Lady Bytes – Telegram
Lady Bytes
402 subscribers
354 photos
10 videos
6 files
95 links
💎Passion: Math & Data, Entrepreneurship
👒Ambassador WTM|WSA|WiDS & Founder @QizlarAI
🌷AI PM

https://www.linkedin.com/in/marjona-rakhmatillaeva/

Here: ☘️my healthy lifestyle, 🧬science journey, 🧲global chances, 📖book notes, 🎧podcasts

@vialetbot
Download Telegram
Sharing_your_data_findings_in_presentations_Tips_and_Tricks.pdf
134.8 KB
Samarali prezentatsiya uchun tavsiyalar.

Bu hujjatda barchasi batafsil yozilgan, shunday bo'lsada o'zbek tilida qisqacha xulosalarni note qilib qo'yaman.

Yaxshi taqdimotning xususiyatlari:

Sarlavha va sana

Mundarija

Ma'lumotlar tahliliga vizual kirish

Animatsiyali muhim kommentlar

Har bir visual diagramma uchun ta'rif

Mantiq - prezentatsiyadagi fikrlar va nutqning o'zaro ketma-ketligi

Ma'lumotlarning chegaralari - ya'ni ayni ma'lumot bizga nimani taqdim etolmaydi

@ladybytes
👍4
How-to-choose-a-data-visualization.pdf
862 KB
Data Viz

Tahlil qilingan ma'lumotlarni stakeholder yoki oddiy tinglovchiga tushunarli va qiziqarli qilib yetkazishda, munosib graph/chart/diagram tanlash asosiy vazifalardan biridir.

Ushbu fayl mana shunday ajoyib ma'lumotni taqdim etadi.

@ladybytes
👍3
Your-portfolio-and-case-study-checklist.pdf
71.8 KB
Portfolio qanday qilinishi kerak?
Case study?

Yoxud ishga kirish jarayoni.

Ishga kirish uchun kandidatdan CV yoki Resume so'raladi.

Shu bilan birgalikda siz o'z sohangiz bo'yicha Portfolio ga ham ega bo'lsangiz, bu sizni yanada professional odam sifatida ko'rsatadi.

Ushbu faylda portfolio yaratish bo'yicha bir qancha aniq maslahatlar berilgan.

Agarda Screening jarayonidan ya'ni CV/resume tasdiqlansa, ba'zi kompaniyalar Technical task berishadi. Bu ham interview ning bir ko'rinishi.

Data Analitik lar uchun Case study beriladi.

Birorta biznesdagi holatni tahlil qilish. Muammo nimada?
Unga qanaqa yechim bera olasiz?

Shu savollarga javob berilishi kerak. Odatda Case study ga 1-2 kun vaqt beriladi. Bu davrda siz iloji boricha o'sha berilgan scenario ni yaxshilab o'rganib, interviewee ga tushuntirib bera olishingiz kerak bo'ladi.

Albatta, bu bilan ham analitik, ham kommunikatsiya mahoratlaringiz testdan o'tadi.

@ladybytes
👍5🔥1
Final Exams

Universitetda semester yakuni imtihonlari boshlandi.
Biz bu semester 5 ta fan o'qidik: Fundamentals of Databases, Introduction to Machine Learning, Operations Research, Mobile Programming, Numerical Methods.

Mobil dasturlash fanidan semester davomida ilova qilish vazifasi berilgandi, o'tgan haftaning boshida topshirib bo'ldik va individual savol-javob qismidan ham maximum bal bilan o'tdim.

Bugun Fundamentals of Databases fanidan imtihon bo'ldi, 25 ta variantli savollar deyarli semester davomidagi quiz-testlardan tushdi, 5 ta yozma masalalar laboratoriya vazifalaridan.

Endi 3 ta fan qoldi. Shu bilan 3 hafta ta'til.

