Hasankhoja Muhammad Sodiq – Telegram
Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.12K subscribers
508 photos
390 videos
9 files
759 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡 Sodiq School — siz kutgan ishonchli tanlov!

Ota-onalar maktab almashtirishga qanday holatlarda qaror qilishadi?

👉 Ustozlar tez-tez almashganda
👉 Bola natija ko‘rsatmayotganda
👉 Maktab narxi oilaviy byudjetga to‘g‘ri kelmaganda
👉 Yashash manzili uzoq bo‘lganda
👉 Yaqinda yangi va ishonchli maktab ochilganda

🎯 Bizda bu muammolarning barchasiga yechim bor:
— Maktab ochilgan kundan beri bir jamoa: tajribali va sadoqatli ustozlar
— Har bir bola uchun individual yondashuv
— Ijtimoiy grantlar va qo‘llab-quvvatlov dasturlari
— Qulay joylashuv va zamonaviy sharoit

📌 Farzandingiz uchun yaxshi muhit izlayotgan bo‘lsangiz — Sodiq School sizni kutmoqda!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍4🔥2
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sodiq School — bu shunchaki maktab emas.

Bu yerda O‘zbekiston tarixida iz qoldiradigan, el-yurtga xizmat qiladigan avlod voyaga yetmoqda.

Bizga ishonayotganlar orasida — Vatanimiz rahbarining o‘zi ham bor.

Sodiq School — bu imkoniyatlar maktabi!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥7❤‍🔥4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoda bola och.
Otasidan ovqat so‘rab yig‘layapti.

Bunga rozi birorta musulmon bormi?
Bunga uzr ayta oladigan birorta erkak bormi?
Bunga chiday oladigan birorta ota bormi?

Afsuslar…
❤‍🔥59🔥30👍5
"Sodiq School" jamoasiga bilimli, kreativ va mas’uliyatli mutaxassislar kerak!

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish o‘rinlari ochiq:

• ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;
• ingliz tili fani o‘qituvchisi (General);
• rus tili fani o‘qituvchisi;
• texnik xodim (maktab texnik qurilmalari va aloqa tizimlari nazoratchisi).

📌 Biz sizga yoqimli muhit, jozibador ish haqi, jamoaviy qo‘llab-quvvatlov va o‘sish imkoniyatlarini taklif qilamiz.

Jamoamizga qoʻshilib, quyidagi bonuslarga ham ega bo'lasiz:

– 3 mahal taom;
– farzandingizning maktabimizdagi ta’limi uchun 50% chegirma;
– bepul treninglar.

Bizga quyidagi forma orqali murojaat qilishingiz mumkin:
🔗 https://forms.gle/aGde5aV6srgRqWSr7
👍22❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tafakkur qilib eshiting…
❤‍🔥47🔥18👍9🤩3
Forwarded from Qadriyatim
Brendga nom tanlashda

Bir o’q bilan bitta quyon:
Rahimov school

Bir o’q bilan ikkita quyon:
Sodiq school

Bir o’q bilan uchta quyon:
Jahon school…)
👍73🤩18🎉7🥰5
"Seven School" jamoasiga bilimli, kreativ va mas’uliyatli mutaxassislar kerak!

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish o‘rinlari ochiq:
— Boshlang‘ich rus sinflari uchun sinf rahbari
— Matematika fani o‘qituvchisi
— Qizlar uchun suzish va jismoniy tarbiya fani ustozi
— Event menejer

Talablar:
— Ta’limda 5 yillik tajriba
— To’liq ish kunida ishlay olish
— Jamoada ishlash ko‘nikmasi
— Mas’uliyatli va tartibli bo‘lish
— Rus tili
— Ingliz tili (qisman)

Biz sizga taklif qilamiz:
— Qulay va do‘stona ish muhiti
— Jozibador ish haqi
— Jamoaviy qo‘llab-quvvatlov va o‘sish imkoniyatlari

Bonuslar:
— 3 mahal taom
— Farzandingizning maktabimizdagi ta’limi uchun 50% chegirma
— Bepul treninglar

Biz bilan bog‘laning:
+998 88 424 88 80
@Sevenschoolhr
🔥13👍4
Va nihoyat Jasurni visasi ham approved bo’ldi…)
❤‍🔥57🔥28👍15🎉4🥰3🤩1
Suhbat qilamizmi…?
Anonymous Poll
79%
Ha
21%
Albatta
🔥14🎉6🤩4❤‍🔥2👍1
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
E’lon

Rus tilini biladigan Matematik ustoz kerak.
Yaxshi oylik + doimiy rivojlanish + xalqaro darajaga chiqish

imkoniyatlari mavjud.

Ish vaqti:
haftada 5 kun
09:00-17:00

Murojaat: @ss_math_admin
👍19
Forwarded from Sodiq School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sodiq School’dan siz kutgan yangilik!

🎓 100% TA’LIM GRANTI asosida Sodiq School’da ta’lim olishingiz mumkin.
Bilimingizni sinab ko‘ring va bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ling.

📚 Imtihon fanlari:
▫️ Matematika
▫️ Ingliz tili
▫️ Tanqidiy fikrlash

📍 Manzil: Sodiq School
🗓 Sana va vaqt: 21-avgust, soat 10:00

💡 P.S. Ijtimoiy yordamga muhtoj o‘quvchilar uchun murojaat qilish afzalroq.

