Kun.uz | Rasmiy kanal – Telegram
Kun.uz | Rasmiy kanal
78.6K subscribers
79.1K photos
10.9K videos
61.9K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmdagi «tadbirkor» davlat xizmatchilari va Samarqanddagi shartli yollanma qotil – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/14335825

Kun.uz rasmiy kanali
6
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Qo‘shma bayonot hamda hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qo‘shma bayonot hamda Keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

👉 https://kun.uz/78527947

Kun.uz rasmiy kanali
👍12038🔥14👏3😐2
Fevral oyi yanvarga nisbatan iliqroq bo‘lishi kutilmoqda – Gidrometeorologiya xizmati

Qishning so‘nggi oyida ob-havo sharoiti o‘zgaruvchan bo‘lishi, iliq havo sovuq havo oqimi bilan almashib turishi, yog‘ingarchilik bo‘lishi bashorat qilindi.

👉 https://kun.uz/29864364

Kun.uz rasmiy kanali
13👏7😐4👍1🔥1
4 davr muzeyi, minglab noyob eksponatlar, kutubxona va Qur’on zali – Islom sivilizatsiyasi markazida nimalar bor?

Toshkentda qad rostlagan mahobatli bino qariyb 9 yil davomida qurildi. Islom sivilizatsiyasi markazi mart-aprel oylarida jamoatchilik uchun ochilishi kutilmoqda. Ushbu fotoreportajda Markaz va uning faoliyati bilan tanishtiramiz.

📸👉 https://kun.uz/62607778

Kun.uz rasmiy kanali
54👏7🔥5👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda chet ellikka nos chektirmoqchi bo‘lgan yigit jazolandi

Yigit chet ellikka nos chektirmoqchi bo‘ldi, so‘kdi va urish bilan tahdid qildi. Sud unga ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

👉 https://kun.uz/96047292

Kun.uz rasmiy kanali
👏44😁32👍11🤯84😐4
Dunyoda o‘rmonlar qisqarmoqda: 2025 yilgi dinamika

O‘rmonlar Yer quruqligining deyarli uchdan bir qismini egallaydi. Infografikada 2025 yilda dunyo mamlakatlarida o‘rmon maydoni qanday o‘zgargani ko‘rsatilgan. O‘rmon maydonidagi o‘zgarish o‘rmonlarni kengaytirish (ko‘paytirish) bilan kesish (yo‘q qilish) o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/53497469

Kun.uz rasmiy kanali
🤯53
Anqarada “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi

Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Hatay viloyatida O‘zbekiston tomonidan barpo etilgan “O‘zbekiston” turar joy majmuasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, Istanbulda O‘zbekistonning xorijdagi ilk ta’lim muassasasi - o‘zbek maktabi qurilishi boshlandi.

👉 https://kun.uz/38174010

Kun.uz rasmiy kanali
👍235🔥7344👏38
TSAHAL G‘azoda taxminan 70 ming kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

TSAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azodagi yo‘qotishlar miqyosi ham jang harakatlari natijasida, ham HAMASning muxoliflariga qarshi jazolash amaliyotlari va nosoz raketalarning qulashi oqibatida falastinliklarning halok bo‘lishi tufayli shakllangan. Bu esa tinch aholi qurbonlari sonini baholashni qiyinlashtiradi.

👉 https://kun.uz/83572796

Kun.uz rasmiy kanali
😭257
«Katta armada». Tramp Eron sohillariga yuborgan harbiy kuchlar haqida nimalar ma’lum?

U qanchalik katta? Va u nima qila oladi?

👉 https://kun.uz/12751654

Kun.uz rasmiy kanali
5👍4😁3🔥2😐2
Toshkent viloyatida ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i ko‘p yillik daraxtlarni kesishga ruxsat berishi evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

👉 https://kun.uz/01894744

Kun.uz rasmiy kanali
😭22👏196😁1
Google dollarning so‘mga nisbatan kursini xato ko‘rsatmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Google qidiruvidan olingan skrinshot aylanmoqda, unda 1 AQSh dollari 6778 so‘m ekani ko‘rsatilgan (ushbu xabar e’lon qilinayotgan paytda ham Google'da shu qiymat saqlanib turibdi). Lekin bu – texnik xatolik. Respublika valyuta birjasida bugungi ochilish auksion kursi 12 230,0 so‘mni tashkil etdi.

Qayd etib o‘tish lozim, dollar kursi 5 kundan buyon ketma-ket ko‘tarilmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
😭37😁2310
Turizm qo‘mitasida kadrlar almashinuvi: yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Hukumat qaroriga muvofiq, Suhrob Bobokalonov va Sanjar Tojiyev Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Avval mazkur lavozimda ishlab kelgan Jamshid Abdusalomov va Sardor Niyozov esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

👉 https://kun.uz/62334380

Kun.uz rasmiy kanali
10
Eron tinchigandek ko‘ringandi, ammo Tramp hamon zarba berish haqida o‘ylamoqda

Ehtimoliy variantlar orasida – hukumat va kuchishlatar tuzilmalarning namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirishga mas’ul bo‘lgan rahbarlarini o‘ldirish, shuningdek, yadroviy obektlar hamda davlat muassasalari binolariga zarbalar berish bor.

👉 https://kun.uz/71787379

Kun.uz rasmiy kanali
🤯116
Ilmga investitsiya: eng tez o‘sgan mamlakatlar ro‘yxati

So‘nggi yigirma yilda dunyo tadqiqot va ishlanmalarga yanada ko‘proq e’tibor qaratdi. 2024 yilga kelib, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ga global xarajatlar qariyb uch trillion dollarga yaqinlashdi, holbuki 2000 yilda ular bir trillion dollardan oshmas edi.

👉 https://kun.uz/33069115

Kun.uz rasmiy kanali
2👍2