Sudo Blog – Telegram
67 subscribers
61 photos
2 videos
32 files
125 links
Linuxdagi hayotim
Download Telegram
Ubuntu nima:
Ubuntu bu Operatsion Tizim
Ubuntu bu Linux distro
Ubuntu boshqa distrolarga nisbatan barqaror va dasturchilar tomonidan doimiy har ikki yilda barcha relizlari chiqariladi.Yani agar sizga versiyalar bilan bog'liq maummolar kamroq ucharishini hohlasangiz yokida linuxga oid ko'proq malumotlar olmoqchi bo'lsangiz bunda sizga ubuntu juda qo'l keladi. Chunki deyarli barcha linux distrolarda bo'lganidek ubuntu ham o'zining communitysi yani ham jamiyati bor u yerda siz yuzaga kelgan xatolarni yoki kutilayotgan xatolarni ko'rishingiz va uni turli xil yo'llar bilan hal qilishni ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Ubuntu yana bir qulay yout utbeda yoki googleda ubuntu haqida tutoriallar video darslar juda ko'p.

Ubuntuning bosh saifasi: Ubuntu
Ubuntuga oid barch savollarga javob: Ubuntdan so'raaa
Agar siz ham o'z hissangizni qo'shishni hohlasangiz: Ubuntu Forum

Bizning kanal: Linux
Adashmasam o'tgan safargi postimda ubuntuni ko'p maqtab yubordim albatta uni " - " taraflari ham bor. Masalan ubuntu biroz eski paketlardan foydalanadi chunki u barqaror masalan deylik sizga pythonni misol keltirsak agar uni o'rnatadigan bo'lsangiz sizga hozirda 3.8.10 versiyaini o'rnatadi lekin hozrida python 3.10.4 verisyani chiqargan yoki boshqa misolda hamma bilgan telegram desktop dastuni misol keltirsak uni agar da terminal o'rnatadigan bo'lsangiz sizga eskiroq versiyani o'rnatadi bir yoki ikki kudan undan ko'proq yoki kamroq fursatda sizga telegram eski versiya ekanligni aytib yanglinishini so'raydi bu muammo emas shunchaki ubuntu biroz eski paketlardan foydalanishiga misol.

Python sahifasi uchun ssilka: Python
Telegram desktop sahifasi uchun ssilka: Telegram Desktop
Ubuntu sahifasi uchun ssilka: Ubuntu

Bizning kanal: Linux
1) D disk qancha xotira olishini bilib oling.
2) Ubuntu o'rnatayotganingizda manual partitioning (ручная разметка) ni tanlaysiz.
3) D diskni qaysiligini xotira hajmidan topasiz. Qolganini esa o'chirasiz.
4) BIOS Boot - 2 mb
EFI - 500 mb
Qolgan bo'sh xotiraga ext4 yoki btrfs formatda / joyi ko'rsatilgan disk ochasiz.
*Agar kerak bo'lsa / ni ochmasdan turib jammi bo'sh xotiradan Swap uchun ham joy ajratasiz(2 ~ 4 GB).
MacUbuntu.zip
82.1 MB
Men ishlatadigan Macos Style kodlari
Ubuntu 20.04 ni shunday qilganman
Bu zip ichida qo'llanma bor video qo'llanma xam bor fon uchun 8K rasmlar xam bor
P/s: Hammasini tayyor qilib qo'ydim😁


Manba: https://news.1rj.ru/str/suniy_intelekt_uzb/2794

Bizning kanal: https://news.1rj.ru/str/linux_programmalar
Arch va boshqa arch basedlarda bluetooth driverini oʻrnatish uchun komandalar
$ sudo pacman -S bluez bluez-utils

$ sudo systemctl enable bluetooth.service

$ reboot
Assalomulaykum hammaga bugun men Arch o'rnatishni bilmayotgan yoki qiynalayotganlarga men ushbu varoqqa qo'ldan kelgancha tajribamga tayanib o'z arch installation gui imni yozdim. Mehnatimni qadrlaysiz degan umiddaman.

Arch linux: Arch
Arch linux yuklab olish: Arch download
Bizning kanal: Linux
👌1
Forwarded from PySphere (ABULQOSIM Rafiqov)
O'zimizni o'zbeklar tuzishgan Dasturlash tili C va Rust kabi tezkor
Dasturchi @uwussimo
Guruh @xinuxuz
https://osmon.dev
https://news.1rj.ru/str/osmonlang
Akamizga ishlariga omad tilab qolamiz va sizdan Bitta yangi OS kutib qolamiz Osman langda yozilgan☺️
https://osmon.dev
https://news.1rj.ru/str/osmonlang
Bir shoirtabiat usta drayverni «qurilmalarning ruhi» deb ta'riflagandi. Haqiqatan, drayver qurilmalarga «jon kiritadi», ishlashini ta'minlaydi.

Kompyuterga o‘rnatilgan har qanday qurilma, to uning drayveri ishga tushirilmagunicha, kompyuterga «bog‘lana olmaydi». Misol uchun, kompyuterga modem uladingiz, lekin to uning drayverini o‘rnatmaguningizcha, modemdan foydalana olmaysiz.

