Islombek.dev – Telegram
Islombek.dev
548 subscribers
159 photos
21 videos
10 files
162 links
Front-end dasturchi.

Shaxsiy rivojlanish, dasturlash, texnologiyalar kabi yo'nalishlarda yozaman.

Men's community: @sportly_chat

Murojaat: @i8_11
Download Telegram
Fitness startupimiz uchun UI/UX designer kerak edi. Hozircha u startupdan hech qanday pul topmaymiz shu sababli unpaid bo'ladi.

Keyinchalik monetize qila olsak +- bilan yaxshigina kelishamiz in shaa Alloh.

Murojaat uchun: @ topildi, rahmat

@islombekdev
👍16🔥1
2 kun oldin kechqurun startup idea kelib, tezda jamoa yig'ishni boshladim va ohirida bizga dizayner kerak bo'lib qoldi.

Dizayner qidirib e'lon bergandik va kecha ertalab bir yosh yigitni oldik. O'sha kuni kechgacha sketch tayyorlab, o'z fiklari bilan ham bo'lishib juda yaxshi ishlayapti.

Shunday farosatli yigitlar bilan ishlab maza qiladi odam. Real loyihalarda ishlab, yaxshi tajriba to'plab olsa bunday yigitlar ish topish, ishga kirishga uncha qiynalmaydi deb o'ylayman.

@islombekdev
🔥13👍6🎉1
Monitor olmoqchi bo'lsangiz 2 ta emas, bitta kattarog'idan olganingiz maqul ekan. Menimcha 2 ta monitor biroz noqulayroq.

Siz nima deb o'ylaysiz?

@islombekdev
👍12🔥1
Hozirgi holatimizdan bir necha barobar yaxshiroq bo'la olamiz

Aslida aksarimiz nimalar qilishimiz kerakligini juda yaxshi bilamiz. Imkoniyatimiz 100% bo'lib turib shunchaki tavfiq yo'qligi, dangasalik, intizomsizlik sabab o'sha ishlarni qila olmayabmiz va zararli odatlarimizni ham tashlay olmayabmiz.

Alloh holimizni isloh qilshini so'rab, intizom bilan harakatni boshlashimiz kerak. Zamon, kasblarimiz, bizga bo'lgan talablar nihoyatda katta tezlikda rivojlanmoqda, ularga ulgirib qolishimiz zarur.

Albatta, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas. 13:11

@islombekdev
👍18🔥41
​​Qanday qilib doimiy band ish sharoitida ham yangi texnologiyalardan xabardor bo'lib turish mumkin? (practical)

Bugun meni ishga intervyu qilgan akadan so'radim: "Qanday qilib shunchali ish ko'p, band bo'lsangiz ham texnologiyalar bo'yicha yangiliklardan doim xabardorsiz?"

Chunki meni intervyu qilganda, Nextjs bilaman desam endigina chiqqan Parallel routing, Tailwindni uncha yaxshi bilmayman, lekin Sassdan yaxshiman desam CSS'da yangi chiqqan yana nimadir hullas shu kabi narsalarni so'rab hayron qoldirgandi.

Javobi: doimiy ravishda foydali maqolalar o'qib borish deb aytti. Yanada osonroq bo'lishi uchun o'zimizni shu maqolalar, yangiliklarga boy muhitga o'rashimiz kerak.

Huddi shu javobni yana bir men juda kuchli dasturchi deb hisoblaydigan Elyor aka ham aytgandi.

Bu narsa menga atomic habitsdagi "4 laws of behavior change" (uzr buni yaxshi tarjima qila olmadim) ni eslatib yubordi. Unda:

1) Make it obvious - aniq qilib qo'ying
2) Make it attractive - o'ziga tortadigan qilib qo'ying
3) Make it easy - oson qilib qo'ying
4) Make it satisfying - buni to'g'ridan-to'g'ri tarjima qila olmadim, bu joyda bir vazifani bajargandan keyin, nimadir foyda olish sababli "maza qilish" nazarda tutilgan.

Birichi qoidadagi kabi maqola o'qishni aniq, doim ko'zimiz tushib turadigan qilib qo'yishimiz kerak. Bu uchun bizga daily.dev extensioni yordam beradi. Uni brauzerimizga o'rnatib olganimizdan keyin, har yangi tab ochilgandan filterimizdan kelib chiqib foydali maqolalarni chiqarib turadi.

Xullas maqolam Alisher Navoiyni "Xamsa" asari kabi uzun qilib yozib yuborgan bo'lsam ham foydali bo'ldi deb umid qilaman. So bo'laslar 😎

@islombekdev
10👍1
Rat race haqida bilasizmi?

