Islombek.dev – Telegram
Islombek.dev
548 subscribers
159 photos
21 videos
10 files
162 links
Front-end dasturchi.

Shaxsiy rivojlanish, dasturlash, texnologiyalar kabi yo'nalishlarda yozaman.

Men's community: @sportly_chat

Murojaat: @i8_11
Download Telegram
Podcastni boshlayabmiz savollaringiz bo'lsa qoldiring.
🍓6
Live stream finished (1 hour)
Huh😄

Birinchi podcastimizni ham chiroyli o'tkazib oldik Alhamdulillah.

Hozirgi holatimizda 15 - 20 ta inson eshitib o'tirishi biz uchun katta yutuq. Barchangizni etiboringiz uchun rahmat🙂

Sog' bo'laslar :)
👍21
ayyubxon akaa
Islom Aliy
Ayyubxon Farg'oniy aka bilan suhbatimiz

Help: Kimdir timestamp qilishga yordamlashib yuborsa juda hursand bo'lar edik.

@islom_aliy
6👍4
​​Xonakilashtirilgan sher

Xikoya keltiriladiki, bir kishi ovga chiqib sher ovlaydi va yarador sherni uyga olib keladi. U sher bo'g'oz bo'ladi va o'lishidan oldin bola tug'ib ketadi. Keyin sherning bolasini ovchi xovlida qo'ylar, itlar bilan qoldirib, birga katta qiladi.

Kunlarning birida, ancha muddat o'tib, yaylovda qo'ylar, it va sher birga o'ynab yurishgan bo'ladi. Shunda o'rmondan yovvoyi bir sher chiqib keladi va holatni ko'rib ko'zlariga ishonmay qoladiki, bir sher qo'ylar, itlar bilan birga yaylovda o'ynab yuripti.

Kelib xonaki sherga aytadi: "Sen bu yerda nima qilib yuribsan? Sen shersan-ku, axir biz bu qo'ylarni yeymiz sen bo'lsang bular bilan o'ynab yuribsan". Shunda xonaki sher: "Men bularni ichida tug'ildim, bularni ichida katta bo'ldim va men bulardanman" deydi.

O'rmon sheri xonaki sher va bitta qo'yni olib ko'l bo'yiga olib boradi. Aytadiki: "Ko'lga qarab, o'zingni suratingni ko'r keyin menga va qo'yga qara. Qaysi birimizga o'xshayabsan".

Xonaki sher suvga qarab, keyin sher va qo'yga qarab haqiqatni tushunadi.

Hozirgi kunda bizda ham haqiqatni tushunmay "xonakilashtirilgan sher" kabi yurganlarimiz qancha. Shundaylarimizni aslini tushuntirib beradigan haqiqiy sherga ehtiyoj katta.

@islom_aliy
👍9
Angularchilar so bo'laslar😁

Tarjima: Angularda yozishni qiyin deb kim aytti?

Yoshim 27 da o'zimni juda yaxshi his qilyabman :)

@islom_aliy
🍓4😁1🌚1
@AbduazizPy, konferensiyalar, tavsiya...

@islom_aliy
👍4
Bir pasda bahor keldi. Hamma hursand...

Aslida juda hursand bo'lishimiz kerak emas menimcha. Chunki yaqinda 2022 - yilda yurgan edik ko'z ochib yumguncha 2023 - yilni 2 oyi ham o'tib ketti. Vaqt juda tez o'tmoqda.

@islom_aliy
😢9👍1
​​Sizga suv juda ham muhim

Odatta har kuni ko'p suv ichaman. O'rtacha 2 - 3L atrofi. Kecha ish vaqtida deyarli suv ichmay kechgacha o'tirgandim, o'zimni ancha yomon his qildim.

Charchash, og'irlik, boshimni o'zida og'irlik kabi narsalar. Shuning uchun kunlik me'yordagi suyuqlik miqdorini yetarli qabul qilishga odatlaning. Bu juda muhim.

