Bir oz avval, akam bilan Amerika Ovoziga "Chet eldagi top universitetlarda o'qish va qanday qilib to'liq grant yutish" bo'yicha intervyu bergan edik. Intervyuni yuqoridagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin!
❤🔥20👍14👏4🔥3🥰1
Princeton kabi oliygohlarda, kunning istalgan paytida kampusning qaysidir qismida shubxasiz kimdir dars qilayotgan bo’ladi. Xox, erta tong soat 4da bo’lsin, xox yarim tun. “Daily Princetonian”, Princetonning yangliklar nashiryotiga ko’ra, o’quvchilar o’rtacha kuniga 4 - 6 soat uxlashar ekan. Shu bilan birgalikda, o’quvchilar samarali dars qilishi uchun qulayliklar ham yaratilgan. Bunga misol, yarim tunda dars qiladiganlar uchun, har kuni kechki soat 10dan keyin, yotoqxona oshxonasida (oshxona yotoqxona birinchi qismida joylashgan) qahva, choy, meva, va shirinliklar burchgi tashkil qilinadi.
Instagram | Telegram
Instagram | Telegram
👍38❤13❤🔥9🔥3👏3🍓3⚡1🥰1
Yuqorida ko'rib turgan binoingiz "East Pyne Hall" bo'lib, 1800 yilda mashxur me'mor William Appleton Potter tomonidan qurilgan. Ushbu bino 1900 yil oxirlarigacha ma'muriy markaz sifatida ishlatilgan. Hozirda esa, asosan darsxonalar, maruza xonalar, va kichik kutubxona vazifasini o'taydi.
O'tgan yili aynan shu maydonda, 2023 - yilda chiqadigan, hammaga ma'lum va mashxur Cillian Murphy ijrosidagi "Oppenheimer" filmi suratga olingan. Film Atom bo'mbasini yaratgan shaxs, J Robert Oppenxaymerning hayoti haqida. Oppenheimer, Princetonda ma'lum bir muddat tadqiqot o'tkazgan va dars bergan.

👍27🔥5👏4🏆3🤩2❤1🥰1
Kuni kecha, akam, Noor Diev (@noordiev) telegramda o'zlarini shaxsiy sahifalarini ochdilar! Noor o'z kanalida Georgetown Universiteti hamda IT olamidagi yangiliklar bilan ulashadi. Agar shu va shunga o'xshash mavzular sizga qiziq bo'lsa, hoziroq qo'shiling!
Kanalga havola👉: https://news.1rj.ru/str/noordievdev 👈
Kanalga havola👉: https://news.1rj.ru/str/noordievdev 👈
🥰64❤40👍17🔥15🤩14👏10👨💻3
Kecha oxirgi darslarimiz bo'ldi, va bugundan boshlab kelasi jumagacha faqat yakuniylarga tayyorgarlik ko'ramiz.
Yakuniy imtixonlar ikki turga bo'linadi. Birinchisi, "take home" ya'ni uyga olib ketib ma'lum bir muddat ichida topshirishinigiz kerak. Ikkinchisi, katta maruzaxonlarda bo'lib o'tadi, va imtixon vaqtida barcha professorlar xonadan chiqib ketadi, va sizni hech kim kuzatmaydi.
Princetonga kelishingiz bilan, "Honor Code" ga qo'l qo'yasiz. Honor Code ning asosiy mazmuni bu - imtixonlar (yakuniy, midterm, darsdagi kichik testlar, va hokazo) mobaynida hech kimdan ko'chirmaslikka, hech qanday nohaq yo'l orqali foyda olmaslikka, va agarda birortani yuqoridagi ishlarni qilayotganini ko'rsangiz Honor Code kengashidilarga habar berishga qasamyod qilasiz. Agar universitet birortadan ko'chirganingiz yoki nohaqonniy foyda qilganingizdan habar topsa, o'qishdan haydalishingiz hech gap emas. Qisqa qilib aytganda, ushbu tizm, 1893 -yil tashkil topgan bo'lib, unga juda qattiq rioya qilinadi.

👍24🔥7🌚5❤4🏆3