Sudo Blog – Telegram
66 subscribers
61 photos
2 videos
32 files
125 links
Linuxdagi hayotim
Download Telegram
Forwarded from Linux (Usmon)
PARUni o‘rnatish va foydalanish

O‘rnatish

sudo pacman -S --needed base-devel
git clone https://aur.archlinux.org/paru.git
cd paru
makepkg -si
Foydalanish:
- Dastur/paketlarni izlash:
paru -Ss paket_nomi
- Dasur/paketlarni o‘rnatish:
paru -S paket_nomi
Manba: PARU.

©️ Linuks // #arch_linux #aur
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Linux (Usmon)
Keyring xatoligi uchun yechim
pacman-key --init
pacman-key --populate

Manba: Arch Linux Forum

©️ Linuks // #arch_linux #keyring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Linux uchun torrent yuklovchi.
Linux uchun qbittorrent borligini bilmas edim rosti. Lekin rasmiy sahifasida mavjud ekanligni bilib qoldin

Rasmiy sahifa uchun havola: https://www.qbittorrent.org/download

Manba: @linux_programmalar
Sudo Blog
EndeavourOS_Atlantis_neo-21_5.iso
Endavour os yangilanib xfce DE dan KDE ga o'tib ketibdi va ko'plab yangiliklar. Menga KDE yoqmaydi o'rnatish payti xfce tanlab olish mumkin lekin bu jarayon katta trafik va vaqt oladi. Ushbu isi file orqali to'g'ridan to'g'ri xfce muhitiga ega endeavour osni o'rnatib olishingiz mumkin. O'rnatilgandan so'ng yangilashni unutmang.


Yangilash:
sudo pacman -Syu
sudo pacman -Syyu


Manba: @linux_programmalar
1
Anchadan beri linuxda noscript yozishga qiziqar edim va nihoya bugun yaxshi sayt topildi.

Shell ilmi uchun havola: https://www.tutorialspoint.com/unix/shell_noscripting.htm

Manba: @linux_programmalar
2
Linux qanday o'chadi?

Maemo bilan tajriba qilayotgan vaqtimda shutdown now buyrug'i command not found ko'rinishidagi xatolikni qaytardi. Men uchun bunday holat yangilik emas, ammo sizda ham uchrasa quyidagilar sizga yordam berishi mumkin.

Linux operatsion tizimni o'chirish tartibi qanday?

- Foydalanuvchini ogohlantirish
- Rejalashtirilgan vazifalarni bajarish
- Ma'lumotlarni saqlovchi qurilmalar bilan sinxronizatsiya qilish va ularni uzish
- Servislarni to'xtatish
- Tashqi qurilmalarni uzish
- Yadro modullarini uzish
- Targetlarni o'chirish (multi-user, graphic, emergency)
- Seanslarni o'chirish va cheklash
- Terminalni uzish
- Xavfsizlik blokini o'chirish
- Jurnallarni uzish

Yuqoridagilardan so'ng biosga o'chirish haqidagi buyruq yuboriladi, aslida oraliq jarayonda qurilmalar bilan bog'liq yana jarayonlar bor ammo ularga to'xtalib o'tirgim kelmadi. Demak o'chirish metodlarini ko'rib chiqsak.

Alternativ buyruqlar bilan:

1. $: poweroff -f
2. $: halt --poweroff
3. $: reboot --halt
4. $: telinit 0

GUI rejimida ctrlt+alt+del ning alternativasi:

5. REISUB - Alt + Print Screen + B

Kernelni aldash yoki sun'iy ravishda panika qilish:

6. $: sysctl kernel.reboot=1
6. $: echo 1 > /proc/sys/kernel/sysrq
6. $: sysctl --value kernel.panic
6. $: echo c > /proc/sysrq-trigger

@yetimdasturchi
Forwarded from Vodiylik aka
Ko'pchilik Linux foydalanuvchilari Terminalda sudo bilan boshlanadigan buyruqni kiritganlaridan so'ng parol so'raladi, parolni ko'pchilik kiritilayotgan yoki yo'qligini bilishga qiynaladilar.

Hozir ushbu holatda parol terilayotganda * lar bilan ko'rsatish uchun bajarilishi kerak bo'lgan amallarni ko'rsataman:

1. Terminalda sudo visudo buyrug'ini yozib, parolni terib Enterni bosing.
2. Ochilgan faylda 9-qatordagi env_reset kalit so'zidan keyin ,pwfeedback kalit so'zini yozing,
3. Ctrl+X ni va ortidan Y ni bosing.
4. Terminalni yopib, qaytadan ishga tushiring.
5. Vualya!

Foydali bo'lgan bo'lsa xursandman.
#useful

@vodiylik aka 🧑‍💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Otabek Ismoilov
Linux serverda history buyruq yozganimizda yozilgan buyruqlar ro'yxatini ko'rsatadi lekin qachon yozilganini ko'rsatmaydi quyidagi rasmda qanday qilib history komanda bilan histoy ko'rganda yozilgan komandalarni qachon yozilgan sanasi bilan ko'rsatish kichik qo'llanmasi
👍1
Forwarded from Otabek’s I/O
SystemD yoxud System Daemon

Dasturlashga endi kirib, birinchi loyihamni ahost.uz ga joylaganimni eslayman. O'sha payt python dasturlarimni qanday internetda 24/7 ishlab turishini ta'minlash haqida o'ylardim. Terminalga kirib python falonchi.py deyishim bilan dastur ishlar ammo terminalni yopishim yoki browserdan chiqishim bilan dastur o'chib qolardi. Birdan nohup buyrug'iga ko'zim tushdi va u haqida o'rganishni boshladim.

nohup linux operatsion tizimidagi buyruq bo'lib shell yoki terminaldan chiqib ketgan taqdiringizgda ham process ishlab turishini ta'minlaydi (har bir dastur bitta processda run bo'ladi va uni ko'rish uchun htop, top yoki ps aux buyruqlarini terminalga yozish kifoya qiladi). nohup odatda SIGHUP (signal Hang UP) signalini qabul qilishdan qochishga yordam beradi. Ammo bu juda yomon yechim edi. Chunki har safar dastur o'chib qolsa yoki tizim reboot (qayta yonsa) bo'lsa uni qo'lda yana ishga tushirishni talab qilardi.

Keyinchalik Linux o'rganayotib systemd tushunchasiga ko'zim tushdi. systemd bu tizim sozlamalari va servicelarni ishga tushuruvchi tizim ekan. U har bir topshiriqlarni unitlarga bo'lib chiqar ekan. Va eng asosiysi virtual mashina boot (yonish) ketma-ketligida systemd har bir unit (service fayl)larni uyg'otib chiqar ekan. Bu ham mayli o'chib qolsa restart qilishni ham buyrusa bo'lar ekan. Menga juda yoqdi va bu haqida o'rganishni boshladim va muammoga yechim topdim.

Agar dasturlaringizni serverga deploy qilishda muammolaringiz bo'lsa yoki bilmayotgan bo'lsangiz mana bilib oldingiz )

@otabekswe
👍2
Nima sababdan desktop kompyuterlar uchun moslashgan qurilmalar server qilishga arzimasligini sababi.

Screenshotda virtual debian o'rnatilayotgan host mashina i7 11-avlod hisoblanadi. Lekin 2010-yilda ishlab chiqilgan serverda o'rnatish jarayonidan ancha ko'p sarflayapti.

Texnik jihatdan olib qaralganda spetsifikatsiyalar sezilarli darajada kuchli hisoblanadi aslida.
Yetim dasturchi kundaligi
Nima sababdan desktop kompyuterlar uchun moslashgan qurilmalar server qilishga arzimasligini sababi. Screenshotda virtual debian o'rnatilayotgan host mashina i7 11-avlod hisoblanadi. Lekin 2010-yilda ishlab chiqilgan serverda o'rnatish jarayonidan ancha ko'p…
Bunga sabab nimada?

Uzkuna dizayni va chidamliligi: Server qurilmalari murakkab va yuklamali sharoitlarda chidamlilik, ishonchlilik va uzluksiz ishlash uchun mo'ljallangan. Serverlarda doimo uzoq vaqt davomida (24/7) yuqori ish yuklamalari uchun moslashgan komponentlardan foydalaniladi, jumladan, ma'lumotlarning buzilishini aniqlay oladigan va tuzatishi mumkin bo'lgan metodlar (ECC).

Issiqlik boshqaruvi: Serverlar desktop kompyuterlarga qaraganda issiqlikni samaraliroq boshqarish uchun qaratilgan bo'lib, ular haddan tashqari qizib ketmasdan yuqori unumdorlikda doimiy ishlash imkonini beradi. Bu yuzlab yoki minglab serverlar bir vaqtning o'zida ishlaydigan datacenterlarda juda muhimdir. Desktop qurilmalar yuqori yuklamalarda (24/7) ishlash uchun yetarli sovutish tizimlariga ega bo'lmaydi odatda, bu potentsial haddan tashqari qizib ketish va modullar ishdan chiqishiga olib keladi.

