feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.12K subscribers
213 photos
33 videos
126 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
24👍5
Oxirgi haftalar hayotim kutubxona, xonam, zal va oshxonada o’tyabti. Sydneyda o’qish Princeton darajasida qiyin bo’lmasada, bu semester o’qishdan tashqari qiladigan ishlarim ko’p. O’zbekiston unicroni Uzumda machine learning developer bo’lib ishlayabman, Princetonda 3-kurs sifatida ilmiy tadqiqot olib borishingiz kerak (Junior Paper) - bu haqida ko’proq gapirib beraman, va kundalik hayot ishlari. Misol uchun, bu yerda universitet oshxonalari yo’q (dining hall), o’zingiz ovqat qilishingiz kerak.

Bunday hayotni ham o’ziga yarasha gashti bor. Katta shaharda yolg’izsiz, imkoniyatlar ko’p, manzaralar va havo yaxshi. Ko’p vaqtim ish, o’qish, va o’rganish bilan o’tsa ham, orada do’stlar bilan uchrashib turishga ham harakat qilaman. Shunchaki o’zingizga qarashga ham vaqt ketadi, yaxshi ovqat qilish, kiyinish, shaxsiy parvarish va ho kazolar.

Oxirgi 2 oyga qarab bir narsa ancha oydinlashdi: hamma narsa ham siz o’ylaganchalik jiddiy emas. Ayniqsa boshqalar uchun qilayotgan ishlaringiz. Aksariyat narsalar sog’lig’ingizni almashtirishga arzimaydi. Oxirgi paytlarda qiladigan ishlarim ko’p bo’lsada, shaxsan o’zimga va kelajagimga foydali jihatlarga ko’proq e’tibor beryabman; zalga chiqib kelaman, yoki uzoq sayrga chiqaman, har kuni aniq vaqtda uyquga ketaman. Ayniqsa yosh paytingizda - “mana shuni tugatsam keyin dam olaman” kabi fikrlab, shu zaylda ketsangiz o’zingizga qarash uchun umuman vaqt bo’lmaydi, chunki tugatadigan va o’rganadigan narsalarni cheki yo’q.
83👍27🆒6❤‍🔥5🦄2💋1
65👍16❤‍🔥12🔥8😘5😴1
Naiveté (Soddalik)

Noan’anaviy ishlar qilish uchun yosh bolalardek sodda bo’lish kerak. Odatda, bolalar qiziqqon va yangiliklarga o’ch bo’ladi. Bir ish qilishdan oldin ko’p o’ylamaydi, natijalarni hissoblamaydi. Aynan shu hususiyat katta bo’lganimiz sari so’nadi va jamiyat/tizim tomonidan yaratilgan qolifga tushish jarayoni boshlanadi. O’qishga kir, diplom ol, ishga kir, bir umr 9 dan 5 gacha ishlab, nafaqaga chiq va hokazo. Oldindan chizib berilmagan yo’ldan yurishga ikkilanamiz, qo’rqamiz, ehtiyot bo’lamiz. Yosh bolalar esa duch kelgan narsani ushlagisi keladi, taqiqlangan eshiklarga va yo’llarga ilhoq bo’ladi. Hayotiy tajribangiz ortgan sari, turli xil odamlar bilan muloqotda bo’lasiz, kimdirlar ishonchingizni poymon qiladi, atrofingizdagilar sizdan kam harakat qila turib sizga berilmagan imkoniyatlarga erishadi, adolatsizliklar bo’ladi. Shularga qaramasdan, hayotda ma’noingizni topish uchun ayni shu bolalarcha qiziquvchanlik va ishonuvchanlikni bir qismini asrashga harakat qilish kerak.


@feruza_dev
75👍7💯6🔥5🤝5👏2❤‍🔥1🫡1
Oxirgi 2 oyni Palo Alto, California da o’tkazdim. Va nihoyat ko’pchilik yashashni orzu qiladiga bay area da ishlashab/yashab ko’rdim.

Havo ajoyib, har kuni bir xil 23-25C atrofida salqin. Stanford Universiteti ham shu yerda joylashgan. Big tech ofislaridan tortib garaj startuplargacha hammasini shu yerda topsa bo’ladi.

Narx navolar juda qimmat va shunga yarasha muqim axolining o’rtacha yoshi 50 ga yaqin, tadbirkorlar va nafaqaga chiqqan yuqori martabali odamlar.

Shahar xafvsiz va juda tinch. Agar shaharga bormoqchi bo’lsangiz, San Francisco gacha poyezdda (caltrain) 40 daqiqa yo’l. Meta, Google Apple, va shunga o’xshash kompniya shtab-kvartiralari ham qo’shni shaharlarda joylashgan va caltrain bilan qisqa vaqt ichida qatnash mumkin.

Taassurotlar ko’p. Kelayotgan kunlarda bo’lishib boraman.

@feruza_dev
54👍29💋4😘2
Forwarded from Vohid Karimov
Ha aytgancha, agar bu yil umuman hech qaysi o'qishga kirolmagan bo'lsangiz rossiyaga yoki notanish erkakni uyiga ketmang, gap year oling va yana harakat qiling 💪
🫡43😁34❤‍🔥195😭2🔥1🐳1🍓1
Bu yilga olgan grantim. Narx-navolar oshyabti.

@feruza_dev
61👍15👏6💔65🫡3🏆1
🔥754215👍4❤‍🔥3👏2
Anyone in DC?
Ko‘pchiligimiz, sezmasdan, jamiyat talablarini qoniqtirishga intilib yashaymiz. Kunlarimizni birgina kelajak lahzasini kutib o‘tkazamiz. Bugun ba’zilar badan tarbiya bilan shug‘ullanish uchun yangi yil kirib kelishini kutayotgan bo‘lsa, qolganlar esa kimgadir qo‘ng‘iroq qilib hol-ahvol so‘ragani yakshanba kelishini kutayotgandir. Ayniqsa, katta shirkatlarda 9 dan 6 gacha ishlasangiz, haftalaringiz dam olish kunlari ertalab bir-ikki soat ko‘proq uxlash haqida o‘ylash bilan o‘tadi. O‘zimiz bilmagan holda hayotimizning katta qismini arzimagan kichik lahzalarga intilish bilan sarflaymiz. Va siz intizorlik bilan kutgan lahza ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketadi. Biror ish qilishdan oldin, eng qulay paytni kutamiz. Og‘ir haqiqat shundaki, bunday vaziyatni o‘zi yo‘q, va har doim nimadir yetishmayotgandek tuyilaveradi.

ask that girl out, write that email, go on that solo trip, move countries, apply to that job even if you don’t fully meet the qualifications -- just do things and move away from what ifs.

@feruza_dev
9121🫡10👍8🔥3😘2🏆1
🫢🫢
🤣161😭27💔1110🤪7😡5😁3💯3🆒3😎1
Forwarded from noordiev.dev
May the new year bring more mrr, better liquidation preferences, and more compute to our brothers and sisters🤲

@noordievdev
33😘16🙏8🔥7