Azimjon's Fikrlog – Telegram
Azimjon's Fikrlog
17.6K subscribers
1.61K photos
457 videos
141 links
Fikrlar daftari

Asosiy: @azim_pulat
Download Telegram
U mahrga kutubxona so’radi
2.04K❤‍🔥726410🤯205😁177👍148🎉143😍77😱41🙈31
2025-yil sizga nima o'rgatdi?

Boshlab beraman:
- Men hech narsani bilmasligimni. Ayniqsa nima men uchun xayrli ekanini, nima xayrli emasligini. Yaratganga istixora qilib, ko'ngil taskin topishini o'rgandim.

Sizchi?
👍592278🏆71❤‍🔥5927💔11👏4
Baxtli insonlar

20 yil avval, Shahrisabzga mehmonga bordik - momo yurt.

Eng samimiy, ko’ngli ochiq, mehmondo’st insonlarni uchratdim.

Bog’larida olma, olcha, nok. Polizlarida ro’zg’orda nima kerak bo’lsa unib turibdi. Sut, qatiq-qaymoq o’zidan, mahsi-kovushlar uzoq bo’lsa qo’shnikidan.

Ularda hech bir g’am-tashvish ko’rmasdim. Ular men uchun eng baxtli insonlar edi…
509👍157❤‍🔥44👌29😭18💔1514💯11🕊10🤩2
Baxtsiz insonlar

Bugunchi, bugun ular qayerda? Nimalar bilan band?

Afsuski o’lat u yerga ham yetib boribdi, o’sha olis yurtlarga. Ota o’gli bilan rossiyaga ishlagani ketibdi.

O’sha katta to’y va mashina dardida…

10 yil umr, og’ir mehnat, oiladan uzoqda bo’lish asli baxtsizlik emasmi?
💔581💯274👍10452❤‍🔥15🤯1311🕊8😍3🏆3
Azimjon's Fikrlog
jprq dan ham kofe kelmay qo’ydi 😔
Ehh, endi nima bo’ladi?

ps. 1 yilda 1ta kurs chiqargandim
😁697😭144😱29💯2320🙈11👀9👍4🐳3💔2
2025 Sarhisob

Harakatlar:
- @azim da 3ta video
- @qirikki da 1ta kurs
- @fikrlog da 99ta maqola
- @azim_pulat da 77ta reel
- 3ta podkast, 2ta suhbatlar

Natijalar:
- @fikrlog da 3.3 million o’qishlar
- YouTube da 462 ming ko’rishlar
- Instagram da 5.4 million ko’rishlar
- 42.uz da 9,561 ta yangi o’quvchilar
- 42.uz/arena da 33,362 yuborilgan yechimlar
🏆519148👍82🐳30🤯2417👏16🎉10😱7😍7
2026-yilda aksini qiling.

Uxlash oldidan sovub olish uchun issiq dush qabul qiling.

Qiziqarli g’oyalar chiqishi uchun yaxshilab zeriking.

Xursand bo’lish uchun avval hafa qiladigan ishlar qiling.

Tanada yig’ilib qolgan suvni chiqarib tashlash uchun, ko’proq suv iching.

Miyyamiz ortida bizning xabarimizsiz kun-u tun bir dastur ishlab turibdi.

Bu dasturni nomi - homeostasis. Sizga ham, menga ham o’rnatilgan. Muvozanat keltiraman deb oshirib yuboradi.

Bu muammo emas, balki imkoniyat!

Shunchaki aksini qiling.
458👍16885🤯2422😁17🏆14🕊8👾8😱2
Muvozanat narxi

Homeostasis haqida biznikilar asrlar oldin bilgan - ular jazirama issiqda issiq choy ichib sovigan.

Qishning chillasida muzlagan ko’lga 1 daqiqadan 3 marta kirib-chiqib, 3 tun go’dakdek shirin uxladim - qancha qiynalgan bo’lsam, keyin shuncha yengil tortdim.

Kimdir tamaki bilan erishadigan “rohat”ga, sport bilan erishsangiz bo’ladi. Ikkisining farqi, birinchi qiynalasizmi yoki rohatlanasizmi?

