Language for the future – Telegram
Language for the future
1.47K subscribers
23 photos
4 videos
2 links
Youtube: youtube.com/lang_future
E-mail: language@uzedu.uz
Download Telegram
Channel created
Channel photo updated
Forwarded from Hilola Umarova
Yoshlarimiz uchun yangi loyiha: “Kelajak uchun xorijiy til” — kelajakni birgalikda barpo etamiz!

O‘quvchilarimizning xorijiy tillar yo‘nalishidagi bilimlarini mustahkamlash, ular uchun yana-da kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida yangi loyihani yo‘lga qo‘ydik.

Endi bitiruvchi sinf o‘quvchilari xorijiy tillarni bevosita xorijlik ustozlardan o‘rganish, maktabni til bilish sertifikatiga ega holda bitirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu — katta loyiha, unda qariyb 40 ming nafar 11-sinf o‘quvchilarining ishtirok etishi kutilmoqda. Intensiv darslar asosida ular til bilish sertifikati sinovlariga tayyorlanishadi. Muhimi barcha jarayonlar bepul tarzda tashkil qilinadi.

Ayni vaqtda poytaxtimizda katta uyushqoqlik bilan loyiha doirasida test sinovlari o‘tkazilmoqda. Bu testlar natijasida biz o‘quvchilarning til bilish darajalarini aniqlash hamda shu asosda guruhlarga ajratishni maqsad qilganmiz.

Shuni alohida aytishni istardim, 3 kundan beri davom etayotgan testlarda yoshlarimiz yaxshi natijalar qayd etishmoqda. Bu esa mazkur yo‘nalishda erishilayotgan amaliy natijalarimizdan darak beradi.

Umuman, bularning hammasi yoshlarimiz, ularning sifatli ta‘lim olishi va malakali kadr bo‘lib yetishishi yo‘lida qilinmoqda. Zero, bilimli, keng dunyoqarashli farzandlarimiz taraqqiyotning asosi demakdir.

#Toshkent_tajribasi #Language_for_the_future

@hilola_umarova
3👍2🔥2👏1
🔜Xorijiy til allaqachon shu yerda…

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔜Farzandingiz o’rganishni allaqachon boshlab yuborgan…

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔜Bu xususiy ta’lim emas. Mutlaqo bepul…

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔜Yaqinroq qarang…

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Kutib oling! Yilning eng eksklyuziv loyihasi…

“Language for the future|Tashkent”

“Kelajak uchun xorijiy til | Toshkent tajribasi”

Xorijiy tillarni birgalikda o’rganamiz
⭐️

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Language for the future|Tashkent

Barcha maktablarda xorijiy tillarni rivojlantirish tashabbusi
⭐️

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Kelajak uchun xorijiy til | Toshkent tajribasi

Bu shunchaki xorijiy til emas.
Bu - farzandlarimiz kelajagi
⭐️

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak uchun xorijiy til

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Toshkent tajribasi” asosida “Kelajak uchun xorijiy til” (“Language for the future”) loyihasiga start berildi!

Bu qanday loyiha?

Loyihadan maqsad — xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

Jarayon qanday tashkil etiladi?

Loyihaning birinchi bosqichida o‘quvchilarning til bilish darajasi aniqlanadi. Test asosida ishtirokchilarning natijalari baholanadi.

Olingan natijalar tahlil qilinib, o‘quvchilar turli darajalardagi guruhlarga ajratiladi. Debat, Movie, Speaking clublar, qo‘shimcha darslar, mock testlar tashkil etiladi.

Muhimi, bularning barchasi xorijlik o‘qituvchilar tomonidan bepul tashkil etiladi!

Raqamlar!

Ta’kidlash joiz, 22-dekabr kuni boshlangan test jarayonlarida o‘quvchilar tomonidan maksimal — 100 ballik natijalar ham qayd etildi.

Ma’lumot o‘rnida: 2023-yildan hozirgi kungacha davlat umumta’lim muassasalariga 1 500 nafardan ortiq til egalari va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilgan.

Toshkent shahri misolida aytadigan bo‘lsak, sertifikatga ega o‘quvchilar soni 2022-2023-o‘quv yilida 3 779 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-2025-o‘quv yilida ushbu ko‘rsatkich qariyb 1,7 barobarga oshdi.

Hurmatli oʻquvchilar va ota-onalar, loyihada faol ishtirok eting, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

@hilola_umarova
3😭1