MATEMATIKA | Shomirza Asqarov – Telegram
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
1.08K subscribers
4.35K photos
349 videos
285 files
665 links
Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi

(Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)
Download Telegram
#Hayrli_tong

🤗Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh!🤗

🤓 " Kitobxonlikni o'rganish uchun qanchalik ko'p vaqt sarflanishini odamlar tasavvur ham qilolmaydilar. Buning uchun men o'z hayotimning sakson yilini bag'ishladim. Lekin hali ham o'rgandim, deb ayta olmayman .
(Gyote)

Kuningizni xayrli va savobli ish qilishdan boshlang, ilm olish va uni rivojlantirish uchungina uyg'oning! Shunda marra sizniki bo'ladi! Atrofingizdagilarga Mehr ulashishni unutmang! 😊 Zero, tabassum qilishning o'zi bir savobdir😊! Doim Olloh panohida bo'ling azizlar! Kuningiz xayrli amallar va yaxshiliklarga boy bo'lsin

@iksvariant
Yuqorida ko'rsatilgan amallarni bajargandan so'ng qog'ozni qayta ochsa sur'atdagi qaysi variant to'g'ri bo'ladi ?
Anonymous Quiz
15%
A
22%
B
24%
C
35%
D
5%
E
💐🤲🌹ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН! 🍀💐🍀

💐🤲 Эзгу амаллар қилиш учун имкон бериб, тонгда уйғотган Аллоҳга беҳисоб шукурлар бўлсин.

💐🤲 Бошлаб олган ЖУМА кунингиз муборак бўлсин! Ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!

💐🤲 Аллоҳдан Ўзингиз ва Ота - Онангиз ва сизга азиз бўлган барча яқинларингизни мағфират қилишини сўрайман!

💐🤲 ЖУМА Тонгимиз - яхшилик билан бошлансин, хонадонларимиздан тинчлик тотувлик, барака аримасин.

💐🤲 ЖУМА кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака берсин!

💐🌸🌙ЖУМА МУБОРАК!🌙🌸💐

•┈┈┈┈┈••✿❁✿••┈┈┈┈┈•

https://news.1rj.ru/str/iksvariant
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Berilganga kōra x+y ning qiymatini toping
Anonymous Quiz
19%
4/2
23%
3
53%
9/2
6%
7/3
🤗Assalomu alekum🤗

Yangi kun muborak!!! Yangi haftamiz muborak bo'lsin. Alloh har lahzangizga barokot bersin!

Undan unumli foydalanishingiz nasib etsin!

Doim baxtiyorlar, omadlilar qatorida qilsin!

Kuningiz sermazmun fayzli va hayrli bo'lsin!

@iksvariant👩‍💻🧑‍💻
Optimist va pessimist

Oilada egizaklar voyaga yetardi. Ulardan biri juda optimist edi. “Hammasi yaxshilikka boʻladi”, deyishni kanda qilmas, biror narsadan norozi boʻlmasdi. Ikkinchi bola pessimist boʻlib, hech narsa uni xursand qilolmasdi. Egizaklarning ikki xil holatidan xavotirlangan ota-onasi ularni ruhshunosga olib boribdi.
Bolalarning dunyoqarashini oʻrgangan ruhshunos shunday debdi:
— Ularning tugʻilgan kunida bir reja uyushtiring. Ikkisiga atalgan sovgʻani alohida-alohida topshiring. Pessimist bolaga eng yaxshi tuhfani, optimist esa jirkanch bir narsa sovgʻa qiling. Balki shunda ularning feʼl-atvorida oʻzgarish yuz berar…
Ota-ona maslahatga amal qilib, tugʻilgan kunni intiq kutishibdi. Oʻsha kun kelgach esa ikkisini alohida xonaga chaqirib, sovgʻa solingan qutilarni uzatishibdi. Soʻng esa…
— Bu kompyuterning rangi menga yoqmadi, — debdi pessimist bola. — Aniq bilamanki, koʻpga yetmay buziladi. ­Oʻyinlari ham yoʻq ekan… Egizagim hoynahoy mendan yaxshiroq sovgʻa olgan boʻlsa kerak-a?!
Shu payt optimist bolaning xonasidan qah-qaha eshitilibdi:
— Qanday yaxshi! Tezak toʻla quti! Demak, qayerdadir tulporim ham bor!

