Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo) – Telegram
Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo)
9.19K subscribers
78 photos
81 videos
1 file
90 links
Òzbekistondagi Google sheets boyicha eng katta amaliy keyslarga ega kursning demo kanali

Guruh: @google_sheets_uz
Kurs boyicha fikrlar: @google_sheets_course
Youtube kanal: https://www.youtube.com/@google_sheets_dars

Owner: @Andarov_B
Download Telegram
Kun ora shunday xabarlar kelib turadi, òqib hursand bolaman

Ishimizni barakali bòlayatgani sabablaridan biri ham shu bòlsa kerak

Hammangizga rahmat 🤝

👉 Kurs haqida feedbeklar
@google_sheets_demo
122👍14🔥6❤‍🔥5👏2🐳1
Xarajatlar nazorati uchun universal formula

Endi xarajatlaringizni yil va oy kesimida, toifalarga (kategoriyalarga) ajratgan holda soniyalar ichida jamlashingiz mumkin.

Bu formula nima qiladi?
- Avtomatik hisob kitob: Chap tarafdagi jadvalga xarajatlarni kiritib boraverasiz, u esa o‘ng tarafda kategoriyalar bo‘yicha summani hisoblab boradi.

- Aqlli filtr: Yil va oyni tanlasangiz — faqat o‘sha davrni, tanlamasangiz — barcha ma’lumotlarni umumlashtirib ko‘rsatadi.

- Tartib va intizom: Bir xil turdagi xarajatlarni bitta qatorga jamlaydi, o‘ziga sarlavha qo‘yadi va ortiqcha bo‘sh qatorlarni yashiradi.

Bitta formula = butun xarajat nazorati
Foydalaning🤝

@google_sheets_demo
🔥156👍6👏3🏆2
Muammo => Yechim

Muammo:
Oldi berdini qanday tizimlashtirish mumkin?

Yechim:
3ta sahifa qilasiz
1. Olingan pul (qachon, kimdan qancha)
2. Berilgan pul (qachon, kimga, qancha)
3. Klient analiz sahifasi (bitta klient tanlasez u bilan bogliq hamma oldi berdi chiqadi)

Bu eng basic variant, buni xohlagancha kengaytirish mumkin 🤝

@google_sheets_demo
🔥166👍6👏3🏆2🗿1
Hodimlar nazorati

Sahifa haqida qisqacha:
- Alohida sheetsda hodim toldiradi menejer sahifasiga import bolib tushadi
- Sababli kech qolsa yashil
- Sababsiz 10:00gacha kech qolsa sariq
- Sababsiz 10:00dan keyin kelsa qizil

O'ng tarafdagi qismda oson va tez analiz qilish uchun filter qoshib berilgan. Unda menejer xohlasa hodim boyicha, xohlasa yil, xohlasa oyni o'zi boyicha ham korib olsa boladi

Hozir ishlab turgan loyihamni bir qismi, menimcha kopchilikka kerak. Sizlarga ham ilindim.
Filter qismi formulasini izohda ulashaman 🤝

@google_sheets_demo
🔥16👍118🗿2❤‍🔥1
Kun hikmati

Biznes egasiga texnik odam kerak emas. Unga muammoni ko‘ra oladigan, tushuna oladigan va yechim bera oladigan odam kerak.


@google_sheets_demo
💯32🔥16👍74❤‍🔥2🕊2🗿1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hodimlar ish vaqtini hisoblashdagi 3xil jadvalli struktura

Ushbu video davomida:
- Hodim kelgan va ketgan vaqt asosida ishlagan vaqtini hisoblash
- Ish vaqtini hisoblashda 3xil struktura va ularni farqi
- Raw log vs database log

Uy to‘g‘ri qurilishi uchun fundament qanday muhim bo‘lsa,
to‘g‘ri tizim qurish uchun ham jadval strukturasi shunchalik muhim.


👉 Kurs boyicha feedbeklar
@google_sheets_demo
🔥116👍6🏆2🗿1
Manfaatli tavsiya

“Asoschilar” podcasti haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ushbu podcast asoschisi — Ravshan aka Turg‘unov. Podcastda u turli sohalardagi kuchli mutaxassislar, top-menejerlar va yirik biznes egalari bilan suhbatlashadi.

