Hasankhoja Muhammad Sodiq – Telegram
Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.12K subscribers
508 photos
390 videos
9 files
759 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
3 yil oldingi xabar…)
🔥52❤‍🔥31👍15🥰3
Forwarded from Umida
Ассалом алекум. Ман Мадинабонуни ойисиман. Хасанхужака, сиз нафакат кизимиз, уни дугоналари, балки купчилик учун авторитетсиз. Сиз дарсларда гапирган балки сиз учун оддий туюлган нутклар, купчилик хаетида кескин узгаришларга сабаб булган булса ажабамас. Чет элда бакалавриат укишни умид килган кизларимизга шунака чиройли мотивациялар, тушунтиришлар берганингиз хали эсимда. Аллохга шукур хаммалари узларини чиройли йулларини топишди, келажак учун чиройли пойдевор гиштини куришмокда.
Урни келганда яна бир гапни езиб кетмокчиман, узизни эсизда булмасаям керак, Кизимизга SAT дан дарс утиб, имтихондан зур бахо опчиккани учун бир сум пул омаган устоз Сизсиз. Ушанда эткандиз, кизларни укитиш баробарида умматни укитгандейман дегансиз.
Бу учун Сизга алохида рахмат.
🔥46❤‍🔥17🤩10👍1
Forwarded from .
Xurmatli Hasanhuja, assalomu aleykum. Farzandimni ushbu tadbirda qatnashganligi haqidagi ma’lumot https://news.1rj.ru/str/centralasianuni kanalida ham chop etildi, biroq ota urnida kuproq farzandimga nisbatan faxr hissini siz o’z kanalizda shu haqida chop etgan malumot berdi. Sababi bu yerda, ustoz sifatida shogirdlarni har bir yutigini befarq qoldirmaslikka bulgan etibor bor. JFK aeroportida kurishib qolinganda ham bildimki, u yerda ham shogirtlarni yutigi va maqsadlari ortidan Amerikaga tashrif buyurgan ekansiz. Ushbu faxrli va uz urnida mashaqqatli kasbizda omad va quch quvvat tilaymiz.
🔥28🥰11🤩4❤‍🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moliyaviy savodxonlik nima
uchun muhim?
❤‍🔥25👍13🔥7
Forwarded from Qadriyatim
#shogirdimga

Tanilishingizni o’zi yetarli emas, tan olinishingiz ham shart…
🔥52👍19❤‍🔥5
Qiziq xulosa

63 dagilar 109 dagilardan uzunroq va ko’proqdir

Shuning uchun 63 lardan ehtiyot bo’laverish kerak…
🔥50
Hurmat

Bir kishi xalifa Umar ibn Xattob roziyollohu anhuni maqtab: " Sizga o‘xshagan insonni ko‘rmaganman" , dedi. Shunda Umar unga: " Abu Bakrni ko‘rganmisan?" , dedilar. U : "Yo‘q" , dedi. Shunda Umar roziyollohu anhu unga:
"Agar " Abu Bakrni ko‘rganman", deganingda ta’ziringni berardim" , dedilar.

Rasululloh alayhis salotu vas salomdan so‘ng eng buyuk inson Abu Bakr Siddiq roziyollohu anhudirlar. U zotdan so‘ng hazrati Umar ibn Xattob roziyollohu anhudirlar. Haligi inson ana shu mezonni bilmagani uchun Umar roziyollohu anhu tanbeh berdilar.

Hurmat shaxsga qarab emas, mezonga qarab beriladi.

Sahobalar odamlarni solishtirishda hissiyotga emas, haqqoniy tartibga tayanishgan.

Umar roziyollohu anhu o‘zini emas, Abu Bakr roziyollohu anhuni ustun qo‘yishni talab qildi.

Bu kamtarlik emas.
Bu haqqni joyiga qo‘yish.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan keyin fazilat tartibi aniq.
Uni bilmaslik hurmatsizlikka olib boradi.

Siz kimnidir maqtab, boshqasining haqini yemayapsizmi.
Siz hurmat qilayotganda adolat mezonini yo‘qotmayapsizmi.