Yuqoridagi rasmni ChatGPT berdi, necha marotalab promptlar aytgan bo'lsamda, to'g'ri yozuvlar chiqarolmadi: PRESIDEENTIAL, PRESIDENTAL, EXAMM yoki WAY deb qo'shimcha harf yoki so'zlar bilan noto'g'ri chiqardi. Hali optimizatsiya qilinishi kerak ekan.

@ladybytes
👍62
Nima o'xshamasa ...va hkzlarni aybdor qilish

Ayrim sabablarga ko'ra siz o'zingizni juda dangasa his qilasiz va natijada boshqalarni aybdor qilishni boshlaysiz. Ha desa, ota-onam menga sharoit qilishmagan, men shunday chekka qishloqda katta bo'lganman, endigina boshladimku, hali vaqtim bor, yer sharida yashaymanku...

Xuddiki, hamma yomon faqat siz yaxshidek. Shunaqa hayot qiyin. Sizga esa undan ham qiyindek. Agar siz shunday fikrlashda davom etsangiz, boshqalarni baxtingiz uchun mas'ul deb bilsangiz - bu juda katta xato.

Agar kitob, psixolog, seminar, dushanba, yangi oy/yillardan umid kutayotgan bo'lsangiz, katta o'zgarish va baxtingiz uchun, bu ham juda katta xato.

Hech qachon hech kimdan/narsadan sizni 3-21 kunda 100% o'zgartirib qo'yishlarini KUTMANG. Chunki kutsangiz, siz hozirgi bor resurslaringizni, ularga qo'shib hayotingizning bir qismini - yoshligingizni, o'sha tez qabul qiluvchi xotira, sog'lom aqlingizni chiqindiga otayotgan bo'lasiz.

@ladybytes
5
Haftadagi imkoniyatlar dayjesti!
https://news.1rj.ru/str/ladybytes

International Eco-Hero Awards — 8-16 yoshli tashabbuskor yoshlarning ekologik loyihalari bo'yicha xalqaro tanlov
https://grantgo.uz/go/40773

Oʻzbekistonning TOP-100 talaba almanaxi uchun "Ziyоlilar" lоyihasining 2-mavsumi
https://grantgo.uz/go/53441

Bakalavriat talabalari uchun AQShda haq to'lanadigan yоzgi tadqiqot dasturi — Summer Student Fellowship Program
https://grantgo.uz/go/16871

Bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalar uchun Germaniyada 2-3 oy amaliyot o'tash imkoniyati - International Max Plank Student dasturi
https://grantgo.uz/go/56932

Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasidan magistraturani Fransiyada oʻqish uchun tоʼliq mоliyalashtiradigan “France Excellence 2024-2025” grant dasturi
https://grantgo.uz/go/66007

Rossiyaning ITMO universiteti tomonidan 10-11-sinf o'quvchilariga mo'ljallangan ICHEM PRIZE loyihalar tanlovi
https://grantgo.uz/go/59725

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasidan xalqaro musobaqalar uchun volontyorlar dasturining birinchi bosqichi
https://grantgo.uz/go/06800

Birlashgan Arab Amirliklaridagi Xalifa Universitetida magistratura bosqichini toʻliq mоliyalashtirilgan hоlda oʻqish uchun grant dasturi
https://grantgo.uz/go/63799

Avstraliyaning Melburn universitetida magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish uchun to'liq moliyalashtiriladigan Graduate Research Scholarships grant dasturi
https://grantgo.uz/go/27496

Nufuzli Xitoy universiteti — Harbin Institute of Technologyda magistratura yoki doktorantura bosqichini to'liq bepul o'qish uchun Chinese Government Scholarship dasturi
https://grantgo.uz/go/29184

Yosh tadbirkorlar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan 6 oylik Westerwelle Young Founders Programme trening dasturi
https://grantgo.uz/go/08000

Osiyo Taraqqiyot Bankidan magistratura va doktorantura talabalari uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturi — ADB Internshiр Рrоgram
https://grantgo.uz/go/07308

