Islombek.dev – Telegram
Islombek.dev
548 subscribers
159 photos
21 videos
10 files
162 links
Front-end dasturchi.

Shaxsiy rivojlanish, dasturlash, texnologiyalar kabi yo'nalishlarda yozaman.

Men's community: @sportly_chat

Murojaat: @i8_11
Download Telegram
Imposter sindromi - yohud o'zingizni pastga urishni bas qiling!

Imposter sindromi - bu o'z bilimlariga shubxa bilan qarayverish, o'zini past darajada ko'rish deb tushunsak bo'ladi. Ushbu psixologik holatni xoh dasturchi bo'lsin, xoh bog'bon, deyarli barcha soha vakillari boshidan kechirishi mumkin.

Xo'sh, bu muammodan qanday qutilish mumkin? Bu uchun quyidagi maqolani o'qishni "tavsiya" qilaman :))

https://teletype.in/@islom_aliy/imposter-sindromi
👍43
​​Zamon bilan hamnafas bo'lish

Dasturchi sifatida o'z sohangizda doim zamon bilan hamnafas bo'lib turishlik juda ham muhimdir. Agar siz ko'nikmalaringiz (skills) doim zamondan ortda qolmagan holda bo'lishini istasangiz, davomli ravishda dasturchilar community'sida bo'lyayotgan yangiliklardan xabardor bo'lishingiz va imkoniyatingiz yetganicha amaliyot qilib turishingiz kerak.

Buni amalga oshirishni bir necha hil yo'llari mavjud. Masalan: blog postlar o'qish, meetup va konferensilarga qatnashish, o'zingiz ishlayotgan til bo'yicha yangi kutubxonalardan xabardor bo'lib, sinab ko'rish va boshqalar.

Kuchli ilmga ega insonlar tomonidan yozilgan zamonaviy yoki vaqt tanlamaydigan kitoblarni o'qish juda katta foyda beradi. Masalan JavaScript bo'yicha Kyle Simpson'ning "You don't know JS" kitoblar seriyasi. Uncle Bob'ning Clean code kitobi kabilar.

Ushbu ishlarni muntazam ravishda bajarish orqali bilimlarimizni "charxlash" va yaxshilab turamiz.

@islom_aliy
👍4
Motivatsiyani bozordan "sotib oling" yohud muzlagan jajji qo'llar

Ko'p motivatsion videolarni ko'rsangiz: "Sen uddalaysan, yorasan!" degan odamlar chiroyli joylarda, juda yaxshi sharoitda o'tirgan bo'ladi. Balki shungami yoki boshqa sabab gaplarida ta'sir unchalik kuchli emas.

Meni fikrimcha motivatsiya olishning eng zo'r yo'li erta tongda yoki kechqurunda bozorga borishdir. Chunki u joyda har qanday sovuq bo'lmasin, qiyin, og'ir ish bo'lmasin oilasini boqaman deb chiqqan yosh bolakaylardan tortib yoshi 60 dan oshiq onaxonlarni ham hayot uchun kurashayotganiga guvoh bo'lasiz.

Qani aytingchi jajji barmoqlariga puflab isitaman deb turgan bolakaydan ham ko'proq motivatsiya beradigan nima bor? Uchirib yuboradigan sovuqda, bo'ynini yelkasiga qisib, nigohlarini yerga qaratgan holda o'yga tolib turgan onaxon yoki kiyimlaridan tushayotgan yomg'ir tomchilari ko'z yoshi bilan qo'shilib, hech kimga sezilmayotgan ayoldan ham ko'proq sizga kim motivatsiya bera oladi birodarim?

Qarib, kuchdan qolgan otaxon o'ziga bir necha barobar katta yukni, yuzidagi ajinlarni yana ham sezdirib yuboradigan darajada qiynalib tortib ketishichi? Alloh bergan ne'matlar atrofimizda shu darajada ko'pki shukr qilib sanog'iga yeta olmaymiz.

Biz kompyuterimiz kuchsizligidan, oyligimiz biz xohlagandek emasligidan, oyoq kiyimimiz o'tkan yilgi "eski modadagisi" ekanligidan nolib turganimizda hayotda bu kabi holatlar ham bo'lib turipti. O'zimizni isloh qilaylik...

@islom_aliy
👍8😢5👨‍💻3
#kunhikmati

Ibn Abbos rodiyallohu anhu aytadilar:

“Agar osmonlar yerni bosib qolsa ham Alloh taqvodorlar uchun chiqish yo‘lini qilgan bo‘lardi. Alloh taoloni quydagi so‘zini o‘qimaganmisiz: “Kim Allohga taqvo qilsa, U zot unga chiqadigan yo‘lni paydo qiladi“ (Taloq: 2).

