Ikramovdev – Telegram
Ikramovdev
4.13K subscribers
52 photos
17 videos
1 file
14 links
· Content creator | Brandface
· Content olamini creative talqinda ko'rish uchun obuna bo'ling🎬

https://www.instagram.com/ikramovdev

Aloqa : @mxm8667
Download Telegram
1119🔥2
shu yerdamisizlar 😁 ketib qomadilarmi ?
46
Do‘stlar, uzr, anchadan beri kanalga e’tibor qila olmadim.

Shu vaqt ichida sun’iy intellektga juda qiziqib, chuqurroq o‘rganishga harakat qildim.Va endi YouTube, Instagram va Telegramda muntazam kontent joylab boraman.

YouTubeda esa jonli efirlar orqali ham sun’iy intellekt darslarini o‘tkazaman. u yerda nafaqat mavzularni o‘rganasiz, balki o‘sha zahoti savollaringizga ham javob olishingiz mumkin bo‘ladi.

Bugundan boshlab statuslardan tashqari, sun’iy intellektga ko‘proq e’tibor qaratamiz. Chunki bu zamon talabi.

Besh-o‘n yil avval telefon ishlatish qanday muhim bo‘lgan bo‘lsa, hozir sun’iy intellektni o‘rganish ham shunchalik muhim.

Qaysi sohada ishlashingizdan qat’iy nazar, agar uni o‘rgansangiz, u sizga kuchli yordamchi bo‘la oladi.

@ikramovdev
40
Channel name was changed to «Ikramovdev»
Sun’iy intellekt da kelajak bor deb o‘yliman.

Avvallari telefon ishlatishni bilmaslik muammo ayb deb sanalsa yana bir necha yildan so‘ng AI ham shunday bo‘ladi.

Menimcha hoziroq bu sohani o‘rganib kelajakni qurish kerak men bir qancha Universitetlar haqida bilaman agar xohlasangiz buni sizlar bilan bo‘lishaman.

Bu universitetlarda o‘qisangiz katta ehtimol bilan Google OpenAI Microsoft kabi kompaniyalarda ishga kira olasiz zamonni eng sara kasblaridan biriga ega bo‘lasiz

@ikramovdev
26
🇺🇸 1. MIT (Massachusetts Institute of Technology) – AQSH
Rasmiy sahifa: csail.mit.edu

📚O‘qishga kirish talablari:
• IELTS 7.5+ yoki TOEFL 100+
• Kuchli portfel (AI loyihalari), motivatsion xat, tavsiyanoma
• GRE ba’zida talab qilinadi (magistratura uchun)
O‘qitish jarayoni:
• Darslar real loyihalar asosida
• Mashhur laboratoriya: MIT CSAIL
• Talabalar OpenAI, Tesla, Google’da stajirovka qiladi

Rasmiy sahifaga kirib to’liq ma’lumot olishingiz mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥3🕊2🥰1👏1
🇸🇬 2. NUS (National University of Singapore) – Singapur
Rasmiy sahifa: nus.edu.sg

📚 O‘qishga kirish talablari:
• IELTS 6.5+ yoki TOEFL 92+
• Bakalavrda yaxshi baholar va kuchli motivatsion xat talab qilinadi
• Online ariza orqali topshiriladi, stipendiya imkoniyati mavjud
O‘qitish jarayoni:
• Singapurdagi eng zamonaviy texnologiyalar bilan o‘qitiladi
• AI, ML, Data Science yo‘nalishlari chuqur o‘rganiladi
• Talabalar Yaponiyadan AQSHgacha amaliyotga chiqishadi

Rasmiy sahifaga kirib to’liq ma’lumot olishingiz mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🕊2🔥1🥰1
🇹🇷 3. Koç University – Turkiya
Rasmiy sahifa: ku.edu.tr

📚 O‘qishga kirish talablari:
• IELTS 6.5+ yoki TOEFL 80+
• GPA 3.0+ (bakalavr uchun), onlayn ariza, motivatsion xat
• Turkiyada AI bo‘yicha eng kuchli dasturlardan biri, grantlar mavjud
O‘qitish jarayoni:
• AI, Deep Learning, Big Data fanlari o‘qitiladi
• Google va Microsoft hamkorliklari mavjud
• O‘zbek talabalar uchun madaniyat va til jihatdan juda qulay

Rasmiy sahifaga kirib to’liq ma’lumot olishingiz mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
129👏9🔥5❤‍🔥31👍1
Reaksiyani ko'pligidan sanab tugata olmayapman ☺️
😁3221👏8😇7🗿42👍1🕊1😨1
🎥 Bugun jonli efir!

🎬 Soat 22:00 da YouTube’da AI bilan bepul video yasaymiz.Savolingizni berib, jarayonda qatnashishingiz mumkin!

🔗 YouTube | IkramovDev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥5
«Falonchi faqat ishi tushganida bizni eslab qoladi”, demang. Balki «Insonlarning ishini bizning qo‘limiz bilan o‘nglab qo‘ygan Zotga hamdlar bo‘lsin!”, deng.