LINK👉 @iksvariant kanaliga ulaning!
#Hayrli_tong

🤗Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh!🤗

🤓 " Kitobxonlikni o'rganish uchun qanchalik ko'p vaqt sarflanishini odamlar tasavvur ham qilolmaydilar. Buning uchun men o'z hayotimning sakson yilini bag'ishladim. Lekin hali ham o'rgandim, deb ayta olmayman .
(Gyote)

Kuningizni xayrli va savobli ish qilishdan boshlang, ilm olish va uni rivojlantirish uchungina uyg'oning! Shunda marra sizniki bo'ladi! Atrofingizdagilarga Mehr ulashishni unutmang! 😊 Zero, tabassum qilishning o'zi bir savobdir😊! Doim Olloh panohida bo'ling azizlar! Kuningiz xayrli amallar va yaxshiliklarga boy bo'lsin

@iksvariant
HAYOTIY IBRAT

Aspirant va talaba qiz oʻgʻilli boʻlishdi.
“Oʻzimiz zoʻrgʻa yashayapmiz, boqolmaymiz”...
Bir toʻxtamga kelishib, bolani “vasiylik” idorasiga berib kelishdi.
Goʻdakni esa tezda boshqa oila asrab oldi.
Juftlikning ikkinchi farzandlari- qizi tugʻilganda moddiy tanglik birmuncha yoʻqolgan edi, lekin birga yashay olishmadi.
Er xotini va qizini qoldirib, uydan chiqib ketdi.
Shu boʻyi universitetdan ham ketib, oʻzini pul topishga urdi. Moʻmay daromad ilinjida har qanday ishni qildi.
Ayol esa qizi bilan qiynalib boʻlsada yashay boshladi, bahti ochilib qaytadan boshqa odamga turmushga chiqdi, yaxshi odam ekan- qizchani ham oʻz familiyasiga oldi.
Asrandi bola ham, qizcha ham ulgʻayishdi.
Ayniqsa oʻzga oilada, mutlaqo boshqa odamlarni “ota-onam” deb ulgʻaygan bolaning ham hayoti tekkis ketmadi, tirishdi- tirmashdi, biznesda vanihoyat omadga erishdi.
Shunday kunlarning birida asrab olgan onasi vafot etish oldidan unga eng katta sirni “asl ota-onasi boshqa odamlar” ekanligini aytdi.
Motamdan soʻng yigitcha ancha oʻylandi, vanihoyat asl ota-onasini topishi kerakligini tushundi.
Qidiruv bilan shugʻullanadigan agentlarga murojaat qilarkan, ularning “nima uchun ularni topmoqchisiz?” deb bergan joʻyali savoliga shunday deb javob berdi:
-Meni abort qilib yubormaganliklari uchun ularga rahmat aytmoqchiman!!!
Qidiruvlar natijasida avval onasini va singlisini topdi.
Oʻttiz bir yildan soʻng uchratgan onasiga oʻz “rahmat” ini aytganda, ona oʻzini tutib tura olmadi, oʻgʻlini bagʻriga bosishga jurʼati yetmay, oʻksinib uzoq yigʻladi...
Singlisi bilan ham ancha til topishib oldi.
-Otamni ham qidirib topmoqchimisiz?- deb savol berdi singlisi...
-Keyinroq, hali bunga tayyor emasman- deb javob berdi akasi.
Qiz bola-da, otasini oʻzi qidirib topmoqchi boʻldi, uzoq qiyinchilikdan soʻng u haqidagi maʼlumotlarni qoʻlga kiritdi: otasi hozirda- kichkinagina tamaddixonaning xoʻjayini ekan.
Qiz chiroyli kiyinib, koʻrsatilgan tamaddixonaga kirib bordi.
Tamaddixona xoʻjayini-yaʼni otasi unga peshvoz chiqdi, qizni kibor xonimlardan deb bilib mulozamat qilgan boʻldi:
-Ohirgi paytlar, tamaddixonam nozik mehmonlar tez-tez tashrif buyuradigan goʻshaga aylanib boryapti, bundan kamina juda hursandman, kim oʻylabdi deysiz, bu yemakxonaga shunaqa mashhur odamlar tashrif buyuradi deb...
Qiz ajablanib savol berdi:
-Masalan kimlar tashrif buyurib turadi bu yerga?!
- Mashhur milliarder Stiv Jobs kunda- kunora shu yerga kelib kofe ichib ketadi- deb maqtandi yemakxona xoʻjayini...
Qiz shu yerda ortiq jim tura olmadi:
-Bilasizmi aslida Stiv Jobs kim?! U sizning oʻgʻlingiz boʻladi, men esa qizingiz...
Bir umr pul dardida oʻzini oʻtdan-choʻqqa urgan, bolalarini “boqolmasligi” sababli tashlab ketgan otaning ogʻzi lang ochilib qoldi.
Ha... Bu oʻsha mashhur Apple kompaniyasining asoschisi, suriyalik aspirant Abdulfattoh Jandali va nemis millatiga mansub talaba qiz Joan Shiblening farzandi, Pol Jobsning asrandi oʻgʻli, dunyoni oʻzgartirib yuborgan uchinchi olmaning egasi- Stiv Jobsning achchiq hayotidan bir lavhalar edi.



