ilhomdev – Telegram
ilhomdev
220 subscribers
497 photos
120 videos
10 files
369 links
Ilhomjon Musayev - Software Engineer, Startuper

!!! Men xato yozishim mumkin, oldindan uzr so'rayman maqsad bilm ulashish

Taklif va murojatlar uchun: @ilhommusa

https://solo.to/ilhom
Download Telegram
Juda juda xursand boʻldim mazaa
👍8👎1
Juda zo’r tafsiya :(
🔥9😭4
M1 Pro olaman deb yursam M2 Pro chiqdi 40% ga kuchliroq ekan.
😁6
Bugun sessiya😊
😁8👍1🔥1
Fishing uchun zo’r domen 🥲
👍31🔥1
ilhomdev
https://www.youtube.com/watch?v=rKzMOeWk1P8
Yorvoribdi lekin klip so’zlar
Teacher Azamning kechagi posti va undagi ahmoqlik haqida

Kelinglar biror narsaga hukm chiqarishdan avval o’lchovlarimizni sozlab olamiz. Bir xil o’lchovda bo’lmas ekanmiz hechqachon muammoga yechim qilolmaymiz.

Azam Qahramoniy va shunga o’xshash gender tengligi kurashchilari (Alimoff, Asanov, Nozim Safari, TentakMinds) doimo
“inson erkin fikrlaydi, u xohlagan jinsga ega bo’lishi, o’zi istalgan orientatsiyaga ergashishi, xohlaganday ochiq kiyinishi, xohlagan dinga e’tiqod qilish, ateiest bo’lolishi” kerak deyishadi va buni ochiq targ’ib qilishni boshlashgan. (Xurmo kanali misolida)

Erkin fikrlashni qo’llab-quvvatlayman. Har kim erkin fikrlash huquqiga ega. Ammo mana shu targ’ibotchilar diniy qatlamning erkin harakatlarini doimo tanqid qilib kelishadi. Misol uchun:
- Donik Vines agar dindorlashgan bo’lsa bu radikallashuv; (Azam)
- Domlalar umraga odam olib borsa soqqani bosish; (Bektosh)
- Soqolda bo’lish “Tolibonlashish”; (Qaysidir bittasi)

Qo’pol, juda qo’pol narsani aytaman. Bu insonlarni bir nechtasi musulmonligini da’vo qilayotganini ko’rganman, lekin nega shunchalik islomga nafrati katta?

Brolar, sisterlar, ko’zingizni oching. Bu insonlar qayerga ketayotganini o’zi ham bilmaydi. Bular erkinlik tarafdori emas, shunchaki islomofob. Bular sizga radikallashuv deb tanishtirayotgan narsa 1 asr oldin asl insoniylik, bular sizga erkinlik deyotgan narsa bir asr oldin jirkanch ishlar edi. Bular qoloqlik deyayotgan soqol Jaloliddinda ham, Alisher Navoiyda ham, Xorazmiyda ham bor edi.

Darslarini hurmat qilaman, ammo imkon bo’lsa kuzatmang.

Mediada yutqazyabmiz. Yoshlarni yutqazyabmiz…

Ilmlik insonlar o’rinlarini egallamagan joyda, kichik vaqt ichida tezak egalari bosib ketadi.
👍3
Premyera boshlandi koʻrib azgina mehnatimizni baholab like bosib comment yozib obuna boʻlib yaqinlariz bilan ulashib qoʻyarsiz.

Kanali borlar share qilsa minnatdor boʻlardim
👍51🔥1🥰1
👍3🔥21🥰1
Xato kamchiliklar bo’lsa uzr so’raymiz feedbacklar bo’lsa izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin
👍5
Forwarded from Temurbek Adhamov
Sizlarga nima yordam kerak?

Amaldorlar bilan ko‘rishib qolsam, ko‘pincha aytadigan bir gaplari bor: “Tadbirkorsiz, qanday yordam kerak, nimadir kerak bo‘lsa, ayting”, deyishadi. Ko‘p holatda tashakkur aytib, hammasi joyidaligini bildiraman. Aslida aytadigan gaplarim bor bo‘lsa ham...

