feruza.dev – Telegram
feruza.dev
2.13K subscribers
213 photos
33 videos
127 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
Yozgi ta’til ham yaqinlashib qoldi, va albatta ko’pchilik yozda har xil ilmiy ish, stajirovka (amaliyot dasturlari), va shu kabi ishlar bilan shug’illanadi. Qisqa qilib aytganda, barcha yozda ham bir xilda band bo’ladi. Ayniqsa bunday madaniyat Princetonda kuchli rivojlangan. Deyarli barchada Oq Uydan tortib Googlening San Franciscodagi offisigacha yozgi amaliyot dasturi bor.

O’zimga kelsak, bu yozning birinchi yarimiga uyga kelaman. 27 iyundan yana Princetonga qaytaman.

Yaqinda, topshirgan lavozimdan javob keldi, va Princeton Computer Science Departmentidagi, Professor Leyzberg yozgi dasturda birga ishlashga taklif qildi. Lavozimim, Professor Assistant (TA). Vazifalarim, yozgi komputter darslardan biri COS125 da professor yordamchisi sifatida ishlash, va o’quvchilarga kodlarini debug qilish, va komputer conceptlarini tushishga yordam berish.

Instagram | Telegram
42👍276❤‍🔥6🆒4
Christopher Nolan bilan ko’rishdim!!!

O’quvchilar o’qishga kirganlaridan keyin, universitetlarga ota - onalari bilan borib o’qish muhitini ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar, va universitetlar tomonidan maxsus tourlar, va marosimlar uyishtiriladi. Bu yil, mashhurlardan Christopher Nolanning o’gli, va Jeff Bezosning qizi Princetonga kirdi. Kecha Princeton Preview (Princeton bilan tanishish) kuni edi, va darsga ketayotib, Christopher Nolanni o’g’li bilan uchratib qoldim. Ularni oldiga borib gap boshlash albatta qiyin bo’ldi. Nolan va o’g’li bilan 10 daqiqacha suhbat qurdik. Nolan yaqinda princetonda sur’atga olgan filmi (avvalroq shu haqida post yozganman) haqida qisqacha aytib berdi, va o’g’li bilan tanishtirdi. Dunyodagi eng mashxur rejissorlardan biri bo’lishiga qaramasdan, Christopher ham barcha ota- onalar kabi o’g’li bilan birga Princeton Previewda qatnashdi.

Bundan tashqari, Jeff Bezos ham qizi bilan keldi. Afsuski, Bezos bilan ko’rishishni imkoniyati bo’lmadi, lekin ko’p do’stlarim u bilan ham ko’rishishibdi. Yuqorida bir nechta rasm qoldiryapman.

Christopher Nolan haqida bilmaganlar uchun:
Christopher Nolan dunyo miqyosida mashhur bo'lgan film rejissyor, senarist va produserdir, u o’zining yaratgan innovativ va fikr-mulohazali filmlari bilan ajralib turadi. Nolan "Inception," "The Dark Knight," va "Interstellar" kabi ko'pgina mukofot olgan mashhur filmlarga rejissorlik qilgan.

Umuman olganda, shunchaki universitetda darsga ketayotib bunday mashhur odamlarga duch kelish juda qiziq.

Instagram | Telegram
76🔥13👍11🆒9🤩4🥴4❤‍🔥3😍1
1 - Qism (https://news.1rj.ru/str/feruza_dev/75)

2 - Qism

4. Telegram profilingizga Harvardni logosini qo’yish bilan ish bitmaydi.

Ayni shu holatni ko’p uchrataman. Ko’pchilik top o’qishlarga kirishga qaror qiladi, va deyarli o’sha maqsad uchun kerak bo’lgan harakatni qilmaydi. Amerikaning yaxshi o’qishlariga, chet ellik o’quvchi sifatida kirish juda qiyin, va raqobat juda katta bo’ladi. SAT va IELTSim bor deb o’zingizni aldamang, chunki ular hamma o’quvchilarda bor. Qisqa qilib aytganda, topshirish va o’qishga kirish jarayoni, ma’lum bir usullarni qo’llasam oson bo’ladi deb o’ylamang. O’qishga kirishning hech qanday aniq formulasi yo’q. Muvaffaqiyatli topshirishning asosiy kaliti bu tinmay o’qish, va o’z ustingizda ishlashdir.

