Mabrur - IT Blog 🇵🇸 – Telegram
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.67K subscribers
765 photos
99 videos
15 files
521 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
📹 Dasturlashni oʻrganishda til yoki texnologiya tanlab olish

https://youtu.be/g2Bv9iAhBrE

@muhammadyunus_uz
Forwarded from CoreCourse
Dasturlashni o'rganmoqchimisiz? Siz uchun maxsus yangilik!

Ushbu maqolada biz taklif etayotgan CoreCourse haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Arzon va sifatli va uyda o'tirib ta'lim olishni istaysizmi unda ushbu maqola siz uchun:

https://telegra.ph/CoreCourse-09-02

Shoshiling, qabul boshlangan!

Kursga yozilish uchun @muhammadxon_najimov ga muroojat qilishingiz mumkin. Nima uchun kursda o'qimoqchiligingiz haqida ham yozishni unutmang (iltimos)!

Darslar guruh to'planishiga qarab 13-sentabr sanasidan boshlanishi mumkin!
Dasturchilarning eng kuchli quroli nima, bilasizmi? Bu albatta google😎

Keling, bugun, Google qidiruv tizimidan samarali foydalanish haqida bilib olamiz. Googleni ikkinchi ustozga aylantirish vaqti keldi ))

https://telegra.ph/Googleni-ikkinchi-ustozga-aylantiramiz-yohud-qidiruv-tizimidan-togri-foydalanish-uchun-maslahatlar-01-28
Kim eslaydi?😄

@mabrur_dev
Tasavvur qiling, sizning do'stingiz, yoki tanishingiz dasturchi bo'lish uchun nima qilish kerakligi haqida so'radi. Siz unga nima deb javob bergan bo'lar edingiz?

Shunday javob yozingki, bu - izohlarni o'qigan odamga foyda keltirsin.

@mabrur_dev
Olx.uz ni studentlar bosib oldi🥳

Hamma kvartira qidirish uchun olxga kirgani uchun saytga katta nagruzka tushayotganga o'xshaydi. Olx vaqti-vaqti bilan ishlamay qolyapti.

@mabrur_dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuningdan bir kuning qolsa ham - ilmga sarfla,
Pulingdan bir puling qolsa ham - ilmga sarfla

@mabrur_dev
​​...Menda na avtomobil, na shaxsiy samolyot va na uyim bor. Mening dunyom - bu piyoda, metroda yurish, 18-20 kvadrat metrdan iborat ijara uydan iborat. Mening o‘rnimda bo‘lishni xohlaydiganlar butunlay alkogoldan, go‘sht va qimmat kiyimlardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Hali kambag‘al talaba bo‘lib oliygoh yotoqxonasida turganimdan beri takrorlayman, pul bu juda katta baho berilgan material dunyo elementi xolos. Hammasi ichki holatga bog‘liq va u har narsadan ustun. Milliardlab pullari bor korrupsionerlarga qarang, ularda ichki xotirjamlik yo‘q, topgan pullarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun barcha narsadan hatto hayotidan voz kechadi.

Pulni asosiy element deb hisoblashni boshlagan zahoti siz ichki xotirjamlik va hayotni qimorga tikasiz va qimorda yutqizib qo‘ymaslik uchun yana va yana hayot degan xazinadan qarz olaverasiz. Bir kun hayot sizga qarz berishdan charchaydi va siz hammasini yutqizasiz. Qimor stoli atrofiga boshqalar keladi.

Kapitalistik jannat deb nomlangan dunyo sizga qanchalik ko‘p narsang bo‘lsa, shunchalik baxtli bo‘lasan degan g‘oyani sotadi.

Qadimdan shunday gap bor: “Qul hech qachon ozod bo‘lishni xohlamaydi, u o‘z shaxsiy qullari bo‘lishini xohlaydi”. Inson “qul va xo‘jayin” paradigmasida qolar ekan, hech qachon baxtli bo‘la olmaydi. Bu sistemada “har qanday odam kimningdir quli, har qanday qul esa kimningdir xo‘jayini” hisoblanadi.

Pulning quli bo‘lar ekansiz, hech qachon o‘z hayotingizning xo‘jayini bo‘la olmaysiz. Qimor stolida esa navbat kutib turganlar kun sayin ortib bormoqda. »

Hozirda Pavel Durovning boyligi 3,4 mlrd dollar. Uning birorta ham o‘z uyi yo‘q. Avtomobili ham yo‘q. Samolyoti ham yo‘q. Asosiy transport vositasi metro. Asosiy mashg‘uloti kitob o‘qish. Go‘sht umuman yemaydi. Asosan arzon va qulay kiyim do‘konlaridan kiyinadi.

Manba: Facebookdagi "
Maslahat.uz" sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Яндекс.Браузер rahbari o'zining facebookida xorijiy videolarni avtomatik rus tiliga dublyaj qilib beruvchi sun'iy intellekt yaratilganini ma'lum qildi.

Texnologiya erkak va ayol ovozlarini bir necha daqiqa ichida alohida dublyaj qila oladi. Texnologiya hozircha YouTube va Vimeoda ishlab turadi.

@mabrur_dev
Forwarded from Mardon Tursunov
📚 Dasturchilar o'qish kerak bo'lgan kitoblar.

📌 Clean Code
- Boshqa dasturchilarning xatolaridan saboq olib, o'zingizni mashaqqatli ishlardan qutqarishga yordam beradigan kitob. Ushbu kodni tozalash va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish borasida bebaho ma'lumotlarga ega.

📌 Introduction Algorithms - Kitobning nomi o'z-o'zidan tushunarli. Bu sarlavhadan ko'rinib turibdiki, ya'ni algoritmlarga kirish.

📌 Structure and Interpretation of Computer Programs (SICP) - Kompyuter dasturlarining tuzilishi va talqini, dasturlash asoslarini o'rganish uchun eng yaxshi kitoblar qatoriga kiradi.

👉 @mardon_tursunov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Terminal uchun framework

Dasturchi - Vladilen Minininning telegram kanalida Fig nomli instrumentni ko'rib qolgan edim.

Uning yordamida Git, npm, Docker, Kubernetes kabi tool'lar bilan console'da qiladigan ishingizni ancha yengillashtirsangiz bo'ladi.

Bugun saytidan ro'yhatdan o'tib qo'ydim. Navbatim kelsa o'rnatib olib, sinab ko'raman. Ko'rinishidan yaxshi narsaga o'xshadi.

Sayt: https://fig.io/

@mabrur_dev
​​Erkin mavzuda ovozli suhbat va savol-javoblar!

10-sentabr, soat 21:00 da, EPAMda senior Android dasturchi - Axbor Axrorov (@ratsional) bilan ovozli chat bo'lib o'tadi. Chatimiz dasturlash sohasiga kirib kelayotgan va shu sohada ishlab yurganlar uchun foydali bo'ladi deb o'ylayman.

Chat davomida sizni qiziqtirgan savollarga tajribali dasturchi tomonidan javob olasiz. Savollarni post izohlariga yozib qoldirishingiz mumkin.

@mabrur_dev
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (38 minutes)
Erkin mavzu
mabrur.dev
Axbor Axrorov bilan bugungi bo'lib o'tgan suhbatning yozib olingan audiosi.

@mabrur_dev