Sahobalardan o‘rganiladigan eng katta dars shu.
❤‍🔥46🔥19🤩6👍1
#Hisob_kitob
"Horun ar-Rashid davrida davlatning yillik kirimi 7015 qintorga yetdi. Bir qintor u davrning hisobi bilan 10000 dinor bo‘ladi. Demak, jami 70 million 150 ming dinor bo‘ladi".

Ibn Xoldun.
"Muqaddima" kitobidan.


Bir dinor 2,25 g tilla
1 g tillaning narhi tahminan 120 dollar

Endi hisoblaymiz
70,15 mln x 2,25 x 120 ≈ 19 mlrd $
🔥26❤‍🔥23👍10
O’quvchilarimiz bir tadqiqot o’tkazayotgan ekan. 5 daqiqa vaqtingiz ajratsangiz xursand bo’lar edik.
So’rovnomani to’ldirish
❤‍🔥19👍11🔥3
Anchadan beri ijtimoiy tarmoqlarda faol emas edim…

Ammo vaqt o‘tib tushundim: yig‘ilgan tajribalar, o‘rganilgan saboqlar, qilingan xatolar va chiqarilgan xulosalar boshqalarga ham foyda berishi mumkin.

Shu niyat bilan sahifalarimni yana yurita boshladik — ta’lim, rivojlanish va real hayotiy tajribalar bilan bo‘lishish uchun.

📌 Bugun esa ustozlar uchun juda foydali bo‘lgan tavsiya videosi joylandi.

Agar ta’limga oid savollaringiz bo‘lsa, izohlarda qoldiring — eng dolzarb va qiziqarli savollarga albatta video formatda javob beramiz.
❤‍🔥19👍14🔥5
Shogirdim bilan safardagi suhbat:

- yaxshi yoki yomon inson ekanligini qayerdan bilsam bo’ladi?

- boshqalar haqqida xato qilganingda o‘zingni yomon inson deb his qilayapsanmi, unda xotirjam bo‘l! Sen yomon inson emassan!

Yomonlarni qilayotgan ishlari xafa qilmaydi!
🔥57👍21🥰6
Pastkash

Hazrati Ali aytadilar:

"Allohga qasamki, Allohga qasamki, ikkita nina bilan ikkita quduq kovlashim, butun Hijoz yerini bo‘ronli kunda ikkita pat bilan supurishim , ikkita qora qulni oqargunicha cho‘miltirishim, ikkita sersuv dengizni chelakda boshqa joyga ko‘chirishim pastkash insondan hojatimni so‘rashimdan yaxshiroqdir".
❤‍🔥77🔥39👍23
#shogirdimga

Allohga shunchalik yaqin bo‘lingki, sizga yetishish niyatida bo‘lgan kishi avval Allohga yaqinlashishga majbur bo‘lsin.

Sizni ko‘rganida havas emas,
mas’uliyat uyg‘onsin.

Suhbatingizdan bilim emas,
yo‘nalish olinsin.

So‘zingiz kam bo‘lsin,
ammo kuchli bo‘lsin.

Chunki haqiqiy ta’sir
baland ovozda emas,
baland maqomda seziladi.

Shunda sizni taniganlar
sizni emas,
siz tutgan yo‘lni tanlaydi, sizni izlaganlar
siz orqali emas,
siz sababli Allohni topsin.
❤‍🔥107🔥48👍27🤩4
Shogirdim bilan suhbat.

— Nega ko‘pincha xomush yurasan?

— Ko‘p xatolar qilganman.
Shularni eslasam, xafa bo‘laman.

— Masalan?

— Ota-onamni ko‘p xafa qilganman.
Ustozimni yig‘latganman.
O‘g‘irlik qilganman.

— Tushunarli.
Senga savol.
Mashinalarda orqa oynalar nima uchun qo‘yilgan?

— Orqadagi mashinalarni ko‘rib turish uchun.

— Nega orqadagi mashinalarni ko‘rib turish kerak?