Homeostasis tufayli rohatdan keyin doim siqilish bo’ladi, ko’pchilik bu siqilishga rozi bo’la olmay yana rohat istab qoladi va bu qaramlik hosil qiladi.

Qiyinchilikdan so’ng osonlik bordir (94:5)
468150👍104🏆32❤‍🔥28🕊11💯10🐳9👀3🙈2
Muvozanat farqi

Sog'lom inson tana harorati ~36.6 *C
Ammo undan issiqroq ham, sovuqroq ham sog'lom insonlar topiladi - ular bir xonada bo'lsa ham.

Huddi shunday insonlar o'rtasida dofamin muvozanatida ham farq bor. Ba'zi insonlarda bu ko'rsatgich farqi katta.

Stimullarsiz dofamin miqdori asta muvozanatga qaytadi. Bu ko'rsatgich aytganimdek hammada har xil.

Bolalarda ancha pastroq. Shuning uchun bo'lsa kerak ular tez zerikadi, bir joyda turolmaydi yoki ko'p hayol suradi. 8-12% 5-17 yosh bolalar hatto e'tiborini jamlashda qattiq qiynalishadi. Aksari ulg'ayib "bosilib" qolishadi.

Ammo hamma ham emas. Ular orasida shunday insonlar (2.5%) borki, ular umrbod "tuzalmaydi".

Uning nomi: ADHD
178👍7930🏆14😭13👀9👾6🐳5❤‍🔥3🕊2
G’orbek siqildi.

G’orbek g’ordan chiqib, qiynalib kiyik ovladi. Qorni to’yib, yengil tortdi - mazza qildi.

2026-yilda yashayotgan G’orbekning uzoq qarindoshi - Oybek.

Oybek ham siqildi.

Oybek endi g’oridan xonasidan chiqmasdan, “G’alati narsalar” serialini ko’rib, kiyik ovlab yegandek mazza qilyapti.

Ertaga ular yana siqiladi.
Homeostasis baby 🙂‍↔️
😁73881👍5337🤯22👾14😭11💔6🕊4😡3
Bemowo'dagi Uy (2021-2025)

2021-yil 6 oy qishloqda yashagach, yana shaharga qaytishga qaror qildim.

Ammo endi yolg'iz yashashga o'rganib qolgandim. Avvaliga "endi qurbim yetadi-ku" deb shahardan bir o'zimga ijaraga kvartira olmoqchi bo'ldim.

Oyiga $1,000 to'lash oson bo'lmasdi, ammo yolg'iz yashashdagi samaradorlik uchun arzirdi. Ideal o'rtasini topishga harakat qilib, do'stim bilan bir uy olishga kelishdik.

200dan ortiq e'lonlarga aloqaga chiqdik - "chet elliksan" degan ajratishlar ko'p bo'ldi. Ammo 1tasi rozi bo'ldi. Uyli bo'ldik.

2021-2025 yil, 4 yil muddat 1 uyda yashadim. Facebookka, Amazonga, Googlega, ko'p katta kompaniyalarga shu uydan ishga kirdim.

Faqat men emas, shu uyda yashagan 5ta O'zbekka Google ishga taklif berdi. Ma'lumot uchun butun dunyoda Google'da ~30ta O'zbek injiner ishlardi.

42 jamoasini ham shu uyda o'stirdik - jamoa a'zolari ijara to'lamasdi. Bir uyda yashab, ishlardik.

Biz qurgan birinchi inkubator edi...
553❤‍🔥147👍8754🐳21🤩20🏆14😁8🙈2🫡2
Tejash haqida

1ta qaror 4 yilda $40,000 tejadi va undan ko’prog’ini ham olib keldi.

Varshavada kvartirani boshqalar bilan bo’lishish - avvaliga tejash bilan boshlanib, keyinroq birgalikda rivojlanish va startup qurishga aylanib ketti.

Uyda ovqatlanish, piyoda va velosipedda yurish o’tgan yillarda pul tejash bilan boshlanib, sog’lom turmush tarziga aylanib ketti.

Yevropada sayohat qilganda do’stlarnikida tunash pul tejash bilan boshlanib, ular bilan og’a-ini va qadrdonlar bo’lib keltishga aylandi.