Kanadada bo'ladigan 4 kunlik One Young World sammitida ishtirok etish uchun Z Zurich Foundation Scholarship dasturi. Barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi
https://grantgo.uz/go/89824

Yangi O'zbekiston universitetida iqtidorli 8-11-sinf o'quvchilari uchun 5 kunlik bepul qishki oromgoh
https://grantgo.uz/go/78132

Turli soha vakillari uchun Latviyada 1000 yevro grant ajratilgan 9 dan ortiq yozgi kurslar
https://grantgo.uz/go/35466

Toshkentdagi Amerika markazidan ijtimoiy loyihalar uchun $6000 gacha grant — ACT Grants dasturi
https://grantgo.uz/go/21125

Islom Hamkorlik Yoshlar Forumidan bakalavr bosqichida oʻqiyotgan talabalar uchun ICYF Internship amaliyot dasturi
https://grantgo.uz/go/93807

Oliy maʼlumotli mutaxassislar uchun Polshada 2 semestr davomida barcha xarajatlari toʻliq qoplangan hоlda оʼqish imkоni — The Lane Kirkland Scholarship dasturi
https://grantgo.uz/go/97109

18-40 yosh oralig'idagi tadbirkorlar uchun Amerikada to'liq moliyalashtiriladigan biznes-startaрlar dasturi — 2024 GIST Business Incubation
https://grantgo.uz/go/92352
👍5🔥1
Albert Einstein
1-qism

Kecha Einstein biografiyasiga oid 130 betlik kitobni o'qib chiqdim.

Germaniyaning Ulm shahrida tug'ilgan, otasi Hermann matematik, onasi Pauline san'atkor, singlisi Maja.

Otasidan 1-olgan sovg'asi kompas bo'lgan va kompasdagi magnit tilchaning qimirlashi, uning fizikaga bo'lgan qiziqishiga sabab bo'lgan. U har doim Qanday?, Nega? degan savollarga javob topishga intilgan.

2 marta Germaniya fuqaroligini yo'qotgan. Germaniya va Shvetsariya maktablarida o'qigan, darslarni juda ko'p qoldirsada, imtihonlardan eng yuqori natija bilan o'tgan. Juda ko'p vaqt Patent Clerk ya'ni olimlarning ishlariga patent berish bermaslikni tekshirish bilan ishlagan.

Uning eng mashhur tengligi: E=mc².

@ladybytes
👍11
Albert Einstein
2-qism

O'sha zamonning eng mashhur olimlaridan bo'lgan Max Planck uni Berlin Universitetiga dars beruvchi sifatida taklif qiladi, Einstein qarorini vokzalda ularga bildirishini aytadi, agar qizil atirgul tutib turgan bo'lsa, rozilik, oq atirgul bo'lsa, norozilik. U albatta bu ajoyib imkoniyatni qabul qiladi, Prussian Academy of Sciences ga a'zo bo'ladi.

U 1921-yilda Fizika bo'yicha Nobel mukofotini oladi. 1-Jahon Urushi boshlanadi, Germaniya bunda mag'lub bo'lib, xalqi juda nochor ahvolda qoladi, keyin Nazi ideologiyasi paydo bo'ladi. Adolf Hitler uysiz artist sifatida o'z ishlarini Vienna ko'chalarida sotib yurgan bir paytda, o'zining ravon nutqi bilan odamlarni jalb qilishni boshlaydi va siyosatchi darajasiga chiqadi.

Endi Einstein Germaniyada yashay olamay qoladi, hayoti uchun xavfli edi. Do'stlarining yordami bilan Princeton, New Jerseyga ko'chib boradi. Uni hatto qurolli 2 askar ham himoya qilib yurar edi. U Amerikaga kelgandan so'ng, Amerikada odamlar o'zlarining erkin fikrlarini va yangi g'oyalarini ifodalashga imkon borligini anglaydi.