Eng yoqqan joyi — shu suhbatlardan olingan real insaytlar, shuningdek, o‘z faoliyatida duch kelgan muammolar va ularning amaliy yechimlarini shaxsiy kanallarida ochiq ulashib boradi. Nazariya emas, aynan hayotiy tajriba.

Agar siz biznes egasi bo‘lsangiz, boshqaruvda yursangiz yoki umuman tizimli fikrlash va tizim qurishga qiziqsangiz, albatta tavsiya qilaman.

👉 Kanal: @aqlli_ikkichi
👉 Kanal: @aqlli_ikkichi

@google_sheets_demo
🔥1910👍10🤝3🗿1
Klient bilan ishlash haqida

Muhammadjavohir ustozni guruhlarida klient topish va sotuv masalasidagi shaxsiy fikrim.

Kopchilikka fikr maqul kelibdi, bilimi bor lekin uni monetizatsiya qila olmayotganlar uchun manfaatli boladi degan umidda ulashdim

Post 1 yil avval yozilgan edi

Kanalda yangi bolsangiz darslar mundarijasi
👉 1-qism
👉 2-qism

@google_sheets_demo
👍9🔥65🗿2❤‍🔥1
Google Sheets ishlatyapman deyayotganlarning ko‘pchiligi uni shunchaki daftar o‘rnida ishlatyapti. Yozadi. Saqlaydi. Yopadi.

Lekin u bu uchun tuzilmagan azizlar.

Google Sheets — bu sizga foyda keltiradigan qarorlarni qabul qilishga yordam beradigan vosita.
Qayerda pul ketayapti, qayerda foyda bor, qaysi xodim yoki qaysi mahsulot natija berayapti yoki bermayapti — barchasi shu yerda ko‘rinadi.

Shunchaki yozib qo‘yish yetmaydi.
Ma’lumotlar gapira oladi — agar siz ularni tahlil qilishni bilsangiz.

@google_sheets_demo
🔥41👍159👏5💯4🗿4
Bitta formula orqali xohlagan instagram akkauntingiz haqida malumot olish

Ushbu formula yordamida xohlagan akkauntingizni quyidagi malumotlarini bittada olsangiz boladi:
- followerlar soni
- u following qilgan odamlar soni
- postlar soni

Bu formulani regex va shu kabi yordamchi formulalar yordamida qayta ishlab ozingizga kerakli qiymat olishingiz mumkin

@google_sheets_demo
🔥2110👍9👏4🏆2🗿1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boshlang‘ichlar uchun amaliyot

Bu darsda ozgina bilim bilan ham qanday qilib Google Sheets yordamida amaliy va foydali natijaga erishishni ko‘rsataman. Sheets – yaxshi qurol, agar unga ozgina logika va tajriba qo‘shilsa, ishlaring yanada osonlashadi.

Hech qachon organmaslik uchun videoni saved messagega saqlash esdan chiqmasin 😅

@google_sheets_demo
10👍29😁26🔥98🗿1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Double xlookup

Xlookup yordamida gorizontal va vertikal qidiruv imkoniyati.

Ushbu videodan keyin xlookupni asosiy imkoniyatlarini o'rganib olasiz

👉 Kurs haqida feedbeklar
@google_sheets_demo
👍15🔥104🗿4🥰2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tayyor excel faylni google sheetsga import qilish

Endi siz excel faylingizni google sheetsda bemalol ochib tahrirlay olasiz

👉 Feedbacks
@google_sheets_demo
👍25🔥107👏4🗿1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Belgilangan yacheykalarga raqamdan boshqa qiymat kiritishni cheklash

Vaziyatlar boladi - google sheetsga biz ozimizi qoidalarimizi kiritishimizga to'g'ri keladi. Ushbu videoda bu masalaga qisqa va aniq yechimni o'rganib olasiz

👉 Feedbacks
@google_sheets_demo
🔥26👍85👏4🗿1
9️⃣0️⃣0️⃣0️⃣ ta bòldik

Rostini aytsam, bunday raqamga yetamiz deb òylamagandim. Pala-partish usulda emas imkon qadar pragmatik usulda òsishda davom etamiz.

