Hasankhoja Muhammad Sodiq – Telegram
Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.12K subscribers
508 photos
390 videos
9 files
759 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
O‘zim endi his qila boshlagan bir narsa bor.

Katta tadbirkorlarda ortiqcha pul bo‘lmaydi.
Bekor yotgan pul esa umuman bo‘lmaydi.
Chunki pul aylanmada turmasa — ziyon hisoblanadi.

Ulamolarda vaqt ham xuddi shu prinsipda ishlaydi.

Buni bilamiz.
Lekin nega baribir vaqtimizni yetarlicha qadrlay olmaymiz?

Bu savol meni anchadan beri o‘ylantirardi.
Yaqinda javobini topgandek bo‘ldim.

Agar vaqtimizni:
— qiymat yaratmaydigan mashg‘ulotlarga sarflasak,
— aniq rejasiz ishlatsak,


u baribir qo‘ldan chiqaverar ekan.

Avval menda ham shunday edi. Lekin bu haqda jiddiy o‘ylaganimdan keyin,
xatolarni tuzatish vaqti kelganini tushundim.

Yanvar oyidan boshlab ongli ravishda kirishdim.
Natijalar esa o‘zimga ham yoqa boshladi:
1. Yil boshidan 9 ta kitob tugatildi, yana 2 tasi yarmiga yetdi (18 kun ichida).
2. Kuniga qo‘shimcha 100 rakat namoz.
3. Oila bilan ko‘proq vaqt.
4. Qo‘shimcha loyihalar jonlandi.
5. To‘xtab qolgan kurslar yana harakatga keldi.

Bitta xulosa chiqdi:

Agar ishlaringizni raqamlarga ko‘chirsangiz,
natijalar ko‘rina boshlasa,
ishning o‘zi asta-sekin rohatga aylanadi.

Vaqt ham pulga o‘xshaydi.
Uni aylantirsangiz — ko‘payadi.
Bekor qoldirsangiz — yo‘qoladi.
❤‍🔥44🔥30👍12🥰6🤩3
Ko‘pchilik so‘ragani uchun yozdim:
yuqoridagi natijalarga qanday reja asosida erishyapman?
1. Ijtimoiy tarmoqlardan to‘liq cheklanish.
2. Bomdoddan 1 soat avval uyg‘onish.
3. Kuniga 40–50 bet kitob o‘qish.
4. Yo‘lda mutolaa tinglash.
5. Vaqtliroq uxlash.
6. Telegram uchun maxsus post yozish vaqti ajratish.

Bu yerda katta sir yo‘q.
Gap motivatsiyada emas.
Gap — vaqtni bekor ketkazmaslik va uni ongli boshqarishda.

Bitta haqiqatni tushunib qolsangiz, shuni o‘zi yetarli:
vaqtini to‘g‘ri boshqarayotganlar sizdan asta-sekin o‘tib ketmoqda,
hatto kecha sizdan ortda bo‘lsa ham. Atrofingizga qarang. His qilasiz.

Masala tezlikda ham, imkoniyatda ham emas.
Masala — vaqtni qanday qadrlab, qanday tartib bilan yurganimizda.

Chunki poygada eng tez yuguruvchi emas,
eng tartibli yurgan odam yutadi.
❤‍🔥65👍38🔥6🤩6🥰5🎉5
Hamkorlikni boshlashdan oldin eng muhim savol —
kim bilan boshlayapsiz?

Harvard Business Review va McKinsey tadqiqotlariga ko‘ra,
hamkorliklarning 60–70% muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.
Asosiy sabab — bozor yoki strategiya emas, insoniy omillar va qadriyatlar to‘qnashuvi.
( Most partnership failures are rooted in people and culture, not strategy.)
(Harvard Business Review, “Why Partnerships Fail”,
hbr.org)

Odam qulay paytda emas, bosim ostida kimligini ko‘rsatadi.

Warren Buffett:
“In looking for people to hire, you look for three qualities: integrity, intelligence, and energy. And if they don’t have the first, the other two will kill you.” (Berkshire Hathaway Annual Meeting)

Halollik bo‘lmasa,
aql — manipulyatsiyaga,
tezlik — xatoga aylanadi.