Chunki modemga «boshqaruvchi» («Driver» ingliz tilida shunday ma'noni anglatadi) kerak bo‘ladi. Aynan drayver modemni yoki kompyuterning boshqa tarkibiy qismlarining boshqarishni o‘z zimmasiga oladi.

Shuni ham inobatga olingki, har bir qurilma uchun alohida drayver bo‘ladi. Shu sababli modemmi, videokartami yoki boshqa biror qurilma sotib olayotganingizda uning drayverini ham olishni unutmang.
Kali linux oʻrnatib wifi muammosiga ucharganlarga bir yechim

1. sudo iwconfig wlan0 up
2. sudo iwconfig wlan0 essid 'wi fi nomi' 45454545
3. sudo dhclient wlan0

Balki oʻxshab qolar
i3wm qanday o'rnatiladi ??? how to install i3wm ???
Hammaga salom dostlar sarlavha nomidan tushunib turganingizdek bu postimiza 0 dan i3wm ni o'rnatish va sozlashni o'rganamiz. Avvalambor biz i3 uchun quyidagi komanda orqali DM (Display manager) o'rnatib olamiz.
$ sudo pacman -S i3 lxdm
so'ngra uni bu komanda orqali yoqamiz
$ sudo systemctl enable lxdm --force
Undan so'ng i3-gapsn o'rnatib olamiz
$ sudo pacman -S i3-gaps
So'ngra o'zimizga yaxshi terminal o'rnatib olamiz
$ sudo pacman -S alacritty
So'ngra buyog'ii ajyoyib bir configga qo'yib beramiz istasangiz bitta yaxshi broni githubda configlari bor pot ostiga joylab qo'yaman hohlasanigiz meni postim bo'yicha davom eting. Endi archcaft configlaridan foydalanamiz avvalo
$ sudo nano /etc/pacman.conf
degan jildni ohamiz va oxriga ushbu jumlalarni kiritamiz
[archcraft]
Server =
https://pkgs.archcraft.io/$arch
SigLevel = Optional TrustAll
va ctrl + o va enter va ctrl + x
Bu jumlalarni manzil deb olsak ham bo'ladi chunki agar bularni kiritib olmasak pacman paket manajeri bularni topolmasdi. Endi esa archcraftni yuklashdan avval kerakli dependacylarni yuklab olamiz ularni yuklab olish uchun yay paket manajerini yuklab olamiz. Githubdan repositoriyani clone qilish uchun gitni o'rnatamiz.
$ sudo pacman -Syu
$ sudo pacman -S git
Endi yayni clone qilamiz
$ git clone https://aur.archlinux.org/yay.git
Clone tugagach clone bo'lgan papkaga kiramiz
$ cd yay
yay papkasiga kirgach yayni o'rnatish uchun kerakli komandani qo'llaymiz
$ makepkg -si
Yay o'rnadi endi kerakli dependacylarni o'rnatsak ham bo'ladi
$ yay -S polybar picom-ibhagwan-git betterlockscreen
Va yanada chiroyliroq qilish uchun ikonka uchun fontlar
$ sudo pacman -S archcraft-fonts
Va archcraftni o'rnatamiz
$ sudo pacman -S archcraft-i3wm
Va biz hamma ishni yakunladik endi bittagina
$ sudo reboot
komandasini beramiz va archcraftdan foydalansak bo'ladi.

Men vada qilgan bitta yaxshi broni confgilari uchun ssilka: Usmon Hamidulloh
Biz ishlatgan configlar bilan tanishish uchun ssilka: Archcraft

Bizning kanal: Linux
👍6
Sudo Blog
i3wm qanday o'rnatiladi ??? how to install i3wm ??? Hammaga salom dostlar sarlavha nomidan tushunib turganingizdek bu postimiza 0 dan i3wm ni o'rnatish va sozlashni o'rganamiz. Avvalambor biz i3 uchun quyidagi komanda orqali DM (Display manager) o'rnatib…
Bu post uzayib ketganligi sababli umumiy komandlarni bitta qildim
$ sudo pacman -S i3 lxdm
$ sudo systemctl enable lxdm --force
$ sudo pacman -S i3-gaps
$ sudo pacman -S alacritty
$ nano /etc/pacman.conf
[archcraft]
Server =
https://pkgs.archcraft.io/$arch
SigLevel = Optional TrustAll
va ctrl + o va enter va ctrl + x
$ sudo pacman -Syu
$ sudo pacman -S git
$ git clone https://aur.archlinux.org/yay.git
$ cd yay
$ makepkg -si
$ yay -S polybar picom-ibhagwan-git betterlockscreen
$ yay -S archcraft-fonts
$ sudo reboot

Bizning kanal: Linux
👍2
Agarda siz tepadagi komandalarni to'gri ishlatib kerakli paketlarni to'g'ri o'rnatgan bo'lsanign siz quyidagi dizayndagi oyna ochiladi. Agar muammo paydo bo'lsa shu yega yozing.

