Sudo Blog – Telegram
64 subscribers
61 photos
2 videos
32 files
123 links
Linuxdagi hayotim
Download Telegram
Nix os o'rnatib flakeni o'rganishni boshlaganimdan so'ng manabu muammoga duch keldim, xullas linux ishga tushib parol kiritganimdan so'ng birdan ushbu oyna chiqib 2minut shu holatda qotib keyin ishga tushayotgan edi, biroz gpt qilgan edim ushbu yechimni berdi. Senda dual video karta qaysi birini avtomatik boshlashni bilmaydi. Uni o'zing qo'lda sozla dedi avval video karta bus id sini aniqlash kerakligini aytdi.

video karta bus id'sini aniqlash

 nix --extra-experimental-features "nix-command flakes" shell nixpkgs#pciutils --command lspci | grep -E 'VGA|3D'


so'nga /etc/configuration.nix faylga ushbu qismni qo'shish kerak

hardware.opengl.enable = true;

services.xserver.videoDrivers = [ "nvidia" ];

hardware.nvidia = {
modesetting.enable = true;
powerManagement.enable = true;
powerManagement.finegrained = false;
open = false; # GTX 1650 Mobile uchun to‘g‘ri
nvidiaSettings = true;

prime = {
offload.enable = true;

intelBusId = "PCI:0:2:0";
nvidiaBusId = "PCI:2:0:0";
};
};
Linuxda SSH Key orqali GitHub-ga bog‘lanish

1️⃣ SSH kalitni tekshirish

ls -l ~/.ssh



2️⃣ Yangi SSH kalit yaratish

Kalit yaratish uchun:
ssh-keygen -t ed25519 -C "youremail@example.com"


Standart joyda (~/.ssh/id_ed25519) saqlang.

Parol qo‘yish mumkin yoki bo‘sh qoldirish mumkin.

3️⃣ SSH agentni ishga tushirish va kalitni qo‘shish
eval "$(ssh-agent -s)"
ssh-add ~/.ssh/id_ed25519
# yoki agar o'z nom bilan bo'lsa
ssh-add ~/.ssh/my_ssh_key


Kalit muvaffaqiyatli qo‘shilgandan keyin ssh-add -l bilan ro‘yxatini tekshirishingiz mumkin.

4️⃣ GitHub-ga public key-ni qo‘shish

Public key-ni ko‘rsatish:
cat ~/.ssh/id_ed25519.pub
# yoki
cat ~/.ssh/my_ssh_key.pub


Chiqqan matnni GitHub → Settings → SSH and GPG keys → New SSH key → joylashtiring.
ssh -T git@github.com

Muvaffaqiyatli bo‘lsa quyidagi xabar chiqadi:
Hi username! You've successfully authenticated, but GitHub does not provide shell access.


#ssh #github
Forwarded from Shaxzod Qudratov
Official ma'lumotlar:

NixOS Manual: https://nixos.org/manual/nixos/stable/

Nixpkgs Manual: https://nixos.org/manual/nixpkgs/stable/

Nix dasturlash tili Manual: https://nix.dev/tutorials/first-steps/

Nixpkgs Search: search.nixos.org

Unofficial:

NixOS Wiki: nixos.wiki
Bunaqangi sodda tushuntirishlarni har doim topish qiyin.

#nixos
Forwarded from Shaxzod Qudratov
Home Manager bu nima?

Ko'pchilik .dotfiles deb avvalasi turli-xil configlarni yig'ib yurishar edi. Uning ichida vim, alacritty, kitty, kde, ... larning turi fayl formatlarda (.toml, .yaml, .json, .cfg, .ini, ...) yozib va har yangi tizim o'rnatganda shu fayllarni ko'chirib yurishar edi.

Xullas, Home Manager huddi shu muammoni Nix dasturlash tili va Nix package manager bilan yechishga yordam beradi.

Home Manager va NixOS Modules/Nix Darwin Modules orasida nima farq?

NixOS Modules va Nix Darwin Modules asosan operatsion tizimni sozlashga moslashgan bo'lib, u aniq bir tizim foydalanuvchisiga (system user) bog'lanmay global ish tutadi. Home Manager esa doim aniq bir foydalanuvchiga bog'langan bo'ladi, va uning sozlamalari boshqa foydalanuvchilarga ta'sir qilmaydi (agar ta'sir qiladigan config yozmasangiz albatta).

GitHub: https://github.com/nix-community/home-manager/
Manual: https://nix-community.github.io/home-manager/
Search: https://home-manager-options.extranix.com/
Savol: Xinuxni 0dan yozib chiqganmisizlar yoki kerneldi ustiga qurilganmi ?

Javob: Xinux ustida quyidagi qatlamlar mavjud:

1. Linux
2. NixOs
3. GNOME DE
4. nix tilida yozilgan sozlamalar. O'zimiz qo'shgan yoki olib tashalagan dasturlar, orqa fon va boshqa.

Xinux shu 4-qadamdan boshlanadi. Qolgan tepadagi loyihalarni shunchaki olib qo'shib qo'yamiz.

