Islombek.dev – Telegram
Islombek.dev
548 subscribers
159 photos
21 videos
10 files
162 links
Front-end dasturchi.

Shaxsiy rivojlanish, dasturlash, texnologiyalar kabi yo'nalishlarda yozaman.

Men's community: @sportly_chat

Murojaat: @i8_11
Download Telegram
Vue unchalik yaxshi bo'lmasa ham, Vite va Vitest juda yaxshi chiqib qoldi :)

Rasmda Vitest - testing kutubxonasini fichalarini ko'rishingiz mumkin.

@islombekdev
Hayotta ba'zida shunaqa hard choice'lardan birini tanlashga to'g'ri keladi 🙂

Udevsdan kettim. Qaysi kompaniyaga kirganim haqida va umumiy keyinroq to'liq yozaman in shaa Alloh.

P.S Udevs yoki mendan havotir olmanglar. Ikkimiz ham, muomilamiz ham yaxshi. Shunchaki boshqa joyga ishga kirdim va bu kompaniyda 1.5+ yildan beri ishlaganim uchun sal ketish qiyinroq bo'ldi :(

@islombekdev
🔥14
Database design ham rosa boshqotirma narsa ekanda🤕

Baskendchilarga qoyil lekin, shu fikrda ozma-oz jon borda nima deysizlar?🙄

@islombekdev
👍2
Hali ham Locator.js ishlatmayabsizmi?

Locator.js - bu browser extension bo'lib, React projectda web sahifada ko'rib turgan componentingizni kodda aynan qayerda turganini juda oson topib beradi.

Buning uchun Locator.jsni brauzeringizni o'rnatib, kerakli sahifani ochib, alt tugmasini bosgan holda sichqonchangizni sahifadagi kerakli componentga olib borasiz va ustiga bosganingizda code editoringizdan tanlangan componentni ochib beradi.

🦊 Firefox uchun havola

🌐 Chrome uchun havola

@islombekdev
🔥4👍2
Nega Muhammadjavohir aka 😠 bo'lib o'tiripti?

Front-end dasturlashni birinchi o'rganayotganimda Muhammadjavohir akani Frontloops darslarini ko'rganman. O'zi ham juda zo'r vaqtlar edi, flex yoki gridni o'rniga float yozib joylashtirardik 🥲

O'sha darslaridan ko'rib Muhammadjavohir akani eslasam hayolimga 😊 shu smaylik keladigan bo'b qolgan. Sababi juda ham samimiy, zo'r gapirar edi :)

Muhammadjavohir akaga biror savol bilan yozsam doim chiroyli tarzda tushuntirib berar, ba'zida kanalidagi private darslarini ham ochib berardi.

Ustoz yana shunaqaroq turkumdagi videolarni boshladi va deyarli har kuni kechqurun strim qilyaptilar. Barchangizga ko'rishni tavsiya etaman!

Aytgancha, nega ohirgi videosida 😠 qilib boshlaganini ushbu videoda ko'rsangiz bo'lsa kerak 🌚

Pastda ustozni kanallariga havola berib ketyabman, dirs-dirs etib obuna bo'laverasizlar.

🎥 Youtube kanal

Telegram kanal

@islombekdev
😁72❤‍🔥1
Juda ham foydali VS Code extension topgandim. Shu bo'yicha video chiqarsammikin yo maqola yozib qo'ysammikin deb o'ylanyabman. Kimga qay biri qulay? Menimcha videoda yaxshiroq tushunarli bo'ladi 🤔
Bugun jumada masjidga yaqinlashib qolganimizda, bir kishi yoshroq qiz bilan oldimizdan o'tib ketti. Keyin yanada masjidga yaqinlashib erkaklar orasidan ham o'tib ketayotgandi jaxlim chiqib, "Nega ayolini reklama qilib yuriptikin" deb hayolimdan o'tti. Keyin bir bola o'sha amakiga "Kelin buyog'iga men olib kirib ketaman" dedi va u kishi yonidagi qizga qarab "shu yerda kutib turgina" deb iltimos qilib yo'lida davom etti. Barchasini tushundim :(

U insonni ko'zlari ojiz bo'lib, qizi masjidga olib chiqib ketayotgan ekan. Shu sababli yomon gumonlardan imkon boricha tiyilganimiz yaxshi bo'lmasa menga o'xshab uyalib qolishingiz mumkin. Qanchadan-qancha sog'lom insonlar uyalmasdan uyida qolaverganida bu inson imkoni boricha harakat qilyapti...

@islombekdev
👍27🔥6😢5
Ishda code review qilsang ham dislike bosadiye bu bola. Team lead ham hayron 😂
😁11👍2
Forwarded from Islombek.dev
Imposter sindromi - yohud o'zingizni pastga urishni bas qiling!

Imposter sindromi - bu o'z bilimlariga shubxa bilan qarayverish, o'zini past darajada ko'rish deb tushunsak bo'ladi. Ushbu psixologik holatni xoh dasturchi bo'lsin, xoh bog'bon, deyarli barcha soha vakillari boshidan kechirishi mumkin.

