Farkhod - AI PM – Telegram
Farkhod - AI PM
2.14K subscribers
239 photos
21 videos
1 file
160 links
Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Previously a Product Designer.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
Download Telegram
Higgsfield.ai asoschilaridan biri, Erzat Dulatning 3,5 soatlik podkastini ko‘rdim.

O'zim uchun yozib olgan joylarim bilan bo'lishmoqchiman.

1. Har bir katta relizdan keyin qo‘y so‘yisharkan. Investor pullari mana qayerga ketyapti 😃

2. Jamoa haftada 7 kun va kuniga 10 -12 soat ishlaydi. Kichik jamoa bo‘lib, gigantlar (OpenAI Sora, Google Veo) bilan raqobat qilyapti. Albatta oylik ham shunga yarasha.

3. Kreativ tarafdan zo‘r growth odamlarni yig‘gan. Ya’ni video olamda hozir trend nima, virusli effektlarni tushunishadi.

4. Korporat strukturadan kelganlar bizda ishlay olmaydi deydi. Ular ish berishini qarab turishadi, bizga oziga ish topib, uni oxirgacha yetkazadigan odamlar qadrlanadi dedi.

5. Jamoa kerak bo‘lsa kechasi ham biron muammoni bartaraf etishga tayyor. 

6. Data-driven yondashuv. Sonlar, a/b test, analitika va hokazo. 

7. Ko‘rinib turibdi, qiladigan ishini juda yaxshi ko‘radi, ko‘zlarida olov. 

8. Asoschi, jamoa a’zolaridan kimni eslamasin, albatta maqtaydi. Bilasizmi nima, bu jamoa a’zolari uchun motivatsiya, meni esladi, ishimga e’tibor qildi degan hissiyot odamlar uchun juda muhim. Toza psixologiya. 

9. Sun’iy intellekt bilan jamoa a’zolari universal bo‘lib qoldi. Oldin qilmagan ishni GPT bilan savol-javob qilib qilishadi. To‘g‘ri propmt berishni bilishadi. 

10. Relizlarni hammasini AQSH vaqtiga moslashadi va odatda bu dushanba kun. Aytdiki, relizga juda ko‘p narsa tayyor lekin bizni strategiyamiz haftada bitta narsa reliz qilish, backlogda reliz ko‘payib qolgan juda, kun yetmayapti dedi. Tezlikka qoyil.

Kundan kun bir nimani tushunyapman, kompaniya kattaligi qarab gipotezalarni tekshirishni tezligini oshirmasangiz, kimdir sizdan o‘tib ketadi. 

Misol uchun Moneffda afsuski biron go‘yani tekshirish qiyin, har oyda qani edi hech bolmasa 2 ta gipoteza tekshirilsa edi. Buni bilamiz, to‘g‘irlash uchun ustida ishlayapmiz, Amerika ham birdaniga qurilmagan.

Podkast https://youtu.be/S9BuExKqw3k?si=X9x6O0mdbXEgxssA

———-

@farkhod_com
1👍154
n8n nima? Video dars.

Kod yozmasdan, avtomatlashtiradigan mashhur servislarni biri – n8n haqida video dars tayyorladim.

Darsda:

- n8n nima?
- n8n ishlatish bo‘yicha o‘zimni tajribam
- n8n ishlatish bo‘yicha tajribasi bor mutaxassislar qisqa intervyu oldim

▶️ To‘liq video https://youtu.be/5v3g0y0t8-g

Videoga layk va sharh qoldirsangiz, nur ustida a’lo nur bo‘lar edi.

Keyingi hafta yangi dars chiqadi, unda: n8n’ni $5lik serverga o‘rnatish, localhostda+nrgok bilan ishlatish, render.com o‘rnatish va bepul ishlatish. 

Salomat bo‘ling va ishchi haftangiz mahsuldir o‘tsin.

--------

@farkhod_com
1👍3916
Lovable bilan yana bitta sayt yaratdik

2 oy oldin, tanishim o‘quv markazi uchun sayt kerak bo‘layotganini aytdi. Men Lovable’ni maslahat qildim.

Tanishim sayt yaratishdan uzoq bo‘lgani uchun, ozroq yo‘nalish ko‘rsatdim.

🔥 Natija https://www.intellect-time.uz

Eng qizig‘i, 2 oy ichida sayt, Google qidiruvda natijasida birinchi sahifaga chiqdi. Bu degani, SEO to‘gri qilingan, reklamaga pul sarflanmagan. Terib ko‘ring Google’da “Мнемоника Ташкент” deb, natijani ko‘rasiz.