@islom_aliy
👍81
​​Bu kanallarga qo'shilishingiz shart!

• Sariq Dev (Anvar Narzullayev) - Mohirdev asoschisi, sun'iy intelekt bo'yicha mutaxassis va Python bo'yicha darsliklari bor. Soha bo'yicha Malayziya universitetlarida dars bergan kuchli inson.

👉 Telegram | Youtube

• G'ofurjon Ibragimov - matematika bo'yicha putra universitetida professori sifatida faoliyat olib boradi. G'ofurjon domlaning kanalidan matematika, geometriya va shu sohalar bo'yicha eng sifatli va to'liq darsliklarni topishingiz mumkin.

👉 Telegram | Youtube

• Lison Uzb (Abdulazim Abdulqodir) - Ingliz tilini o'rganish istagidagi do'stlarimiz uchun O'zbek tilidagi tilloga teng kanallardan biri. Darslar juda ham tushunarli va ajoyib tarzda o'tilgan

👉 Telegram | Youtube

• Muhammadjavohir Sur'atov - Najot Ta'limdagi eng sevimli ustozlardan biri bo'lgan, hozirda Mohirdev platformasida faoliyat olib boradilar. O'zining ajoyib tarzda o'tilgan darslari va juda ham chiroyli hulqi bilan tanilgan Muhammadjavohir akaning kanalidan, umumiy dasturlash tushunchalari va front-end sohasi bo'yicha darslar topishingiz mumkin.

👉 Telegram | Youtube

• Farhod Allamurodov - full-stack, dasturlash sohasida juda ham chuqur bilimga va kuchli tajribaga ega, Toptal, Chewy, Mastery, Marvin, EPAM kabi katta kompaniyalarda faoliyat ko'rsatgan va ba'zilarida hali ham faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Kaminaning ham ustozi bo'lgani sababli shaxsan o'zim bu insonni bilim darajasi juda ham yuqori ekanligiga bemalol guvohlik bera olaman. Hozirda kanalida juda ham qimmatli ma'lumotlarni ulashib bormoqdalar.

👉 Telegram

Bekorchi, sizga foydasiz narsalarni targ'ib qiluvchi kanallaringizni ushbu tilloga teng kanallarga almashtiring.

Keyingi postlarimizda yosh va iqtidorli IT bloggerlar bilan tanishamiz :)

@islom_aliy
👍41
Ilm oling, amal qiling, yiqiling, o'sing, davom ettiring

Manba: @chiroylimoliya

@islom_aliy
👍7
Bu hazilni tushunish uchun JavaScriptni bilishingiz kerak :)

P.S har xil gaplar ko'paymasin deb ismlarni berkitib qo'ydim. Topa olmasangiz kerak 🙄

#kulgu

@islom_aliy
If you even win a rat race, you are still a rat!

Kalamushlar poygasida sen g'olib bo'lsang ham baribir kalamushligingcha qolaverasan.

@islom_aliy
👍2
Bismillahir rohmanir rohim

1. (Ey, Muhammad!) Ayting: «Ey, kofirlar! 2. Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman. 3. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassiz. 4. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman. 5. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassiz. 6. Sizga – o‘zingizning diningiz, menga – o‘zimning dinim».

@islom_aliy
👍7
Shu videoni ko'rib chiqqanimdan keyin Java'chilarga raddiya chiqarsam bo'larmikin?🙄

Yoki zoomga bahsga chaqirarmidim...

@islom_aliy
😁8🤣2
Esingizda bo'lsa ohirgi paytlarda internetni o'zining ajoyib fikrlari bilan portlatgan va yaqinda islomga kirgan birodarimiz Andrew Tate tuxmatlar bilan qamalib qolgan edi.

Uning ukasi Tristian Tate aytyapti: "Mening akam musulmon tarafdorlari tomonidan minglagan xatlar oldi.

Menga esa bir dona ham xristian xat yuborgani yo'q".

@islom_aliy
👍17
Gitni o'rganish juda ham zerikarli-a?

Endi unday emas! Chunki quyidagi sayt orqali maroqli tarzda git bo'yicha bilimlaringizni yanada mustahkamlashingiz mumkin!

Git branchingni o'rganish uchun eng ajoyib, vizual tushuntiradigan va mashqlari bor web sayt.

👉 https://learngitbranching.js.org/
👍5🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Laziz Adhamov akadan maslahatni qattig'i)

"Unaqa gaplaringni borib oqsaroyda aytasizlar".

@islom_aliy
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kun.uz tomonidan tayyorlangan yorvoration video.

Ko'rishga 100% arziydi.

@islom_aliy
👍13