— Avariya qilmaslik uchun.

— Agar haydovchi uzoq vaqt faqat orqa oynaga qarab yursa, nima bo‘ladi?

— Avariya bo‘ladi.

— Demak, tushunding.
Orqaga ba’zan qaraladi.
Ibrat olish uchun.
Xatoni takrorlamaslik uchun.

Lekin kim doim orqaga qarab yashasa, yo‘ldan chiqadi.

Sen xato qilmaslikka buyurilmagansan.
Sen tavba qilishga buyurilgansan.

Sen to‘xtab qolishga emas, to‘g‘rilanib yurishga buyurilgansan.

Agar bugun oldinga qaramasang,
ertaga afsus seni butun umr quvib yuradi.

O‘tmish seni sindirish uchun emas, uyg‘otish uchun berilgan.

Oldinga qaramagan odam gunohda emas, umidsizlikda halok bo‘ladi.

Najot — xatosiz bo‘lishda emas, xatodan keyin to‘g‘ri yo‘lga chiqishda.

Bugun qayerga qarayapsan — orqagami yoki yo‘lgami?
👍90❤‍🔥46🔥29🎉2
Shogirdim bilan suhbat xulosasi

Biror-bir aloqani og‘riqsiz va yengil yo‘l bilan uzmoqchi bo‘lsangiz aloqa qilayotgan kishingiz kiradigan barcha eshik va derazalarni yoping. Unga o‘g‘rincha nazar qilmang. Uni eshitmang. Uni o‘z hayotiga qo‘ying.

O‘zingiz esa o‘z hayotingizda davom eting. Bu ishga nisbatan xuddi mayyitga qilinadigan muomalani qiling.

O‘likning ustiga tuproq tortib ortga qaramasdan ketasiz-ku!

Uning barzaxdagi hayotini ko‘rish uchun har kuni kelmaysiz-ku!

Uni barzaxiga qo‘ying va o‘tib ketavering. Orqaga qarash kishiga yomon aziyat beradi!
❤‍🔥51🔥15👍12🤩3
BILLURLARGA HUSHYOR BO‘LING!

Nabiy sallallohu alayhi va sallam ayollari bilan hajga chiqdilar. Yo‘lning bir qismini bosib o‘tgach, karvonni boshqarishni Anjasha ismli g‘ulomlariga topshirdilar. Anjasha karvonni tez hayday boshladi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam Anjashaga dedilar:
“Ey Anjasha! Billurlarga hushyor bo‘l!”

Hayot yo‘lida ham billurlarga hushyor bo‘ling.
Ba’zan ovoz ko‘tarilib ketar. Shunda to‘xtang. Sabr qiling. Chunki u ko‘p vaqt siz bilan muloyimlik bilan muomala qilib kelgan.

Uy ishlari ortda qolib ketsa, ayb qidirmang.
Idishlar yuvilmay qolishi mumkin.
Uy yig‘ishtirilmay qolishi mumkin.
Bolalar shovqin qilishi mumkin.
Bular muhabbatni o‘lchaydigan mezon emas.

Ovqat siz kutgandek chiqmasa, kayfiyatni buzmaydi.
Charchoq ba’zan so‘zlardan oldin keladi.
E’tibor yetishmasligi ba’zan norozilik bo‘lib ko‘rinadi.

Ba’zan u sukut qiladi.
Bu bepisandlik emas, holdan toyishdir.

Bir og‘iz yumshoq so‘z —
o‘n og‘iz e’tirozdan kuchliroq.

Farzandlar oldida ayolingizni kichraytirmang.
Uni himoya qilganingizda, farzandlaringiz oilani o‘rganadi.

Mayda narsalarni katta masalaga aylantirmang.
Dazmol qilinmagan ko‘ylak — muammo emas.
Vaqtida tayyor bo‘lmagan nonushta — falokat emas.
Unutilgan iltimos — muhabbat tugaganini anglatmaydi.

Billur sinmaydi deb o‘ylamang.
Uni asrash — kuch emas, fazilatdir.