Sayt yaratish bo‘yicha qadam-ma qadam darslarim bor:

Dars-1: Loveable AI orqali 30 daqiqda sayt yaratish https://youtu.be/Tm3o2hk29j0

Dars-2: Yaratilgan saytdan, mijozlarni ma’lumotlarini jadvalga saqlash https://youtu.be/ztBw6gEGMdA

Dars-3: Saytdan ariza qoldirilsa Telegramga xabar olish https://youtu.be/46YHqhC0m-g

Dars-4: Saytni bepul serverga joylashtirish
https://youtu.be/wWQBxiWQIKk

Aytganimdek, AI bilan kod yozish, AI bilan raqamli mahsulot yaratish poyezdi shiddat bilan tez yuryapti, unga o‘tirib qoling, yangi instrumentlarni o‘rganing. Kuniga atiga 10 daqiqa Youtube ko‘rsangiz, yetarli bo‘ladi.

Meni darslarimni ko‘rib, sayt yaratganlar bormi?

———

@farkhod_com
👍2310
⚡️n8n’ni bepul ishlatish bo‘yicha video darslik

Assalomu alaykum! Dam olish kunlarini yaxshi o‘tkazib oldingizmi?

Yangi video darslik chiqardim.

Videoda, n8n oylik $24 to'lovi o‘rniga, $5 yoki umuman bepul ishga tushirish bo‘yicha 3 ta usul ko‘rsatdim.

Videoda nimani o‘rganasiz:
– $4–5 serverga o‘rnatib, oyuga $20 tejash
– n8n’ni kompyuterga o‘rnatish va ngrok orqali internetga chiqarish
– n8n’ni Render.com’da bepul ishga tushirish

▶️ Youtube https://youtu.be/Szu0WtVm86w

Youtube video ostida, biror sharh qoldirsangiz, juda ham minnatdor bo‘lar edim.

Salomat bo‘ling.

———

@farkhod_com
1👍277
Asoschining sotish qobiliyati startap uchun juda muhim.

Bugun zo‘r biznes tahlil ko‘rdim https://youtu.be/mRQSbkoSKK0?si=Ups1unpbq6a8_Mom&t=4919

1:22:00 dan 20 daqiqa ko‘ring, sotuv bo‘yicha zo‘r master-klass ko‘rsatgan. Tanimagan odamga qanday murojaat qilish kerak, qanaqa gaplarni aytish, ovoz qanaqa bo'lishi kerak kabi narsalar ko'rsatilgan.

Biz 4Rize.com boshida B2B qilib sotamiz degan edik, keyin B2B qiyinroq bo‘lgani uchun B2C qilgan edik. Sotuv bo‘yicha hech qanday tajriba bo‘lmagan, hozir ham juda yaxshi emas, lekin xatolardan saboq chiqarganmiz, boshqacha sota olaman.

Oddiy xatomizni aytaman – mijozga mahsulotimiz haqida yozdik, mijoz javob bermadi, shu bilan bo‘ldi, javob bermadi menga deb tashlab ketganmiz. Aslida nima qilib bo‘lsa ham u bilan uchrashishga harakat qilish kerak edi, kerak bo‘lsa har kuni bezovta qilish kerak edi, o‘sha vaqt bu maqsadga muvofiq bo‘lgan.

Sotuv vaqtida esdan chiqarish kerak “Obro‘yim to‘kilib qoladi, men haqimda nima o‘ylaydi?” degan gaplarni.

Videoda zo‘r aytgan: tasavvur qil, senga rad javob berdi, nima bo‘ladi shunda? Hech nima yutqazmaysan, lekin tajriba va yoqmaydigan javoblarni eshitishga yuzing pishadi, dedi.

Mahsulotni hamma yarata oladi, lekin uni sota olish sanoqli odamlarning qo‘lidan keladi.

-------

@farkhod_com
👍117
Milliard dollarlik startap asoschisi Toshkentda

Kecha Umed tashkil qilgan tadbirda, Higgsfield.ai asoschisi Aleks Mashrabov bilan ko‘rishish nasib qildi.

Aleksning prezentatsiyasidam, o‘zim uchun qilgan izoh bilan bo‘lishmoqchiman.

– Ota-onasi mexanik-muhandis, otasi vodiylik o‘zbek. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Qozog‘istonga ko‘chishgan.

– Higgsfieldan oldin boshqa startapini $160 mln’ga Snapchat’ga sotgan.

– Dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda oltin medalni bir necha bor qo‘lga kiritgan. Shu sababdan ham Silikon vodiysidagi yetakchi kompaniyalar nazariga tushgan.

Higgsfield.ai boshidagi bir nechta relizlar xato bo'lganini aytdi. Bozorga kerak bo‘lmagan loyihalar chiqarishgan. Lekin xato qilmasalar, hozirgi holatga kelisha olmas edi.

– Tezlik juda muhim. O‘tgan xabarimda Higgsfield gipotezalar tekshirishi tezligi haqida yozgan edim

– Ular OpenAI, Google, ByteDance gigantlari bilan raqobatda tezlik bilan yutishyapti.