Elon Musk:
“I’d rather work with someone who learns fast than someone who knows everything.”(Tesla / SpaceX interviews)

Tekshirish usuli:
intervyuda undan oxirgi "xatosini" va undan "nimani o‘rganganini" so‘rang.
Xatosini tan olmaydigan odam hamkorlikka tayyor emas.
Tanqidni ham

Agar odam:
hamma aybni boshqalarga yuklasa,
hech qachon o‘z xatosini tan olmasa,
bu odam bilan ishlash — sunnatga zid tavakkal.


“Indeed, Allah commands you to render trusts to whom they are due.”
(4:58)*


“Inson savdoda, safarda va g‘azabda sinaladi.”
Ya’ni:
Safarda — sabri bilinadi
Savdoda — halolligi
G‘azabda — asl xulqi

Agar odam foyda kelganda o‘zgarsa, zarar kelganda buzilsa — bu xavfli sherik.
Bizning qadriyatda shunday gap bor:
“Bir kosadan suv ichib ko‘r, keyin yo‘lga chiq.”
Bugungi tilda:
Kichik ish qilib ko‘r
Kichik pul bilan sinab ko‘r
Kichik majburiyat berib ko‘r


Va’dani kichigida buzadimi?
Mayda narsada aldadimi?
O‘ziga foyda bo‘lmasa ham harakat qiladimi?
Kim kichikda xiyonat qilsa, kattada to‘xtamaydi.

Yaxshi hamkor foyda keltirgani uchun emas,
yo‘qotishda ham odamligicha qolgani uchun tanlanadi.

Pul topiladi.
Imkoniyat keladi.
Ammo ishonch bir marta sinadi — qayta tiklanmaydi.

Hamkor tanlashda shoshilmang.
Bu qaror faqat biznesingizni emas,
vaqtingizni, sog‘lig‘ingizni, obro‘yingizni va oxiratingizni belgilaydi.

Xulosa:
Hamkor tanlanadi, xuddi oila qurish kabi...
👍24🎉9❤‍🔥5🔥5🤩1
Life hack

Agar mavzularni o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, oddiy, lekin ishlaydigan bitta usul bor.
Sinab ko‘ring.

Men bu usulni yillar davomida o‘quvchilarimda qo‘llab, natijasini ko‘rganman.

Talabalik paytimizda Sanjar degan kursdoshimiz bor edi. Universitetimizdagi eng oldi talabalaridan biri.
Ketma-ket 3 yil *Student of the Year* bo'lgan.
Deyarli barcha fanlari 30/30 yopgan (100% natija).
Magistratura uchun Italiyaga grant,
keyin student exchange orqali AQSh da o'qigan.

Gap Sanjar haqida emas.
Gap — u qanday o‘qigani haqida.

Avval uni “talant” deb o‘ylardim.
Bir kuni darsda yonida o‘tirib qoldim.

Sanjar ustozga savol berdi.
Ustoz javob bermadi va shunday dedi:
“Bu savolni berish uchun mavzuni oldindan bilish kerak.”

Sanjar indamadi, kulib qo‘ydi:
“Mayli, unda kutaman.”

O‘sha joy meni o‘ylantirdi.

Keyin so‘radim.
U siri bilan o‘rtoqlashdi.

U nima qilarkan:

• ertangi dars mavzusini oldindan bilib olar ekan
- YouTube yoki platformalar orqali mavzuni o‘zi ko‘rib chiqarkan
- 30–40% tushunib olar ekan
- tushunmagan joylarini savol qilib yozib qo‘yar ekan
- darsga yarim tayyor holatda kelar ekan

Dars unga:
- yangi mavzu emas,
- mustahkamlash va savollarga javob olish bo‘lar ekan.

Shu oddiy odat uni eng oldi talabaga aylantirgan.

Keyinchalik har bir o‘quvchimga shu usulni aytaman.
Ko‘pchilik amal qilmaydi.
Lekin amal qilganlarning barchasida o‘sish bo‘lgan.

Agar hozirgacha
“darsda tushunaman” deb kutib yurgan bo‘lsangiz,
bir marta shuni sinab ko‘ring.
Farqini o‘zingiz sezib qolasiz.
❤‍🔥87🔥41👍30🥰3
Shogirdim bilan suhbatdan…

— Qanday qilib bitta narsa kimlargadir ne’mat, kimlargadir sinov bo‘lishi mumkin?
— Bitta hodisa ikki xil ta’sir ko‘rsatadimi?