Hadisi sharifda: «Odamlarning yaxshisi boshqalarga ko‘p manfaati tegadiganidir”, deyilgan.

©️Ikrom Sharif

@ikramovdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46👏9❤‍🔥5🥰4
#yurakdan

Pulning miqdori emas, uning ortida turgan ishonch men uchun eng katta boylik.

Bu kichik qo‘llab-quvvatlash menga yanada ko‘proq mehnat qilish, sizlarga foyda ulashish uchun kuch beradi. 🚀

Rahmat sizlarga, do‘stlar! ❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1714❤‍🔥4👍32
Soha mutahasislari uchun Promtlar

🎯 Kontent Video Tayyorlash Uchun PROMT Paket
(ChatGPT bepul versiyasida ham ishlaydi) ketma ket yozasiz promtlarni alohida chat qilmang !

🧱 1. Asosiy malumot berish (profil)

Men [Ism] va [Kasb/soha nomi] bo‘yicha [necha yil] tajribaga egaman. Shu vaqt davomida [necha mijoz] bilan ishlaganman. Endi men o‘z tajribam asosida Instagram uchun kreativ, ishonch uyg‘otadigan va foydali video kontentlar tayyorlamoqchiman. Iltimos, menga haftalik kontent rejasi, kreativ g‘oyalar, video ssenariylari va montaj bo‘yicha tavsiyalar yozib bering.



📹 2. Video g‘oyalar va ssenariylar uchun promt

Mening soham: [soha nomi]
Iltimos, Instagram Reels uchun 10 ta kuchli, 30–40 soniyalik video g‘oyasini quyidagicha jadvalda yozib bering:
1. Qiziqarli HOOK (videoni ochuvchi gap)
2. Asosiy mazmun
3. Call to Action (videoni yakunlash usuli)
Shunday g‘oyalar bo‘lsinki, ular ko‘rishlar sonini oshirsin, obunachilar ishonchini qozonsin va ular izoh qoldirishga undalsin.

🧠 3. Tanlangan kontentga senariy yozish promti

Quyidagi g‘oya asosida kuchli video ssenariy yozib bering:

"[Tanlangan g‘oya matni]"

Shunday bo‘lsinki:
- Hook 3 soniyada odamni to‘xtatib qo‘ysin
- Gaplar oddiy, lekin ta’sirli bo‘lsin
- 30–40 soniyalik bo‘lsin
- Ohirida call to action orqali video saqlab qo‘yish yoki izoh yozish uchun kuchli sabab yaratsin

🎨 4. Vizual kadrlarga montaj g‘oyalari

Yuqoridagi ssenariy asosida video olish uchun vizual g‘oyalar bering:
1. 1–3 soniyalik bosh kadrda nima bo‘lsin?
2. Qaysi fon (ofis, tabiat, qora fon, slaydlar)?
3. Kamera harakati qanday bo‘lsin? (zoom in/out, pan left, selfie)
4. Matn/animatsiyalarni qayerda va qanday ko‘rsatish kerak?
5. Montaj uslubi: tezkor, yumshoq, dramatik, o‘yinli va h.k.

✍️ 5. Post caption va hashtaglar uchun promt

Yuqoridagi videoga Instagram uchun quyidagilarni yozib bering:
- Qiziqarli, oddiy va insoniy ohangda yozilgan caption (oxirida izoh qoldirishga undasin)
- 10 ta trend hashtag (mavzuga mos, organik o‘sishga yordam beradigan).


BONUS PROMT:

Yuqoridagi video uchun shunday call to action yozib beringki:
- Odamda “yo‘q, buni yo‘qotib qo‘ymasligim kerak” degan hissiyot uyg‘otsin
- Video saqlab qo‘yishga undasin
- Izohda “promt” deb yozishga majburlasin


@ikramovdev
4👍3
📦 Soha egasi bo‘lmaganlar uchun universal kontent promtlar:Ketma ket yozishingiz kerak alohida chat qilmang !

🧠 1-PROMT: “Men kimman va nima qilishni xohlayman”

Men hali aniq soha tanlamagan yoshman / talaba / kontent yaratishga qiziqaman.
Sun’iy intellektdan foydalanib, 30-40 soniyalik Instagram Reels yoki YouTube Shorts formatida odamlarni qiziqtiradigan va ularga foyda beradigan videolar tayyorlamoqchiman.
Menga 10 ta kontent g‘oyasi yozib bering. Har bir g‘oya quyidagilarni o‘z ichiga olsin:
- Video sarlavhasi (Title)
- Hook (dastlabki 3 soniya fikri)
- Asosiy mazmun (oddiy, tushunarli)
- Video yakuni (CTA)

📹 2-PROMT: “Kontent mavzusi tanlagach ssenariy yozish”

Quyidagi g‘oya asosida menga 30–40 soniyalik kuchli ssenariy yozib bering:
"[Tanlangan g‘oya]"
Videoni 3 soniyada ushlab qoladigan hook bilan boshlang, o‘rtasida asosiy g‘oyani soddalashtirib tushuntiring, va oxirida kuchli CTA ayting.
Ssenariy spoken formatda bo‘lsin — ya’ni odam og‘zaki gapirayotgan tarzda yozilsin.


