Vanihoyat men o'zimning birinchi kiberxavfsizlik bo'yicha sertifikatimni oldim.
Yo'q bo'lib ketganimni sababi ham shu edi. Davom etamiz 🙃
@khumoyun_codes

1🔥60❤12👍7🤩1
Aniq yo'nalish 🎯
Qattiq strukturalangan kompaniyalarning bir yaxshi tarafi bor. Siz keyingi bosqichga o'tishingiz uchun nimalar kerakligi aniq yozib qo'yilgan bo'ladi. Bu sizning manageringiz yoki boshlig'ingizni kayfiyatiga bog'liq bo'lmaydi. Ya'ni biz seni kompaniyamizda "Senior" deb hisoblashimiz uchun, mana bu, mana bu narsalarni bilishing kerak, mana bu ishlarni qilgan bo'lishing kerak, keyinchalik mana bu ma'suliyatlarni bo'yninga olishinga tayyor bo'lishing kerak deyiladi.
Birinchi martta bunday narsani Super Dispatchdagi 2 oylik tajribam paytida ko'rgandim. Notionda Frontend chapteridagilar uchun aniq "Ladder" deb nomlangan sahifada, hard va soft ko'nikmalarni bosqichma bosqich ajaratib chiqilgandi. Deylik sen Level 3 ya'ni Seniorga o'tmoqchi bo'lsang, Level 2 va 1 dagi barcha narsalar + 10 ta mana shu narsalarni bilishing kerak.
Undan keyingi tog'ri strukturali kompaniyam EPAM, oldin bosqichlar uchun "Skill Matrix" bo'lardi, "Ladder"ni to'liqroq versiyasi. Hozir alohida platforma bor, sizdan kompaniyadagi profilingizda ko'rsatgan ko'nikmalaringiz, orttirgan tajribangiz, olgan sertifikatlaringiz bo'yicha keyingi bosqichga o'tishingiz uchun nimalar kerakligini aniq darajalarga bo'lib ko'rsatadi, shunga qarab qaysidir ichki kurslarni o'qishni tavsiya qiladi. Agar buni o'zi yetarli bo'lmasa "Skill Advisory" ya'ni ko'nikma maslahati sessiyalarini o'tkazishingiz mumkin. Bunday sessiyalarda oldindan "maslahatga tayyorman" degan har qanday o'zingiz hohlagan odam bilan suhbat o'tkazib maslahat olshingiz mumkin. O'zlarini tajribalari va boshqa bilgan keyslardan kelib chiqib sizga aniq maslahat berishadi.
Hozir men shunday sessiyalarning biridan chiqdim, ko'p maslahatlar oldim. Demak buyil men level up qilishim uchun 4 ta sertifikat qo'lga kiritishim kerak. Shulardan:
• 2 tasi Cloud bo'yicha
• 1 tasi NodeJS bo'yicha
• 1 tasi AI bo'yicha
Undan tashqari exam attempt sotib olib qo'ygan yana 3 ta sertifikatim bor, 2 tasi Cyber Sec, 1 tasi Cloud bo'yicha. Menimcha bu yil sertifikatlar yili bo'ladiyov 😅
Sizni ish joyingizda ham shunday "Ladder" va "Matrix" lar bormi, o'sish uchun nima qilasiz?

🔥28👍7😢1
9.8 Ballik zaiflik to'pilganmush, bu juda havotirli men sizga aytsam 😬
https://news.1rj.ru/str/uzcert_live/1051

Telegram
UzCERT Live
🚨 React Router foydalanuvchilari ogoh bo‘ling: server fayllariga yo‘l ochiq!
😡 Veb-ilovalar xavfsizligi borasida yana bir jiddiy tahdid aniqlandi. Frontend va full-stack ilovalar yaratishda keng qo‘llaniladigan React Router va unga bog‘liq Remix ekotizimida…