Bugungi so‘zlarim aslida tushlarimda ko‘radigan “odil sudlov” haqida. Lekin mavzuni uzoqdan olib kelmoqchiman. Ayni paytda “Najot Taʼlim”da 330 nafar inson 2700 nafar o‘quvchiga dasturlash, dizayn, marketing bo‘yicha 11 xil yo‘nalishda taʼlim berib kelishmoqda. Bu O‘zbekistondagi eng ko‘p o‘quvchiga ega AyTi o‘quv markazi hisoblanadi. Bugun “Najot Taʼlim”ni rivojlantirishdagi eng katta muammo kadr masalasiga borib taqaladi. Taʼlim berish uchun tajribali dasturchi, dizayner, marketolog topish HR bo‘limining eng katta og‘riqlaridan biri. Vaholanki, bu bo‘limda 8 nafar inson ishlaydi.

Mavzuga sudlovni nima aloqasi bor, deyotgandirsiz. Kecha va bugun ikki yigitning “diniy materialni saqlash va tarqatish” bo‘yicha qamalgani haqida eshitdim. Biri SMM-menejer, ikkinchisi kuchli dasturchi yigit. SMM-menejer bo‘lgan yigit bundan 3 yil avval yuklab olgan nashidasi tufayli qamalgan bo‘lsa, dasturchi yigit insonlarga manfaat beradigan mobil ilova tayyorlash jarayonida hatto Din ishlari boʻyicha qo‘mitaning xabari bo‘lgan loyiha uchun qamalgan. Afsus, ming afsus... Eng ajablanarli tomoni shundaki, ikki sudda ham qoralovchi kamroq muddat so‘rasa ham, sudyalar ikki holat uchun ham 5 yil berishgan... Biz uchun kerakli bo‘lgan ikki kadr qamoqda o‘tiribdi, biz kadr izlab yuribmiz...

Mavzuning boshiga qaytgan holda aytaman! Bizga odil, mustaqil sudlov kerak. Nahotki shu yigitlar telegramdagi material uchun qamalishga loyiq deb topilgan bo‘lsa, yigitlar bo‘yicha ijobiy xulosalar ham sudda inobatga olinmagan bo‘lsa? Odil sudlov bo‘yicha kimga murojaat qilishimiz kerak o‘zi? Dardimizni kim eshitadi shu vaqtda? Axir inson achinadi yoshlar uchun...

Aslida mavzu juda keng, men deputatlar, quyi va yuqori palata vakillariga yuzlanmoqchiman. Nima uchun shunday qonun hali ham amalda ekan, siz jim o‘tiribsiz, nima uchun o‘sha qonunni o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqmaysiz? Agar tashabbus bilan chiqa olmasangiz, dardimizni eshitmasangiz, nima qilib o‘tiribsiz u yerda, xalqning pulidan oylik olib?

Sudlov tizimiga, qonun chiqaruvchi tizimga yuzlanib aytaman, dardimizni kimga aytaylik, qarg‘ashdan boshqa chora bormi bu kabi holatlar uchun?
👍61🔥1
Temurbek Adhamov
Sizlarga nima yordam kerak? Amaldorlar bilan ko‘rishib qolsam, ko‘pincha aytadigan bir gaplari bor: “Tadbirkorsiz, qanday yordam kerak, nimadir kerak bo‘lsa, ayting”, deyishadi. Ko‘p holatda tashakkur aytib, hammasi joyidaligini bildiraman. Aslida aytadigan…
Agar qamayman desa sizni ham meni ham o’sha qarorni o’qigan sudiyani ham telefonidan nimadir topib qamasa bo’ladi, 99% musulmonlar yashaydigan davladda bunaqa narsalar bo’lishi afsuskiy “vatanga bo’lga muhabbatimizmi” oshiradi.
👍31🔥1🥰1
Maslahatim telefondagi istoryalarni tozalab yuring eski yozishmalarni ham o’chirib tashang o’zingizdan ham yozishgan odamingizdan ham ayb topaman desa hammadan topsa bo’lsa har ehtimolga qarshi. Bizga yana bitta musulmonning qamoqqa tushishidan foyda yo’q.
👍5🔥1🥰1
Mani ideam 😀
👍3🔥1
I'm officially an Inter nation student 😍
🔥4👍2🥰1
Akalar nima deysiz qanaqa mavzuda video tayyorlashimni maslahat berasiz
Bitta aka bilan javoblarni tekshiruvchi bot qilgan edik. 1 oyda
12k+ foydalanuvchi
15k+ test yechuvchilarga ega bo’ldik 🙃

Tepada statistikani so’rsangiz bo’ladi
🔥71👍1