IT specialist – Telegram
IT specialist
9.54K subscribers
1.15K photos
495 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
🍜 Biznes kechki ovqat Toshkentda | 3-dekabr soat 19:00 da

Mavzu: AI/ML uchun IT-infratuzilmani optimallashtirish

Servercore kompaniyasi IT mutaxassislari, dasturchilar va biznes rahbarlarini o‘zining an’anaviy “IT-Plov” — yopiq biznes kechki ovqatiga taklif qiladi. Tadbirda provayder mutaxassislari hamda O‘zbekistonning yetakchi IT mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, AI/ML infratuzilmasi bilan ishlash bo‘yicha muhim savollarga javob berishadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali murojaat qiling.

Ishtirokchilar o'rtasida quyidagilar mavzularda muhokama olib boriladi:

O‘zbekiston kompaniyalarining amaliy tajribasi
AI/ML infratuzilmasini qurishdagi nozik tomonlar
Axborot xavfsizligi masalalari
Bulutli GPU-serverlarning imkoniyat va afzalliklari

Dastur haiqda qisqacha:

1️⃣ Bulutdagi GPU: AI/ML loyihalaringiz uchun hisoblash quvvati va xarajatni qanday muvozanatlashtirish mumkin?
Spiker: Ismoiljon Iminoxunov, Servercore kompaniyasining Senior Project Manager’i

2️⃣ Panel muhokamasi: AI uchun infratuzilma — o‘z ma’lumot markazingiz (ЦОД)mi yoki bulutli GPU’larmi? O‘zbekiston misolidagi real holatlar muhokamasi.

Ishtirokchilar:
Sunnat Shamuratov (Servercore, biznesni rivojlantirish direktori)
Ismoiljon Iminoxunov (Servercore)
Sardor Xashimov (Cybernet AI bosh direktori)
Davron Adilxo‘jayev (TBC Bank O‘zbekiston bosh axborot direktori)
Otabek Nasirov (Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi)

3️⃣ IT-Plov Networking: Kechki ovqat davomida mutaxassislar bilan norasmiy muloqot va tajriba almashish.


Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #security

“https://” - havolasi bilan boshlanadigan saytlar “http://” - bilan boshlanadigan saytlardan farqi shundaki, oxirida “s” qo‘shimchasi qo‘shilgan holatdagi saytlar himoya ostiga olingan degani.

❗️“http://” bilan boshlanadigan saytlarga hech qachon bank kartalaringiz ma’lumotlarini va parolini kiritmang. 🔐

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
Forwarded from Fikrofon
ChatGPT Go endi oyiga faqat $5!

Google dan keyin OpenAI ham o'zining "hamyonbop" obunasini O'zbekistonga ham tatbiq qilmoqda.

O'zi bunday obunalar asosan Hindiston uchun chiqarilardi, chunki u yerda milliardlab aholi oyiga $20 ni cho'ntagi ko'tarmaydi, oyiga $100 ga oila boqishga qiynalishadi o'zi. Lekin keyinchalik bu kompaniyalar vaziyat nafaqat Hindistonda, balki ko'plab davlatlarda AQSHdagidan farq qilishini inobatga olishdi. Oyiga $5000 topgan odam uchun $20 daromadining 0,4% ini tashkil qiladi, bilinmaydi. Lekin daromad oyiga $500 bo'lsa, unda bu 4% bo'ladi va seziladi. Bu birinchidan.

Ikkinchidan, "qadimgi" davrda (2000-2020 yillar) O'zbekiston odatda bunday texnologik masalalardan chetda bo'lardi, hatto Turkmanistonda (ularga hurmat saqlagan holda) ishlagan narsalar O'zbekistonda ishlamas edi. Hozir yaxshi, bu yerdagi 38 millionlik faol bozor borligini yirik o'yinchilar tan olyapti, va siyosatini shunga moslayapti. Bu yaxshi yangilik.

Uchinchidan, hozir AI bozorida venchur kapital "yonib yotibdi", 100 milliardlab dollarga mega data markazlar qurishyapti. Va bunday paytda ARR (Annual Recurring Revenue) ko'rsatkichi baland bo'lishi OpenAI uchun ham, Google uchun ham juda muhim. Ya'ni nechta odam pul to'lab foydalanyapti degan ko'rsatkichni kuchaytirishlari kerak. Shuning uchun zarariga bo'lsa ham narxni arzonlashtirishyapti (hatto $20 tarif ham o'zini oqlamaydi).

Xullas, nima bo'lganda ham zo'r yangilik. Agar siz oldin ChatGPT ga obuna xarid qilmagan bo'lsangiz, endi $5 ga sotib olishingiz mumkin.

Agar oldin $20 lik "Plus" tarifga obuna bo'lgan bo'lsangiz, va sizga ham mendek Sora orqali video generatsiya qilish kerak bo'lmasa, "Go" tarifiga o'thishingiz mumkin. Sifatda farq bo'lmasligi kerak, chunki "Go" da ham "thinking mode" bor.

Batafsil ma'lumot: https://help.openai.com/en/articles/11989085-what-is-chatgpt-go

UPD: Hozircha "Plus" dan "Go" ga o'tishda xatolik chiqyapti, 1-2 kunda ishlab ketsa kerak.
5👏5👍4
Raqamli o‘sish yili: Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ucell yangi avlod mutaxassislarini rivojlantirmoqda

Bu yili Raqamli texnologiyalar vazirligi Ucell bilan hamkorlikda IT sohasini rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchta muhim loyihani amalga oshirdi. Kompaniya O‘zbekiston jamoasining Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi — EGOI 2025 musobaqasida ishtirokini qo‘llab, yosh iqtidorlarning xalqaro maydonga chiqishi uchun sharoit yaratdi. Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida o‘tkazilgan Milliy IT-xakaton muhim bosqichlardan biri bo‘lib, u olis hududlardagi yoshlarni raqamli texnologiyalarni o‘rganishga va real IT-loyihalarda qatnashishga jalb etish imkonini ochdi. Yil yakunida esa kelajak IT-mutaxassislarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Coursera for Campus ta’lim dasturining eng muvaffaqiyatli ishtirokchilarini rag‘batlantirish loyihasi mantiqiy yakun bo‘ldi.

Kuni kecha mamlakat IT hamjamiyati uchun yilning asosiy voqealaridan biri — GDG Tashkent DevFest 2025 raqamli texnologiyalar festivali bo‘lib o’tdi. Unda Coursera for Campus dasturi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekistonning raqamli ekotizimini rivojlantirishga intilayotgan dasturchilar, ekspertlar va yosh mutaxassislarni bir maydonga jamladi.

O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, bunday tashabbuslar onlayn ta’lim imkoniyatlarini kengaytirib, yangi avlod IT-kadrlarini shakllantiradi. Festival sahnasida u o‘zining faolligi, izchil mehnati va raqamli yo‘nalishlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turgan ishtirokchilarga mukofotlar topshirdi.

Alohida ta’kidlash joizki, bu jarayonlarning barchasida mamlakatning eng yirik mobil operatori — Ucell faol ishtirok etmoqda. Kompaniya ta’lim loyihalarini izchil qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston yoshlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

Siz ham sun’iy intellektni o‘rganing. Endi buni “5 million sun'iy intellekt yetakchilariaileaders.uz yangi ta’lim platformasi orqali oson va qulay tarzda boshlashingiz mumkin, rivojlaning va zamonaviy texnologiyalar dunyosida o‘zingizga yangi yo‘l oching!
7
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #maslahat

Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova

1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish

Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud.

2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish

Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring.

3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish

Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar
Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar
Chizmachilik uchun mobil ilovalar
Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar
Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova
Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
List of English & IELTS Channels to follow
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥4👨‍💻3👍21👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #smartfon #iphone #texnologiya

iPhone'larda Face ID texnologiyasi qanday ishlaydi?
📱🤔

iPhone infraqizil sensor yordamida telefonni bloklanish holatidan chiqarish, ilova(lar) o‘rnatilishiga ruxsat berish uchun Face ID yordamida egasini shunday taniydi.