Agar rat race - ya'ni kalamushlar poygasi tushunchasidan yaxshi xabardor bo'lsangiz, bundan qanday qilib qutilish mumkin deb o'ylaysiz?

@islombekdev
🔥2
Soqqani qilish kerak

Ota onang qariyapti, ularga yoshligingda bergan vadalaringni eslab - labinga alamli kulgu kelib, tomog'inga esa bir narsa tiqiladi. Vadangni ustidan chiqishing uchun soqqani qilish kerak.

Yoshing yetib qoldi, bunday qiyin zamonda zinoga aralashib qolmay deb turmush qurishni o'ylaysan. Lekin uy qilish, mashina olish uchun soqqani qilish kerak.

Bilasan aslida baxtli yashashing uchun shuncha narsalarga pul sarflashing, falon pulga to'y, qimmat telefon, qandaydir mashinalar kerak emas. Lekin "zamon" shuni talab qilyapti. "Zamonaviy" yashash uchun soqqani qilish kerak.

Ha, aytgancha maqolani o'qib bo'lding. Endi ishinga qayt, chunki soqqan qilishing kerak :)

#rat_race #thoughts #sadcasm

@islombekdev
👍29🔥41😢1🎉1
Tan olaylik har kuni juda ham ko'p vaqtimiz bekorchi narsalarga sarflanib ketyapti. Buning sababi ishlarimizni oldindan rejalashtirmaganimiz, nimalar qilishimiz, o'rganishimiz kerakligini oldindan tayyorlab qo'ymaganimiz uchun deb o'ylayman.

O'zimizni sohadan kelib chiqib ushbu foydali manbalarni tavsiya etaman:

1) Agar Javanoscriptni chuqur o'rganaman desangiz: https://www.udemy.com/course/advanced-javanoscript-concepts/

2) Ma'lumotlar tuzilmalari va algoritmlash (DSA) uchun: https://www.udemy.com/course/js-algorithms-and-data-structures-masterclass/

3) Jonli efirda UI qismlarni qanday qilib qurish, muammolarni o'sha joyda hal qilib borishni ko'rish uchun Muhammadjavohir akani strimlari: https://www.youtube.com/@MuhammadjavohirSuratov/streams

4) Ingliz tili uchun: https://www.youtube.com/playlist?list=PLkREkayoYCyI9KGsZ2TfeVccRv9zqP0gl

5) Front-end intervyuda yorib tashlashni istayman desangiz: frontint.uz

6) Dasturlash sohasida umumiy bilimlarni yaxshilash uchun: https://www.youtube.com/@cs50

7) Javanoscriptni o'rganish uchun dokumentatsiya formatda: https://www.javanoscripttutorial.net/

8) Typenoscriptni o'rganish uchun dokumentatsiya formatda: https://www.typenoscripttutorial.net/

@islombekdev
🔥15👍4🎉2🥱1
Aktyor bo'lging kelsayu ota-onang dasturchilikni majburlab tanlatsa:

@islombekdev
🤣27😁4
Daraxt ekish uchun eng yaxshi vaqt 20 yil oldin edi. Ikkinchi eng yaxshi vaqt esa — hozir.

Xitoy xalq maqoli

Aytgancha, agar kitoblardan shu kabi qiziq joylarini o'qimoqchi bo'lsangiz @mutolaadan kanalini tavsiya qilaman

#reklamaga_bir_tiyin_omadim_hate_qilmanglar

@islombekdev
👍14
​​Eshiting 🎧

Alloh bizga bergan eng ajoyib ne'matlardan biri - bu albatta eshitishdir. Eng yaxshi joyi shuki, eshitish uchun siz ishlaringizdan qolib to'liq 100% o'zingizni bag'ishlashingiz shart emas.

Ko'chadamisiz, yo'lda tirbandlikda, sport zalda mashq qilyabsizmi, uzoq safarga yo'ldamisiz, biror yumushingizni bajaryabsizmi hullas bularni barchasini bemalol biror foydali narsa eshitib bajarishingiz mumkin. Ko'pchiligimiz manashunday joylarda shunchaki vaqtini bekorchi narsalarga yoki hech narsaga sarf qilmoqdamiz

Eshitish uchun tavsiya qilaman:

- Qur'on;
- Foydali podkastlar;
- Audio kitoblar;
- Maruzalar (diniy, dunyoviy);
- Ba'zi videolarni shunchaki audio qilib eshitib yurishingiz ham mumkin.

Doimiy eshitish odatini o'zingizda shakklantirganingizda: "Nega bunday ajoyib imkoniyatdan shu paytgacha foydalanmagan ekanmana?" deb qolasiz :)

Imkoningiz bo'lsa chet tillarida eshitsangiz juda ham ko'p foydali ma'lumotlar topasiz ammo so'ngi kunlarda O'zbek tilida ham yaxshi ma'lumotlar ko'payyapti.