Men so‘radim:
— Tuxumni suvda qaynatib ko‘rganmisan?
— Ha.
— Kartoshkani-chi?
— Ha.

— Javob shu yerda.


U tushunmay qoldi.

— Qaynoq suv tuxumni qattiqlashtiradi, kartoshkani esa yumshatadi.
Suv bir xil. Harorat bir xil. Sharoit o‘zgarmagan.
O‘zgargan narsa — ichki holat.


Hayot ham xuddi shunday ishlaydi.

Bir xil ne’mat:
— kimnidir kibrga olib boradi,
— boshqasini shukrga
.

Bir xil sinov:
— kimnidir sindiradi,
— boshqasini pishitadi.


Bir xil sharoit.
Bir xil imkoniyat.
Farq — ichkarida.

Demak, masala hodisaning o‘zida emas.
Masala — qalb holatida.

Hazrat Ali bu masalaga aniq mezon berganlar:
Agar kelgan narsa seni Allohga yaqin qilsa — ne’mat.
Agar Undan uzoqlashtirsa — sinov.


Hayot senga nima berayotgani muhim emas.
Sen ularni qanday maqsadga sarflayotganing hal qiladi…
❤‍🔥67🔥38👍14🥰6🤩3
Texnika 3: Wait Time *(kutish vaqti)*

Muammo:
Ustoz savol beradi, lekin:
- darhol o‘zi javobni aytib yuboradi
- yoki 1–2 faol o‘quvchi javob beradi
- qolganlar o‘ylashga ham ulgurmaydi


Natijada:
- fikrlash yuzaki bo‘ladi
- tez javob = chuqur bilim deb o‘ylanadi
- sinfda “tezkorlar” va “jimlar” paydo bo‘ladi

Maqsad:
O‘quvchilarga o‘ylash imkonini berish.
Tezlikni emas, sifatni oshirish.

Wait Time (kutish vaqti) nimani o'rgatadi?
Savol berilgandan keyin ustoz jim turadi.
Ataylab. Ongli ravishda.

Bu pauza:
- noqulaylik emas
- vaqt yo‘qotish emas

Bu — fikr shakllanadigan lahza.

Qanday ishlaydi?
1. Savol beriladi
2. **3–5 soniya sukut**
3. Keyin javob olinadi (
Cold Call bilan birga ishlatilsa yanada kuchli)

Muhim qoida:
pauza savoldan keyin bo‘ladi, javobdan oldin emas.

Misol:
Noto‘g‘ri usul:
— Tenglama nimani bildiradi?
— (1 soniya o‘tmay) Demak, bu tenglik degani…

Bu holda:
* o‘quvchilar o‘ylamadi
* ustoz o‘zi iaytadi

To‘g‘ri usul (Wait Time):
— Tenglama nimani bildiradi?
(3–4 soniya sukut)
— …

Endi:
- hammada fikr harakati boshlandi
- javob ongli chiqadi

Keng tarqalgan xato:
Pauzadan qo‘rqish.

Ustozga jimlik:
- noqulay tuyuladi
- “bilishmayapti” degan xavotir tug‘diradi

Aslida esa:
jimlik — fikrlash belgisi.

To‘g‘ri yechim:
Savol berdingizmi —
sukutga chidang.

Agar javob kechiksa:
- savolni yengillashtiring
- ishora bering
- lekin pauzani buzmang

Xulosa:
Wait Time (kutish vaqti) shuni o‘rgatadi:
Tez javob — har doim ham yaxshi javob emas.
Agar o‘quvchi o‘ylashga ulgursa, javob kamroq, tushunish chuqurroq bo‘ladi.

3/63
🔥36👍11🥰8❤‍🔥2
Taqlid qilma

Hech qachon muhim, mazmunli yoki katta ish taqliddan tug‘ilmaydi. Men tushungan eng qiyin haqiqat shu bo‘ldi. Eng og‘ir qaror esa boshqalarning kutgan mukammal yo‘lidan chiqib, o‘zimniki bilan yurish ekan.