Sensor foydalanuvchi yuzining 3D xaritasini yaratish uchun taxminan 30 000 ta ko‘rinmas nuqtadan foydalanadi. U real vaqt rejimida yangilanadi, shuning uchun smartfon bizni ko‘zoynak, soqol yoki makiyajga qaramay taniy oladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥6
Forwarded from AI | DigiTech
🎥 «Uyda yolg‘iz» filmining boshlanishidagi voqealar haqiqatga atigi 0,13% yaqin — to‘rtta katta yoshli odam Kevin'ni unutib qoldirishi ehtimoli shuncha.

Fizik Luis Batalya bir vaqtning o‘zida bir necha kishi soat 23:00 da uxlashi va katta parvozdan oldin soat 8:00 da uxlab qolishi mumkinligini hisoblab chiqdi. Bir kishining imkoniyati 30% edi, ammo guruhda — ehtimollik nolga yaqin.

Aftidan, Kevin'ni ataylab tashlab ketishgan.

📟 DigiTech
🤣26😁7👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

📞🎧 Bizning davrimizda simsiz quloqchin va karnaylar yaratilib, telefonda suhbatlashish ancha qulaylashdi, mobil telefonlar yaratulguniga qadar esa ushbu qulaylik yuqoridagi kabi yechimlar orqali ta'minlangan.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4🔥2😁2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #bilasizmi #internet #texnologiya

🌐 Bundan 42 yil ilgari internetga Dial-up ulanish qanday bo‘lishi videoda ko‘rsatib o‘tilgan

Internet u davr uchun yangilik bo‘lib, tezlik tushunchasi ham shunga mos (56 Kb/sek) bo‘lgan, muayyan trafik uchun to‘lovlar amalga oshirlgan. Keyinchalik ajratilgan liniya asosidagi ADSL internet paydo bo‘lib, jarayon yana ham soddalashdi va tezlik ham ortdi.

Hozirga kelib trafik tushunchasi tarixda qoldi, xonadon va korxonalar katta tezlik GPON texnologiyasi asosida optik tolali kabellarda internetga ulanilmoqda. Ilgari internet insonlar manfaati uchun xizmat qilgan bo‘lsa hozirgi davrga kelib Buyumlar interneti (IoT) davri hukm surmoqda.

Internetga ulanishning uzoq o‘tmishda qanday bo‘lganini bilish va bu uchun xizmat ko‘rsatuvchilarga minnatdor bo‘lish uchun ushbu post eslatma sifatida ulashildi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6🔥1
Forwarded from Web Dasturlash kanali
bu captcha dan nima foyda endi odamlarni qiynayapti xolos robotlar tezroq topmoqda javobni😁
😁9👍3🤩1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #internet

Onlayn klaviatura trenajyorlari ⌨️

Onlayn klaviatura trenajyorlari — bu hech qanday qo‘shimcha dasturiy ta’minotlarsiz, brauzer oynasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaramasdan matn kiritish ko‘nikmasini orttirish uchun xizmat qiluvchi saytlardir.

1️⃣ Клавогонки (Klavopoygalar) — o‘yin rejimidagi klaviatura trenajyori. O‘yinning mazmuni — boshqa ishtirokchilar bilan matn kiritish tezligi borasida musobaqalashish. Matnni qanchalik tez tersangiz — mashina yoki boshqa transport vositangiz shunchalik tez harakat qiladi.

2️⃣ Ratatype — qaramasdan (mos tarzda rus va ingliz tillarida) matn kiritishni o‘rgatuvchi chiroyli trenajyor. Saytda siz noldan turib bir nechta darslarda ishtirok etishingiz, o‘z mahoratingizni oshirishingiz va natijalaringiz tushirilgan chiroyli sertifikatni olishingiz mumkin.

