feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.13K subscribers
213 photos
33 videos
126 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
Mazmunli post yozmaganimga ham ancha bo’libdi.

Kunlar, haftalar tez o’tyabdi. Har kuni nimadir yangilik. Yangi texnologiya, yangi maqola, yangi yo’nalish. Tinimsiz orqada qolayotgandek his qilasiz. O’rganish mumkin bo’lgan sanoqsiz manbalar, lekin nimanidir tanlab, ustida ishlash juda qiyin. Bu esa, tuganmas halqa. Atrof jimjit bo’lsada, shovqinlik kuchayib boradi. Barcha tartibsizliklar va chalkashliklar ichida o’zingizni kichik uvoqdek his qilasiz. Go’yo, hech qayer tinch va xavfsiz emas. Go’yo, to’xtab nafas rostlashga vaqt yo’q. Go’yoki, orqangizdan ta’qib qilib kelayotgan vujud yetib oladi.

Bularning barchasi esa, o’z tajribamdan kelib chiqib, harakatsizlikdan. Odatda, bir soatda bitirishingiz mumkin bo’lgan vazifalarga past baho berasiz. Ko’pincha, o’zimni yuqoridagidek his qilaman, tinimsiz shovqin va bo’ron. Lekin, o’tirib qilishim kerak bo’lgan ishlarni bir joyga yozib, ularni birma bir qilishni boshlasam, bo’ron to’xtaydi, chang-to’zon tinchlanadi va erta bahor kunlarida eshikka chiqib nafas olgandek his qilaman o’zimni.

Albatta, bunday his-tuyg’ularni yengish oson emas. Har kuni o’z ustingizda ishlashdan, va tinimsiz takrorlashdan boshqa yo’l yo’q. Agar oson bo’lganida, hamma ham diqqatli va irodali bo’lar edi.


@feruza_dev
76❤‍🔥20🔥13🆒10👍8💯8🤩2💘2🕊1🍓1
⌛️
5411🔥7👨‍💻7👍5🍓2💘2
🚀🇦🇺

@feruza_dev
67🎉15🗿9👍8🔥2🕊2
feruza.dev
🚀🇦🇺 @feruza_dev
Ko'pchilik to'g'ri taxmin qildi. Bahorgi semesterimni Princetonning "International Programs" dasturi orqali University of Sydney da o'qiydigan bo'ldim. Dastur bilan dunyoning deyarli istalgan chekkasida o'qishingiz mumkin.

University of Sydneyni tanlashimga asosiy sabablardan biri bu a'lo darajadagi Computer Science fakulteti borligi va ML yo'nalishida ham dunyoda yetakchi o'rin olganligi (#14). Bundan tashqari, iqlimi yaxshi va tabiati go'zal. Keyingi hafta uchib ketaman, o'qish ancha kech, 24-dan boshlanar ekan. Aytgancha, hozir Avstraliyada yoz fasli tugab kuz boshlaniyabdi, havo esa 26C daraja atrofida.

Bahor ichi, Avstraliyadagi hayotimni yoritib boraman.

Kanalda Avstraliyadagilar bo'lsa, yozsangiz, ko'rishib tajriba almashishdan hursand bo'lardim!

@feruza_dev
❤‍🔥72👍15🔥118🆒6👏2
Consistency (muntazamlik) qanchalik qiyinligini shu kanalimga ko’zim tushganida bilaman.

Sydneyga kelganimga ham roppa rosa 1 oy bo’libdi, darslar boshlanganiga esa 2 hafta. Sydneyda hayot ancha sokin va sekin. Deyarli hamma sog’lom hayot kechirar ekan. Ertalab 5, 6 dan hamma ko’chada yugurgan yoki dengizga cho’milgani borgan. Ko’chalar daraxt va gullarga to’la. Havo har kuni 25C atrofida, yomg’ir ko’p yog’adi, lekin havo tez ochilib ketadi. Xullas, bu yerdagi hayotim va o’qishlarim haqida ko’proq yozishga harakat qilaman. Yuqorida esa oxirgi 1 oydan ba’zi lavhalar.
73👍19🔥8💘6❤‍🔥3👏2💯2🤗2🕊1🆒1
🦘✈️🦅
🤔2413👍5🔥5😁1
San Francisco ga uchyabman. 15 chi gacha o’sha yerda bo’laman. Shu atrofda bo’lsangiz, vaqt bo’lsa bog’lanib, ko’rishishdan hursand bo’lardim 🙌
36❤‍🔥17👍11
OpenAI HQ
50👍18❤‍🔥5🔥53👏2🕊2
👍18😍9❤‍🔥6🍓31😘1