🤯10🔥2😱2❤1
Bosqich tugadi 👍
Mana bugun EPAMdagi yana bir loyihadagi oxirgi kunni o'tkazdim, bu hisob bo'yicha 6-loyiham ekan. Bu safargi domain Car Rental ya'ni avtomobil ijarasi haqida edi. Ko'p narsalarni o'rgandim, ko'p narsalarni qaytardim, juda ham ko'p challengelar bo'ldi, ayniqsa Monorepo loyiha bo'lganiga oldinroq yozganimdek Monorepo + AEM juda ham bir "mazza" qiladigan qorishma bo'ldi. Lekin bu bosqichdanam o'tdik Hudoga shukur. Jamoada hardoimgidek do'stona atmosfera bilan ishladik. Bu yerda gapiradigan ortiqchga gap yo'q.
Lekin, aynan ushbu loyihada bir narsani qayta qayta qilaverib qandaydir LOOPga tushib qolgandek tuyildi o'zimga. Domain o'zgarishi mumkin, jamoa o'zgarishi mumkin, stack ham bir oz o'zgarishi mumkin. Ammo, anchadan beri shunchaki ishchi bo'lib yurganingiz va korporativ muhit ichida yashayotganingiz uchun, ishdan oladigan "kayf"ni his qilmay qolar ekansiz. Deylik siz Lego zavodida ishchisiz va sizning vazifangiz Lego setlarini yig'ib test qilib ko'rish. Bu ish bilan siz har kuni 7-8 yildan beri shug'illanayotgan bo'lsangiz, bu ishni sevsangiz ham, sizga "rutina"ga aylanib qoladi, o'zingiz uchun sotib olib yasayman desangiz qo'lingiz ishga bormaydi ba'zida.
Frontendda challengelar ko'p, hali 30% ni o'tdimmi yo'qmi ishonchim komil emas, lekin men bu takrorlanishdan charchadim. Hobby ham, ish ham bir xil bo'lsa qiyin ekan, shunga nimanidir notog'ri qilyapman deb o'ylayapman. Bu burnoutmas menimcha, bu shunchaki zerikish, buni qandaydir qilib to'g'irlash kerak, hali o'ylab ko'rmadim.
Siz ham takrorlanaveradigan ishingizdan hech zerikkanmisz?

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤6🤔2
Yandex Nonushtadan so’ng ofis tour qildik. Agar qiziq bo’lsa 200 🔥 reaksiya yig’sak. Kichik vlogimiz ertaga chiqadi. Go?
@khumoyun_inoyatov
@khumoyun_inoyatov
🔥215👍12⚡5🎉4❤🔥1
Ha aytgancha, Telegramda startuplar, sun’iy intellekt va biznesning moliyaviy holatini tahlil qilib post yozadigan kanal bor ekan.
Qiziq bo‘lsa obuna bo’ling 👇🏻
@hisperspective
Qiziq bo‘lsa obuna bo’ling 👇🏻
@hisperspective
Telegram
His perspective
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion.
Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman.
Aloqa uchun: @birinchiagency_manager

👍8❤3💯1
Talablarga binoan, Yandex Nonushta va Yandex Uzbekistan Office bo'yicha tour haqida vlogimizni YouTube ga yukladik 🎞. Undan tashqari Yandex Cup g'oliblari bilan ham kichik suhbat qurdik.
Videoimiz uncha uzun bo'lmadi, ko'rib, like va izohlaringizni yozib, ulashib qo'yasiz degan umiddamiz 😉
P.S. Nonushtaga chaqirib, bizga office bo'yicha tour uyushtirgan Anvar Umarov va Yandex Cup g'oliblari Akobir Abduganiev va Otabek Abduboqievga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
https://youtu.be/iF9J5_Y5Mcg