3️⃣ Klavarog — zamonaviy dizayn ko‘rinishidagi ko‘p tilli bepul klaviatura trenajyori. Dasturchilar uchun maxsus belgilarni kiritish mashqlari va klaviaturaning raqamli blokini o‘zlashtirish imkoniyati mavjud.

4️⃣ VerseQ Online — bu VerseQ klaviatura trenajyorining onlayn versiyasi. Mualliflar trenajyorda qaramasdan matn kiritishning mutlaqo yangi texnologiyasidan foydalanilganligi haqida xabar berishgan.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Punto Switcher dasturi
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
Kutib oling: Redbyte jamoasidan yangi veb-sayt!

🔒 Bu yerda sizni tez kunlarda kiberxavfsizlik va IT bo’yicha yanada chuqur tahlillar, dolzarb yangiliklar va faqat bizda mavjud bo‘lgan eksklyuziv kontentlar kutmoqda.

🖥 Redbyte.uz ◀️

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT specialist
#excel

↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)

Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.

Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:

1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.

2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.

3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT + F11

4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) F5 Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!

📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.

Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.

📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍61
🚀 Cynox.uz — Tezkor va ishonchli hosting xizmati!

🎁 10 KUNLIK BEPUL TARIF
💸 Arzon va qulay narxlar

Bizda mavjud: 🌐 Domenlar
🖥 Hosting (NVMe SSD)
👥 Reseller hosting
VPS serverlar

Yuqori tezlik
Barqaror ishlash
24/7 texnik yordam

👉 Hoziroq sinab ko‘ring:
🌍 https://cynox.uz
📈 Loyihangizni Cynox bilan ishga tushiring!
3
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#learn_english_with_software #smartfon #android

🇬🇧 English Galaxy — kerakli darajani aniqlagan/tanlagan holda – bir vaqtning o‘zida grammatik bilimlar va lug‘aviy boylikni bosqichma-bosqich oshirib borishni istaganlar uchun noyob ilova.

📎 English Galaxy Premium v2.3.8 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Duolingo
Drops
Memrise
Busuu
Полиглот 16/32 va boshqalar
English LinDuo
Rosetta Stone
Lingvist
IELTS Test
English Level Checker
English Tenses
4 pics 1 word
Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
👩🏻‍💻Technovation Girls Uzbekistan Yandex Uzbekistan bilan birga 10-mavsumni ishga tushirmoqda

O‘zbekistonda 8–18 yoshli qizlar uchun mo‘ljallangan Technovation Girls xalqaro dasturining yangi mavsumi boshlandi

📌Ishtirok bepul, IT sohasida oldindan tajriba talab etilmaydi.

Loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va Yandex Uzbekistan ko‘magida amalga oshirilmoqda. Ishtirokchilar real ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan mobil ilovalar, AI yechimlar va startap g‘oyalar ustida ishlaydi.
Dastur 3 oy davom etadi va asosan onlayn formatda o‘tkaziladi. Mamlakatning 6 ta shahrida oflayn treninglar va uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Uchinchi yildirki dastur hamkori bo‘lgan Yandex Uzbekistan ishtirokchilarga amaliy ekspert yordamini ko‘rsatadi. Kompaniya xodimlari jamoalarga mentorlik qiladi, speed-review sessiyalarini o‘tkazadi hamda ushbu mavsumda zamonaviy AI vositalariga bag‘ishlangan AI Week ta’limiy tadbirlar turkumini tashkil etadi.

Qizlar va mentorlar uchun ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 2️⃣0️⃣-fevralgacha ochiq.
Final bosqichi — loyihalarni himoya qilish va xalqaro darajaga chiqish imkoniyati.
👉🏻 Ariza topshirish.

Dastur haqida batafsil:
https://uznews.uz/uz/news/107144
#test #powerpoint

PowerPoint'da slaydlar namoyishi (слайд-шоу) qaysi klavisha yordamida boshlanadi?
Anonymous Quiz
12%
TAB
72%
F5
6%
F6
10%
ENTER