Similarweb va Semrush servislarini investorlar startap saytini analiz qilish uchun ishlatar ekan, u yerda trafikka qaraydi, ko‘paydimi, demak bir gap bor, pul tiksa bo‘ladi. Men yuqoridagi servislarni SEO ma’lumot ko‘rish uchun ishlataman.

– Real katta loyihalarda odamlar haftasiga 70 soat ishlaydi. Ko‘rib turgan OpenAI, Google katta oylik injenerlari va asosiy jamoa kuniga 15 soatlab ishlaydi, imkonsiz haftasiga 40 soat ishlab raqobat qilish, dedi.

– CustDev, intervyu, biron ish qilish uchun hammadan ruxsat olish, kichik detallarga o‘ylangan PRD tayyorlash startapga to‘g‘ri kelmaydi. Hozir AI davrida, Lovable, Replit bilan juda qisqa vaqt ichida reliz qilib, gipotezani tekshirsa bo‘ladi, deyapti. Shu fikrini yozib olib, sharhda qisqa video yukladim.

Shunaqa gaplar, kuningiz xayrli o‘tsin.

-------

@farkhod_com
2👍206😁1
$900 lik abonement yutdim

O‘tgan hafta, Higgsfield.ai asoschisi bilan bo‘lib o‘tgan tadbir haqida yozgan edim. 

Eng yaxshi savol egalariga, Higgsfield’ning bir yillik eng qimmat tarifi sovg‘a edi, shu sov’ganing biri menga nasib qildi.

Mening savolim – farzandning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, Aleksni yoshligida olimpiadalarda ketma-ket o‘rin olishga nima motivatsiya bergani va ota-onasi uni qanday qo‘llab-quvvatlagani haqida savol berdim.

Aleks aytdiki, men yaxshi ota emasman, bugun farzandim tug‘ilgan kuni, men esa sizlar bilanman. Ota onam borini tikkan o‘qishim uchun, ular har doim aytgan – Stanford, Oxford eng yaxshi Universitetga o‘qishga kirishing kerak deb. O‘zimning ichki bellashuv hisi hech qo‘yib yuborgan meni. Farzandimni esa hozir Amerikaning eng yaxshi maktablarga o‘qitaman, dedi Aleks. 

Samira o‘zini kanalida, aynan shu tadbirdagi savolni yaxshi mulohaza qilgan. Yaxshi ota-ona bo‘lish kerakmi yoki bor vaqtimizni startaplarga tikish kerakmi...

-------

@farkhod_com
👍1914
⚡️ Yangi dars

n8n’ga Google jadvalni ulash oson emas ekan, shu bo‘yicha dars tayyorladim.

▶️ https://youtu.be/aCUu05d_zhc

Keyingi dars, n8n asoslari haqida bo‘ladi.

Darslarim yoqadigan bo‘lsa, sizdan layk va video ostiga biron sharh qoldirsangiz, o‘zbek tilida foydali kontentni, ko‘proq kishi ko‘rar edi.

——

@farkhod_com
2👍375😁2
2 oy Lovable Pro bepulga

Obunachilarimdan biri @M7860M Lovable chegirmasi haqida xabar berdi.

Tekshirib ko‘rdim, ishladi.

Qanday ishlatamiz:

1. lovable.dev’ga kiramiz va yangi akkaunt ochamiz
2. Saydbarda "Upgrade to Pro" tugmasini bosamiz
3. Pro $25 tarif plan va 100 kredit tanlaymiz
4. Promo kod qo‘shishni tanlab, NEXTPLAY-LOV-25 yozamiz
5. To‘lov karta qo‘shamiz va obuna bo‘lamiz
6. 2 oydan keyin o‘chirish esingizdan chiqmasin, pul yechib oladi

@M7860M rahmat!

-----

@farkhod_com
👍3513
Liberman aka-ukalar O‘zbekistonga nega keldi?

Aka-uka Libermanlarni tanimasligingiz mumkin, lekin internetda vazirimiz bilan tushgan rasmdan keyin eslab qolgan bo‘lsangiz kerak.

"Nega bular O‘zbekistonga kelishdi ekan?" deb savol bergan edim. Keyin ular bilan podkast ko‘rib qoldim https://youtu.be/wp7izqZmiWM

Libermanlar o‘zlarining Gonka.ai loyihasini targ‘ib qilib yuribdi va ularga GPU kerak.

GPU bu jismoniy uskuna (protsessor) va hozir asosan sun’iy intellekt hisoblashlari shunda bajarilmoqda. “Sun’iy intellekt modelimni o‘qitishim kerak, videokarta kerak” degan gaplarni eshitgan bo‘lsangiz kerak bu GPU kerak degani.