🔥Ishoning, eshitish orqali juda ham ko'p narsalar o'rgansangiz bo'ladi!

@islombekdev
👍15
Bu narsani ishlatib ko'rishingiz kerak

Cursor - bu huddi VS Codeni AI bilan integratsiya qilingan varianti ekan.

Boshlanishi bilan github akkountim orqali avtomatik o'zimni VS Codeimdagi barcha extension, temalarni qo'shib berdi.

Rasmdagi misolda koddagi bir qatorga kelib, ctrl + k tugmalarini bosib, oddiygina ikkita raqamni bir-biriga qo'shuvchi funksiya yozib berishini so'radim va natijani ko'rib turibsiz.

ctrl + y orqali kodni qabul qilishim
ctrl + n orqali esa qabul qilmasligim mumkin.

Hozircha taasurotlar juda ham yaxshi.

🔗 Cursor dasturiga havola

@islomdekdev
👍4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Please don't google the answer
- Yes, I am using ChatGPT

P.S Don't try at home interview

#it_humour

@islombekdev
😁15🤣2🌚1
​​Dasturlash oson emas

Bo'lib ham har bir developerni hayotida yomon kunlari bo'ladi.

Bir-ikkita kichkina muammoni hal qila olmasangiz bu sizni yomon developer ekanligingizni bildirmaydi.

Miyangizga dam bering. Tashqariga chiqing, coffee iching, yaqinlaringiz bilan gaplashing va keyin miyangiz ancha yengillagan holda kelasiz.

Siz robot emassiz, kerakli paytda miyaga va tanamizga dam bera olishimiz kerak. Shundagina biz xohlagandek ishlab beradi :)

@islombekdev
👍10🔥2😁1
O‘rta hol aholi kamayib ketayapti, o‘rta sinf kichiklashyapti. Bir tarafda boy, zabardast, ijodkor qatlam, boshqa bir tarafda biroz kasalmand, semizroq, smartfon, ovqat, internetga giyohvand kabi bog‘langan, oddiy ish bilan kun kechiradigan aholi. Bularning farqi ayni shu o‘zini majburlash yo majburlay olmaslikda, konsentratsiya va e’tiborni jamlashda.

© Bobir Ismoilov

@islombekdev
👍61
وَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّهَ غَافِلًا عَمَّا يَعْمَلُ الظَّالِمُونَ ۚ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الْأَبْصَارُ

Sеn hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan g‘ofil, dеb gumon qilma. Faqatgina ularni ko‘zlar qotib qoladigan kungacha qo‘yib qo‘yadi, xolos.

Ibrohim surasi 42 - oyat
👍17🔥31
Forwarded from Saidolim Djuraev
Tosh otmasdan fikr bildirishg kelishdik shekilli. Shuni ushlab qolilik.

O’zimda bo’lgan voqea va statistika:

2020 yil Internship dasturi ochdik. Amaliyot uchun joy tayyorladik. Seniorimizni mentor qildik. (Rostakam senior, Software Architech edi).

Amaliyot uchun o’quv kursi yoki universitetni tugatgan bollar kelishdi. Ularni suhbat qilib oldik.

1-2 oy ish o’rganib, qo’lidan ish kelishni boshlaganida $100 stipendiya berdik.

3-4 oy ishlaganidan keyin $300-$400 oylik berishni boshladik.

Natija:
1. Ishlatish uchun albatta kimdur tepasida turishi kerak. Mustaqil ish qila olmaydi. (Demak hali Junior ham emas)
2. Boshqa joylarga suhbatga borganda o’ta olgani ishni tashlab, u yerga o’tib ketdi. Ogohlantirishsi. (Odatda 2-3 oy oldin ketishini etishi kerak odam)

Suhbatga kelgan odamlar: 30 ta
Suhbatda o’tgan: 12 ta
Stipendiyaga yetib borganlar: 6 ta
Oylikka o’tganlar: 4 ta
1 yildan keyin ishda qolganlar: 0 ta
Sarflangan investitsiya: ~$30,000
Olingan foyda: ~$5,000

Shunaqa pul tikishga rozi kompaniyalar ko’paysa edi. Amaliyot tekin bo’lardi.

Faqat o’rgangan odam mas’uliyatini oshirmasak, tekin mi, pullik mi, foydasi yoq.
👍6
First do it, then do it right, then do it better.

Addy Osmani

@islombekdev
👍63
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men uchun Ustozationni foydali videolaridan eng yaxshisi.

@islombekdev
🔥9👍1😢1