Mabrur - IT Blog 🇵🇸 – Telegram
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.67K subscribers
765 photos
99 videos
15 files
521 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Forwarded from ilhomdev
To'liqroq yozaman bu firma nomi oldin Zetsoft men ishga borgan paytda esa Team Pro hozirgi kunda Smart Soft nomlari ostida faolyat yuritib kelmoqda ekan.
Bularning maqsadi bollarni firibgarlik yo'li bilan aldashdir.

@ilhomjonmusayev
⚡️ React Nativeni kutganlar uchun tugatilgan boshlang'ich kurs

Bu yerda 5 ta video yuklangan va bu to'liq componentlar:

React Native Intro;
React Native o'rnatish va sozlash;
React Native (Text, View, Image, Background, Pressable, Alert);
React Native (SafeAreaView, FlatList, SectionList);
React Native (VirtualizedList, TextInput, Switch, TouchableOpacity, Modal).

Endi qo'llab-quvvatlash imkoniyati mavjud: Donate

@muhammadyunus_uz
Forwarded from MJ
Yuqorida aytilganga o'xshash holat sizda ham bo'lgan bo'lsa, mana bu formaga yuboring. Bu odam bilan ovozli muloqotda konstruktiv muloqot qilib bo'lmaydi, deb o'ylayman.

Forma
JavaScript dasturlash tilini o'rganishingiz uchun asosiy sabablardan biri:

Siz bir tilning o'zida frontend, backend, mobil, desktop, hatto mikroprotsessorlarga kod yozishingiz mumkin. Ularning barchasi o'rganish uchun ko'plab materiallar va katta communityga ega.

@mabrur_dev
Chrome va FireFoxda ochilgan oynalar kompyuteringiz RAMidan qancha joy olishini bilarmidingiz?

@mabrur_dev
To'g'ri )

Osmondagi bolalar ko'rstavuning yangi sonini ko'rmaganlar uchun: https://www.youtube.com/watch?v=w9I5XJfBw3M&ab_channel=Osmondagibolalar

@mabrur_dev
Dasturlashni o'rganish uchun kompyuter sotib olishingizni kutib o'tirishingiz shart emas. Ba'zi mayda-chuyda kodlarni Andorid uchun chiqarilgan rasmdagi ilovalar orqali yozishingiz mumkin. Bularning barchasi play-marketda bor.

@mabrur_dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Video message
Ish qochib ketmaydi, zerikishda o'ynab o'tirishga yaxshi narsa ekan )

Linux va Macosda sudo apt install oneko

oneko -dog
tersa mushuk o'rniga kuchuk chiqadi )

@mabrur_dev
https://github.com/sindresorhus/awesome-nodejs

⚡️Node.js uchun foydali paketlar va turli resurslar mavjud github repozitoriyasi.

@mabrur_dev
Forwarded from Sariq Dev
Kalta o'ylamang.

Dasturchilikda (va umuman hamma sohada) birinchi ishni topish qiyin. Keyingilari xudo xohlasa o'zi sizni topadi.

Shuning uchun kasb tanlashda "1 yildan keyin qayerda bo'laman" deb emas, 3-4 yildan keyin qayerda bo'lishingizni o'ylang. Dasturchilar juda tez ko'tariladi (albatta doimiy o'z ustida ishlash sharti bilan).

Men tanigan, 2-3 yil oldin junior ishlarni qilib yurgan dasturchilar hammasi ko'tarilib ketgan. 1500$ dan kamiga ishlashmaydigan darajaga chiqib olishgan. O'rta tempda ketganingizda ham uzog'i 5 yilda o'zingizni eplab, 1000-2000$ mensimaydigan senior dasturchi bo'lasiz.

Boshqa sohalarda bu qadar tes o'sish kam uchraydi. Ayqnisa quruq jismoniy mehnatda o'sishni o'rniga so'nib borasiz. Bugun kuchingiz ko'pida jozibador ko'ringan ishlar, 5-6 yilda charchatadi. Aqliy mehnat bilan esa faqat o'sib borasiz.

@sariqdev
👍1
Twitterdagi qiziq suhbatlardan😂

— HTML 28 yoshda. CSS 24 yoshda. JavaScript esa 25 yoshda🤯
— Demak HTML 4 yil kiyimsiz bo'lgan deyabsanda.
— Va miyasiz 3 yil yashagan.

@mabrur_dev
Forwarded from CoreCourse
Assalomu Alaykum! Ertaga 21-noyabr (yakshanba) kuni Docker bo'yicha o'tkaziladigan Master-class darsimizga taklif qilamiz. Bir darsda Dockerning asosiy vazifalarini qila oladigan va o'zingizga bu texnologiyada "Uveren" bo'lishni istasangiz, shoshiling. Joylar soni chegaralangan. Master-class pullik va faqat nazariy emas!

Dars vaqtlari: 10:00-12:00, 14:00:16-00

Ikki xil vaqt 2 darsni emas, o'zingizga qulay payt kelishingiz mumkinligini bildiradi.

Texnologiyalar: Docker, Ubuntu, AWS.
Mavzu: Konteynerlash, Deployment

Narxi: 120.000 UZS

Nafaqat Backend'chilarni, balki barcha dasturchilarni taklif qilamiz. Chunki mavzudan tashqari, sizni qiynayotgan umumiy savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Manzil: Najot Ta'lim, Chilonzor filiali. Mo'ljal Rayxon milliy taomlar.

Suratdagi Tim Berners Li

PS: Men uzoq safarga hozirlik ko'ryapman. Ketishimdan avval savollaringizga javob bera olsam, yordamim tegsa hursandman.

Muhammadxon Najimov

CoreCourse
JSda Array ichidagi ma'lumotlarni consolega tartibliroq chiqarish usuli.

@mabrur_dev
👍1
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
#statistika

Githubdan foydalanayotgan O'zbekistonliklar soni:
- 2020 yilda 34779 ta
- 2021 yilda 63879 ta

~85 % ga oshgan
———————————————————————
Hindistonda bo'lsa:
- 2020 yilda 5192667 ta
- 2021 yilda 7210455 ta
Salkam 2 mlnta yangi user

Umimiy olganda github foydalanuvchilar soni 2021 yilda +16 mlnga oshgan (jami userlar soni +73mln)
+61mln dan ortiq yangi repository hosil qilingan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iphone foydalanuvchilari uchun foydali lifehack.

Postufgram
nomli telegram klientida yashirin akkaunt qo'shish imkoniyati bor. Misol uchun, telegramga kirishda 1234 kodini tersangiz asosiy akkauntga, 4321 kodi bilan esa yashirin akkauntingizga kirib olishingiz mumkin.

Bunday akkauntlar shaxsiy xavfsizlikni saqlashda qo'l kelishi mumkin.

Buni o'rnatish va sozlash bo'yicha qo'llanma bu yerda.

Postni uylanganlarga yuboramiz )

@mabrur_dev
👍1