Bu yerda u Institute for Advanced Study da dars berishni boshlaydi. Quantum Mechanics ga oid tadqiqotlar ustida olimlar bilan ishlaydi. Lekin u Amerikada racism va segregatsiya ga duch keladi, oq tanli va qora tanlilar uchun alohida xizmatlar borligidan tashvishga tushadi.

Chunki Einstein pacifist edi, ya'ni har doim tinchlik va teng huquqlilik tarafdori. Qora tanli xonanda Marian Anderson Princetonga mehmonga kelganda, mehmonxonaga uni kiritishmaydi, shunda Albert unga o'z uyidan joy beradi. Universitet kontrakt pulini to'lay olamagan qora tanli talabaga ham yordam beradi.

Hitler atom bomba yaratish ustida ish olib borayotganda, Amerika hukumatidan Roosvelt ham darhol Manhattan Project nomli jamoa tuzib, urandan atom qurollarini yasashni boshlaydi. Bu 2-Jahon Urushi edi. Yaponiyaning 2 shahriga bu atom bombasi tushirilishi bilan urush tugaydi. Ammo Einsteinning xabari yo'q edi, u qilgan tadqiqotlar bu atom qurollarning yaratilishida ishlatilganligidan.

U umrining so'nggi yillarini o'zi yoqtirgan ishlarni qilish bilan o'tkazadi, skripka chalish, kemada sayohatlar.

U 1955-yil 76 yoshida kasallik sabab Princeton kasalxonasida vafot etadi.

@ladybytes
👍21
It is tasteless to prolong life artificially. I have done my share, it is time to go.


Albert is also remembered as a kindhearted soul who cared deeply for humanity. He had a tireless desire to see people of all races live together peacefully.

@ladybytes
👍3
Google Developer Student Club Lead

Shartlari:
1. Universitet talabasi bo'lish
2. Texnologiyaga qiziqish

Qabul yozning boshlarida ochiladi. Hujjat to'ldirish formasida o'zi haqida shaxsiy ma'lumotlar, motivation letter va Youtubega unlisted qilib 1 daqiqalik video yuklash kerak, nega aynan Universitetingizda siz lider bo'lishingiz kerakligi haqida.

Agar bu bosqichdan muvaffaqiyatli o'tsangiz, intervyuga taklif qilishadi. Google Meet orqali 10 daqiqa atrofida bo'ladi.

Namunaviy savollar:
1. Tanishtiruv
2. Nega Lead bo'lmoqchisiz?
3. Google ning qaysi texnologiyalaridan foydalanasiz?
4. Liderligingiz davomida qanday tadbirlar tashkil qilmoqchisiz?
5. Savollar.

Men 2022-23-o'quv yilida GDSC NewUU lideri bo'lganman, 3 ta offline va 3 ta online tadbirlarni jamoam bilan tashkil qilganmiz.

Foydalari: Link
-Googlerlar bilan networking
-Googledan maxsus swag/merchlar
-Maxsus kurs/tadbirlariga fully-funded takliflar

@ladybytes
👍9
Yosh Menejer loyihasi

2021-yil bahor-yoz oylarida Yosh Menejer dasturining 1-mavsumida ishtirok etganman.

Bu menga networking tushunchasini anglash uchun ilk muhit edi.

Ayniqsa, o'zimdan yosh, bilim va tajriba jihatdan katta kishilar bilan tanishish, ulardan nimadirlarni o'rganish, odamlar oldida nutq so'zlashni mashq qilish har tomonlama rivojlanishimda muhim rol o'ynagan.

Shuningdek, tajribali speakerlar, xususiy va davlat sektoridan kompaniya egalarining leksiyalaridan o'sha paytda o'zimga ko'p kerakli ma'lumotlar olganman.

3 yil muddatda 7-mavsumgacha yetib kelibdi YM jamoasi. Haligacha professional aloqalar saqlanib qolgan - YM Alumni guruhimiz ham bor.

