Mabrur - IT Blog 🇵🇸 – Telegram
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.67K subscribers
770 photos
99 videos
15 files
524 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Forwarded from Pixer.uz
Tingla - audio kitoblar va podcastlarni tinglashga mo'ljallangan dasturimiz vanihoyat taqdim qilish uchun tayyor.

(Yaqin orada TestFlightda sinab ko'rish uchun link yuboramiz.)

Dasturning texnik imkoniyatlari:
- Siz audio kitoblarni tinglashingiz bilan birgalikda, uning matnini o'qishingiz ham mumkin.
- Matnni o'qish va audioni tinglashda barcha jarayonlarni o'zingiz uchun moslashingiz mumkin: Yorug'liq, kun va tun mavzusi, shriftlarni ko'zga qarab yaqinlashtirish va uzoqlashtirish imkoniyati, audioni tezlashtirish va automatik davom etishni rejalashtirish mumkin.
- Sotib olingan kitobni yuklab olish va undan offline holatda ham foydalanishingiz mumkin.

Yaqin orada kanalimiz orqali Android va iOS dagi test jarayoniga qo'shilish uchun link yuboramiz.

@pixer_uz
🔥14👍11🤩7😁3
Dam olishdan keyin ishga qaytishni eng yomon tomoni - ishlab turgan loyihangiz kodini qaytadan o'qib chiqishingiz kerak.

Bir kunim o'zim yozgan kodni tushunib chiqish bilan o'tib ketdi.

@mabrur_dev
😁53😢10👍84🔥3
JavaScriptda qo'shimcha npm paketlarisiz ovozli xabar chiqarishni bilasizmi?

Buni SpeechSynthesis metodi orqali qilishingiz mumkin. Rasmdagi kodni ko'chirib, speak funksiyasiga kerakli matnni yozib ko'rishingiz mumkin.

@mabrur_dev
👍5🔥3
Ctrl+Alt+Del Qizlarni Applarni ajali😎

@mabrur_dev
😁26👍5🔥5🤔1
Hakkerlar tomonidan keng tarqalgan Phishing hujumi nima va undan qanday ogoh bo'lishimiz kerak?

@mabrur_dev
👍32🔥6
Boshlang'ich javanoscript 2-dars (Engine nima?)

Video: https://youtu.be/JgiAa0To3zA
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁15👍4🔥1
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Video message
English has left the chat 🗿
🔥9👍5😢1
Dasturchi uchun eng og'riqli narsa😢

@mabrur_dev
😁48😢11👍53🔥3🤩1
El Clasico tugadi endi uxlemiz )

@mabrur_dev
👍52😁24👎16😢9🔥41🤩1
Forwarded from Progress Academy
Oʻz kelajagini grafik dizayn sohasida koʻrayotgan yoshlar uchun ajoyib taklif!

🚀 Yangi formatdagi - Bootcamp SMD kursimizga qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sayin kompaniyalar grafik dizaynerlarga muhtojligini yaqqol sezishmoqda.

💡Bozordagi bo'layotgan yuqori talabga bee'tibor bo'lmagan holda, maxsus intensiv SMD kursini tashkil qilishga qaror qildik.

Kurs 1 oy davomida, haftada 5 kun 3 soatdan oflayn real amaliyotlar asosida olib boriladi.

📌 Eslatma tariqasida, ushbu kurs Adobe Photoshop dasturidan foydalana oladigan, grafik dizayn sohasiga endi kirib kelgan boshlang'ich o'quvchilar uchun mo'ljallangan.

Hoziroq bizga bog'laning va birinchilardan bo'lib joylarni band qiling!

🧾 Ro'yxatdan o'tish

👩🏻‍💻 Administrator

📞 71 200 2212

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube
👍2🔥1
Diqqat, syurpriz 💥

Chet elda o'qishga qiziqasizmi?
AQSH, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida o'qigingiz kelyaptimi?
IELTS sertifikatingiz bor ammo qanday qilib hujjat topshirishni bilmayapsizmi?

Unda bugungi suhbatimiz aynan siz uchun. Bugun soat 18:00 da dunyonng TOP universitetlariga o'qishga qabul qilingan mentorlar tomonidan o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Albatta bularning barchasi bepul, havola orqali o'ting va hujjat topshirish bo'yicha ma'lumotga ega bo'ling

https://news.1rj.ru/str/+gAzR7TMLP_VhZDMy
🔥10
​​📍Web-dasturchi bo'lishdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan narsalar.

1. O'rganishning ko'p usullari mavjud.
- Diplom - dasturlashga qadam qo'yish uchun hech qachon sabab bo'la olmaydi. Bugungi kunda bu narsa deyarli so'ralmay qo'yilgan. Siz o'zingiz o'qib universitet talabalaridan ham ko'proq bilim orttirishingiz mumkin. Buning uchun YouTube, stackoverflow, turli dokkumentatsiyalar va boshqa platformalar yetarlicha.

2. Ko'proq google bilan ishlang.
Agar siz dasturchi bo'lishni istasangiz, doimiy ravishda yangiliklardan xabardor bo'lish, yoki turli muammolarni yechimini topishda googledan juda ko'p foydalanishni bilishingiz kerak. Bu tizimdan kerakli foydalanib siz vaqtingizni juda katta qismini yutishingiz numkin.

Esingizdan chiqarmang, agar siz Googleni tayyor yechimlar topish uchun ishlatsangiz, hech qachon rivojlanmaysiz.

3. Ko'p narsani bittada o'rganmang.
Juda ko'p yangi dasturchilar ishlash uchun ko'p narsalarni bilishim kerak deb hisoblaydi va birdaniga algoritmlar, ma'lumotlar tuzilmasi, vyorstka va boshqa texnologiyalarni o'rganib ketadi. Har bir kompaniyaning o'ziga yarasha talablari mavjud. Eng avval qaysi kompaniyada ishlamoqchi ekanligingizni aniqlang va shunga qarab o'rganishni boshlang.

4. Emotsiyalarga berilmaslikka harakat qiling.
Siz nimanidir o'rganyabsiz, lekin sizda o'xshamayapti. Bunda holatlarda asabiylashmang. Bu sizda o'zingizga bo'lgan ishonchni o'ldirishi mumkin. Hech qachon mendan dasturchi chiqmaydi deb to'htab qolmang, nimanidir qila olmayotgan bo'lsangiz, vaqti kelib buni ham eplaydigan darajaga chiqasiz. Hammasini tajriba hal qiladi. Biroz muddat qiyinchiliklardan so'ng albatta mehnatingiz samarasini ko'rasiz.
👍15🤩6🔥1
JavaScriptni o'yin o'ynab o'rganish mumkinligini bilarmidingiz?

Bu o'yinlar yordamida ham mantiqiy fikrlashingiz, ham JSdagi bilimlaringizni oshirib borishingiz mumkin.

Quyida ulardan eng mashhurlarini bo'lishib o'tmoqchiman:

1. CodeCombat.com
Qiziqarli masalalar yordamida dasturlashdagi mahoratlaringizni oshirib borishingiz mumkin. O'yinni do'stlaringiz bilan o'ynasangiz ham bo'ladi.

2. CodeMonkey.com
Dasturlashda boshlang'ich bilimlarni olishni istaganlar uchun yana bir foydali o'yin.

3. CheckiO.org
JavaScriptda kod yozish mahoratingizni oshirishingizga yorda beradi.

4. Screeps.com
Mantiq va kodlash orqali kaloniyalarni boshqarasiz. Bu o'yinni dasturlashda tajribasi borlar ham o'ynashi mumkin.

5. Lab.Real.me/jsrobot
Node.js da kod yozib robotni boshqarish orqali turli missiyalarni bajarishingiz mumkin.

Kod yozishni o'rgatuvchi yana qanday saytlar bor? O'zingiz yoqtirgan o'yinlarni izohlarda bo'lishishingiz mumkin.

@mabrur_dev
👍17