FEATURE.UZ – Telegram
FEATURE.UZ
923 subscribers
300 photos
18 videos
1 file
329 links
Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
Download Telegram
Kechagi Telegram yangilanishidan soʻng, texnik sabablarga koʻra iOS foydalanuvchilariga ham yangilanish sekin sekinlik bilan yuborilmoqda...
Instagram va Facebook’da nima yangiliklar

Asosiy yangiliklar bilan tanishing:

— Instagram istoriya qoʻshishingiz uchun alohida maxsus tugmani sinab koʻrmoqda. Ushbu tugma faqat shaxsiy istoriyangiz uchun moʻljallangan.

— Facebook ham oʻz profilingizdagi postlarni pin qilish ya’ni Twitter’dagi kabi postni qadab qoʻyish funksiyasi ustida ishlamoqda.

Telegram ham istoriya funksiyasini qoʻshishini aytgandi, nima boʻldi? Hozircha hech gap yoʻq!

@featureuz
Wedbush ma’lumotlariga koʻra yangi iPhone 12 seriyali smartfonlar rekord darajada sotilishi va eng ommabop boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. Aytishlaricha, Apple bu yil 250 milliongacha yangi gadjet sotishi taxmin qilingan.

Ma’lumot oʻrnida eslatib oʻtamiz: 2015-yilda iPhone 6 va 6 Plus smartfonlari sotuvi hozirda rekord darajadagi hisoblanadi.

@featureuz
Endi TikTok ham pleylistlar funksiyasini ishga tushira boshladi

Ishbu xususiyat foydalanuvchilarga videolari uchun tematik ya’ni videolarni mavzulashtirgan holda pleylistlarni yaratishga imkon beradi va obunachilarni topish, navigatsiyasini osonlashtiradi.

@featureuz
YouTube’da endi «dislike»lar soni koʻrinmaydimi?

YouTube videolarda «dislike»lar hisoblagichini koʻrsatishni toʻxtatadi. Aytishlaricha bu kiberhujumga qarshi kurashish uchun qilingan.

Yangilanish aprel oyida ishlay boshlaydi - hozircha faqat ba’zi foydalanuvchilar uchun. Bundan tashqari, mualliflarning faqat oʻzlarigina YouTube Creator Studio orqali analitikasida «dislike» lar sonini koʻrishlari mumkin.

@featureuz
Assalomu alaykum, Ramazon muborak!

Kanal toʻxtagani yoʻq, hammasi endi boshlanadi😉. Qadrdon obunachilarga rahmat :))
Forwarded from Allaev Uz
IТ соҳаси мамлакатни қашшоқликдан олиб чиқадиган мўъжизавий лифтдир. Бу соҳани эртага эмас, бугун ривожлантириш жуда долзарб.

Сўнгги маълумотларга қараганда Украинада IТ мутахассислари сони 212 мингтага етибди. Бир йилда янги 29000та мутахассис чиқиб, 16 фоиз ўсиш кузатилибди.

Ўзбекистонда афсуски аниқ рақамлар йўқ. Лекин, соҳани ривожлантириш учун турли хил ҳаракатлар олиб борилмоқда. Ҳукумат томонидан «бир миллион дастурчи» лойиҳаси амалга оширилаётганлиги айтилади. Шунингдек, Нажот таълим ва PDP каби ўнлаб ўқув марказлари ИТ мутахассисларини тайёрлашмоқда.

ТАТУ ҳам талабаларни конспектини ва маънавиятини текширишдан ортиб қолган вақтида шу соҳада нималардир қилишга ҳаракат қиляпти.

Келажак IT соҳаси орқали қурилади. Энди ИТ технологиялари ҳамма йўналишга кириб бормоқда ва бу билимларсиз кадрлар яқин келажакда меҳнат бозорида рақобат қилолмайди.

@allaevuzb
Teleuz: Android uchun Telegram. Mustaqil talqin

Endi mustaqil Telegram Android barqaror talqinini to‘g‘ridan-to‘g‘ri telegram.org/android manzilidan o‘rnatishingiz mumkin.
Keling, uni Telegram Direct deb ataymiz.

Direct talqini va Android uchun asosiy Telegram ilovasi o‘rtasidagi farqlar:
• Direct Google Play'dagi talqindan ko‘ra tez-tez yangilanadi;
• Direct'da ba’zi kanallar, guruhlar va botlarga kirishda kamroq cheklovlar mavjud.

Siz bir vaqtning o‘zida Direct-talqin va Google Play-talqinni qurilmangizga o‘rnatishingiz va ulardan foydalanishingiz mumkin — ilovalar mutlaqo mustaqil.

@featureuz
🍎 Navbatdagi Apple events'da nimalar kutilmoqda?

Apple bugun oʻzining navbatdagi chiqishini oʻtkazadi – Apple events bizning vaqt bilan 22:00 da boshlanadi. Yangi AirPods va iPadlar namoyishi kutilmoqda. Yangi iPad miniLED displeyga ega boʻlishi mumkin.