Elektr ta'minoti: Serverlar ko'pincha samaradorlik va ishonchlilik uchun mo'ljallangan quvvat manbalariga ega, ko'plarida hattoki serverni o'chirmasdan modullarni almashtirish imkoni mavjud. Desktop kompyuterlar quvvat modullari bir xil samaradorlik yoki ishonchlilik standartlariga javob bermaydi odatda.

Tarmoq imkoniyatlari: Server darajasidagi tarmoq komponentlari desktop kompyuterlarga qaraganda yuqori kenglikni va ko'proq ulanishlarni boshqarish uchun mo'ljallangan. Bu server muhitiga xos bo'lgan yuqori tarmoq trafigini boshqarish uchun qo'l keladi.

Disklar: Serverlarda odatda sas disklardan foydalaniladi. SAS komponentlar o'zida yuqori issiqlik chiqarishiga qaramasdan desktop disklaridan ko'ra ancha kuchli hisoblanadi. Masalan standart sas disk 7200rpm yoki undan yuqori aylanishda bo'ladi doim. Shuningdek sas interfeysi raid massivlar bilan ham yaxshi chiqishadi. Desktopda raid massivlar software levelda bo'lsa, serverlarda bu uchun javob beruvchi alohida hardware modullar mavjud. Shuningdek disk uchun qo'yiladigan alohida kesh xotiralar ham. Masalan serverda elektr manbasi o'chib qolsa ham yozish uchun o'rtada qolgan ma'lumot keshda batareyka orqali vaqtincha saqlanish imkoniga ega. SHuningdek ushbu kesh ma'lumot almashinish tezligiga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.

Eng muhimi (chang): Serverlar saqlanadigan muhit odatda alohida datacenterlar uchun moslashgan konditsionerlar yordamida sovutiladi va bu muhit ko'pincha chang zarralaridan holi bo'ladi. Desktop qurilmalar esa hammaga ma'lumki o'rgimchak to'ri bilan to'lib boradi. O'z navbatida esa bu ona plata ishi uchun tasir ko'rsatadi.
Assalomualaykum
Bugun sizlarga bir yaqin akamni Arch bspwm configlarini ulashmoqchiman, boshlang'ichlar uchun ayni bop config

https://github.com/BunyodbekNasriddinov/dots

Savol va taklif bo'lsa shu postni comment qismiga yozsezlar ham bo'ladi, o'zlariga yozsezlar ham bo'ladi bo'sh bo'lsalar albatt javob berishadi


Manba: @linux_programmalar
🔥2
Signals

Linux operatsion tizimida signallar bor. Ba'zan ularni bilib, ba'zan bilmay ishlatasiz. Ctrl + D ni bosib terminal dasturdan chiqasiz. Ctrl + C ni bosib dasturni interrupt qilasiz. Keling ajoyib qisqa masterpost bilan tushnib olamiz.

UNIX-like tizim ishlatsangiz terminalingizni oching va ps buyrug'ini yuboring. U sizga hozir ishlab turgan processlar ro'yxatini beradi. Oddiyroq qilib aytsak, qachon kompyuteringizda dastur ishga tushirganingizda har bir dastur har xil process (ishchi)da ishlaydi.

PID, TTY, TIME, CMD kabi columnlar beradi. CMD - dastur, PID esa process ID degani. Istalgan PID raqamni tanlang. Endi esa uni to'xtatishni istasangiz, kill buyrug'idan foydalanasiz. Masalan mana bunday:


kill -SIGNAL PID


Signal qismiga uni nima qilishni kiritasiz, misol uchun to'xtat demoqchi bo'lsangiz -3, yoki -9.


kill -9 13488


Har bir signalni o'z ma'nosi bor. Ba'zan dasturni to'xtatib qo'yishingiz ham mumkin. Va keyinroq kelgan joyidan davom ettirishni aytishingiz ham mumkin. Endi dasturlardan chiqish uchun X buttonni emas balkim terminal orqali kill buyrug'ini ishlatsangiz va o'zingizni hacker dek tutsangiz bo'ladi.

Bu haqda albatta keyinroq to'liq post yoziladi, hozircha shunisini o'qib turing!

P.S: Process tejash, resurs tejashdir!

@otabekswe
👍1
#Linux

Barcha Linux buyruqlari bir joyda

Linux'chilar bilishi kerak bo‘lgan hamma narsani o‘z ichiga olgan ulkan qo‘llanma

- Fayllar bilan asosiy amallar;
- Fayllarni ko‘rib chiqish;
- Sana va vaqt;
- Tarmoq;
- Jarayonlarni kuzatish;

Linux'chilar bormi? - 👍

@updatinguz - yangilanish vaqti
👍2