Va esda tuting:
uydagi xotirjamlik — baland ovoz bilan emas, hakimlik bilan saqlanadi.
❤‍🔥52🔥20👍19
Safardan qaytgach, maktab direktorimiz bilan yig‘ilib qolgan masalalarni gaplashib oldik. Suhbat oxiriga kelib, direktorimiz shunday dedi:
“Agar bolalar tanaffusda hovlida qor bo‘ron o‘ynamoqchimiz desa, ruxsat bermang.”

Men esa ochiq aytdim.
“Ruxsat beraylik. Bolalar bir mazza qilib o‘ynab olishsin. Qor hozir g‘animat bo‘lib qoldi-ku,” dedim.

Direktorimiz xavotirlandi:
“Kasal bo‘lib qolishadi. Keyin ota-onalar bizga e’tiroz bildiradi.”

Shunda men shunday dedim:
Qor bolalar uyidan chiqmasidan oldin yog‘a boshlagan. Ular qalin kiyimda kelishgan. Qolaversa, toza havoda yugurib-o‘ynash foydali. Yaxshi xotira bo‘ladi, kayfiyatlari ko‘tariladi, biroz bo‘lsa ham telefonlardan uzilishadi. Tabiiy hayotga qaytishadi…

Axir ota-onalarimiz ham bolaligida shunaqa o‘ynagan. Hozir esa qor ham kam yog‘adi. Qo‘yib beraylik, bolalar bolaligini yashasin.

Uyga borgach, issiq murabboli choy ichishadi, oyoqlarini issiq suvga solishadi. Hammasi joyiga tushadi. Jiddiy asorati qolmaydi…

Faqat bir shart bilan
Qor bo‘ron o’ynash faqat tanaffusda bo‘lsin, dars paytida emas.

Direktorimiz baribir ehtiyotkorlikni ustun qo‘ydi. Shunda murosaga chaqirdim:
“O‘ynanglar deb buyurmaylik. Lekin o‘ynayman degan bolalarga ham to‘sqinlik qilmaylik. Albatta, nazorat ostida.”

Savol:
Bu vaziyatda qaysi yo‘l to‘g‘riroq?

P.s. Taklif qilishsa, men ham birga o’ynayman.
👍38❤‍🔥13🔥11
Dars o’tgan paytlarim darsni yarmida tugatib bolalar bilan mazza qilib qor o’ynagan kunlarimizni sog’inaman. Bu bir ajib tuyg’u. Uni ta’riflab bo’lmaydi. His qilish kerak… bolalar ko’zidagi quvonchni, samimiyatni…

Faqat bizda bir qoida bo’lar edi. Yigitlar qizlarga umuman qor otishi taqiqlanardi. Qizlarga esa hech qanday taqiq yo’q edi…
❤‍🔥61👍38🤩25🔥11🥰7
Suhbatdan

Dedi:
-Men o‘qiydigan va o‘zini ziyoli hisoblaydigan ayolga qiziqmayman.
Dedim:
- Nega?
Dedi:
- Chunki u faylasuf bo‘ladi, ko‘p janjal qiladi, itoat qilmaydi. Oddiy, o‘rtacha bilimli ayol men uchun yaxshi!
Dedim:
- Sen aslida ziyoli ayoldan emas, ziyoli ayol fosh qiladigan nuqson va kamchiliklaringdan qo‘rqasan!

Aql munosabatni buzmaydi, soxtalikni buzadi.
— Ziyoli ayol muammo emas, ko‘zgu.
— Ko‘zgu yoqmasa, ayb yuzda.

Savol:

Sen ayolning aqlidan qo‘rqyapsanmi
yoki u ochib beradigan haqiqatdan?
🔥67👍31❤‍🔥16🥰9🎉2🤩1
G'animat...

Bugun Maryamxon qizimni qo‘shimcha darsidan olib kelish uchun Zin Nur akademiyasiga bordim. Biroz vaqt bor edi. Kuzatishga, o‘ylashga imkon bo‘ldi.