Bu yo‘l oson emas.
Chunki:
- Tayyor ssenariy yo‘q
- Ergashiladigan qolip yo‘q

Men 5 yil chet el universitetida o‘qidim. Odamlar orzu qiladigan kompaniyadagi ishni tashladim. Oddiy o‘qituvchilikni tanladim.

Shunda do‘stlarim:
Sen jinnimisan? deyishdi.

Hatto bitta ham o‘quvchim yo‘q edi.
Savollar yog‘ildi:
- Qayerdan boshlaysan?
- Repetitorlik qilasanmi?
- Shuning uchun shuncha o‘qidingmi?

Bu savollar to‘xtamadi. Lekin vaqt o‘tib bitta nozik narsani angladim: Hammani birdek eshitish shart emas.

Meni yaxshi biladiganlar bilan maslahat qildim. Ustozim bilan. Ota-onam bilan.

Endi har kuni qilayotgan tanlovimga o‘zimdan savol so‘rayman:

Kim uchun?
Vijdonim uchun.
Mas’uliyatim uchun.
Menga ishonib topshirilganlar uchun.


Agar tanlovim tashqaridan chiroyli ko‘rinsa-yu, qadriyatlarimga zid bo‘lsa — bu muvaffaqiyat emas.
Agar yo‘limni hamma tushunmasa-yu, vijdonim xotirjam bo‘lsa, demak, men to‘g‘ri yo‘ldaman.
🔥64👍26❤‍🔥14
Hayot — sinov versiyasi emas.
Keyin “yana bir bor urinib ko‘raman” degan imkon bo‘lmaydi.

Vaqt juda tez o‘tadi.
Bugun bor narsang ertaga yo‘q bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun seni ichingdan rozi qiladigan ishni qil.
Faqat obro‘, nom yoki boshqalarning kutgani uchun yashama.
Baribir yuz yildan keyin juda kam odam eslanadi.

Ko‘p odamlar yoqtirmagan ishda yillarini o‘tkazib yuboradi.
Yana ko‘p odamlar yoqtirmagan insonlar bilan munosabatni saqlash uchun o‘zini majburlaydi.

Natijada charchoq qoladi.
Ichki bo‘shliq qoladi.

Kunlar uzoqdek tuyuladi.
Ammo yillar juda tez o‘tib ketadi.

Shuning uchun tanlovni kechiktirma.
Yashashni keyinga qoldirma.

p.s.
Hayot qisqa, deyishadi.
Bu rost.

Lekin hayot bir vaqtning o‘zida juda uzun ham.
Chunki sen tanlagan yo‘l bilan har kuni yashaysan.
🔥25❤‍🔥14👍14🎉1
Head Teacher haqida: qisqa xulosa

Bugun hamkasbim bilan head teacher qanday bo'lishi kerakligi haqida suhbatlashdik. U bir necha ustozdan bu haqda so'ragan. Mendan ham.
Qiziq joyi shunda: ba'zi javoblar takrorlandi, lekin ba'zi muhim fikrlar ham paydo bo'ldi. Asosiysi - umumiy manzara asta-sekin aniq ko'rindi.
Shundan keyin men ilmiy tadqiqotlar, xalqaro tajribalar va amaliy boshqaruv modellariga qaradim.

Head teacher - bu kim?
Head teacher deganda ko'pchilik eng kuchli o'qituvchini yoki qog'oz bilan ishlashni yaxshi ko'radigan odamni tasavvur qiladi.

Yaxshi head teacher:

O‘zi ham dars beradi, lekin kam.
Jarayondan uzilib qolmaslik uchun.
Agar head teacher to'liq dars bersa, u o'z asosiy vazifalarini - o'qituvchilarni kuzatish, qo'llab-quvvatlash, tahlil qilish - bajarishi qiyin bo'ladi.

Ijodkor bo‘lishi shart emas.
Ijodkorlik majburiy emas. Moslashuvchanlik va ochiqlik majburiy.
Ochiq muhit, yangi g'oyalarni qabul qilish va har xil yondashuvlarni rag'batlantirish o'qituvchilarni o'sishda davom etishga undaydi

Natija uchun javobgar bo‘lsa, qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘lishi shart.
Asosiy qoida: mas'uliyat = vakolat
Vakolatsiz mas’uliyat - eng tez kuyishga olib keladi.
Men buni ko‘p ko‘rganman: head teacher javobgar, lekin qaror qila olmaydi.
Natijada:stress, charchoq, ketish.