LINK👉 @iksvariant kanaliga ulaning!
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
Ustozimiz Abror Muxtor Aliy farzandlari vafot etibdilar. Alloh òzi Jannatlari bilan mukofaatlasin.
Assalomu alaykum qalbi qaynoq, koʻngli tongday oq va diydorga mushtoq Qalbdoshim!.. ☺️
Xayrli tong bilan kanalimizning samimiy, sadoqatda tengsiz, vafoda mislsiz muxlislari...🤗
Tong bu sizning tabassumingiz..😊
Tong - bu Orzu-Umid, hurmat ehtirom...

Tong - oʻzaro, cheksiz qadr qiymat..
Tong osoyishtalik, xotirjamlik, sogʻlik va Tinchlikni baxshida etguvchi kunning boshidir..
Ilohim, shunday Tonglar hayotimizda otaversin, ezgu ishlar roʻyobi amalga oshaversin, azizlar...
Xayrli tong bilan yana bir bor kanalimiz obunachilari...Bugungi kuningiz rejalari amalga oshishiga tilak bildirib...

@iksvariant👩‍💻🧑‍💻
Kimning g'ami qorniga kiradigan narsada bo'lsa, qiymati qornidan chiqadigan narsachalik bo'ladi.

© Abu Nuaym rahmatulloh


LINK👉 @iksvariant kanaliga ulaning!
😊 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh! 😊

Yana bir boshlangan yangi kun barchangizga xayrli bo'lsin! Ilm olish yo'lida aslo charchamanglar! Kuningiz mazmunli va barokatli bo'lsin!
Ilm yo'lini tutganlarning Olloh ilmini ziyoda qilsin 🤲 Amiyn!

Our greatest weakness lies in giving up. The most certain way to succeed is always to try just one more time.

Bizning eng katta ojiz tomonimiz tez taslim bo'lishimizda. Muvaffaqiyatga erishish uchun har doim shunchaki yana bir marta urinib ko'rish kerak

@iksvariant👩‍💻🧑‍💻
#misol
Olimpiada savoli

👉 @iksvariant