Xo'sh, bu muammodan qanday qutilish mumkin? Bu uchun quyidagi maqolani o'qishni "tavsiya" qilaman :))

https://teletype.in/@islom_aliy/imposter-sindromi
👍41😢1
Manabu yerda Nextjs 13 App routerda server components uchun ajoyib dokumentatsiya"cha" qilib qo'yishipti.

Juda ham sodda va tushunarli deb o'ylayman

https://demystifying-rsc.vercel.app/

Ruslarni guruhidan uxlatib keldim 🙄

@islombekdev
👍6
Telegramda stories qo'yish mavsumini ochiq deb e'lon qilaman 🌚

@islombekdev
😁9👍1
​​Agar "Typenoscript ishlatsammikin, ishlatmasammikin? 🤔" deb o'ylanib yurgan bo'lsangiz, hech ikkilanmasdan ishlatishni boshlang.

Boshida biroz sekinroq ketishingiz mumkin lekin keyinchalik o'rganib qolganingizdan keyin ishingiz yana tezlashadi va birmuncha sifatliroq ham bo'ladi.

Typenoscriptning afzalliklari:

1) Static typing

2) Errorlarni oldindan aniqlash

3) IDE'ni yanada yaxshiroq support qiladia

4) Kodni readability'sini oshiradi va projectni maintain qilish ham osonroq

5) Jamoa bilan ishlash yanada osonlashadi

6) Refactor qilish oson

7) Kuchli ekosistema

8) Errorlarni tushunish birmuncha osonlashtirilgan va hullas juda ham ko'p imkoniyatlari mavjud.

Vaqtingizni sarflashga 99% arziydi deb o'ylayman. Hullas yozp tawimza jgarla

Ha, aytgancha. Josh developer broni TS va Angular bo'yicha darslari ham bor. Quyida kanaliga link qoldirib ketaman, faqat TS darslarini ko'ring Angular darslarini ko'rsangiz hafalashamiz 😡

TS/Angular kanali

@islombekdev
👍8
Oramizda "buzp tawima" deydigan baskend developerlar bormi? Men bilan ishlash baxtiga musharraf bo'lish imkoniyati sizda mavjud! 😁

Manashu linkedin postdagi requiremnts'ga "jovop berp tawima okya" deb o'ylasangiz bemalol topshirib ko'rishingiz mumkin!

🔗 Ish e'loniga havola (linkedin)

Mobodo "saqasidan gaplashelik" desangiz undan havotir olmang, norm to'lanadi in shaa Alloh.

Aytgancha bachelor's degree majburiy emas agar skillaringiz yetarli bo'lsa.

@islombekdev
👍7🏆1
Jahongir C++'ni JavaScriptda ishlatishni ko'rsatib berarmish 😂

@islombekdev
🤣251👍1
Hozir urf bo‘lgan fikrlar ajoyib: ishlarimni to‘g‘rilab olsam ilm olaman, moliyaviy ahvolimni o‘nglab olsam ehsonlarimni ko‘paytiraman, bizneslarim yurib ketsa xotirjam yashayman va hokazolar...

Boshingizni hozirgi voqelik bilan aloqasi bo‘lmagan narsalar bilan to‘ldirmang qadrli do‘stlar. Hali kelajakka yetib olish kerak. Shuning uchun bugun ilm oling, pulingiz kamligida ehson qiling, bizneslaringiz yurmaganida ham dam olishni biling. Zero bugungi kunning ajrini ertaga topolmaysiz...

(c) Комилжон Abdulloh

@i8_11
👍11🔥2
Chet elda:

17 yoshli Aiden Bai: Men Million.js nomli kutubxona tuzib, Reactni 70% tezlashtirdim!

O'zimizda kap-katta yigitlar:

- React eng zori, buzp tawid!

- Angular eng zor framework, React wunchaki kutubxona

- Vue eng tez va yengili, jovop sallaga

etc...

#sarcasm

@islombekdev
🏆14👍8👎3😁32
Dasturlashga yangi kirgan akalar va ukalarimga bitta yoki bir nechta yaxshi, bilimi keng va hikmatli ustoz topib, etagidan mahkam tutishni maslahat beraman.

Ustoz shogird usuli juda ham uzoq vaqtdan beri sinovdan o'tgan va eng zo'r usullardan biridir. U ustozdan nafaqat sohangiz bo'yicha, balki hayotiy maslahatlar ololsangiz ham yanada yaxshiroq bo'ladi. Har bir sohani kuchli muvaffaqiyatga erishgan insonlariga qarasangiz, orqasida kuchli ustoz, yo'l ko'rsatuvchi turipti.

Masalan @thunkdev ham mendek ustozni etagidan tutish baxtiga musharraf bo'lgan va biroz ichi qoraligini aytmaganda natijalari unchalik ham yomon emas, to'g'rimi? 😄

#advice

@islombekdev
😁12👍2👎21🕊1