E’tibor qildim: deyarli bolalarni olib ketishga faqat onalar kelgan. Keyingi soatlarda boshlanadigan darslarga ham bolalarni asosan onalar olib kelayapti. O‘ylab qoldim. Nega shunday? Balki otalarning vaqti yo‘qdir. Balki mashinada kutib turgandir. Balki bu bizda odatga aylangandir.

Bugun esa men ongli ravishda qizimni olib ketishga bordim. Sabablari ko‘p edi. Avvalo, ustoz bilan bir oz suhbatlashish. Qizim haqida fikrlarini eshitish. Uyda nimalarga ko‘proq e’tibor qilish kerakligini, kuchli va zaif tomonlarini bilish.

Ikkinchidan, bu damlar g‘animat. Ertaga farzandlarimiz katta bo‘lib qoladi. Ularning bolaligi bilan bog‘liq shirin xotiralar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, inson shu damlar uchun ataylab vaqt ajratishi kerak. Bir kun kelib ular bizsiz ham maktabga boradi, bizsiz ham ishini bitiradi. Bu vaqt baribir keladi. Shuning uchun hozirgi lahzalarni qadrlash kerak.

Ha, qizim meni ko‘rib xursand bo‘ldi.

Kursdan chiqib uyga qaytayotib magazinga tushdim. Qor yog‘ayotgan edi. Mashinaga o‘tirganimda ustimda qor parchalari qolgan ekan. Qizim buni ko‘rib, hech nima demay, darrov qo‘llari bilan ustimdagi qorlarni tozalay boshladi.

Nega buni yozyapman?

Agar shu holatni Instagramda sekinlashtirilgan kadrda, mos musiqa bilan ko‘rsangiz, albatta ta’sir qiladi. “Qani edi menda ham shunday lahza bo‘lsa edi”, deb havas qilasiz.

Aslida esa hayotimiz Instagramda havas qilinadigan kadrlar bilan to‘lib-toshgan. Ular bizning kundalik hayotimizning ichida. Faqat ularni ko‘ra olish uchun biroz farosat, biroz e’tibor kerak.

Boshqalarning hayotiga havas qilishdan ko‘ra, o‘zimiznikiga shukr qila boshlasak edi.
Buning uchun esa shunchaki hushyor bo‘lishimiz kifoya.

Bugun shuni yana bir bor his qildim.
Baxt — uzoqda emas. U kundalik hayotimizning ichida.
❤‍🔥70🔥21👍16
Bugungi bir kunim haqida

Ertalab qizimni qo‘shimcha darsidan olib keldim.
Katta o‘g‘lim bilan gaplashdik. Qishga oyoq kiyim oldik.
Kichkina o‘g‘limni bog‘chasidan oldim.
Uchchala farzandim ham xursand bo‘ldi.

Onam ro‘zg‘or uchun aytgan narsalarni ayolim bilan borib olib keldik.

Rahmatli tog‘amning ayollari (kenayim) bilan biroz suhbatlashdim.

Uyga ukam va ayoli mehmon bo‘lib kelishdi. Bir oz gaplashdik. Birga tushlik qildik.

Maktab ishi bilan ko‘chada bir uchrashuv bor edi, borib keldim.

Ustozim bilan 2–3 ta muhim masalani telefon orqali maslahat qildim.

Zakovatga bordim. Har shanbadagidek.

Do‘stlar bilan osh ustida suhbatlashdik.

Amerikadagi o‘quvchilarim bilan Zoom orqali 2 soat dars o'tdik,

Ikkinchi maktabdagi muammo bo‘yicha telefon orqali suhbat bo‘ldi.

Bir o‘quvchining otasi bilan ham telefonda gaplashdik.

Qamar do‘koni egasi (Jamoliddin aka) bilan ko‘rishib suhbatlashdik.

Kundalik vazifalar, virdlar, ishlar bajarildi.

Kanal uchun 2 ta post ham yozildi.

Oddiy kun.
Lekin barakali.
❤‍🔥84👍41🔥28