Xullas, siz agar karyerangizning boshida bo'lsangiz, shunday kichik va yangi muhitlardan boshlang, atrofingizga aqlli network yig'ing, o'zingiz ham hissa qo'shing, bu hayotingizda uzoq muddat yaxshi ta'sirini ko'rsatadi.


@ladybytes
👍5😱1
Barcha bilim-tajribalarimni old-to-new timeline da (eskidan-yangiga) yozib bormoqchiman. Fikringiz?
Anonymous Poll
88%
Yaxshi
13%
Betarafman
Ibrat Camp🏕
Part 1

I was accepted to the 4th season - June 11-17, 2022. During this time I learned many new things and put what I know into practice.

At the opening ceremony, Rustam Koriev congratulated us and wished our week would be full of positive changes.

In particular, we discussed Gen-Z, EQ, and IQ, case studies with Bekhruz aka. We learned to write 5th-level motivational letters with brothers Davudkhan(the single attractive British accent) and Ozodbek(the only awesome joker). Each trainer's classes were interesting and I discovered novelties for myself. This was indeed the main goal.

In addition, exchanging ideas with peers from regions across Uzbekistan, studying in different places, and participating in competitions ensured that my time at the camp was enjoyable.

@ladybytes
🔥6
Ibrat Camp🏕
Part 2

Our trainers Bekhruz Mukhtorov @tutorbekhruz, Davudkhan Abdullaev, and Ozodbek Botiraliev @ozodbek_SK imparted their knowledge and experience to us.

The mountain air, nature, and food menu in Bostonlik cannot be mentioned enough. Movie time (O'zbekistonlik), Public speaking, Spelling 🐝, Ibrat quiz, Guest lectures (Mukhammadali Eshankulov, Husan Mamasaidov, Shukrullo Tadjiev, Shokhida Ibragimova, Dilrabo Egamova), Talent show, 7-kadr, BTQ-K (Bir Tiyinga Kimmat) that's all bomb atmosphere.

I am grateful for being given these opportunities and being able to use them.

@ladybytes
🔥7
Digital Generation Ladies
(March 2022)

In our society education in STEM subjects for women is being a central role.

So this 5-day program is targeted at those girls who are trying to become a professional in IT, business analysis, branding, design, and SMM.

I was in the Business Analysis group as my passion for learning businesses and solving actual problems led me to do so.

My mentor is Bekzod Oripov, an incredibly gifted person who works in Korzinka as an IFRS specialist.

What I learned:
Power BI, Financial and non-financial information, SWOT and PESTEL analysis, Porter's 5 forces model, Organization structure, and so on.

All in all, it was a great experience and dynamic atmosphere with Samira Latipova, Madina Kasimbaeva, Zehavit Ben-Hillal.

@ladybytes
👍7
Вид мечты
🥰6🔥2
🌴

Bugun Yakshanba.
Savol-javob qilamiz.

Today is Sunday.
Let's do AMA (Ask Me Anything)

http://t.me/anonaskbot?start=ladybytes
👍51
У тебя новое анонимное сообщение!

masters uchun rejalar qanaqa?

↩️ Свайпни для ответа.

Magistraturani o'qish rejamda bor va bunga bu yildan tayyorlanishni boshladim. Universitetlar, grantlar haqida ham biroz o'rganib chiqdim. Hozir research/tadqiqot bilan bandman.

O'zi magistratura deganda men o'z sohasi bo'yicha muammolar topib, doimiy izlanish olib borish niyatida yangi bilimlar, yechimlar, tajribalarga ochiq insonlar jamoasini tushunaman. Siz bunda sohaga yanada chuqurroq kirasiz.

Shunday ekan mening ham maqsadlarimdan biri haqiqiy bilim egasi bo'lib, insoniyatning qaysidir muammolarini yechishda o'z hissamni qo'shish.

Davomiy ilm olish men uchun yoqimli, hayotimni yanada go'zal qiladigan jarayonligini anglaganman.
10👍6