🔥19👍7❤4🎉1
Do'stlar, ertaga Hikmat aka Abdullaev (ex-booking, ex-meta) bilan offline suhbat o'tkazish niyatidamiz. Shunga agar ularga sizni qiziqtirgan savollarni berishimni hohlasangiz izohlarda qoldiring. Tanlangan savollarni ularga suhbatda berib o'taman.
@khumoyun_codes
@khumoyun_codes
👍15🔥4❤2
Interviewni ham tugatib oldik mana, 10 yil Janubiy Koreada, 8 yil Gollandiyada yashayotgan, MAANG da ishlagan dasturchi sifatida juda zo'r gaplar aytib berdilar Hikmat aka. Vibe ham ko'rib turganingizdek o'zgacha bo'ldi, shunchaki olov 🔥
Interviewni qo'ldan kelgancha shu hafta chiqarishga harakat qilamiz.
Ungacha akani Telegram kanallariga o'tib postlarini o'qib tursangiz bo'ladi:
t.me/performanceuz
@khumoyun_codes
Interviewni qo'ldan kelgancha shu hafta chiqarishga harakat qilamiz.
Ungacha akani Telegram kanallariga o'tib postlarini o'qib tursangiz bo'ladi:
t.me/performanceuz
@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥29😡8👍6🤨1
Tegirmonlar hali ham ishlaydigan, Zaanse Schaans ga keldim, aylanib yuribman ko’proq video va rasmlar albatta Instagramda. Hafa bo’lmaysiz bir oz Instagramimni reklama qilib turaman, foydali kontentdan tashqari sayohatni ham ko’rsatib turish kerakku 🙃
https://www.instagram.com/khumoyuncodes
https://www.instagram.com/khumoyuncodes
1🔥19❤13👍4
Uberning Amsterdam officeda mehmon bo’ldik, Ozodbek aka Kamolov ofisni aylantirdilar, rosa foydali gaplar bo’ldi, o’zim uchun ko’p narsa o’rgandim. Lekin afsuski office tour video yozib, suhbat qilishimizga ichki xavfsizlik hodimlari ruxsat berishmadi. Suhbatimizni boshqa kunga, boshqa lokatsiyaga qoldirdik. Bugungi bo’lgan suhbatlarimizdan olgan narsalarim bo’yicha postlar yozaman. Stay tuned :)
@khumoyun_codes
@khumoyun_codes
🔥36❤10💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hikmat aka bilan bo’lgan suhbatimiz deyarli tayyor.
Qanchalik olovlar ko’p bo’lsa shunchalik tez chiqaramiz 😁 Minimum 200 🔥
@khumoyun_codes
Qanchalik olovlar ko’p bo’lsa shunchalik tez chiqaramiz 😁 Minimum 200 🔥
@khumoyun_codes
1🔥184👍7🤩5👌2🐳2😡2
Ispaniyaga sayohat bilan ovvora bo'lib, Hikmat aka bilan suhbatimizni joylay olmay qoldim (bu haqida keyinroq yozamiz), mana endi uyga qaytib, suhbatni joyladik, timekodlar qo'shdik. Bugalgi suhbat boshqalaridan farq qilib, yangi rubrika va sovg'ali konkurs qo'shdik. Formatlarni sinayabmiz, suhbat haqida fikrlaringizni video ostida kutib qolaman.
Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.
https://youtu.be/PzO3_xRgGZE

YouTube
FAANGda ishlash orzu bo'lishi kerakmi? Hikmat Abdullaev | TechGurung
Salom dasturchilar 👋🏻
10 yil Koreyada, 8 yildan beri Gollandiyada yashayotgan, Booking va Facebook (Meta) kompaniyalarida injiner-muhandis sifatida faoliyat yuritgan tajribali dasturchi Hikmat Abdullaev bilan suhbat qurdik. Suhbat davomida hamkasbimiz bilan…