Bizning kanal: Linux
👍1
Arch uchun ajoyib ovoz drayveri
$ sudo pacman -S pavucontrol pulseaudio pulseaudio-alsa pulseaudio-bluetooth
👍1
Debian va uning basedlarida (Ubuntu, Mint, Kali, Pop_OS) vs codeni update (yangilash) qilish
1. sudo apt update
2. sudo add-apt-repository -y "deb https://packages.microsoft.com/repos/vscode stable main "
3. sudo apt update
4. sudo apt -y install code
Terminal orqali fayllarni zipd(arxiv)an chiqarish
Archda:
$ sudo pacman -S unzip
Debianda:
$ sudo apt install unzip

$ sudo unzip faylnomi

Bizning kanal: Linux
WM uchun ajoyib config file
Manzil: WM

Bizning kanal: Linux
👍1
Nima uchun serverlar debian baseddan foydlanadi

Serverdagi asosiy ishalatiladigan texnologiyalar bilan qarash kerak bunda.

Aslida hamma linux tagi bir, faqat muammo pascagelarda.

Linux serverlar ko'proq web doirasida ishlatilgani va segmentning asosiy qismi nginx va apachedaligini hisobga olsak ushbu texnologiyalar arch bazada unchalik ham stabil ishlamaydi. O'rnatishning o'zida nginx usr papka orqali ishlaydi. bu esa dostuplarni alohida sozlab chiqishga to'g'ri kelishini anglatadi.

Shu daxmazalar sabab ham asosan debian yoki red hatlar serverlar ko'proq uchraydi
Linux haqida

Assalomu alaykum. Bu postimda Linux haqida aytaman. Qanday kelib qolganim. Undan kundalik hayotda oddiy foydalanuvchi foydalana oladimi? va boshqa masalalar.
Linux tarixiga to'xtalmaymiz bu juda siyqasi chiqqan mavzu.
Taxminan 2018 yillar (huddi 50 yil avvalgi vaqtni aytganday...😂) ilk marta noutbook sotib olgan paytlarim. Boshida hamma qatori Windows ishlatdim. Keyin TATUga qarashli Raqamli Texnologiyalar Markazi tuman filialida o'qidim. Shunda o'qituvchimiz tomonidan OSlar haqida aytilganda Linux haqida eshitganman. Juda qiziqib qolib Linux Mintni yuklab olganman. Keyin esa uni maktab kompyuteriga o'rnatganman (davlatimiz qashshoqlashib qolmaydi) . Shu tariqa Linuxga ilk qadamlarimni bosganman...

Ko'pchilik o'ylaydi: Linuxni oddiy odam foydalana olamaydi deb yoki kundalik foydalanish uchun emas deb. Bu fikr mutlaqo noto'g'ri. Bu bizga Windows ishlaganimiz uchun singib qolgan. Windows yoki Macda qilish mumkun bolgan juda ko'p ishlarni Linuxda amalga oshirish mumkun, Offis dasturlarida ishlash, Printerlarda kerakli narsalarni chop etish, surat tahrirlash, browserdan foydalanish(youtube va boshqa narsalar degandek), Telegram, Whats App singari tarmoqlardan foydalanish, Qo'shiq eshitish(hozir shu postni yozayotib ham Yuri Shatunovni "Belie Rozi" qo'shig'ini Rhythmbox playerida juda sifatli ovozda eshitayapman) uchun Spotify yoki boshqa oflayn playerlar, Video tahrirlash uchun o'lsa Premierdan o'ligi ortiq DaVinci Resolve, Audio tahrirlash uchun Audacity, umuman hamma hamma kundalik narsalar mavjud. Aslida, bu tizimni hamma uchun tavsiya qilaman.

Ta'lim tizimimiz Yevropa darajasida deyishdi. Lekin bunday emas. Yevropani ko'plab maktablarida Linux foydalaniladi. O'quvchilar bolalikdan Linuxga o'rganadi. Darsliklar ham shunga mos. Lekin bizda Linux desa "tepa sochi tikka" bo'ladigan, windowsdan boshqasiga ko'nika olmaydigan "ustoz"larni deb millionlagan o'quvchilar dunyo standartiga javob beradigan Linux tizimi ishlatishdan mahrum...

Hukumatimizdan iltimos qilardim:
Yervopa darajasidagi ta'lim tizimini o'quvchilarga o'qitish uchun,Yevropa darajasidagi maktab, sinfxona, jihozlar, qurilmalar, dasturlar va darsliklar bilan ta'minlashlarini.

Yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidir deganday, bolalikdan Linux ishlatgan inson kelajakda o'z shaxsiy ma'lumotlarini himoya qila oladigan, mualliflik huquqini buzmasdan, asl dasturiy ta'minotdan foydalanadigan "ekotizim"ni bir bo'lagi bo'la oladi deb o'ylayman.

Hozircha shular yana fikrlar bo'lsa sizlar bilan baham ko'raman.

@Anvar_Alimoff