Undangi ko'nikmalar:
- Talab qo‘ya oladigan, lekin hurmat bilan
- O‘qituvchini qo‘llab-quvvatlaydigan
- Javobgarlikdan qochmaydigan
- Problem solver

Head teacher - bu inson. U xato qilishi mumkin. Lekin u o'rganishga tayyor bo'lishi, fikr-mulohazani qabul qilishi va doimiy rivojlanishi kerak.

Xulosa:
"Head teacher" kim deyilsa, bitta jumlada beradigan javobim:bu ta'lim sifati uchun javob beradigan mutaxassis

P.s. Hallinger va Murphy tadqiqotiga ko'ra, head teacher uchta asosiy yo'nalishda ishlaydi: maktab missiyasini belgilash, ta'lim dasturini boshqarish, va ijobiy o'quv muhitini yaratish.
❤‍🔥10👍10🔥2🎉2🤩1
Texnika 4: Right Is Right
(faqat to‘liq to‘g‘ri javobni qabul qilish)

Keng tarqalgan xato:
“Bolani ranjitib qo‘ymaslik” uchun
chala javobni qabul qilish.


O'qituvchi so'raydi: "Tenglama nima?"
Bola: "Bu tenglik."
O'qituvchi: "Ha, to'g'ri."

Nima to'g'ri?
Tenglama va tenglik bir xil narsa emasda!

Muammo qayerda:
Bugun chala javobni qabul qilsangiz, ertaga:
- Bola imtihonda adashadi
- Keyingi mavzuni yaxshi tushunmaydi
- "Taxminan bilsam yetadi" deb o'ylaydi

Hayot ham bunday ishlaydi:
shifokor "deyarli shu dori" deyishini, injener "taxminan to'g'ri" deb o'lchashini tasavvur qilib ko'ring.

Nima qilish kerak?
Yomon variant:
Bola: "Tenglama bu tenglik."
Ustoz: "Ha, to'g'ri."


Yaxshi variant:
Bola: "Tenglama bu tenglik."
Ustoz: "Qanday tenglik?
Unda nima bor"
Bola: "Noma'lum bor."
Ustoz: "Demak?"

Bola: "Noma'lumi bor tenglik"
Ustoz: "Aniqrog'i: Tenglama bu noma'lum ishtirok etgan tenglik. Endi to'g'ri!"
Bola: "Tushundim"

Qoidasi oddiy:
Javobni rad etmang, uni to'ldirishga yordam bering.

Bola qiynalsa:
- Savol bering
- Yo'naltiring
- To‘g‘ri javobni **oxirigacha ayttiring**
- So‘zlarni aniqlashtiring
- Terminlarni to‘g‘ri ishlating
- Xullas javobni ichidan sug'urib olishga harakat qiling.

Bolaga "yetarli" bo'lguncha, to'xtamang.
Mehr bilan talab qilishda davom eting.

4/63
👍19🔥13❤‍🔥6🥰6🎉1🤩1
Bu kanal kimlar uchun va nega ochilgan?

Ismim Hasanxo'ja Muhammad Sodiq.

17 yildan beri ta’limdaman (2009-...).
4 yildan beri xususiy maktab boshqaraman (2022-...).
12 yildan beri otaman. (2014-..)

Shu uch joy — sinf, maktab va uy - men uchun real tajriba maydoni.

Bu kanalda men:

Ta’lim haqida yozaman:
Dars, metodika, ustozlik mas’uliyati haqida.

Boshqaruv haqida fikrlarimni bo‘lishaman
Jamoa, qaror, javobgarlik, xatolar va o‘sish haqida.

Farzand tarbiyasi haqida yozaman
Ota sifatida ko‘rganim, tushunganim, qiynalganim haqida.

O‘qigan kitoblarimdan iqtiboslar va xulosalar ulashaman
Quruq sitata emas, hayotga tatbiqi bilan.

