emuni.uz/uz
Download Telegram
👌 EMU University va Rongtong Group: Tibbiyotdagi yangi bosqich sari xalqaro hamkorlik

🇨🇳 EMU University Xitoyning yirik Rongtong Group xoldingi bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu kelishuv universitetning xalqaro miqyosdagi tibbiyot innovatsiyalari markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.

Kompaniya raisi boshchiligidagi delegatsiya tashrifi ikki tomonlama hamkorlikda yuqori innovatsion salohiyatga ega loyihalarni yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochdi.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishi sifatida EMU University klinikasi negizida oftalmologiya bo‘limini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu loyiha zamonaviy, yuqori texnologiyali tibbiyot yo‘nalishiga qaratilgan bo‘lib, unda Xitoy tajribasidan olingan noyob-texnologiyani joriy etish va xususiy hamda davlat investitsiyalarini jalb etish imkonini beruvchi kengaytiriladigan model ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, EMU University tibbiyot xodimlari uchun Xitoyning yetakchi klinikalarida o‘qish va malaka oshirish dasturlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu nafaqat kadrlar salohiyatini oshiradi, balki xalqaro bilim almashinuvi va ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11510🔥4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 EMU Universityda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi!

📅 2025-yil 11-noyabr kuni EMU Universityda “XXI asrda tibbiyot turizmi: barqaror modellar va so‘nggi amaliyotlar” mavzusida III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda tibbiyot, ilm-fan va turizm sohalarining yetakchi mutaxassislari, xorijiy ekspertlar hamda davlat va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.

👨‍⚕️ Konferensiyada Dr. Javed Khan ilmiy ma’ruza bilan qatnashdi.

🇺🇿 Anjuman O‘zbekistonning tibbiy turizm sohasidagi salohiyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish, investitsion imkoniyatlarni namoyish etish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Tadbir davomida sog‘liqni saqlash infratuzilmasini takomillashtirish, xorijiy bemorlar oqimini oshirish, raqamli yechimlarni joriy etish hamda davlat–xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonni mintaqada tibbiy turizm markazi sifatida mustahkamlashga xizmat qiladi.

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1010🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👌 EMU University va Ikuo Hirayama Xalqaro Karvonsaroyi: mavsumning madaniy hamkorligi

🇯🇵 Global o‘zgarishlar davrida qadimiy yo‘nalishlar yana jonlanmoqda. 2025-yil 11‑noyabr kuni EMU University bilan Yaponiyaning Ikuo Hirayama Xalqaro Madaniyat Karvonsaroyi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu tadbir — Sharq va zamonaviy ta’lim o‘rtasidagi yangi muloqot hamda qit’alarni birlashtira oladigan madaniyat kuchining namoyoni.

🟰 Karvonsaroyning markazida — asrlar davomidagi sayohatlar va uchrashuvlar xotirasini saqlovchi muhitda — an’anaviy yapon choy marosimi o‘tkazildi. Ushbu marosim, yapon estetikasidagi vabi‑sabi tamoyillariga chuqur bog‘langan holda, nafaqat ramziy tadbir, balki jonli etnografik tajriba bo‘ldi. Universitet delegatsiyasi Sharq muhitiga sho’ng’ib, har bir imo‑ishora va choy marosimi tafsilotlarida uyg‘unlik va o‘zaro hurmat falsafasini his qildi.

EMU Universiteti delegatsiyasiga Karvonsaroyning eksponatlarini o‘rganish uchun noyob imkoniyat yaratildi. Rasmlar va badiiy asarlar ko‘rgazmasi tarixiy aloqalarning chuqurligini ko‘rsatib, Yaponiya va O‘zbekistonning boy madaniy merosini aks ettirdi.

🟠Uchrashuv madaniy, ta’lim va ilmiy sohalarda qo‘shma loyihalarning boshlanishini belgiladi. Ushbu loyihalarning maqsadi — madaniyatlararo muloqotni dunyoga yetkazish, san’at va ta’limni rivojlantirish, chegaralarni yo‘qotish va yangi intellektual elita avlodini shakllantirishdir.