Chunki o'rta yoshdagi insonning tanasini 55 - 60% qismi suvdan tashkil qilar ekan. Misol uchun

- Miya - 75%;

- Qon - 83%;

- Yurak - 79%;

- Suyaklar - 22%;

- Muskullar - 75% (hello kachkalar);

- Jigar - 85%;

- Buyrak - 83%;

Hullas, #StayHydrated

Manba: usgsgov

@islom_aliy
👍8
Yandex Eats ham O'zbekistonga kirib kelipti...

Tan olishimiz kerak Yandex mahsulotlari juda ham sifatli va UI/UX jihatdan ham o'ta go'zal.

Faqat Toshkentda Yandex Taxi deyarli monopoliya bo'lib olgani menga umuman yoqmaydi. Katta ehtimol bilan yetkazib berishni ham shunday hol kutib turgan bo'lishi mumkin...

P.S. "Hozircha" yetkazib berish bepul ekan.

@islom_aliy
👍4
Vuejs maqtana oladigan eng asosiy narsalaridan biri - bu dokumentatsiyasi edi. Va u juda ham yaxshi hatto Reactnikidan ham zo'rroq bo'lganini tan olaman.

Ammo endi Reactni yangilangan dokumentatsiyasiga yetishni orzu ham qilmasin. Hullas to'dalashib kelaverasizlar 😁

🔥Go'zalni bir ko'ringlar bay bay bay: https://react.dev/

Vue'chilar so bo'laslar 🌚

@islom_aliy
👍6🤣1
Google tomonidan chiqarilgan bard.google.com AI ham O'zbekistonda support qilinmas ekan. Nima edi: "Ilm izlab kezdim jahonni...".

@islom_aliy
😁3🤯1
Foydali AI tool'lar

Sun'iy ong sizni o'rningizni egallay olmasligi mumkin ammo sun'in ongni yaxshi ishlata oladigan inson egallay oladi.

@islom_aliy
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana masalan manabunday zo'r dasturlar ishlab chiqishimiz kerak...

@islom_aliy
111🔥1
Reactni yomonlab-yomonlab NextJS bo'yicha 8 soatlik kurs chiqarish nech pul bo'lyapti @JoshDeveloper?

🌚 Ichi qoralar buni montaj deydi

📹 Videoga link

@islom_aliy
😁52🔥3🤣2
Saudiyada shavvol oyi ko'rinipti. Ertaga endi shubxasiz ramazon hayit bayrami in shaa Alloh.

Barcha birodarlarimni ushbu ulug' oy bilan tabriklayman. Alloh qabul qilsin.

@islom_aliy
🎉14👍3🥴1
​​Dasturchilarni chuqur o'ylashga majbur qiladigan maqola

Kimdir yaxshi dasturchi O‘zbekistonda 2000$ oladi, deb yozib qoladi. Hozir konsentrasiya qila olib ishlaydiganlar soni juda kam, deyarli barcha Facebook, Telegram, tarmoqlar, Youtube orqali zombilashgan, kontent narkomaniga aylanib bo‘lgan. Fikrini jamlay olmaydi, aqliy faoliyatni soatlab davom ettira olmaydi. Bir muallif aytgandek, odamlar “зависимый”, xayoli parishon, semiz bo‘lib qolgan (addicted, distracted, overweight).

Kel Nyuportning “В работу с головой” (Deep Work) asarida aynan xayolni jamlab, xotirjamlik bilan aqliy mehnat qilish muhimligi, ayniqsa hozirgi zamonda bunday insonlarga talab oshib ketganligi haqida yozilgan.

Shuning uchun, ikki ming olishi faqatgina bir son, aslida besh ming ham, sakkiz ming ham olib ishlayotganlar bor, nafaqat dasturchilar, boshqa sohadagilar ham.

Hozirgi zamonda aqilli bo‘lish degani, fokusga ega bo‘lish degani.

(c) Bobir Ismoilov / @bi_chann

@islom_aliy
👍17🥴1