Uchrashuvlar, suhbatlar va real keyslar asosida fikr yuritaman

Agar sizga:
• Ta’lim sifati
• Mas’uliyatli rahbarlik
• Ongli tarbiya


demak, bu kanal siz uchun.

O‘qing.
O‘ylang.
Kerak bo‘lsa — bahslashing.
❤‍🔥54👍29🥰7🤩6🔥2
Hasankhoja Muhammad Sodiq pinned «Bu kanal kimlar uchun va nega ochilgan? Ismim Hasanxo'ja Muhammad Sodiq. 17 yildan beri ta’limdaman (2009-...). 4 yildan beri xususiy maktab boshqaraman (2022-...). 12 yildan beri otaman. (2014-..) Shu uch joy — sinf, maktab va uy - men uchun real tajriba…»
Yangi maktab ochishni rejalayotganda ko‘pchilik bitta savolni beradi:
kelasi yillarda nima o‘zgaradi? Nimalarga ko'proq e'tibor beray?
-Platformami?
- Dasturmi?
- Metodikami?
- Texnologiyami?


Lekin eng to‘g‘ri savol bu emas.

Aslida savol - nima o‘zgarmaydi? bo'lishi kerak

Maktab formatlari o‘zgaradi.
Ota-onalar talabi esa deyarli o‘zgarmaydi.

Harvard Business School tadqiqotlariga ko’ra:
xizmat sohasida muvaffaqiyatli tashkilotlar o‘zgaruvchan texnologiyalarga emas,
o‘zgarmaydigan ehtiyojlarga tayangan holda o‘sadi.

Ta’limda ham xuddi shunday.

Ota-onalar doim asosni kutadi:
- Farzandi xavfsiz bo'lsin
- O'qituvchi befarq bo'lmasin
- Darslar jiddiy o'tilsin
- Natija ko'rinsin
- Baholash adolatli bo'lsin
- Aloqa ochiq va halol bo'lsin
- Farzandiga hurmat bilan qaralsin
- Maktab so'zida tursin


Bu Maslow piramidasidagi kabi:
avval xavfsizlik, keyin munosabat, keyin o‘sish.

Bu ehtiyojlar 5 yilda ham, 10 yilda ham o‘zgarmaydi.

Shuning uchun kuchni trendlarga emas, to'g'ri asosga sarflash kerak.

Platforma almashadi.
Darslik yangilanadi.
Ishonch esa almashmaydi.

O‘zgarmaydigan narsani mustahkam qil.
Shunda hammasi uzoq yashaydi.
👍32🔥17🤩5
Ishonchsizlik

Ichida o'ylaydi:
- Men bunga loyiqman
- Men bunga munosibman

Lekin hech nima qilmaydi. Hayoti o‘zgarmaydi.

Boshqa holat:
- Bu men uchun emas
- Men bunga erisholmayman

Natijada hatto urinib ham ko‘rmaydi.
Imkoniyat eshigi ochiq, lekin yaqinlashmaydi.

Aslida hamma o‘ylaganidan ko‘ra ko‘proq narsaga qodir.
Muammo qobiliyatda emas.
Muammo - o‘ziga qo‘yilgan ichki chegarada.

Ishonchni o‘zi natija bermaydi.
Lekin o‘ziga ishonmaslik boshlashdan ham to‘xtatadi.

Eng ko‘p cheklaydigan narsa - tashqi to‘siqlar emas.
O‘zingga aytib yurgan gaplaring.
🔥32👍11❤‍🔥6🤩4
Ish bo‘yicha olib borgan suhbatlarimdan chiqargan xulosa shu:

Agar quyidagi sifatlarning kamida bittasiga ega bo‘lsangiz,
muzokarada siz gapiruvchi tomonga aylanasiz.
Pozitsiya ham siz tarafda bo‘ladi.
Ish beruvchi shart qo‘yuvchi emas, kelishuvchi bo‘ladi.

Muzokarada ustunlik kimda bo‘ladi?

- Ko‘proq qiymat yaratadigan odamda
- Istasa, chiqib ketish imkoniga ega bo‘lgan odamda
- O‘rnini bosib bo‘lmaydigan odamda
- Natija qila olganr odamda
- Raqamlarni aniq biladigan odamda
- Odamlar yoqtiradigan va birga ishlashni xohlaydigan odamda
- Sohasida tan olingan odamda

Bu - real suhbatlardan chiqqan xulosalar.

