Mabrur - IT Blog 🇵🇸 – Telegram
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.67K subscribers
765 photos
99 videos
15 files
521 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Kompyuteringiz ulanib turgan Wifi parolini esdan chiqargan bo’lsangiz yoki wifi parolini qanaqaligini bilmoqchi bo’lsangiz, quyidagi buyruqlar yordamida bilib olish mumkin. Wifi parolini buzish emas bu, shunchaki ishlatib turgan wifi setning parolini bilish holos.
PYTHON DASTURLASH TILIDA BACKEND ASOSLARI

1-dars│ Dasturni o'rnatish va internet haqida tushuncha

https://telegra.ph/PYTHON-DASTURLASH-TILIDA-BACKEND-ASOSLARI-02-06
1
CSSni real hayotda ishlatsak :)
😁2
PUBGchilar bormi🌚

O'yin uchun ishlatilgan texnologiyalar ro'yhatini bilib olish zarar qilmaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zim ham shu holatga ko'p duch kelganim uchun shu joyini qirqib qo'yishga qaror qildim. Ichimda saqlab yurgan gaplar ekan😅

@kadirovdev ning intervyusidan qirqib olindi
Front-end bo'yicha bilimlaringizni sinab ko'rishingiz uchun 6 ta sayt
JavaScript eng ko'p foydalanuvchiga ega dasturlash tili ekan )
Men aniq bilaman qachondur O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida o'zgarishlar bo'ladi.

Bu o'zgarishlar qancha tez bo'lsa mamlakat rivojlanishi shuncha tezlashadi.
Inson 4 yoshidan 7 yoshigacha 70% ma'lumotlarni o'zlashtiradi.Hozirgi vaqtda bu yoshdagi bolalar nimani o'rganayabdi?Hammasi ham bog'chaga boradimi?

Qaysi yoshdagi bolalar qayerda tarbiya yoki ta'lim olishi kerakligi bo'yicha taklifim bor.

Bolalar
:
3 yoshda: Bog'cha
4 yoshda: Bog'cha

Boshlang'ich sinf
5 yoshda: 1-sinf
6 yoshda: 2-sinf
7 yoshda: 3-sinf
8 yoshda: 4-sinf

Ixtisoslashtirilgan sinf
9 yoshda: 5-sinf
10 yoshda: 6-sinf
11 yoshda: 7-sinf
12 yoshda: 8-sinf
13 yoshda: 9-sinf
14 yoshda: 10-sinf
15 yoshda: 11-sinf

O'quvchilarni 4-sinfdan ixtisoslik bo'yicha yo'naltirish kerak.Bu orqali 20 ta fanni chala o'zlashtirmaydi 3-4 ta fanni chuqur o'zlashtiradi.
E'tiborni 1 narsaga qaratish orqali ulkan natijaga erishish mumkin.Xitoy Xalq Respublikasida 4-sinfdan sun'iy intelekt texnologiyalari o'rgatilishidan xabaringiz bormi? https://youtu.be/JMLsHI8aV0g

© Nematillo Ochilov
👍1
#savol_javob

HTML va CSS ni o'zini bilgan odam dasturchimi?

HTML va CSS bu saytning frontendida ishlatiladigan tillar. Ikkisi ham dasturlash tillari emas. Ularning vazifasi sahifani qismlarga bo'lib, uni dizaynini boshqarishdir. Ularda masalalar yechib bo'lmaydi, ularda muammolarni hal qilib bo'lmaydi.

Savol: "HTML va CSSni o'zini bilgan odam dasturchimi?".

Javob: Yo'q. Buni o'zini bilgan odam dasturchi emas. Chunki buni o'zini bilgan odam na algoritmni, na dasturlash teoriyasini biladi. Agar siz faqat html va cssni bilib ishlayman desangiz bu fikrdan voz keching. O'rganishdan charchamang.

@muhammadyunus_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1996-yildan buyon kompyuter sotish bo'yicha yetakchilik qilib kelayotgan brendlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mantiq #savol

3 ta Internet saytiga kirish uchun 3 ta parol berilgan. Muammo shundaki, ularning qaysi biri qayerga mos kelishi noma'lum.
Siz ro'yhatdan o'tishda faqatgina 3 ta imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin: istalgan uchta saytdan biriga kiring va parolni terib ko'ring, unutmang, urinishingiz faqat 3 ta.

Savol: Sizga parollarni to'g'ri topish uchun 3 ta urinish yetarli bo'ladimi?
Dasturlashni yangi boshlayotganlar uchun shaxsiy maslahatlarim

Dasturchi bo'lishdan oldin o'ylab ko'rishim uchun ancha vaqt bo'lgan, youtubeda tajribali dasturchilar vebinarlarini ko'rardim va o'zimni qiziqtirgan savollarimni berardim.

Dasturlashni endi boshlaganimda unga bor kuchim bilan kirishganman. Maktabda hamma fanlardan a'lo baholarga o'qir edim, keyinchalik esa bosh vaqtimni ko'paytirish uchun o'zimga kerakli fanlarni tanlab o'qishni boshlaganman. Dasturlashni shunchalik yaxshi ko'rardimki, hatto darslarga kirmasdan maktabning informatika xonasida kunimni ham o'tkazganman. Shuning uchun birinchi maslahatim, hech qachon o'zingizni majburlamang, bu sohaga faqatgina qiziqsangiz kiring.

Har qanday dasturchi yangiliklardan bexabar qolmasligi kerak, yangi texnologiya chiqishi bilan unga qiziqib ko'ring, o'zingizga ma'qul kelsa o'rganing. Hech qachon bitta til yoki sohada to'htab qolmang. Kuniga kamida 2 yoki 3 soatni dasturlashni o'rganishga ajarting. Bir vaqtning o'zida ikki yoki uchta texnologiyani o'rganishni maslahat bermayman, oxirida hech qaysi birini o'rganolmay qolishingiz mumkin. Shaxsiy tajribadan kelib chiqib aytdim :)

Doimiy tarzda amaliyot qiling. Qo'limdan kelmaydi deb o'ylagan narsalarni ham sinab ko'ring, shundagina yaxshiroq o'sish bo'ladi. Xato qilishdan qo'rqmang, ularni erinmasdan tuzatib chiqishga ko'proq vaqt sarflang.

Bu sohaga qiziqishingiz bo'lsa hoziroq o'rganishni boshlang. Quyida, o'zim bilgan o'zbek, rus va ingliz tilida bir nechta foydali linklarni bo'lishaman. O'zingizga ma'qul bo'lganidan kirib o'rganishingiz mumkin.

O'zbekchada:
Botir Ziyatov
Farhod Dadajanov
Kadirov Dev
MuhammadYunusuz
Muhammadjavohir Suratov
Saidbek Arislonov
Sariq Dev
Uzbekcoders.uz

Ruschada:
Гоша Дударь
Владилен Минин
Хауди хо
ZProger
Yandex Praktikum

Inglizchada:
CS Dojo
Clever Programmer
Fireship
Traversy Media
Dev Ed
Web Dev Simplified
Programming with Mosh
freeCodeCamp
CS50 at Harvard
Udemy
Codecademy