Ularning podkastini ko‘rganimda aytishdiki, hukumatlar GPU sotib olyapti, lekin uni bor kuchi bilan ishlatadigan o‘z loyihalari yo‘q ekan.

Libermanlar loyihasi Gonka.ai — markazlashmagan GPU hisoblash tarmog‘ini qurish. Hozirgi kunda GPU’larning aksariyati AQSHda. Bu degani, GPU talab qiladigan loyihalar u yerda tez rivojlanadi, GPU’si yo‘q davlatlar esa ortda qolib ketaveradi. Lekin ko‘pchilikda kichik miqdorda GPU’lar bor va aka-uka Libermanlar ularni bitta tarmoqqa ulashni xohlayapti. Markazlashmagan tarmoq sifatida eng yaqqol misol bu Bitcoin. Ya’ni dunyoni xar xil nuqtalarida, Bitcoin hisoblash uskunalari o‘rnatilgan, hech qayerda markazlashib yig‘ilib qolgani yoq.

Taxminim bo‘yicha, Libermanlar, hukumatlar sotib olgan GPU’larni o‘z loyihasiga qo‘shish targ‘iboti bilan yurishibdi.
Loyiha yaxshi, agar GPU’lar bo‘sh turgan bo‘lsa, nega uni ishlatmaslik kerak? Pul ham ishlasa bo‘lar ekan.

Kichik tahlil post bo‘ldi.

Reklamacha: Agar do‘stlar bilan kafeda o‘tirsangiz, hisobni bo‘lish uchun @plovsplitbot’ni ishlating — hisob bo‘lishda vaqt tejaysiz.

——

@farkhod_com
👍145
Bayram kunlarida dam olishga erishdim.

Sababi, telegram post yozish haqida o‘ylamadim, youtube videolarimni esdan chiqardim, youtube videolar montaji yonib ketmadi va ish ilovalarni o‘chirib tashladim. O‘zimni shu ishlarni qilmasam, hech nimadan quruq qolmayman deb undadim. Maza qildim! Bunaqa dam olganimni eslay olmayman.

Endi, sekin-sekin, yangi kuch bilan ishga qaytamiz. 

O‘tgan yili katta yutuqlarim biri – Instagramni o‘chirib tashlaganim. Instagramni ishlataman, yangi toza profil ochganman, adreslarni va bir ikki ma’lumot topishga kerak bo‘ladi, u siz imkoni yoq. Bir o‘zingizga shunaqa tanaffus e’lon qiling, ancha qo‘shimcha vaqtingiz paydo bo‘ladi.

Yil boshidan beri qaysi ilovalarda vaqt o‘tkazishimni yukladim. Sizda statistika qanaqa? Qaysi ilovalarda vaqt o‘tkazmayapman deb tekshirganmisiz?

Kuningiz xayrli o‘tsin.

------

@farkhod_com
1👍1712
⚡️Yangi dars

n8n asoslari va 4 ta avtomatlashtirishni birga yig'amiz (38 daqiqa)

Videoda quyidagilarni o‘rganasiz:

1️⃣ n8n asoslari va unda qanday ishlash mumkin

2️⃣ Telegram’ga kelgan xabarlarni Google Sheets jadvalga avtomatik yozish

3️⃣ Telegram’dagi ovozli xabarni Gemini API bilan matnga aylantirish va uni jadvalga saqlash

4️⃣ Sun’iy intellekt yordamida rasm yaratish va Telegram orqali natijani olish

5️⃣ Forma orqali ma’lumotlarni qabul qilib olib, uni jadvalga saqlash

👉 Darsni ko‘rish https://youtu.be/JLdPbSs1Xg0

Sizlardan Youtube’da sharh qoldirish va layk, mendan esa yangi darslar. Rahmat!

————

@farkhod_com
1👍3112
Forwarded from #Gashtak
☄️Boshqacha #Gashtak!

Dasturlashni bilmasdan turib, Telegram’da ishlaydigan moliyaviy yordamchi bot yaratdik.
To’liq videoda g’oyadan boshlab, butun jarayon va yakuniy natijani ko’ring!

Ko’rsatuv davomida:
- Nega aynan moliyaviy bot
- Sun’iy intellektdan real foydalanish
- Kodsiz bot yaratish
- Telegram bot bilan ishlash
- Ovozli xabarni matnga aylantirish
- ChatGPT va Gemini yordamida kod yozish va boshqa foydali ma’lumotlarni oling.

🎥 https://youtu.be/A1QDxnBuB94

To’liq YouTube kanalimizda tomosha qiling, bizga obuna bo’ling va IT’ga qiziqadigan tanishlaringizga ulashing!

📱 Telegram | 📱 Instagram

Homiylar:
🌐 Moneff | Cappadocia Walton’s
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍373