Sudo Blog – Telegram
66 subscribers
61 photos
2 videos
32 files
125 links
Linuxdagi hayotim
Download Telegram
Terminal orqali fayllarni zipd(arxiv)an chiqarish
Archda:
$ sudo pacman -S unzip
Debianda:
$ sudo apt install unzip

$ sudo unzip faylnomi

Bizning kanal: Linux
WM uchun ajoyib config file
Manzil: WM

Bizning kanal: Linux
👍1
Nima uchun serverlar debian baseddan foydlanadi

Serverdagi asosiy ishalatiladigan texnologiyalar bilan qarash kerak bunda.

Aslida hamma linux tagi bir, faqat muammo pascagelarda.

Linux serverlar ko'proq web doirasida ishlatilgani va segmentning asosiy qismi nginx va apachedaligini hisobga olsak ushbu texnologiyalar arch bazada unchalik ham stabil ishlamaydi. O'rnatishning o'zida nginx usr papka orqali ishlaydi. bu esa dostuplarni alohida sozlab chiqishga to'g'ri kelishini anglatadi.

Shu daxmazalar sabab ham asosan debian yoki red hatlar serverlar ko'proq uchraydi
Linux haqida

Assalomu alaykum. Bu postimda Linux haqida aytaman. Qanday kelib qolganim. Undan kundalik hayotda oddiy foydalanuvchi foydalana oladimi? va boshqa masalalar.
Linux tarixiga to'xtalmaymiz bu juda siyqasi chiqqan mavzu.
Taxminan 2018 yillar (huddi 50 yil avvalgi vaqtni aytganday...😂) ilk marta noutbook sotib olgan paytlarim. Boshida hamma qatori Windows ishlatdim. Keyin TATUga qarashli Raqamli Texnologiyalar Markazi tuman filialida o'qidim. Shunda o'qituvchimiz tomonidan OSlar haqida aytilganda Linux haqida eshitganman. Juda qiziqib qolib Linux Mintni yuklab olganman. Keyin esa uni maktab kompyuteriga o'rnatganman (davlatimiz qashshoqlashib qolmaydi) . Shu tariqa Linuxga ilk qadamlarimni bosganman...

Ko'pchilik o'ylaydi: Linuxni oddiy odam foydalana olamaydi deb yoki kundalik foydalanish uchun emas deb. Bu fikr mutlaqo noto'g'ri. Bu bizga Windows ishlaganimiz uchun singib qolgan. Windows yoki Macda qilish mumkun bolgan juda ko'p ishlarni Linuxda amalga oshirish mumkun, Offis dasturlarida ishlash, Printerlarda kerakli narsalarni chop etish, surat tahrirlash, browserdan foydalanish(youtube va boshqa narsalar degandek), Telegram, Whats App singari tarmoqlardan foydalanish, Qo'shiq eshitish(hozir shu postni yozayotib ham Yuri Shatunovni "Belie Rozi" qo'shig'ini Rhythmbox playerida juda sifatli ovozda eshitayapman) uchun Spotify yoki boshqa oflayn playerlar, Video tahrirlash uchun o'lsa Premierdan o'ligi ortiq DaVinci Resolve, Audio tahrirlash uchun Audacity, umuman hamma hamma kundalik narsalar mavjud. Aslida, bu tizimni hamma uchun tavsiya qilaman.

Ta'lim tizimimiz Yevropa darajasida deyishdi. Lekin bunday emas. Yevropani ko'plab maktablarida Linux foydalaniladi. O'quvchilar bolalikdan Linuxga o'rganadi. Darsliklar ham shunga mos. Lekin bizda Linux desa "tepa sochi tikka" bo'ladigan, windowsdan boshqasiga ko'nika olmaydigan "ustoz"larni deb millionlagan o'quvchilar dunyo standartiga javob beradigan Linux tizimi ishlatishdan mahrum...

Hukumatimizdan iltimos qilardim:
Yervopa darajasidagi ta'lim tizimini o'quvchilarga o'qitish uchun,Yevropa darajasidagi maktab, sinfxona, jihozlar, qurilmalar, dasturlar va darsliklar bilan ta'minlashlarini.

Yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidir deganday, bolalikdan Linux ishlatgan inson kelajakda o'z shaxsiy ma'lumotlarini himoya qila oladigan, mualliflik huquqini buzmasdan, asl dasturiy ta'minotdan foydalanadigan "ekotizim"ni bir bo'lagi bo'la oladi deb o'ylayman.

Hozircha shular yana fikrlar bo'lsa sizlar bilan baham ko'raman.

@Anvar_Alimoff
Shell qanday o'chiriladi ??? How to unistall shell ???
Oldindan bitta maslahat biror bir shellni o'chirmoqchi bo'lsangiz unda avval boshqa shell o'rnatib oling bo'lmasa terminalsiz qolib ketasiz. Biror bir shellni o'rnatish va o'chirishni ko'rsak. Keling bizda deylik fish nomli shell bor biz zsh nomlisini o'rnatmoqchimiz. Avvalo rootga o'rnatamiz. Buning uchun rootga kiramiz
$ sudo su
Endi esa shellni o'rnatamiz
$ pacman -S zsh
Endi uni root uchun shellimiz qilib kiritamiz
$ chsh -s /usr/bin/zsh
$ zsh
Endi esa uni userimizga o'rnatmiz buning uchun usermizga kirib olamiz. Menda username muhammad shuninf uchun men su dan keyin muhammad deb yozman siz o'z usernamemingizni kiritasiz.
$ su muhammad
endi zsh'ini shellimiz qilib olamiz
$ chsh -s /usr/share/bin/zsh
Endi iloji bo'lsa bitta reboot va shellga kiramiz
$ reboot
$ zsh


Bu holatda shellni o'rnadi endi keraksiz shellni o'chiramiz
$ sudo su
$ echo "clear" > nano ~/.fishrc
$ reboot
va bizdan fish nomli shell o'chiriladi

Bizning kanal: Linux
👍1👎1
#linux #system #requirements
Linux'ni aksar distro'lari talab qiladigan kompyuter xususiyatlari

1. Ubuntu
• RAM: 4 GB
• ROM: 25 GB
• 2 GHz processor

2. Debian
• RAM: 512 MB
• ROM: 2 GB
• 1 GHz processor

3. Kali
• RAM: 2 GB
• ROM: 20 GB
• 2 GHz processor

4. Manjaro
• RAM: 2 GB
• ROM: 30 GB
• 2 GHz processor

5. Arch
• RAM: 512 MB
• ROM: 20 GB
• 1 GHz processor

6. Garuda
• RAM: 4 GB
• ROM: 30 GB

7. Kubuntu
• RAM: 1 GB
• ROM: 10 GB
• 1 GHz processor

8. Lubuntu
• RAM: 128 MB
• ROM: 2 GB
• 867 MHz processor

9. Blackarch
• RAM: 6 GB
• ROM: 50 GB
• 2 GHz processor

10. Puppy
• RAM: 300 MB
• ROM: Optional
• 900 MHz

Albatta, bu malumotlarni Google'dan topish qiyin emas. Men esa siz uchun rasmiy saytda berilgan malumotlarni ko'rsatdim.

@turdibekjumabaev

#arch #ubuntu #kali #kubuntu #lubuntu #puppy #blackarch #garuda #manjaro #dabian
🤖 Terminalingiz ichida istalgan Linux distributividan foydalaning. Distrobox siz tanlagan Linux distributivini terminal ichida aloxida konteynerda ochib beradi, konteynerlar yaratish uchun podman yoki dockerdan foydalanadi.

Official site : click

@best_master_uz_official
Arch linux Xfce da usb muammosiga uchraganlarga yana bir yechim
sudo pacman -S mtpfs
yay -S jmtpfs
sudo pacman -S gvfs-mtp
sudo pacman -Sy gvfs-gphoto2
reboot

BIzning kanal: Linux
Sudo Blog
Photo
ushbu maummoga yechim
$ sudo grub-mkconfig -o /boot/grub/grub.cfg
Fayllarni boshqaruvchi linux komandasi

1. ls

Kataloglar roʻyxatini ko'rish uchun buyruq bo'lib, u joriy katalogni ko'rsatadi. Parametrlarda yo'lni belgilasangiz, u maqsadli katalog tarkibini ro'yxatga oladi. Foydali variantlar -l ( L ist) va -a ( A ll ). Birinchisi chiqishni batafsilroq ma'lumotga ega ro'yxat sifatida formatlaydi, ikkinchisi esa yashirin fayllarni ko'rsatishga imkon beradi.
Yani ls -l roʻyxatni aks ettiradi.
ls -a esa yashirilgan fayl yoki kataloglarni ham koʻrsatadi.

Manba: Sobirov

Bizning kana: Linux
Men Coder 786 chi
Kompyuter monitoriga mayus boqaman
Ezar Macbook sog'inchi sigaret yoqaman

Eslarman Jobsning dil vayronalarin
Shirinso'z Geystsning Windowslarin
Buglarim eslatar Project goyasin
Hamda nodjsda yozlgan payme ilovasin

Qizg'anishar mendan Macbookni nechun
Ko'zimdan shashqator yoshlar quyular
Balki menga shunday tuyular

Men Coder 786chi
Windows darchasiga mayus boqaman
Tushimda Bil Geytsga dardim to'kaman
Sun'iy intelektdir meni chorlagay
Botib ketgan ko'zlarimda quyosh porlagay

Dardkash kompyuterim meni o'zing yorlaqa
Naqadar mahsum manitor uni o'zin yarqilat
Nega ekrandan errorlar quyilar
Balki faqat klientga shunday tuyular

Men Coder 786chi
Kompyuterim monitoriga mayus boqaman
Dilimda sun'iy ong sog'inchi
Macbookdir ul dil ardog'im
Narxini men uchun aylagay osmon
Umrini menga baxshida etgan
O'zimning kompyuterim ishlatish oson

@yetimdasturchi
👍1
Forwarded from Usmon Hamidulloh
DE va WM

DE (Desktop environment) muhiti - bu ish stoli Grafik foydalanuvchi interfeysini tashkil etuvchi operatsion tizim ustida ishlaydigan dasturlar to‘plamidir [wikipedia].

WM (Window manager) muhiti - bu grafik foydalanuvchi interfeysida oyna tizimidagi oynalarning joylashishi va ko‘rinishini boshqaruvchi tizim dasturi [wikipedia].

DE va WM farqlari
Oddiy qilib aytganda, DE muhiti OSX va Windows kabi ko‘plab sozlamalar va vositalarga ega bo‘lgan to‘liq xususiyatli tizimdir. WM (Window menejeri) va shell ko‘proq qisqartirilgan versiyadir.
Forwarded from $O₿I₽JON
Hattoki Windows ning ham alternativasi bo'lishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rganmisiz?

Bugungi qahramonimiz aynan shunday operatsion tizim. Tanishing ReactOS. U Windows operatsion tizimining alternativasi. Wine🍷nomli dasturning yaratuvchilaridan biz uchun so'vg'a deb qabul qilsak bo'ladi. Ko'rinishidan Windows XP ni eslatishi mumkin, tog'ri, chunki bu tizim shu operatsion tizim asosida yaratilgan. Lekin bu operatsion tizimning XP dan farqi, o'zidan ancha katta bo'lgan versiyadagi Windows dasturlarini qo'llay oladi. Men bu operatsion tizimni ishlatib ko'ra olmadim, sababi kompyuterimning xarakteristikalari to'g'ri kelmagan. Lekin baribir VirtualBox orqali buni amalga oshirdim va juda hayratda qoldim qaysi grafik operatsion tizim ~114MB RAM olishi mumkin? Albatta sinab ko'ring, tajribalar uchun bu operatsion tizim eng yaxshi poligon.

Saytiga o'tish

O'zbekchasiga Windows | @uz_windows
Forwarded from Linux / Линукс
1000 и 1 способ выйти из Vim

простой вариант
:!ps axuw | grep vim | grep -v grep | awk '{print $2}' | xargs kill -9

питонический способ
:py3 import os,signal;from subprocess import check_output;os.kill(int(check_output(["pidof","vim"]).decode
('utf-8')),signal.SIGTERM)

ленивый питонический способ с использованием оболочки
python -c "from os import system; system('killall -9 vim')"

аппаратный способ
выньте вилку из розетки

аппаратный способ эксперта
используйте VIMKiller. всего 500 000 $

способ "живём один раз"
:!echo b | sudo tee -a /proc/sysrq-trigger
(не используйте, может сломать комп)

способ стажёра
1. даже не пытайтесь выйти самостоятельно
2. спросите у старшего работника

SSH способ
~.

другие способы: https://github.com/hakluke/how-to-exit-vim
STANDART LINUX MA'LUMOTLARI

/bin Binar dasturlar, tizimda ishlash uchun asosiy dasturlar: buyruq qobiqlari, fayl utilitlari va boshqalar.

/boot Yadro va uni yuklash uchun fayllar (yadro tasviri, GRUB, LILO fayllari).

/dev Qurilma fayllari: drayvlar, printerlar, psevdo-terminallar va boshqalar.

/etc Tizim konfiguratsiya fayllari, ishga tushirish skriptlari, grafik tizim va turli ilovalar uchun konfiguratsiya fayllari.

/ home Standart foydalanuvchi uy kataloglari (interfeys sozlamalari, shaxsiy fayllar).

/lib Kutubxonalar, umumiy kutubxonalar va /bin va /sbin kataloglarida ishlatiladigan buyruqlar

/lost+found Hech qanday katalogda havola qilinmagan yo'qolgan fayllar, garchi ularning inodlari bepul deb belgilanmagan.

/media olinadigan muhitda (CD, Flash) fayl tizimlari uchun o'rnatish nuqtalari.

/mnt Vaqtinchalik o'rnatish nuqtalari.

/opt Ixtiyoriy (ixtiyoriy) dasturiy ta'minot va ilovalar paketlari.

/proc Barcha ishlaydigan jarayonlar haqida ma'lumot.

/root superuserning asosiy katalogi. Administrator uni kiritishi uchun katalog ildiz FS da bo'lishi kerak. (agar / uy bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lsa)
/sbin Tizimning minimal ishlashi uchun zarur bo'lgan buyruqlar.

/srv Internet va boshqa serverlar orqali tarqatish uchun ajratilgan maydonlar.

/sys Turli yadrolarning interfeyslari (Lipux).

/tmp Vaqtinchalik fayllar. Qayta ishga tushirilganda katalog tozalanadi.

/usr Barcha o'rnatilgan dasturiy ta'minot paketlari, hujjatlar, yadro manbai va X Window System. Rootdan tashqari barcha foydalanuvchilar faqat o'qish uchun ruxsatga ega. Tarmoqqa o'rnatilishi va bir nechta mashinalar o'rtasida taqsimlanishi mumkin.

/var Tez-tez o'zgaruvchan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi (OT jurnallari, tizim jurnallari fayllari, kesh fayllari va boshqalar).

@linux_maqola
Forwarded from Linux maktabi
⚡️Ubuntuda tilni almashtirish uchun klaviatura yorlig‘ini qanday o‘zgartirish mumkin

Ushbu videoda muallif Gnome Tweaks yordamida Ubuntu 20.04 da til tartibining klaviatura yorlig'ini o'zgartirishning oddiy va qulay usuli haqida keltirib oʻtilgan

https://youtu.be/0qXIL8SdDZA
Terminaldan fayl kengaytmalarini qanday o'zgartirish mumkin // Dars №1

Kengaytmalar fayl nomining bir qismidir. Va agar siz kengaytmani (yoki nomini) o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, mv buyrug'idan foydalaning. mv "ko'chirish" degan ma'noni anglatadi va fayllarni ko'chirish va nomini o'zgartirish uchun standart Linux buyrug'idir.

Lekin nima uchun fayllar nomini o'zgartirish uchun mv dan foydalanasiz, deb so'rayapsizmi? Buning sababi shundaki, nomini o'zgartirish operatsiyasi bir xil katalogdagi ko'chirish operatsiyasiga teng, faqat boshqa nom bilan.

Buyruqlar qatoridan fayllar nomini o'zgartirish uchun asosiy sintaksis: mv file.oldext file.newext - bu erda eski va newext mos ravishda eski va yangi kengaytmalardir.

🐧Linux maktabi
How screen brightness is controlled in WM ?
Wm da ekran yorqinligni qanday boshqariladi

1 - Usul

$ sudo pacman -S brightnessctl
$ brightnessctl set 70%

2 - Usul

$ xrandr | grep " connected" | cut -f1 -d " "
$ name
$ xrandr --output name --brightness 0.5

Bizning kanal: Linux
👍3
How to open .tar.gz files in linux terminal
Linux terminalida .tar.gz kengaytmalik fayllar qanday qilib ochiladi

$ tar -xf filename.tar.gz

Bizning kanal: Linux
Linux: Qurilmaning eski yoki yangiligi umuman olganda qanday qurilma ekanligi haqida o'ylanmaysiz
Windows: Qurilmaning eskiligi pand beradi.

Linux: Yangilanishlardan faqat hayratga tushasiz va bu yoqimli
Windows: Yangilanishlar har doim qo'rqinchli bo'gan

Linux: OSda texnik muammo chiqsa qayta tiklash haqida o'ylanmaysiz
Windows: "Goluboy smert" ushbu os foydalanuvchilari uchun arzoilni ko'rishdek gap

Linux: Istaklaringizga qarab 5000 dan ortiq tanlovlar mavjud
Windows: Faqatgina so'nggi yangilanishlarga qarab maksimal uchta tavlov

Linux: Sotish mumkin emas
Windows: Sotib olmasdan ishlatish mumkin emas

Linux: Har qanday ilovalar uchun alternativ mavjud
Windows: Ilovalar o'rnatishni o'zi bir xavf

Linux: Nima u virus?
Windows: Bu dastur virusga ega ekan

Linux: root bu haqiqiy egalik
Windows: administator va user farqlari hozirgacha aniq emas

Linux: Barchasi fayllarda va xohlaganingni tahrirla
Windows: Diassembler yagona variant

Linux: Yillab o'chirmaslik mumkin
Windows: Bir sutkadan ortiq yoniq qoldirib bo'lmaydi

@yetimdasturchi
🔥1