Mabrur - IT Blog 🇵🇸 – Telegram
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.67K subscribers
765 photos
99 videos
15 files
521 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
​​📍Web-dasturchi bo'lishdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan narsalar.

1. O'rganishning ko'p usullari mavjud.
- Diplom - dasturlashga qadam qo'yish uchun hech qachon sabab bo'la olmaydi. Bugungi kunda bu narsa deyarli so'ralmay qo'yilgan. Siz o'zingiz o'qib universitet talabalaridan ham ko'proq bilim orttirishingiz mumkin. Buning uchun YouTube, stackoverflow, turli dokkumentatsiyalar va boshqa platformalar yetarlicha.

2. Ko'proq google bilan ishlang.
Agar siz dasturchi bo'lishni istasangiz, doimiy ravishda yangiliklardan xabardor bo'lish, yoki turli muammolarni yechimini topishda googledan juda ko'p foydalanishni bilishingiz kerak. Bu tizimdan kerakli foydalanib siz vaqtingizni juda katta qismini yutishingiz numkin.

Esingizdan chiqarmang, agar siz Googleni tayyor yechimlar topish uchun ishlatsangiz, hech qachon rivojlanmaysiz.

3. Ko'p narsani bittada o'rganmang.
Juda ko'p yangi dasturchilar ishlash uchun ko'p narsalarni bilishim kerak deb hisoblaydi va birdaniga algoritmlar, ma'lumotlar tuzilmasi, vyorstka va boshqa texnologiyalarni o'rganib ketadi. Har bir kompaniyaning o'ziga yarasha talablari mavjud. Eng avval qaysi kompaniyada ishlamoqchi ekanligingizni aniqlang va shunga qarab o'rganishni boshlang.

4. Emotsiyalarga berilmaslikka harakat qiling.
Siz nimanidir o'rganyabsiz, lekin sizda o'xshamayapti. Bunda holatlarda asabiylashmang. Bu sizda o'zingizga bo'lgan ishonchni o'ldirishi mumkin. Hech qachon mendan dasturchi chiqmaydi deb to'htab qolmang, nimanidir qila olmayotgan bo'lsangiz, vaqti kelib buni ham eplaydigan darajaga chiqasiz. Hammasini tajriba hal qiladi. Biroz muddat qiyinchiliklardan so'ng albatta mehnatingiz samarasini ko'rasiz.
👍15🤩6🔥1
JavaScriptni o'yin o'ynab o'rganish mumkinligini bilarmidingiz?

Bu o'yinlar yordamida ham mantiqiy fikrlashingiz, ham JSdagi bilimlaringizni oshirib borishingiz mumkin.

Quyida ulardan eng mashhurlarini bo'lishib o'tmoqchiman:

1. CodeCombat.com
Qiziqarli masalalar yordamida dasturlashdagi mahoratlaringizni oshirib borishingiz mumkin. O'yinni do'stlaringiz bilan o'ynasangiz ham bo'ladi.

2. CodeMonkey.com
Dasturlashda boshlang'ich bilimlarni olishni istaganlar uchun yana bir foydali o'yin.

3. CheckiO.org
JavaScriptda kod yozish mahoratingizni oshirishingizga yorda beradi.

4. Screeps.com
Mantiq va kodlash orqali kaloniyalarni boshqarasiz. Bu o'yinni dasturlashda tajribasi borlar ham o'ynashi mumkin.

5. Lab.Real.me/jsrobot
Node.js da kod yozib robotni boshqarish orqali turli missiyalarni bajarishingiz mumkin.

Kod yozishni o'rgatuvchi yana qanday saytlar bor? O'zingiz yoqtirgan o'yinlarni izohlarda bo'lishishingiz mumkin.

@mabrur_dev
👍17
Dasturchilar uchun kerakli extension!

Har safar browseringizni ochganingizda bu extension sizga turli intervyu savollari, algoritmlar va masalalarni chiqarib beradi.

Nomi: 30 seconds of knowledge
Link: bu yerda

@mabrur_dev
👍16🔥4🤩4
Lirik chekinish, tasavvur qiling tasavvur qilyapsiz😆
😁33👍4🔥4
Narsalaringizni tokdan sug'urib qo'yishni unutmang, tok kuchlanish bilan kelib kuyib ketmasin, bilib bo'midida )
Kecha @muhammadyunus_uz bilan ofisda qulflanib qolib, oyna buzib-o'rnatishni o'rgangan edik. Bugunam svet kelmasa ertaga rom o'rnatishga buyurtma olamiz, tanishlarga arzon qiberamiz )
😁10👍6🔥2
Forwarded from MJ
Soat 18:00 da "2022-yilda frontend dasturchi bo'lish" mavzusidagi efirni boshlaymiz.

Mavzular:
- frontend dasturlash sohalari
- o'rganish usullari farqlari va manbalar
- dasturlashni o'rganishdagi tamoyillar
- videokurs va Farg'onadagi kurs haqida

👉 https://youtu.be/C0nwO98derc
👍8🔥4
#JSTips
Length yordamida Array uzunligni qisqartirish

@mabrur_dev
👍11🔥2
#JSTips
Array ichidagi barcha qiymatlar yig'indisni hisoblash

@mabrur_dev
👍10
Forwarded from JR TwitGram 🥂
O'tgan yili Oktabrda chiqgan Wordle o'yinini New York Times sotib olibdi. "Low seven figures" deb yozishyapti narxini. U degani kamida 1 million dollarga sotildi degani.