Yana bitta muhim nuqta bor:
keyingi safar ham sizni tanlashsin.
🔥25👍10
Forwarded from Qadriyatim
Hisobot:

"Chorlov"ni yanvar hisoboti:

Tugatilgan kitoblar: 13 ta
Davom etayotgani: 5 ta
O’qilgan betlar: 3743 bet


Bu oy o‘qilgan har bir kitobni shunchaki “o‘qidim” deb qo‘ymadim.
Har biri bo‘yicha aniq mezonlar qo‘llashga harakat qildim:

1. Har bir kitobga shaxsiy reyting bal qo‘yildi
(Bu bal orqali kitobni tavsiya qilish darajasini ko‘rish mumkin)


2. Qachon boshlangan, qachon tugatilgani yozib borildi
(Bu - intizomni kuzatish uchun)

3. Har bir kitobning bet soni qayd etildi
(O‘qish hajmini aniq ko‘rish uchun)

4. Kitoblar ikki formatda o‘qildi:
Offline - qog‘oz variant
Online - elektron yoki audio

5. Bir vaqtda 3–4 ta kitob boshlangan
Shuning uchun tugallanmaganlari bor. Ammo barchasi tizimli davom etyapdi.
(Aralash janrlar zeriktirmaydi. Fikrni yaxshi ochadi)
Biri mashina, biri yotoqxonada, boshqasi ish stolida...
Bu tartibsizlikmas, bu - parallel o‘qish uslubi.

Bu yondashuv orqali, o‘qish hisobotga aylandi, hisobot esa odatga.

Agar o‘qishni reja, mezon va kuzatuv bilan qilsangiz,
motivatsiyani o‘zi keladi.

p.s. Nima uchun ayrim kitoblar 6–7 ball oldi?
– G‘oya yaxshi, lekin takror ko‘p
– Amaliy qismi kam
– Zamonaviy kontekst yetishmaydi
– Muallif fikrni cho‘zadi, qisqartirish mumkin edi
– O‘qituvchi/rahbar uchun qo‘llash qiyin

6–7 ball - yomon degani emas. O‘qiladi, o‘ylantiradi, lekin hayotni o‘zgartirmaydi.
🔥12👍10
Yaxshi tanlovlar ko‘pincha darhol mukofot bermaydi.
Bu normal.

Eng to‘g‘ri tanlovlar asta-sekin yig‘iladi. Ularning foydasi birdan sezilmaydi. Yillar o‘tgach ular kuchini ko‘rsata boshlaydi.

Masalan:
Bugun til o‘rganyapsan. Hozir foydasini ko‘rmayapsan. Lekin yillar o‘tib, u senga qanday eshiklarni ochishini hatto hayolingga ham keltira olmaysan.

Bugun matematika o‘qiyapsan.
“Bu formulalar hayotda qayerda kerak?” deb o‘ylaysan. Lekin vaqt o‘tib, aynan shu fan sening qanday fikrlashingni shakllantirganini sezasan.

Bugun kitob o‘qiysan. Hech kim maqtamaydi. Lekin bir kuni gapirayotganda nutqing ravon, fikring aniq bo‘lib qolganini payqaysan.

Bugun qiynalib Qur’on yodlayapsan. Og‘ir tuyuladi. Lekin vaqt o‘tib, jamoat oldida seni mehrobga chiqarishganini ko‘rasan.

Mana shuning uchun yaxshi tanlovlar jim ishlaydi. Shovqinsiz. Ko‘zga tashlanmasdan.

Ular yillar davomida ichingda yig‘iladi, va bir kuni kutilmaganda samara beradi, huddi buloqdek toshib chiqadi. Tugamaydi.

Shuning uchun: ishlashni to‘xtatma. Sabr qil.

Bugun natija ko‘rinmayotgani — tanlov noto‘g‘ri degani emas.
❤‍🔥46👍12🔥8
Qaror va oqibat

Hech kim kelajakni aniq bilmaydi. Ba’zi qarorlarimiz baribir xato chiqadi.
Bu normal holat.