Tejab ko’prog’iga yetasiz, isrof qilib emas.
💯717👍306148👏45🏆2217❤‍🔥16🐳6😭4😍3
Kambag’al ko’proq to’laydi

To’liq to’lashga pul yo’qmi?
Bo’lib to’lab - ko’proq to’laydi.

Tishni davolatishga pul yo’qmi?
Keyinroq olib tashlashga to’laydi.

Sifatli ta’limga pul yo’qmi?
Keyinroq og’ir mehnat bilan to’laydi.

Ko’p xalqlarda “kambag’al ikki marta to’laydi” degan maqol bor - ko’p ma’noda ishlaydi.

Kambag’allik = odatlar
Pulsizlik = holat holos.

Pulsizlikni tuzatsa bo’ladi.
Ammo kambag’allik faqat cho’ntakda emas - fikrlashda.
💯772226👍15953❤‍🔥17🕊13👏11😍7😡7👾5
👍11128🏆179😱7❤‍🔥5🤯2😍2🐳2😁1
Hech narsa qila olmaysiz.

2014-yil talabalar bo’sh xonaga kirgizilib, 15 daqiqa hech narsa qilmay o’ylari bilan yolg’iz qolishi so’ralgan.

Xonada 1 tugmacha bor edi, bosilganda insonni to’k uradi - og’riq ammo stimul.

67% erkaklar ularni to’k urishini tanlagan, ayollarda esa 25%. Fikrlari bilan hamma ham yolg’iz qola olmaydi.

Hech narsa qilish nimadir qilishdan qiyinroq.

Miyyangizni biror qiyin ishni qilishiga ko’ndirmoqchi bo’lsangiz, avval hech narsa qilishdan boshlang.

Hech narsa qila olasizmi?
🏆550😁310💯13367👍5233😭18🫡14🐳10👾10
Unutamiz deb o’ylaymiz.

Kalamushni qafasga soldilar. Qafasda bir dastak o’rnatishdi - bosilganda kalamush miyyasiga k*koain yuborilardi.

Kalamush tez orada bu dastakni bosishga o’rganib qoldi. Keyin dastakni k*kaindan uzib qo’yishdi. Bir qancha vaqt bosishda davom etib, keyin bosmay qo’ydi - unutib yubordi.

Oradan 1 yil o’tdi.
Kalamushlar 2-3 yil umr ko’radi - bu umrining yarmi degani.

Sinov kuni.
Kalamushni stressga solish uchun uni elektroshok qildilar. Stress vaqtida birinchi amali - tezda borib o’sha dastakni bosishga tushdi.

Ong unutadi, ong osti unutmaydi.
Ta’tib ko’rishdan avval, butun umr iste’moliga rozi bo’ling.
😭462👍22913264💯39🤯26👀11🐳108🏆6
K*kaindek ta’sir qiladi

Sevib qolish” va k*kainning miyyaga ta’siri bir xil (manba).

Erkaklar go’zalikka termulishga, ayollar esa go’zal bo’lishga “narkoman”.

Alloh taolo bejizga Nur surasida erkaklarga “ko’zlarini tiyishsin”, ayollarga “ziynatini ko’rsatmasinlar” deb buyurmagan.

Bugun ayollarni “pardozga o’tirib qolgani” haqida boshqalardan eshitganingiz ma’qul, balki o’zingiz guvohdirsiz.

Men esa yigitlarga qizlarga berishingiz mumkin bo’lgan e’tiborni o’zingizga qaratishingizni eslatib o’tmoqchiman.

Bu yillar sizni qurishi mumkin yoki xirsingizni boqishi. Miyya bir paytda faqat bir narsaga diqqat qila oladi.

Maslahatim “sevib” qolsangiz, 3 kun ro’za tuting.

“Kokain”dan uzoq yuring.
799366😁296💯129👍59❤‍🔥35😭24👌19💔17🏆15
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
O’qima, uqi.
O’ylanma, uylan.
😁1.41K😭170103👍48🎉39💔30👀24🏆2018😍10
Qabul qildim ☺️
1.44K🎉1.13K👍366🤯102😁81👏57🏆55❤‍🔥54😍46🐳24