Language for the future – Telegram
Language for the future
95 subscribers
23 photos
3 videos
2 links
Youtube: youtube.com/lang_future
E-mail: language@uzedu.uz
Download Telegram
🔜Xorijiy til allaqachon shu yerda…

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔜Farzandingiz o’rganishni allaqachon boshlab yuborgan…

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔜Bu xususiy ta’lim emas. Mutlaqo bepul…

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔜Yaqinroq qarang…

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Kutib oling! Yilning eng eksklyuziv loyihasi…

“Language for the future|Tashkent”

“Kelajak uchun xorijiy til | Toshkent tajribasi”

Xorijiy tillarni birgalikda o’rganamiz
⭐️

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Language for the future|Tashkent

Barcha maktablarda xorijiy tillarni rivojlantirish tashabbusi
⭐️

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Kelajak uchun xorijiy til | Toshkent tajribasi

Bu shunchaki xorijiy til emas.
Bu - farzandlarimiz kelajagi
⭐️

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak uchun xorijiy til

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Toshkent tajribasi” asosida “Kelajak uchun xorijiy til” (“Language for the future”) loyihasiga start berildi!

Bu qanday loyiha?

Loyihadan maqsad — xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

Jarayon qanday tashkil etiladi?

Loyihaning birinchi bosqichida o‘quvchilarning til bilish darajasi aniqlanadi. Test asosida ishtirokchilarning natijalari baholanadi.

Olingan natijalar tahlil qilinib, o‘quvchilar turli darajalardagi guruhlarga ajratiladi. Debat, Movie, Speaking clublar, qo‘shimcha darslar, mock testlar tashkil etiladi.

Muhimi, bularning barchasi xorijlik o‘qituvchilar tomonidan bepul tashkil etiladi!

Raqamlar!

Ta’kidlash joiz, 22-dekabr kuni boshlangan test jarayonlarida o‘quvchilar tomonidan maksimal — 100 ballik natijalar ham qayd etildi.

Ma’lumot o‘rnida: 2023-yildan hozirgi kungacha davlat umumta’lim muassasalariga 1 500 nafardan ortiq til egalari va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilgan.

Toshkent shahri misolida aytadigan bo‘lsak, sertifikatga ega o‘quvchilar soni 2022-2023-o‘quv yilida 3 779 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-2025-o‘quv yilida ushbu ko‘rsatkich qariyb 1,7 barobarga oshdi.

Hurmatli oʻquvchilar va ota-onalar, loyihada faol ishtirok eting, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

@hilola_umarova
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tajribasi
#Kelajak_uchun_xorijiy_til

🎓Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan “Toshkent tajribasi” asosida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida test sinovlari o‘tkazilmoqda.

‼️Kuni kecha Toshkent maktab o‘quvchilaridan iborat bir guruh xorijiy tillar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Bu – yoshlarimizning kelajakka qo‘ygan yana bir mustahkam qadami!

Jarayon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova va vazir E’zoza Karimova yaqindan tanishdi. Mas’ullar, shuningdek, xorijlik ustozlar bilan muloqot qilib, loyiha bo‘yicha rejalar va kutilayotgan natijalar yuzasidan fikr almashdi.

📊O‘quvchilar bilan suhbat davomida xorijiy tillarning bugungi va ertangi kundagi o‘rni, uning yoshlar hayotidagi ahamiyati muhokama qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

✔️Shuningdek, o‘quvchilar bilan ochiq suhbatda:
– Til o‘rganish nima uchun muhim?
– Kelajakda bu bilimlar qanday eshiklarni ochadi?
– Yoshlar qanday dars formatini xohlaydi?
kabi savollar muhokama qilindi.


📌Muhim eslatma: testlar
yakuniga ko‘ra, o‘quvchilar darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratiladi va keyingi chorakdan intensiv darslar boshlanadi.