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👏3🏆22
🎓 EMU University jamoasi Jumaboyev Ramazon Bahrom o‘g‘lini universitet lideri etib saylanganligi bilan samimiy tabriklaydi!

U o‘zining faolligi, tashabbuskorligi va yetakchilik fazilatlari bilan talabalar orasida munosib e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Yangi yutuqlar, ilhom va muvaffaqiyatlar tilaymiz!



🎓 Команда EMU University сердечно поздравляет Джумабоева Рамазона Бахром угли с избранием университетским лидером!

Благодаря своей активности, инициативности и лидерским качествам он заслужил признание среди студентов.

Желаем новых успехов, вдохновения и больших достижений!
44🎉20👍1010🔥7❤‍🔥4💯3🏆3🥰2👏2🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EMU University va ELZA Institute (Syurix, Shveytsariya) oftalmologiya yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 🤝🇨🇭

2025 yil 14 noyabr kuni EMU University ELZA Institute ijrochi direktori, professor Nikki Xafezini qabul qildi. Uchrashuv davomida strategik hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi:

📚 Oftalmologiya bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni joriy etish
🔬 Ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish
🏥 Elza mutaxassislari tomonidan EMU klinikalarida ko‘z kasalliklarini aniqlash va davolash
🌍 Ordinatorlar, magistrantlar va yosh mutaxassislar uchun Shveytsariya klinikalarida stajirovkalar tashkil etish

Bu hamkorlik mintaqada oftalmologiya rivojiga keng imkoniyatlar ochadi va O‘zbekiston hamda Shveytsariya o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlaydi.

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English
🔥11107👍3💯1🏆1
17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni!

🎓 Talabalik – umrimizning eng yorqin, rang-barang, qiziqarli sarguzashtlarga boy davri!

⚪️Talabalikning zavqini tunni tongga ulab imtihonlarga tayyorlanganlar, talabalikka qabul qilingandagi hayajonni his qilganlar, kursdoshlari bilan bir oiladek yaqin boʻlib ketganlar, barcha mashaqqatni bilim va irodasi bilan yengib oʻta olganlar koʻproq anglashadi.

🎉 Yurtimizning barcha talabalarini EMU UNIVERSITY nomidan samimiy tabriklaymiz! Parvozingiz doim baland boʻlsin!

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🎉1810🥰5👍3❤‍🔥2🔥2🏆2
📆Joriy yilning 17 noyabri kuni EMU Universityda muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.

🩺Toshkent viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrach o‘rinbosari — Rohila Yusupova taklif etilib, talabalar bilan mazmunli davra suhbati o‘tkazdi.

💬Suhbat davomida:
OITS va OIV haqida aniq ma’lumotlar
Profilaktika choralari
Yoshlarning salomatlik madaniyati
Mif va haqiqatlar

kabi dolzarb masalalar yoritildi.



📆17 ноября в EMU University состоялось важное мероприятие.

🩺Заместитель главного врача Центра по борьбе со СПИДом Ташкентской области — Рохила Юсупова встретилась со студентами и провела круглый стол.

💬В ходе беседы были рассмотрены:
Точная информация о ВИЧ/СПИД
Профилактические меры
Формирование культуры здоровья среди молодёжи
Развенчание мифов
Мероприятие способствовало повышению осведомлённости и ответственности студентов.



📆On November 17, EMU University hosted an important educational event.

🩺Rohila Yusupova, Deputy Chief Doctor of the Tashkent Regional AIDS Center, was invited to hold a meaningful roundtable discussion with students.

💬Key topics covered:
Accurate information about HIV/AIDS
Prevention and awareness
Youth health culture
Myths vs. facts

The event helped increase students’ knowledge and promoted a healthy lifestyle.

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🏆5👍1🔥1
🇺🇿Bugun O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

1991 yil 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni tasdiqlangan.

EMU University ushbu sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarni qutlaydi. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik mustahkam bo‘lsin. Bayrog‘imiz doimo yuksaklarda hilpirab tursin.


🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English
15🔥6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👌 EMU University: Global Elite School rahbariyati bilan uchrashuv

⚪️Joriy yilning 19 noyabr kuni EMU University Global Elite School direktori janob Chang Sub Song­ni qabul qildi. Uchrashuv yoshlarda erta kasbiy yo‘naltirishni rivojlantirish hamda talabalarning lingvistik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishga bag‘ishlandi.

⚪️Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari uchun shifokor kasbi bilan tanishtirishga qaratilgan mahorat darslari va kasbiy yo‘naltirish tadbirlarini tashkil etish, koreys tilini o‘qitish bo‘yicha dasturlar, shuningdek hamshiralarning Koreya Respublikasiga malaka oshirish va stajirovkalarga yuborilishi masalalari kelishib olindi.

Tomonlar talabalar va yosh mutaxassislarning ta’limiy va kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tajriba almashish va hamkorlikda ishlashning muhimligini ta’kidladilar.

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍72
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📆Bugun EMU Universityning mehmoni — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi raisi maslahatchisi Ilhom Islomovich Marupov bo‘ldi.

🕌U kishi talabalarga “Biz diniy ekstremizm va radikalizmga qarshimiz” mavzusida ma’rifiy va ta’sirchan davra suhbati o‘tkazdi.

💬Suhbat davomida:
Diniy ekstremizmning xavfli oqibatlari
Yoshlarning ma’naviy mas’uliyati
Radikal g‘oyalardan himoyalanish
Sog‘lom va barqaror fikrlashni shakllantirish

Tadbir talabalar ongida hushyorlik ва mas’uliyatni oshirishга хизмат қилди.

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
65👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥EMU University talabalari kibersportning Dota 2 yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada faol ishtirok etdi! 🎮

💥 Jamoamiz kuchli o‘yin va strategiya bilan maydonda o‘z mahoratini namoyon qildi. 🏆

👏 Talabalarimizga ruhiy ko‘tarinkilik va g‘alaba sari intilganligi uchun tashakkur! 🚀🔥

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
137❤‍🔥4🔥3🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📆 Joriy yilning 21 noyabr kuni EMU University talabalari “Zakovat Arena”da bo‘lib o‘tgan “Zakovat Intellektual” olimpiadasining Respublika bosqichida faol ishtirok etdi. 🧠

🎯 Talabalarimiz bilim, topqirlik ва tezkor fikrlash orqali kuchli raqobat muhitida o‘z salohiyatini namoyon qildi.

👏 Faol ishtirok etgan barcha yoshlarga minnatdorlik bildiramiz! 🌟

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🎉4
EMU University sizni yuqori malakali xorijiy talabalar uchun mo‘ljallangan Daniya hukumatining stipendiyasida o’qish imkonini beradi!

Agar siz magistratura yoki doktorantura (PhD) darajasida xalqaro tajriba orttirishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, ushbu grantlar Daniyada, Yevropaning yetakchi davlatlaridan birida o‘qish imkoniyatingizni yaratadi.

Asosiy talablar:
• Tegishli akademik malaka mavjudligi.
• Raqobatbardosh akademik ko‘rsatkichlar va/ yoki tadqiqot tajribasi (PhD uchun – nashrlar yoki tadqiqot rejasi).
• Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat.
• Motivatsion xat.
• CV/rezume va tavsiya xatlari.
• To‘liq hujjat paketi va rasmiy talablariga moslik (tasdiqlangan nusxalar, tarjimalar va h.k.).

Yo‘nalishlar:
• Muhandislik va texnologiyalar
• Axborot tizimlari
• Biznes
• Ijtimoiy fanlar va huquq
• Tabiy va amaliy fanlar

👉 Daniya Hukumatining stipendiyalari haqida batafsil:
https://navttccourses.com/denmark-government-scholarships/

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English
👍97🔥2🏆1
👌 EMU University 1-kurs “Davolash ishi” va “Stomatologiya” yo‘nalishi abituriyentlari diqqatiga!