Qaror qabul qilayotganda “to‘g‘ri chiqadimi?” deb o‘ylashdan ko‘ra, “agar xato bo‘lsa, men bunga chiday olamanmi?” deb o‘ylash to'g'ri bo'ladi.

Agar reja kutilgandek bo‘lmasa ham, hayoting izdan chiqib ketmaydimi?
Eng muhim savol shu.

Hammasini to‘g‘ri qilish shart emas. Buni imkoni ham yo'q.
Xato bilan ham yashab ketish mumkin bo‘lsa - qaror to‘g‘ri qilingan bo‘ladi.
Albatta bu yersa barcha sabalari qilinganidan keyingi qaror nazarda tutilmoqda.

Misol:
Yangi ishga o‘tishni o‘ylayapsan.
Ish haqi yaxshiroq, imkoniyatlar chiroyli ko‘rinadi.
Lekin kafolat yo‘q.
Qaror qabul qilishdan avval, quyidagilarni o'zingdan so'ra:
- Bir necha oy ishsiz qolishga chiday olamanmi?
- Moliyaviy zaxiram bormi?
- Orqaga qaytish yo‘lim bormi?

Agar javob “ha” bo‘lsa - qaror qilish mumkin.
Agar “yo‘q” bo‘lsa - ehtiyot bo‘lish kerak.

Shuning uchun ehtimollarga emas, oqibatlarga qarab qaror qil.

Men ko'p kuzatgan holatlardan misollar:

1. “Milliarderlar o‘qishni tashlab ketgan” degan motivatsiya
Bir nechta mashhur odam universitetni tashlab, boy bo‘lgan.
Shuni ko‘rib, kimdir o‘qishni tashlamoqchi bo‘ladi.

Lekin ko‘rilmaydigan taraf bor:
- Ularning minglab tengdoshlari ham o‘qishni tashlab ketgan
- Lekin boy bo‘lmagan
- Ismi ham, hikoyasi ham yo‘q

Natijada nima bo'ladi:
Diplomsiz, kasbsiz, rejasiz qolgan, tengqurlaridan orqada qolgan sen

Muammo o‘qishni tashlashda emas.
Muammo - oqibatni ko‘tara olmasdan tashlashda.


2. Instagramdagi “muvaffaqiyatli ayollar” va trend ortidan yugurish
Ijtimoiy tarmoqlarda ko'rinaadi:
- Sayohat
- Brend kiyim
- Go‘zal hayot

Shuni ko‘rib, kimdir:
- O‘qishni ikkinchi o‘ringa qo‘yadi
- Kasbni kechiktiradi
- oilasida noshukrlikni boshlaydi

Ko‘rinmaydigan taraf:
- Kredit
- Orqa fon
- Yolg‘izlik
- Beqaror daromad

Natijada:
30 yoshga kelib, charchoq, hayotidan norozilik.Xissiy inqiroz.


3. “Biznes qilaman” deb ishni tashlab yuborish
Reja yo‘q. Zaxira yo‘q. Tajriba yo‘q. Duo yo'q

Faqat gap bor: “Biznes qilaman”.

3–6 oy o‘tadi.
Pul tugaydi. Stress boshlanadi. Oila bosimi boshlanadi.

Biznes yomon emas.
Lekin oqibatni ko‘tarishga tayyor bo‘lmasdan boshlangan biznes - xato.

4. “Motivatsiya” bilan tez qaror chiqarish
Bitta video. Bitta post. Bitta gap.

Keyin keskin qaror:
- O‘qishni tashlash
- Ajralish
- Ishni tashlash
- Ko‘chib ketish

Motivatsiya kuchli bo‘ladi.
Lekin uni umri qisqa.
Oqibat esa uzoq.

Muammo xohishda emas.
Muammo - oqibatni hisoblamaslikda.

Muammo shunchaki savolni to'g'ri qo'ymaslikda.

“Agar bu o'ylaganimdek bo'lmasa, men bunga chiday olamanmi? Chiday olsam, qanday?”

Agar narxni to‘lashga tayyor bo‘lmasang, trend ham, motivatsiya ham seni yarim yo'lda qoldiradi

Qarorni ilhom bilan emas, oqibat bilan o‘lcha.
🔥9👍4❤‍🔥3