Bir sahifadan iborat o'yin. Uni yaratgan dasturchi, Josh Wardle, girlfriendi shunaqa turdagi topishmoqlarni yaxshi ko'rgan uchun yaratgan ekan. GGWP!

O'yinga link: https://www.powerlanguage.co.uk/wordle/
👍6
@muhammadyunus_uz arzimagan pulga birinchi "Foundation" kursini sotuvga chiqardi.

Kurs ichida quyidagi mavzular to'liqligicha tushuntirib berilgan:
- "2-jahon urishidan qolgan noutbuk"ga Ubuntu oʻrnatish;
- Ubuntu interfeysi;
- Ubuntu terminalidagi boshlangʻich kalit soʻzlar;
- Dasturlash tillari haqida ma'lumot;
- Ubuntuga package va dastur oʻrnatish;
- Dasturlash yoʻnalishlari va ulardan birini tanlash uchun tavsiya

Kursni sotib olmoqchi bo'lganlar quyidagi botga yozishlari mumkin:
https://news.1rj.ru/str/myunusuzkursbot

Meni aytsangiz narxini 15.000 so'm qilib beradi😁
👍11😁1
#JSTips
Array qiymatlarini random tartiblash

@mabrur_dev
🔥9👍3
#JSTips
Array destructuring yordamida qiymatlarni almashtirish

@mabrur_dev
👍18🔥6🤩2
Forwarded from TROLL.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Инфолўлилар ҳақида ;)

@trolluz
😁12🔥4👍1
JavaScript bo'yicha YouTubega bepul kurs chiqarsam o'qigan bo'larmidingiz?
Bu safar oxirigacha boramiz :)
Anonymous Poll
75%
Xa
14%
Yo'q
11%
JSni bilaman
🔥27👍92😁2😢2
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
JavaScript bo'yicha YouTubega bepul kurs chiqarsam o'qigan bo'larmidingiz?
Bu safar oxirigacha boramiz :)
Kurs uchun roadmap deyarli bitib qoldi.

Endi darslarni ketma-ketlik bo'yicha tezroq chiqarishga harakat qilaman.

Reja bo'yicha dastlab JS asoslari, keyin esa obyektlar, klasslar, prototiplar kabi murakkab konsepsiyalar ko'rib chiqiladi.

@mabrur_dev
🔥17👍11😢3🤩3
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Hozirgina yana bir semesterga yakun yasadik, unumdor semester bo'ldi.

O'tgan semester ham yaxshi bo'lgan edi. Lekin bu semester fanlari haqiqatda qiziqarli va foydali bo'ldi.
🔥2
Azimjon's Fikrlog
Hozirgina yana bir semesterga yakun yasadik, unumdor semester bo'ldi. O'tgan semester ham yaxshi bo'lgan edi. Lekin bu semester fanlari haqiqatda qiziqarli va foydali bo'ldi.
Hozirgina Azimjon akani blogida semestr yopish uchun topshirgan fanlarini ko'rib havasim keldi. U yerda dasturchi uchun keraksiz falsafa, tarix kabi fanlar emas, "Algorithms and Data Structures", "Database Systems", "Universal Programming Techniques" kabi fanlar o'tiladi, professorlar bilan real loyihalar ustida ishlashadi.

Men universitetda o'qishni istayman, ammo forma va soch-soqoldan boshqa tashvishi yo'q O'zbekiston oliygohida emas. O'zim uchun kerakli deb hisoblagan bilimimni ololmasdan, vaqtimni sarflashni istamayman va shuning uchun ham kirgan universitetimdan ketib, keyingi yilgacha chet-elga o'qishga kirish eng to'g'ri qaror deb bildim.

Oliy ta'lim tizimini 0 dan ko'rib chiqishmasa, bu ketishda O'zbekiston juda ko'p yoshlarni yo'qotadi.

Bu mening shaxsiy fikrlarim, Yevropada dasturchilar uchun o'tilgan fanlarni ko'rib, chidab turolmaganim uchun blogimga yozishga qaror qildim. Men oliy ta'limga qarshi emasman, lekin o'zimizdagi ta'limga — 😑.

@mabrur_dev
👍17😢7
Audio
#Podkast
Mavzu: Yangi Dasturchi qancha pul topadi?
Davomiyligi: 2:17 daqiqa

P.S: Bu ilk podkastim bo'lgani uchun har qanday tanqid va takliflarni to'g'ri qabul qilaman. Aytilgan gaplar shaxsiy fikrlarim, ishonish yoki ishonmaslik o'zingizga havola :)

@mabrur_dev
👍22🤩3🔥2
#Lifehack

■ Yandex taxini uydan ishga, yoki ishdan uyga to'g'ri chaqirmang. Lokatsiyani bir-ikki podyezd nariroqqa suring.
■ Lokatsiyaga restoran yoki dam olish joylarini nomini belgilamang.
■ Telefoningiz zaryadi 20% dan baland bo'lsin. Yandex sizning maqsadingiz telefon o'chib qolmasidan turib, tezroq taksi chaqirib olish ekanligini sezib narxni ko'taradi.

Yandex narx belgilashda "spros"dan tashqari shu faktorlarniyam hisobga oladi.

Yandexda narx oshishi mumkin bo'lgan yana qanday faktorlarni bilasiz?

@mabrur_dev
👍17👎4🤩1