💭 3-PROMT: “Agar men YouTube Shorts / Reels ochmoqchi bo‘lsam...”

Men kontent yaratishni boshlamoqchiman, lekin mavzu tanlashda qiynalayapman.
Men:
- Hali kasb egasi emasman
- Telefon yordamida oddiy videolar ola olaman
- Sun’iy intellekt, self-improvement va kreativlikka qiziqaman

Menga quyidagilarga mos 5 ta video yo‘nalishini tavsiya bering:
- Har biri ommaviy bo‘lishi mumkin bo‘lgan
- Foydalanuvchiga qadriyat beradi
- Har bir yo‘nalish uchun 1 ta video g‘oyasi va sarlavhasi ham yozing


🎨 4-PROMT: “Videoni montaj qilishda nima qilishim kerak?”
Quyidagi ssenariy asosida video montaj qilishim kerak:
"[Senariyni shu yerga yozasiz ]"
Menga quyidagilar bo‘yicha real montaj tavsiyalari bering:
1. Videoni qanday kadrdan boshlashim kerak?
2. Telefonim bilan qaysi rakurs yoki fon ishlatsam ko‘rkam chiqadi?
3. Orqa fonda qanday musiqa ishlatsa yaxshi? (Emosional / motivatsion / tezkor/ trend)
4. Matnni qayerda va qanday yozish yaxshiroq?
5. Ovoz ustiga overlay bo‘lsa, qanday variantlar bor?

Montaj mobilda (CapCut, VN) qilinadi deb hisoblang.


✍️ 5-PROMT: “Post caption + izohga yozish uchun matnlar”

Yuqoridagi videoga Instagram post uchun caption yozib bering:
- E’tiborni tortuvchi 1-qator
- Asosiy izoh (foydali, odamni o‘ylantiruvchi yoki savol uyg‘otuvchi)
- Oxirida izoh yozishga undovchi savol
+ 5 ta trendga mos hashtag ham yozing
Videoning mavzusi: “[video mavzusi]”

🔄 BONUS PROMT

Men sun’iy intellekt haqida kontent boshlamoqchiman.
Men bu sohaning mutaxassisi emasman, lekin tushunarli tilda, oddiy formatda,30-40 soniyalik videolar qilishni xohlayman.
Menga quyidagilarga mos 5 ta video g‘oyasi bering:
- Har biri "oddiy odam" ham tushuna oladigan
- Video sarlavhasi + hook + asosiy g‘oya
- Har birining oxirida nima deb aytsam, odam video oxirigacha ko‘radi


@ikramovdev
6
Chatgpt bilan kontent tayyorlayotganda ish qanchalik samarali bo'lishi, to'g'ri promt bera bilishga bog'liq, quyida mahsus promtlarni bo'lishmoqchiman 👇

1-Promt:
Men [Sardor] va [oshpazlik ] bo'yicha tajribamni oshirib kelaman. Bugungi kungacha [10000+] mijozlarga xizmat ko’rsatganman va [+10] yillik tajribaga ega mutaxassisman. Senga shaxsiy instagram sahifamni ham yuboraman.

2-Promt:
Men uchun Mutaxassisligimni yoritib berishga xizmat qiluvchi, mlnlab ko’rishlar erishuvchi davomiyligi 1 daqiqadan oshmaydigan TOP 10ta kontent uchun misollar berishingni va bularni Tablitsa solib tushunarli holatda berishingni istayman.

3-Promt:
"[Berilgan kontentdan biri]" Shu kontent uchun 1 daqiqalik kuchli hook bilan boshlangan va videoda odamlarni ozida soʻngigacha ushlab qolishga yordam beradigan tushunarli senary yozib ber. Bu senary mening videomni mlnlab ko’rishlarga olib kelsin

Kichik eslatma: Yuqoridagi videoda ChatGPT'ning pullik versiyasida ishlaydi Postni kontent qilish bilan yaqinlarga bo'lishing, foydali bo'ladi

@ikramovdev
10👍1
Shaxsiy brend qilmoqchi bo’lganlar bo’lsa tepadagi promtlardan foylanashi mumkin 🫡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥5
O'qishga kirganlar bormi ?
sizlarga sovg'am bor 📦
Anonymous Poll
81%
xa kirdim 😃
19%
yo'q kirolmadim yarani yangilamen 😢
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥108👍4❤‍🔥3🤩3
Faqat bitta hayol keldi. Bu narsaga hali erta emasmi ekan? Ya'ni sessiyaga yaqin o'rgataymi yoki hozirdan o'rgatib turganim yaxshimi?

O'zi bu sovg'a sizlarga yoqdimi yoki yoqmadimi? Shuni ham izohda yozib qoldiringlar.

Kitob konkurslarham bo'ladi. Nasib bo'lsa albatta qilamiz. 🫡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4