Tabriklayotgan hammaga rahmat 🤝

@google_sheets_demo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
56🔥75👍31🤣14🏆6👏54🥰3🗿3🆒3😁2🫡2
Google sheets sizga nima beradi

Google Sheets’ni mukammal biladigan mutaxassisni shunchaki "jadvalchi" deb atash xato. Aslida, bu inson — muammoni ko‘ra oladigan, yechimni modellashtiradigan va jarayonlarni optimallashtira oladigan mutaxasis hisoblanadi.

Sheets bilan ishlash sizga nima beradi?
- Mantiqiy zanjir qurish: Ma’lumotlar qayerdan kelib, qayerga borishini tushunish.
- Dekompozitsiya: Murakkab muammolarni oddiy funksiyalar yordamida bo‘laklab yechish.
- Data-driven qarorlar: Taxminlarga emas, raqamlarga tayanib xulosa qilish.

Shu sababli, Google Sheets’ni "suv qilib ichgan" mutaxassis uchun quyidagi yo‘nalishlar eshigi doim ochiq:

1. Moliya va Audit - Faqat hisob-kitob emas, balki Cash Flow, P&L va Unit-iqtisodiyotni qurish. Reja va faktni solishtirib, biznesning "yuragi" qanday urayotganini ko‘rsatib berish.

2. Data Analitika - Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning poydevori. Sheets’da Pivot Table va murakkab filtrlar bilan ishlagan odam uchun SQL, Power BI yoki Python tillariga o‘tish shunchaki "texnik masala" bo‘lib qoladi.

3. Biznesni Tizimlashtirish va Avtomatlashtirish - Jarayonlarni tartibga solgan odam keyinchalik n8n, Make (Integromat), Odoo yoki SAP kabi murakkab tizimlarni osongina o‘zlashtiradi. Sheets — bu avtomatlashtirish dunyosiga kirish uchun eng zo‘r "sandbox" (sinov maydoni).

4. Operatsion Boshqaruv (HR, Logistika, Marketing) - Har qanday sohadagi tartibsizlikni (xaosni) tizimga solish. Qo‘l mehnatini kamaytirib, natijalarni vizual dashboardlar orqali aniq-ravshan ko‘rsatish.


Xulosa: Avval Google Sheets yordamida real biznes muammolariga yechim bering. Tajriba ortgach esa, o‘zingizga yoqqan torroq va daromadliroq yo‘nalishga chuqurlashing. Instrumentlar o‘zgarishi mumkin, lekin mantiqiy fikrlash qobiliyati doim trenddan tushmaydi 🤝

@google_sheets_demo
30💯25🔥6👍43👏3🥰2🗿2🤣1💔1
Google Sheets: 3 ta sex va 2 ta sotuv bazasi uchun yechim

- 3 ta sex va realizatsiyadan kirim qilinadi. Umumiy ombor, GlavBaza va Sardoba o‘rtasida tovarlarni oson transfer qilish yoki dillerlarga sotish mumkin.

- Tovarlar markaziy ombordan ham, filiallardan ham to'g'ridan-to'g'ri dillerga chiqib ketadi.

- Qaytgan va yaroqsiz tovarlar hisobi har bir baza bo'yicha alohida yuritiladi.

- Sotuvchilar soni ko'payishiga moslashgan tizim. Kunlik sotuvdan xodimlarga avtomatik foiz va ish haqi hisoblanadi.


66ta 🔥 reaksiya bosilsa yechim qanday qilinganligi videosini yuboraman. Bosingizlar 🤝

@google_sheets_demo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥102👍95🤯5🗿1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Murakkab sotuv va transfer jarayonlarini yagona tizimga birlashtirdik

3 ta sex va tashqi realizatsiyadan kelgan barcha tovarlar Glavniy bozor va Sardoba bozoriga transfer qilish mumkin

Sotuv esa har uch nuqtadan ham chiqishi mumkin — hammasi bitta tizimda ko‘rinadi.

Sotuvchilar uchun foizlar avtomatik hisoblanadi. Qancha sotuv bo‘lsa — ish haqi shunga qarab real vaqtda chiqadi. Ortiqcha muammo yo‘q.

Vozvrat tovarlar ham ham har bir sotuv boyicha yuritilinadi va avto hisoblanadi


Murakkab dastur emas, lekin biznesga ishlaydigan yechim

Aynan sizni muammolaringiz uchun moslangan tizim kerak bolsa @Andarov_B

@google_sheets_demo
🔥10👍94👏2🗿1