feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.13K subscribers
213 photos
33 videos
126 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
Har bayram kunlari oshxonani bezatishadi. Kecha xalqaro taomlar kuni ekan. Oldinlari shunaqa tadbirlarda O’zbekiston bayrog’i ko’rinmasdi, va nihoyat olishibdi.

Instagram | Telegram
👍8013🤩12❤‍🔥6🫡5🔥3🤓2😁1💘1
Yana bir Princetonning o’ziga xos narsalaridan biri bu Eating Clubs.

Eating Club lar tarixi uzundan uzoq, va ular haqida ushbu wikipedia sahifasida o’qishingiz mumkin. Qisaqacha qilib tushuntirganda, eating club lar 3 va 4 - kurslar qo’shilishi mumkin bo’lgan kichik jamiyatlar. Hozirda Princeton 11 ta eating club bo’lib barchasining o’z oshxonasi, kutubxonalari, dam oladigan xonlari, darsxonalari, va billiard xonalari bor. Barchasi bir necha yuz yillik eski qasrga o’xshash uylar, va har birining 200 ga yaqin a’zolari bor. Bu kabi club lar boshqa universitetlarda bo’lmaganligi uchun odatda tushuntirish qiyin.

Bu yerda esa har birini rasmlari bilan ko’rishingiz mumkin: https://princetoneatingclubs.org/
17👍5👏5🔥3❤‍🔥2🏆1🆒1💘1
Birinchi marta basketball o’yiniga kirdim.

🟠Princeton vs 🔵Yale (73 - 62)


Instagram | Telegram
🔥73😁35👍137🏆42🤣2😴1🫡1
👍23🤣2😴21👏1
Princetonda birinchi O'rta Osiyolik talabalar uyushmasiga asos soldik. Bugun birinchi marotaba, Princeton Coffee Clubi bilan birgalikda kichik dastur uyushtiryabmiz.

Aytgancha, Princetonda chamasi o'rta osiyodan 8 kishimiz.
❤‍🔥89👍367😭7🤩32🔥2🍾2😁1
Bugun bahorgi ta’tildan oldin ohirgi o’qish kuni. Professorlarimdan biri, maruzaga kuchugi bilan kelibdi.
🤣60🤩59😁2416👍7🔥5😐31👎1
Princetonga Bahor keldi🌱

Shunaqa iliq kunlarda o’zimni uydadek his qilaman, lekin go’yo uyda hech kim yo’q.
🔥63😢22👍10💔96
Happy birthday to Albert!
👍88🎉21❤‍🔥109😁61👎1🔥1
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
2000-yillar. Internet rivojlanib, emaildan foydalanish ommalashayotgan davr. Psixiatr Dr Wilson (King’s College London University) bir savol bilan qiziqadi.

”Aqliy mehnat bilan ishlovchilar orasida elektorn pochtalarni tez-tez tekshirish inson aqliy faoliyatiga qanday ta’sir qilmoqda?”

80 ga yaqin ilmiy tekshiruvlar davomida aqliy mehnat qiluvchilar IQ darajasini kun davomida tekshirib boradi. Natijalar shuni ko’rsatadiki emailni tez-tez tekshirish inson IQ darajasini kun davomida 10 ballga pasaytirar ekan. Odam bir kecha uxlamasa ertasi kungi IQ darajasi odatdagidan 10 ballga pastroq bo’lishi isbotlangan. Nasha (marixuana) chekkan odamda esa 4 ballga pasayar ekan.

Bu 2004-yildagi natijalar. Facebook 2006-yil ochildi. Instagram 2010, Tik-Tok esa 2016. Ular kuchli psixolog va muhandislarni yollab, bizni qaram qilish uchun maxsus algoritmlar ishlab chiqishdi va chiqishmoqda. Aqliy mehnat samaradorligi past ekanligi sabablari mana qayerda.

Biz nasha kabi miya faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalardan qaytarilganmiz.

Nasha kuchsizroq, lekin geroin, amfetamin kabi kuchli narkotik moddalar bor. Ularni qabul qilgan odam fikrlashi buziladi, qaror qabul qilish markazi ishdan chiqadi, qattiq qaramlik - narkomaniya rivojlanadi.

Shu o’rinda bir qiziq ma’lumot.

Geroin, kokain va amfetamin kabi og’ir narkotiklar inson qaror qabul qilish markaziga qanday salbiy ta’sir ko’rsatsa Facebookga qaramlik ham shu darajada ekan. Tik-Tok bundanda battar bo’lsa hayron qolmayman.

”Xullas, nashavandmasakanmizu, lekin gerani har kuni urib yurippizakan, narkosha bo’lib”

Ko’pchilik o’ziga men dangasaman, fikrim chalg’igan, tartib yo’q, intizom yo’q, qat’iyatsizman, ma’suliyatsizman deb baho beradi. Bu xislatlar barchasi alkash va narkomanlarni birlashtiradigan xislatlar ekanligiga e’tibor berish zarur.

Zaharingiz tanlovi o’z qo’lingizda.

Bek Olimjon
«Balki foydasi tegar…»
24.03.2024
Norvegiya
👍6412😢5🔥3🫡31👏1😁1😘1
Priorities.

Mana 2 yildirki, bir narsani ko’p guvohi bo’ldim. Studentlar tuni bilan yetarlicha uxladim degani uyalishadi, go’yo shunday bo’lsa ular yaxshi, qattiq o’qimayotgandek. Aksincha, qancha kam uxlagan bo’lsangiz shuncha zo’rsiz.

Hammamizda, inson tanasiga eng muhim bo’lgan narsalardan biri, uyqu uchun yetarlicha vaqt bo’lishi kerak. Uyqusiz ishingiz samarasi ancha kuchsiz. O’sha tuni bilan dars qilishimga to’g’ri keldi deydiganlarni, kunduzi TikTok da doom-scrolling qilib o’tirganini ko’rasiz.

Shu bilan birga ko’pchilik bahona qiladigan narsalar, jismoniy mashq qilishga vaqt yo’q, kitob o’qishga vaqt yo’q, va shunga o’xshash inson rivoji uchun kerak bo’lgan narsalarga vaqt yo’q.

Vaqtingiz va sog’lig’ingiz bilan ma’suliyatli bo’ling. Get your priorities straight!

Instagram | Telegram
👍130🔥1611💯6🫡5💔3💘32🙈2👌1👀1