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tajribasi
#Kelajak_uchun_xorijiy_til

Xorijlik o’qituvchilar
bilan ishlash til
o’rganishda qanchalik
yordam beradi


Loyiha haqida
o’quvchilarning fikrlari…

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
📚 Ta’til davrida ingliz tilini bepul va samarali o‘rganish uchun eng foydali 5 platforma

📱 Duolingo
Duolingo ingliz tilini bosqichma-bosqich o‘rgatadi. Kundalik ishlatiladigan so‘z va iboralar orqali lug‘at shakllanadi. Grammatika murakkab qoidalarsiz, amaliy mashqlar yordamida tushuntiriladi. Boshlovchilar uchun qulay.


🔗 duolingo.com

🎧 BBC Learning English
BBC Learning English tinglab tushunishga kuchli e’tibor beradi. Talaffuz aniq va sekin. Mavzular real hayot bilan bog‘langan. Grammatika qisqa va sodda darslar orqali tushuntiriladi. Listening’ni rivojlantirish uchun samarali.


🔗 bbc.co.uk/learningenglish

📖 LinguaLeo
LinguaLeo foydalanuvchiga moslashtirilgan o‘quv tizimiga ega. O‘rganish rejali tarzda olib boriladi. Matn, audio va video materiallar real kontekstda beriladi. Grammatika mashqlar orqali mustahkamlanadi.


🔗 lingualeo.com

🎓 TED-Ed
TED-Ed qisqa va mazmunli video darslarni taqdim etadi. Mavzular ilmiy va hayotiy yo‘nalishda. Grammatika alohida qoida sifatida emas, kontekst orqali tushuniladi.


🔗 ed.ted.com

📗 Easy Languages (Easy English)
Easy English real hayotdagi suhbatlarga asoslangan. Subtitrlar orqali tushunish osonlashadi. Speaking va listening bir vaqtda rivojlanadi.


📹 youtube.com/@EasyEnglish

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1👏1
#Xorijiy_tillar

"Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi doirasida oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda

Xabaringiz bor, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi boʻlib oʻtmoqda.

"Toshkent tajribasi" asosida yoʻlga qoʻyilgan mazkur loyiha doirasida bugun poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktab direktor oʻrinbosarlari uchun oʻquv-seminarlari tashkil etildi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, vazirlik hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari ishtirok etdi.

🔰 Tadbirdan asosiy maqsad, maktablarda xorijiy tillar fanini oʻqitish samaradorligini oshirish, xorijiy mutaxassislar hamda mahalliy pedagoglar bilan ishlashda zarur boʻladigan koʻnikmalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, chet tillarini oʻqitish darajasini oshirish maqsadida dars taqsimotini qayta koʻrib chiqish, dars jadvallariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha maktab masʼullariga zarur tushuntirishlar berildi.

👉 Mazkur oʻquv seminar tadbirlari ertaga ham davom etadi. Unda chet tili oʻqituvchilari hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida xorijiy tillarni oʻqitishga qaratilgan qator mavzularda muloqotlar tashkil etiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#Kelajak_uchun_xorijiy_til
#Toshkent_Tajribasi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida poytaxtimizdagi umumta’lim maktablari chet tili o‘qituvchilari hamda xorijlik mutaxassislar uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad — loyihani mazmun va metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda darajalar kesimida tayyorlangan materiallar bilan pedagoglarni yaqindan tanishtirishdan iborat.

🔰 Seminar davomida loyiha doirasida darslarni tashkil etish uchun ish rejalar va o‘quv materiallari haqida taqdimotlar ham bo'lib o'tdi.

🌐 Bunda asosiy va qo‘shimcha darslar, speaking club'larni o‘tkazishda metodik yondashuvlar yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, ustozlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

🔴 Ayni damda jarayonlar guruhlar kesimida davom etmoqda.

Ma‘lumot o‘rnida: Toshkent tajribasi asosida o‘tkazilayotgan "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi doirasidagi darslar 3-chorakdan boshlanishi rejalashtirilgan.


Darslar umumta‘lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

@lang_future
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM