IT Time Academy – Telegram
IT Time Academy
2.6K subscribers
521 photos
217 videos
21 files
454 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
#hodim_kerak #react_native

Middle / Senior ReactNative ishlab chiqaruvchisi kerak.

Bizning shartlarimiz:
- To'liq stavka;
- ofis ishi, soat 10:00 dan 19:00 gacha, haftaning besh kuni (ofis dam olish kunlari ochiq);
- Qiziqarli jamoa, rusiyzabon jamoa, shuning uchun rus tilida ravon gapirish kerak;
Ish tajribasi 1,5 - 2 yil;
- Minimal 10 million so'mdan oylik (Kelishish mumkin)

Mas'uliyat:
- React Nativeni yaxshi bilish, ushbu tizim yordamida Android va iOS platformalari uchun mobil ilovalarni ishlab chiqish tajribasi;
- animatsiya / svaypning murakkabligi va UXning turli xil variantlarini taklif qilish qobiliyatini tushunish;
- React (Redux), Typeccript -ni mukammal bilish;
- Muhim! Maxsus / mahalliy kutubxonalar va ramkalarni React Native ilovalariga birlashtirish qobiliyati. Ikkala platforma (iOS / Android) uchun mahalliy kodni ishlab chiqish tajribasi ma'qul;
- REST API bilan ishlash qobiliyati;
- Google xaritalari bilan ishlash tajribasi.

Rezyumeni @mrbbrlo ga yuboring

E'lonni IT - Time kanalidan olganingizni ayting.
Dasturlashni o'rganyotganlar mantiqiy fikrlashingizga e'tibor bering.

Bilamizki, dasturlashda asosiy narsa kod yozish emas mantiqiy fikrlashdir. Sababi sizda mantiqiy fikrlash sust bo'ladigan bo'lsa, dastur tuzishda va muommoni tushunishda ancha qiynalasiz.

Barcha odamda bir xil mantiqiy fikrlash bo'ladi deb ayta olmaymiz, sababi hamma har xil fikrlaydi. Ammo shuni aniq aytolamizki istalgan odam mantiqiy fikrlashini oshira oladi.

Buning uchun yuqorida berib o'tilgan tavsiyalarga amal qilishingiz lozim bo'ladi. Barchasini o'qing va izohda nimalarni tushunganingizni hamda yana nimalar qiziqarli bo'lsa o'z savolingizni qoldirishingiz mumkin.

👉 @it_time
🧑‍🎨 Grafik dizaynerlikni nimadan va qayerda o'qishni boshlash mumkin?

Kasbiy rivojlanishga qiziqish bildiradigan har qanday shaxs uchun profil kitoblar zarur. Grafik dizaynerlar bundan mustasno emas albatta. Ularning ish stolida turishi kerak bo'lgan eng yaxshi 10 ta kitoblarni yuqorida ko'rsatib o'tdik.

ℹ️ Agar kitoblarni o'zbek tilidagi variantlarini topolmasangiz, rus tilidagi nomlarini keltirib o’tdik.

Eng muhimi — o'zingizni ishonchli foydalanuvchi deb his qilish va loyiha yaratish uchun, iloji boricha ko'proq amaliyot bilan shug'ullanishdir.

👉 @it_time
#hodim_kerak

IOS dasturchi
ROUND UMBRELLA MChJ kompaniyasi middle iOS dasturchisini qidirmoqda(swift)

Kerakli ko'nikmalar:

• Swift tilni ishonchli bilish;
• OOP va dizayn naqshlarini bilish;
• MVVM & MVC kabi naqshlarni bilish;
• Git haqida ma'lumot;
• Resurslarni baholash va o'z ish doirasidagi vazifalarni bajarish muddatlari;
• CoreData, SQLlite, REST API bilan ishlash tajribasi;
• Human Interface Guidelines, App Store Review Guidelines bilish;
• AppStore-da o'z loyihalarining mavjudligi.

Plyus bo'ladi:
• Objective-C haqida ma'lumot.
• Ingliz tilini yaxshi bilish

Biz taklif etamiz:
• Rasmiy ishga joylashish;
• Shahar markazida qulay ofis;
• O'qish va martaba oshirish imkoniyatlari;
• To'liq ish kuni 5/1, 9:00 dan 18:00 gacha yoki 10:00 dan 19:00 gacha;
• Ish haqi $1300 (suhbat natijalariga ko'ra).

Rezyume/CV yuborish:
Telegram: +998 90 008 65 74 @pmusoft

E'lonni IT - Time kanalidan olganingizni ayting.
O'rtacha 1 yil ta'lim olgan va shu yil ichida amaliyot ham o'tagan Zamonaviy kasb egalarining daromadi qancha?

• Grafik dizayner ― 100$ - 800$
• Dasturchilar ― 200$ - 1000$
• SMM dizayner ― 100$ - 700$
• 3Ds max model ― 200$ - 1000$
• Motion montaj ― 200$ - 900$
• Video montajchi ― 100$ - 700$
• Kopirayter ― 100$ - 1100$ (maksimal)
• Tarjimon ― 200$ - 1000$

Yuqorida biz keltirgan narxlar O'zbekiston IT kasblari ichida normal topiladigan oylik daromad. Ba'zi bir yangi frilanserlar
bulardan ko'ra kamroq yoki ko'proq
topishlari ham mumkin.

P.S: Barchasi o'zingizga bog'liq!

👉 @it_time
#shortkeys #maslahat

CTRL A dan Z gacha

ℹ️ Ctrl tugmasini tanishlari ko'p ekanligiga ishonasizmi? Ishonmasangiz pastdagi ro'yxatni ko'ring.

• Ctrl+A = Barchasini belgilash;
• Ctrl+B = Matnni qalin qilish;
• Ctrl+C = Matnni nusxalash;
• Ctrl+D = Duplikat qilish (PowerPoint’da obektlarni ikkitalash);
• Ctrl+E = Matnni markazga joylash;
• Ctrl+F = Izlash;
• Ctrl+G = Guruhlash (PowerPoint’da);
• Ctrl+H = O’rniga qo’yish (Word);
• Ctrl+I = Kursiv yozish;
• Ctrl+J = Matnni sahifa eni bo’yicha yoyish (Word);
• Ctrl+K = Giper havola yaratish (Word, Telegram);
• Ctrl+L = Matnni chapga joylash;
• Ctrl+M = Yangi slayd (PowerPoint);
• Ctrl+N = Yangi sahifa (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+O = Ochish (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+P = Chop etish (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+Q = Chiqib ketish (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+R = Matnni o’ngga joylash;
• Ctrl+S = Saqlash (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+T = Yangi vkladka ochish (Chrome);
• Ctrl+U = Matnni ostiga chizish;
• Ctrl+V = Joylash (Вставить) (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+W = Barcha oynalarni yopish (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+X = Ko’chirib olish (Вырезать) (ko’p dasturlarda);
• Ctrl+Y = Oxirgi amalni qaytarish (Ctrl+Z ni teskarisi);
• Ctrl+Z = Oxirgi amalni bekor qilish (ko’p dasturlarda).

😎 Ingliz alifbosidagi barcha harflar Ctrl bilan do’stlashgan. Yuqorida berilgan kombinatsiyalar juda ko’p dasturlarda ishlashi mumkin, men faqatgina esimga kelganlarini yozib qoldirdim.

👉 @it_time
👍1