5. College list.

Yana bir katta hatolardan biri, faqatgina Ivy League, va Top 30/100 o’qishlarni o’zigagina topshirish. Ko’pgina holatlarda, bu kabi o’qishlar juda iqtidorli, va muvaffaqiyatli o’quvchilarga rad berishini kuzatamiz. Bu bilan aytmoqchi bo’lgan gapim, profilingiz qanchalik zo’r bo’lishiga qaramasdan, hech kim sizga top o’qishlarga kira olishingizni hech qachon aniq ayta olmaydi. Qisqa qilib aytganda, “college list” ingizda balans bo’lsin, va faqatgina kirish juda qiyin bo’lgan joylarga topshirmang.

6. O’zingizni qolganlar bilan solishtirishni bas qiling!

Admission officerlar hech qachon siz muvvaffaqiyatingizni, sizdan imkoniyati ko’p bo’lgan o’quvchinikiga solishtirmaydi. Ular, sizni qanchalik tirishqoqligingiz, va sizga berilgan imkoniyatlardan qanchalik unumlik foydalana olishingizni ko’rishni istaydi.

Instagram | Telegram
👍3766🆒5❤‍🔥1🔥1
Men yuqorida aytib o'tgan fikrlarim qabul jarayoniga oid yagona narsalar emas va bu mavzu haqida soatlab gapirish mumkin. Bular shunchaki, so‘nggi paytlarda ko’p guvohi bo‘layotgan hodisalarim haqida o‘z fikrlarim.
👍45👌6🆒65🔥3❤‍🔥2🖕2
Agarda kanalda ulashadigan postlarim do'stlaringizga ham qiziq bo'ladi deb o'ylasangiz, ular bilan ulashing.

Yaqin orada ovozli chat qilishni rejalashtiryabman, va suhbatni ko'proq odamlar bilan o'tkazish maqsadida obunachilar soni 1000 taga yetishini kutyabman!

Instagram | Telegram
38👍21❤‍🔥7👌4🔥1💩1
Odatda, universitet yotoqxonalarida hayvon boqish mumkin emas.

Lekin agarda ruhiy/jismoniy sog’liq bilan bog’liq muaommolaringiz bo’lsa, o’zingiz bilan birga yordamchi hayvoningizni olib kelishga ruxsat beriladi. Misol uchun, qo’shnilarimdan birining mushugi bor (Wrenji Jr.) Shunday xolartlarda universitet, alohida maxsus bir kishilik xona ajratib beradi.
47👍11❤‍🔥6🔥5😍4🆒1
Bu haqida post qilish yodimdan ko'tarilibdi. Chamasi 1 oy avval, barcha Ivy Leaguedagi O'zbekistonliklar, New Yorkga borib ko'rishdik.

▶️ Chapdan o'ngga:

Yale-NUS, Harvard, Princeton, Barnard, Yale

Aytgancha, Princetondan New Yorkga poyezd orqali 1 soatlik yo'l bo'lib, bilet narxi $17.5.
50👍27🆒7😱5❤‍🔥1🐳1
Bugun xalqaro onalar kuni!

Ko'plab mamlakatlar onalar kunini, may oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlaydi.

Instagram | Telegram
54👍18🎉4🆒41❤‍🔥1
📍Princeton.
Imtixonlar arafasi...
👍43😁31🤩6🆒4🕊3❤‍🔥2🔥2
Forwarded from noordiev.dev
​​On Reading Books

Reading books should be a part of your daily routine. Whether it's a novel or a course book, you should allocate time every day to peruse a few pages.

But it's important to not get in the trap of reading endless self-help/self-development books. You can only optimize your habits/day so much that at one point, marginal utility you get from that genre of books becomes minuscule. Instead, read memoirs, fiction, non-fiction, romance, academic, the list goes on. These books will improve your focus and critical thinking far better than any self-help books out there. They will also broaden your knowledge in a range of topics so you will be able to strike up a conversation with anyone you are interested.

As for myself, I just finished the semester, and started reading the Foundation by Isaac Asimov. I intend to read as many books as I can in the summer, and I suggest you do the same. Good luck random earth citizen.

Telegram
👍237🆒2
Kanal obunachilar soni 800 ta yetganda @noordievdev bilan ovozli suhbat quramiz.

Instagram | Telegram
👍22🆒42
Live stream scheduled for
feruza.dev
Live stream scheduled for
Ovozli suhbat ertaga, 27-May O'zbekiston vaqti bilan soat 20:30 ga belgilandi. Istalgan savollar va muhokama qilishimizni istagan mavzularingizni pastga comment bo'limida yozib qoldiring!
👍19🔥42👏1
👍14🔥2🥰1👏1🆒1
Live stream started