2🔥17❤6
10 yillik maqsadlarimdan ko’plari amalga oshdi
Najot Ta’limda dars berayotganimda o’quvchilarimga dars berishdan tashqari, “motivation” time lar qilib turardim. Ulardan birida yaqin kelajak uchun o’zingizga maqsad qo’ying deb, 2015-2025 yillar uchun o’zimning rejalarimni ko’rsatganman.
Screenshotda o.xyz (Azimjon aytgan io.net loyihasi asoschisi Ahmad Shadidning yangi startapi) kompaniyasida faoliyat yuritadigan va hozirda Qatarda yashayotgan shogirdim Sardordan kelgan xabarni ko’rsangiz, 8 yillik maqsadlarning 26dan 19tasini bajarilganini yozgan.
Menda 10 yillik rejamda 60 ishdan, 44tasi amalga oshdi. Bu 44 maqsad hozir kimligimni belgiladi, ular hayotimda burilishlarga sabab bo’ldi. Qolgan 16 tasini yana aktualligiga qarab yangi royihatga qo’shamiz yoki olib tashlaymiz.
Maslahatim siz ham yozing, royihat tuzing. Unga orzu va maqsadlaringizni yozing, ular qandaydir smart maqsad bo’lishi shart emas, kichkina bo’lsa ham farqi yo’q. Shunchaki yozing, u mashina sotib olish bo’ladimi, Googlega ishga kirish bo’ladimi, yo parashutdan sakrash bo’ladimi farqi yo’q (menda shunday maqsad bor haliyam, sakrashga qo’rqyapman lekin 😅).
Ora-orada unga qarab nimalar qildingizu, nimalar qoldi, nimalarga o’zgartirish kerak va nimalar qo’shish kerakligini yozing. Berilgan vaqt tugagandan keyin xulosa qiling, eslang, qanday yutuqlarga erishdingiz, qanday xatolar qildingiz, endi nimalar qilish kerakligini o’ylang va yana yangi royihat tuzing. Bu sizga turtki va yordam beradi, hayotingiz shunchaki o’tmayapganini, maqsadlaringizga/orzularingizga erishayotganingizni eslatib turadi.
Men endi 2026-2036 rejamni tuzaman, nasib qilsa oldingi va hozirgi maqsadlar haqida bir post yoki video qilamiz.
02.02.2026 Amersfoort. Netherlands 🇳🇱
P.S. Saidolim akani har postlarini ko’rganimda rosa man ham shunaqa sana va davlatni ko’rsatib yozgim kelgandi 🤭

❤30🔥13👍11
Forwarded from Doniyor Niazov | Dev Blog
FrontEnd Engineer (React, NextJS)
Junior - $500-$800,
Middle - $800–$1,200,
Senior - $1,200–$2,500+
.NET Engineer, Middle / Senior C# Developer (.NET Core — SchoolTech)
Middle - $800–$1,200,
Senior - $1,200–$2,500+
@doniyorniazov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
SRP_Fergana
Frontend JavaScript Developer (Next.js)
🏢 Silk Road Professionals
📍 Fergana City (On-site)
🕒 Full-time
🤝 Collaboration: USA / EU / UK partners
💰 Salary (by level):
Senior: $1,200–$2,500+
Middle: $800–$1,200
Junior: $500–$800
(Depends on experience…
🏢 Silk Road Professionals
📍 Fergana City (On-site)
🕒 Full-time
🤝 Collaboration: USA / EU / UK partners
💰 Salary (by level):
Senior: $1,200–$2,500+
Middle: $800–$1,200
Junior: $500–$800
(Depends on experience…
❤2👍2🔥1
Kanalimni guruhiga manovi padarilanat kanal nomini va rasmini qo’yib private kanalga link tashlayapti. Ogoh bo’ling, kirmang, meni nomimdan boshqa kanallarga yozsa ham ishonmang. Agar “Khumoyun Codes” deb yozilgan akkauntni ustiga bosilganda u shu kanalga emas, odam akkaunti yoki boshqa kanalga o’tsa spam report qiling, iltimos.
@khumoyun_codes
@khumoyun_codes
👍21🔥5👌3