Vaqtni boy bermang! Bu sizning kelajagingizni o‘zgartiradigan imkoniyat bo‘lishi mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Sodiqschoolgrant

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥9❤‍🔥4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pasportiz zo’r ekan nima ish qilasiz…)
🔥86❤‍🔥16🤩10🎉7👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davomi…)
🔥24❤‍🔥11👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSh elchixonasi ham Bunaqa hazil qilmagandi…)
🔥44🤩14❤‍🔥10👍3🥰3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qizimiz ham 300 ming $ lik “full right scholarship” yutib o’qishga ketyabdi…)
❤‍🔥63🔥24👍14🎉4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bularni qilgan ishini qarang…

Anchadan beri bunday xursand bo’lmagandim…
🔥98❤‍🔥39🥰15🤩10👍6
Kecha Grant imtihoni suhbatidan bir haqiqatni angladim:

Ba’zi bolalarni shaxsiyati kuchli*” bo‘lib ulg‘ayish sabablari:
- u uyda muzlatgich bom-bo‘sh turganini ko’p ko‘rgan,
- otasi eski, teshik tuflida ishdan qaytganini bilgan,
- onasi yolg‘iz yig‘laganini eshitgan,
- orzulari ustidan kulgan odamlar bilan yashagan.

Bu holatlar uni sindirmadi. Unga kuch berdi.

Ammo…
har kim bunday bo‘la olmaydi.
Ko‘pchilik shu sinovlarda cho‘kib, yo’q bo’lib ketadi.
Faqat yuragi toza, niyati mustahkamlargina bu “sinov”ni “ne’mat”ga aylantira oladi.

kuchli shaxsiyat - maqsadlari aniq, da'vosi bor, rejalari aniq, qadriyatli degani...
❤‍🔥75🔥32👍5🥰5
Ayolingizni mehr bilan chaqirishdan uyalmang

Yillar davomida men ham ayolimni faqat oddiy ism bilan chaqirib keldim.
Yumshoqlikni “erkaklikka to‘g‘ri kelmaydi” deb o‘ylardim.

Ammo yaqinda safardan qaytgach, bir savol meni o‘ylantirdi:
Jamiyatimizda ko‘plab erkaklar o‘z ayollariga mehr bilan, erkalab, nozik so‘z bilan murojaat qilishga uyalishadi.
“Otasini ‘qiblagohim’,
onasini ‘jannatim’,
do‘stini ‘qiyomatligim’,
farzandini ‘jonim bolam’,
‘ko‘zmunchog‘im’ deb atagan til — nega o‘z ayolini mehr bilan chaqirishga qiynaladi?”


Tahminiy sababalri shulardan biri bo’lsa kerak:

1. “Xotinquli bo‘lib qolaman” degan xavotir
Yumshoqlik ko‘rsataman deb ayoliga tobelikka o‘tib qolishdan cho‘chiydi.
Bu qo‘rquv — noto‘g‘ri ijtimoiy stereotip va o‘ziga ishonchsizlik natijasida kelib chiqadi.

2. Masxara bo‘lishdan qo‘rqish
Atrofdagilarning “Sen kompotmisan?”, “Ayoling o’qitib qo’ymaganmi” degan kinoyalaridan qochadi. Jamiyat hissiy sovuqlikni erkaklik mezoniga aylantirib qo‘ygan.

3. Mehrga o‘rganmagan
Ko‘pchilik bolaligida bunday iliq so‘zlarni uyda eshitmagan.
Otasidan onasiga atalgan mehrli so‘zlarni eshitmaganlar — o‘zi ham ishlatishga qiynaladi.

4. Yillar davomida shakllangan sovuq uslub
Yillar o‘tib, mehrli so‘z aytmagan.
Endi esa birdan o‘zgartirish — o‘ziga g‘alati, sun’iy va noqulay tuyuladi.

5. “Erkaklik” tushunchasining noto‘g‘ri talqini
Ba’zilar erkaklar jiddiy va sukutli bo‘lishi kerak, yumshoqlik ayollik sifati deb noto‘g‘ri talqin qilinadi.

6. So‘z topa olmaslik
“Jonim”, “Gulim”, “Shirinim” deyishga tili bormaydi.
Nima deyishni, qaysi ohangda aytishni bilmaydi.

7. Munozarali munosabat yoki sabr yetishmasligi
Ba’zida erkak ayoliga nisbatan ruhan soviydi, ichida norozilik bo‘ladi.
Shu sababli mehrli so‘z aytish istagi yo‘qoladi.

8. Sunnatni bilmaslik
Ko‘pchilik erkaklar bilmaydi:
Rasululloh ﷺ Hazrat Oishani “Humayro” deb mehr bilan chaqirganlar.
Bu — payg‘ambar yo‘li. Bu — sunnat.

Men bu odatni o‘zgartirdim
Xatoyimni tan oldim.
O‘zim uchun mehrli so‘zlar ro‘yxatini tuzdim.
Ichidan eng samimiy va chiroylisini tanladim:

“Gulim”

Chunki u:
- chiroyli,
– go‘zallik timsoli,
– iforli,
– kayfiyat beruvchi,
– ammo mehrsiz qolsa so‘lib qoladigan nafis ne’mat.

Avvaliga bu so’zni ishlatish erish tuyuldi. O’rganmagan edim.
Ammo vaqt o‘tib odatlandim. Bu orqali ayolimning ko‘zlarida hursandchilikni sezdim.
Oddiy bir so‘z bilan munosabat yanada iliqlashdi.

Tavsiyam: Jur’at qiling va boshlang
- O‘zingizga mos mehrli so‘z tanlang
- Asta-sekin murojaat qiling
- Natijani ko’rasiz.

Erlik — mehrni yashirishda emas, uni odob bilan ayta olishdadir.
Oila munosabati — mehrli til bilan boshlanadi.
❤‍🔥93🔥29👍18🥰5🤩4🎉1