Barcha sozlamar shu modules degan repoda turadi. Bularni tushunish uchun nix paket manageri yoki NixOS ishlatish talab etiladi.

Post egasi: asl post manbasi
cooking
Forwarded from Ulug'bek Raxmankulov
Tak, alsautils o'rnatasiz, alsamixer cli bilan mic boost ni 0 qilasiz, keyin keragicha sensitivityni ham pasaytirasiz. Kimdadir 100 holida norm bo'ladi boostni o'chirgach, kimdadir 30-40% norm bo'ladi. Unda ham shum qolsa keyin noisetorch o'rnatasiz. Ishga tushirib mikroni noosetorchga olib qo'yasiz olam guliston.
Mac nix journey.

Avval nix ni o'nratib olishingiz kerak. Bu yerdagi readme faylni o'chib chiqing. So'ngra qaytib kelsangiz maqsadga muvofiq bo'lar edi.

1.
git clone https://github.com/dustinlyons/nixos-config.git ~/nix-config

2.
nix-config % nix run nix flake update --option access-tokens "github.com=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"

Nima sodir bo'ladi?

Nix-darwin o‘rnatiladi va macOS tizim sozlamalarini boshqarishni boshlaydi.

Homebrew avtomatik ishga tushadi (agar Dustin’ning shablonida ko‘rsatilgan bo‘lsa).

Home-manager sizning zsh va boshqa dotfillaringizni sozlaydi.

3. Loyihadagi ushbu fayllardagi %USER% o'rniga o'zingizning usernamingizni qo'yib chiqasiz. O'zingizning usernameingizni bilish uchun quyidagi terminal buyrug'ini ishlatasiz:
whoamiU yerdan chiqqan qiymatni quydagi fayllarga yuqorida aytilgan %USER% o'rniga almashtirib chiqing
1) modules/darwin/home-manager.nix
2) hosts/darwin/default.nix
3) flake.nix

4.
sudo mv /etc/nix/nix.conf /etc/nix/nix.conf.before-nix-darwin

Nix-darwin /etc/nix/nix.conf faylini o'zining sozlamalari bilan almashtirmoqchi, lekin u yerda hozir siz qo'lda yozgan (yoki Nix o'rnatilganda tushgan) fayl bor.
Terminalda quyidagi komandani yurgizing. Bu mavjud faylning nomini o'zgartiradi (zaxira nusxa sifatida saqlab qo'yadi).

5. O'zgarishlarni nix payqashi uchun gitga bog'laymiz.
git add .


6. Nix-darwin tizimni to‘liq boshqarishiga ruxsat berishdan oldin, u /etc/nix/nix.custom.conf faylini ham chetlashtirishingizni so‘rayapti.
sudo mv /etc/nix/nix.custom.conf /etc/nix/nix.custom.conf.before-nix-darwin7

7.
sudo nix run --extra-experimental-features "nix-command flakes" nix-darwin -- switch --flake .#aarch64-darwin

Endi turib choy-poy yoki kofe ichib kelsangiz, o'tirib biroz kino ko'rsangiz ham bo'ladi )).
Chunki bu buyruq.flake'ni ishga tushiradi, katta ehtimol bilan buyruq uzoq muddat ishlashi mumkin, chunki kerakli paketlarni yeg'adi, kompayl qiladi, o'rnatadi, konfiguratsiyalarni qo'llaydi.


Bu amallar macOS Tahoe'da sinaldi.
1
Uzinfocom kompaniyasining Ochiq kodli dasturlar ishlab chiqish jamoasi yangi hodim qidirmoqda.

Ish turi: To'liq ish vaqti(Full time), 5-kun.

Talablar:
- Dart tilini yaxshi bilishi, Appstore yoki Google playga app chiqargan odam bo'lishi.
- SQFlite va Local hotira kabi omborlarda tajribaga bo'lishi.
- Push notificationlar bilan ishlashni bilishi.
- Flutter Webviewda tajriba.

Quyidagi bilim, ko'nikmalar bo'lgani yaxshi:
- Media fayllar bilan ishlash tajribasi.
- IOS/Android native.

Sizdan kutilyabti:
- Flutterda chat ilovasi ustida ish olib borish.
- Yangi texnalogiyalar o'rganishga ochiq va tayyor bo'lish, bizda Rust, Nix kabi texnalogiyalardan aktiv foydalaniladi.
- AI texnalogiyalari va assisantlardan foydalanmasdan ham erkin izlanishlar qila olish. Bizning jamoada AI texnalogiyalariga cheklovlar mavjud.

Bizni jamoaga asosan izlanuvchan va chuqur bilim tajriba olish niyatidagi dasturchilar kerak. Agar o'z texnik bilimlaringizni yanada kuchaytirmoqchi bo'lsangiz ushbu ish siz uchun ko'proq mos keladi.

Maosh: Bilim darajangizdan kelib chiqib kamida 500$ dan boshlanadi.

Bog'lanish uchun github yoki alternativ git(Gitlab, Gitea, vaxakazo...) sahifangizni @sudo_pacman ga yuboring. Ishga qabul qilishimiz uchun nomzodlarni git profilariga qaraymiz.
👍6