EMU University talabalari uchun maxsus qo'shimcha Davlat granti o‘rin ajratildi:

⚪️Stomatologiya va Davolash ishi yo‘nalishlari uchun

2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali online ro‘yxatdan o‘tadilar.

📆 Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 11-dekabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi.

Test sinovlari o‘tkazish sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyent shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi.

⚪️Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Eslatma: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son qaroriga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.

Belgilangan miqdordagi toʻlovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok etmaydi.

Abituriyentlarning oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketlik tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantiriladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etiladi.


🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13
👌 Yosh tadqiqotchilar va magistratura talabalari uchun o’quv seminari
“Tibbiy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ma’lumotlar tahlili va maqola yozish strategiyalari”

Seminar mazmuni:
Ushbu seminar tibbiyot mutaxassislari uchun tadqiqot jarayonini to‘liq tushunishga yordam beradi va quyidagilarni qamrab oladi:
-Tibbiyot sohasida tadqiqot metodologiyasi va tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari;
-Tadqiqot muammosi va ilmiy bo‘shliqni aniqlash, tadqiqot savollari, vazifalari va gipotezalarni shakllantirish;
-Tadqiqot dizaynini to‘g‘ri tanlash va ma’lumotlarni yig‘ish usullari;
-Ma’lumotlarni statistik dasturlarda tahlil qilish (SPSS, Stata);
-Tadqiqot natijalari va xulosalarni aniqlash;
-Ilmiy maqola yozish bosqichlari va xalqaro jurnallar uchun tayyorlash;
-Maqola tuzilishini xalqaro standartlarga moslashtirish;
-Maqolani nashrga yuborish jarayoni va ilmiy etikaga rioya qilish.


Ma’ruzachi:
Fayziyeva Muyassarzoda Xancharovna, PhD (Iqtisodiyot fanlar), mustaqil izlanuvchi (DSc)

O’tkaziladigan kuni / vaqti:
2025-yil 4-dekabr, soat 10:00-12:00

📍Joyi:
EMU Universiteti, 3-13 ma’ruzalar zali

Manzilimiz:
Toshkent sh., Muqimiy ko’chasi 7/1

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
95🏆2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👌Talabalardan 1-semestrda qilgan eng katta xatolari haqida so‘rovnoma o‘tkazdik.

📹 Javoblarni videoda ko‘rishingiz mumkin. Sizning eng katta xatoyingiz nima bo‘lgan? Izohlarda yozing! 😁



👌Мы провели опрос среди студентов о самых больших ошибках, допущенных в первом семестре.

📹 Вы можете посмотреть ответы в видео формате. Какая была ваша самая большая ошибка? Пишите в комментариях! 💬😁


👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
199🤝6
👌 EMU universiteti davolash fakulteti talabasi Rossiya Radiologlar va Rentgenologlar Jamiyati Kongressida universitetimiz nomidan munosib ishtirok etdi.

👩‍⚕️ Davolash fakulteti 5-kurs talabasi Qodirova Ziyoda “Nurlanish diagnostikasi” yo‘nalishidagi butunrossiya talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv-ta’lim tadbirida universitetimiz sha’nini munosib himoya qildi.

🏆 Mazkur tadbir klinik holatlar bo‘yicha jamoaviy tanlov — “Rentgenologlar maktabi” bilan birgalikda Rossiya rentgenologlari va radiologlari jamiyati Kongressi — 2025 doirasida o‘tkazildi.

📚 Kongress doirasida talabalar uchun nurlanish diagnostikasi bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Bu esa ularga zamonaviy vizualizatsiya usullari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshirish va nazariy bilimlarini yanada chuqurlashtirish imkonini berdi.

🇷🇺На русском языке
🇬🇧Read in English

👍👍🤞👍👍👍👍👍

🌐 Instagram | 🌐 Tik tok
🌐 YouTube | 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3213❤‍🔥7🔥7👍6🏆3