FEATURE.UZ – Telegram
FEATURE.UZ
923 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
Har safar +998 93 42***15 raqamiga Telegram akkaunt ochish uchun so‘rov yuborilganda, har xil O‘zbekiston raqamlaridan kod kelyapti. (Obunachilardan keldi)

O‘zi aslida kod Telegram nomidan kelishi kerak edi, xo‘sh nima bo‘ldi? Menda kuzatilmagan holat va javob berolmayman. Shunaqa bo‘lishi mumkinmi?

@durov? @ucell? 🤔

UPD: Tushunarli :))

#nimaboʻldi @featureuz
😐 Microsoft so‘ngi Windows 10 yangilanishi dasturning ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligini, xatoliklar borligini tan oldi.

Ayni paytda, ishlab chiquvchilar tuzatish ustida ishlamoqdalar, ammo qachon u ommaviy tarqatishga tayyor bo‘lishi noma’lum.

#windows @featureuz
Google'ning web qidiruv tizimida ham nihoyat tungi rejim paydo bo‘ldi

U Windows 10 va macOS foydalanuvchilari uchun ham mavjud bo‘ladi. Endi faqat tegishli bildirishnomani olganlar mavzuni o‘zgartirishi mumkin. Sinovni tugatgandan so‘ng, istaganlar uchta rejimdan birini o‘rnatishi mumkin: yorug‘lik, qorong‘i yoki tizim.

P.S. Agar sizda chiqmagan bo‘lsa, Chrome uchun ushbu dasturdan foydalaning.

@featureuz
Telegram asoschisi Durov kanalida quyidagicha mazmunda post qoldirdi: Nega foydalanuvchilar Telegram'dagi reklama haqida tashvishlanmasliklari kerak?

Sabablar keltirib o‘tildi:

1. Telegram chatlarda reklama bo‘lmaydi. Telegram'ga ijtimoiy tarmoq emas, balki xabar almashish ilovasi sifatida ishonadigan foydalanuvchilar hech qachon reklama ko‘rishmaydi. Shaxsiy suhbatlar va guruh chatlari reklamasiz va har doim ham bepul bo‘ladi.

2. Foydalanuvchilar ma’lumotlari reklamalarni yo‘naltirish uchun ishlatilmaydi. Biz Facebook va boshqa tarmoqlar kabi foydalanuvchilarning ma’lumotlarini to‘plamaymiz, foydalanuvchilar haqida ma’lumot yig‘masdan xizmatlarni monetizatsiya qilamiz — Durov.

3. Telegram'da kontent yaratuvchilar o‘zlarining kanallarida reklama postlarini sotish orqali o‘zlarining tarkiblarini monetizatsiya qilishadi.

Bizning maqsadimiz — kontent yaratuvchilarning yangi sinfini yaratish. Boshqa ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchi haqida haddan tashqari ko‘p ma’lumot to‘playdilar, buni o‘zgartirish vaqti keldi — deb post qoldirdi Durov.

@featureuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezi

https://prezi.com

Prezi — bu Power Point'ga ajoyib onlayn alternativ. O‘zingizning brauzeringizdan foydalanib ajoyib taqdimotlarni bepul yarating.

Power Point kabi xizmat bo‘lib, onlayn tarzda bepul vizual taqdimotlarni yaratish mumkin.

@featureuz
Windows 10 da endi noutbuk batareyasining statistikasini ko‘rish mumkin bo‘ladi va batareyani eng ko‘p iste’mol qiladigan dasturlarni aniqlash ham osonroq bo‘ladi.

Aytishlaricha, ushbu xususiyatni foydalanuvchi tomonidan ViveTool yordamida faollashtirish kerak bo‘lar ekan, sinovdan o‘tgandan so‘ng esa maxsus OS ga qo‘shiladi.

@featureuz
​​Android foydalanuvchilari ham endi YouTube dan 4K HDR tiniqlikdagi videolarni ko‘ra oladi.

Google nihoyat Android foydalanuvchilariga video rezolyutsiyasini tanlash erkinligini berdi. 2K, 1080p va 720p ekranli smartfonlar endi 4K ni tomosha qilishlari mumkin. iPhone ilovasiga ushbu yuqori sifatli qo‘llab-quvvatlash o‘tgan yilning kuzida iOS 14 chiqarilishi bilan qo‘shilgan edi.

Yangilik HDR tarkibiga ham tegishli. Bu server tomonida bo‘lgan yangilanish, shuning uchun yangi versiyalarni o‘rnatishingiz shart emas, barchasi avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.

@featureuz
Siz Clubhouse da bormisiz?
Anonymous Poll
7%
Ha
63%
Yo‘q
30%
Nima u...
Telegram 7.5 versiyaga yangilandi.

Yangi versiyada istalgan chatda xabarlarni avtomatik oʻchirish uchun sozlamalar qoʻshildi, guruh va kanallar uchun taklif havolalari yaxshilandi, bosh ekrandagi vidjetlar orqali chatlarga tezroq kirish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, guruhlar endi cheklanmagan sondagi aʼzolarga ega boʻlishi mumkin.

Batafsil o‘zbek tilidagi Telegraph-maqolada o‘qishingiz mumkin.

@featureuz
Spotify endi rasman O‘zbekistonda mavjud

https://www.spotify.com/uz

Mobil dasturni hoziroq App store va Play market'dan yuklab olib foydalanishingiz mumkin.

@featureuz
Diqqat firibgarlar!

Oxirgi 10-15 kun ichida bir nechta oʻzbek Telegram kanallari (nomlari sir tutilmoqda, katta auditoriyaga ega kanallar ham bor) adminlariga virusli xabar kelishi natijasida kanal egalari akkauntlariga hakkerlar kirib olishgan va «Delete account» qilishga ham ulgurib kanalni olib qoʻyishgan.

Ushbu virusli (.pdf, .zip va boshqa) taklif kabi tarqatilgan va shunchaki qurilma xotirasiga tushgan ushbu fayl hammasini hal qilgan. Shaxsan tanishlarim katta auditoriyaga ega oʻz kanallaridan ayrilishdi.

Ehtiyot boʻling, ushbu holatni oldini olgan holda hamma tanishlaringizni ogohlantiring, yetkazing. Biz bilgan oʻz kanallaridan ayrilgan oʻzbek Telegram-kanallari 10 tadan oshiqni tashkil qilyapti.

Qanday himoyalanish kerak va boshqa elementar usullarni @featureuz'da post shaklida qoldiraman.
Virus fayl yuborildi va mendan uni Telegram desktopdan ochishimni soʻradi, faylni kompyuterdan ochishingiz bilan akkaunt oʻgʻirlanadi!

❗️Kanalini oʻgʻirlatgan tanishlarimizni aytishlaricha ikki bosqichli himoya ham yordam bermagan.

Qanday himoyalanish mumkin? Eng yaxshi usul, 2 ta akkaunt qiling, ya’ni birinchi profil asosiy boʻlsin, unda kanal ownerligi boʻlsin. Ikkinchi akkauntni ishchi akkaunt qiling ya’ni faqat post joylay oladigan boʻlsin, reklama masalasida kelgan xabarlarga va boshqalarga ham oʻsha akkauntdan javob bering!

@featureuz
🚫 Twitter ayrim sabablarga koʻra 1 oy ichida Rossiyada bloklanishi mumkin.
Facebook 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun Instagram’ning yangi versiyasini yaratadi.

Facebook allaqachon bolalar uchun xizmatlarni yaratish boʻyicha tajribaga ega, 2017-yilda kompaniya Messenger Kids’ni ota-ona nazorati xususiyatlariga ega qilgan edi: vc.ru/social/222498