Bloomberg'ga koʻra yangicha iMac'larni ham koʻrishimiz mumkin.

https://www.apple.com/apple-events/

@featureuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
May oyidan boshlab Telegram'da guruhli video qoʻngʻiroqlar qoʻshilishi aytib oʻtildi – Durov.

Bu funksiya xuddi Zoom platformasiga oʻxshab, guruh boʻlib Video suhbat qurish degani.

@featureuz
Forwarded from Telegram Uzbekistan (Davronbek Rustamov)
🖥 Павел Дуров о Telegram WebK и WebZ

«Очень рад недавно запущенным веб-версиям Telegram: WebK и WebZ 🎉

Они на много лет опережают то, что может предложить любая другая соцсеть или мессенджер в интернете: быстрые, плавные, лёгкие, многофункциональные.

Чтобы сделать их на 100% функциональными, мы сейчас внутри команды тестируем веб-версию видеозвонков, которая будет добавлена в ближайшее время.

WebK и WebZ — это, безусловно, самые кроссплатформенные версии Telegram — вы можете мгновенно получить доступ к своим чатам как с мобильных устройств, так и с настольных прямо в веб-браузере.

Ни скачиваний, ни установок.

Это хорошо для офисов, где установка приложений не всегда разрешена, и для пользователей, которым нравится быстродействие и моментальность веб-сайтов.»

Павел Дуров.

💡 Интересный лайфхак в кнопке под постом.

@TeleUz

🖥 Pavel Durov Telegram WebK va WebZ haqida

"Men Telegram'ning yaqinda ishga tushirilgan veb-versiyalaridan juda xursandman: WebK и WebZ 🎉.

Ular tezkor, silliq, yengil va ko‘p funksiyali — internetdagi boshqa biron bir ijtimoiy tarmoq yoki messenjer taqdim etishi mumkin bo‘lgan narsalardan ko‘p yillar oldinda.

Ular o‘z imkoniyatlarini 100% to‘liq bajarishi uchun biz hozirda yaqin kelajakda qo‘shiladigan video qo‘ng‘iroqlarning veb-versiyasini jamoamizda sinovdan o‘tkazmoqdamiz.

WebK va WebZ — bu Telegram'ning eng ko‘p platformalarda ishlaydigan versiyasidir — siz smartfon, planshet, kompyuter yoki noutbukingizda veb-brauzerning o‘zidayoq chatlaringizga bir zumda kirishingiz mumkin.

Yuklab olish va o‘rnatish kerak emas.

Bu, ayniqsa, dasturlarni o‘rnatishga har doim ham ruxsat etilmagan ofislarda va veb-saytlarining tezkorligi va bir zumda ochilishini yoqtiradigan foydalanuvchilar uchun juda yaxshi."

Pavel Durov.

💡 Post ostidagi tugmachada qiziqarli maslahat.
Bizda endi «OTT platformasi»dan foydalanish mumkin boʻldi

www.uztv.tv 👍🏻

Saytdan 13 ta telekanalni va «Retro» ruknidagi videotasvirlarni tomosha qilish mumkin.

«OTT platformasi texnologiyasi» bu — turli aloqa operatorlari va provayderlarning ma’lumotlarini uzatish tarmoqlari orqali foydalanuvchi qurilmasida videokontentni yetkazib berish texnologiyasidir.

#onlinetv, #uztv @featureuz
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Apple'ning har yilgi WWDC 2021 tadbiri boʻlib oʻtadi.

Bunda Apple o'z operatsion tizimlarining yangi versiyalari – Apple iOS 15, iPadOS 15 va ehtimol yangi MacBook Pro'ni ham namoyish etadi.

https://youtu.be/0TD96VTf0Xs
iOS 15 va iPadOS 15 ga yangilanadigan qurilmalar roʻyxati

@featureuz
vc.ru'ga koʻra Facebook barcha hodimlariga masofadan turib ishlashga imkon beradi

Odatda Facebook'ning ma’lumotlar markazlarida ishlaydigan hodimlarning ishlarini masofadan turib bajarish mumkin emas edi.

Facebook shuningdek, hodimlarga chet eldan turib onlayn ishlashga ruxsat beradi. 15-iyundan keyin kompaniya AQShdan Kanadaga va Yevropadagi ishchilarni Buyuk Britaniyaga koʻchirishi mumkin.

2022-yil yanvar oyida kompaniya hodimlarga Yevropaning yettita mamlakati oʻrtasida doimiy ravishda koʻchib oʻtib ishlashga imkon beradi.

Kompaniya «aloqalarni saqlab qolish» uchun doimiy ravishda ofis va masofaviy xizmat hodimlari oʻrtasida yuzma-yuz uchrashuvlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

@featureuz
Koʻrib turganingiz Audi reklamasi.
Audi kompaniyasi bu bilan nima demoqchi🤔

💬 Fikringizni izohlarda qoldiring!

@ramzbek