MATEMATIKA | Shomirza Asqarov – Telegram
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
1.08K subscribers
4.35K photos
349 videos
285 files
665 links
Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi

(Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)
Download Telegram
Qiziqarli masala
Balandligi 10 m bo’lgan simyog’ochga
shilliqqurt ko’tariliyapti. Shilliqqurt kunduzi 5m ko’tariladi, kechasi esa 4 m pastga tushadi.Necha kundan keyin shilliqqurt simyog’ochning uchiga chiqadi?
Anonymous Quiz
23%
10
46%
6
24%
9
7%
5
4🔥2
#qiziqarli
Komyuter davri boshlanishidan oldin NASA xodimlari tenglamalarni eski usulda – qo‘lda hisoblashlari kerak edi. Quyidagi rasmda matematiklar sun’iy yo‘ldosh orbitalarining tenglamalarini hisoblashmoqda.

👉 @iksvariant 🇺🇿
🤩11👍4
#problem
Ko'rsatilgan yo'nalishda ketma-ketliklar o'rinli bo'lsa, X+Z:Y ning qiymati qancha?

Javoblaringizni commentda qoldiring 😊

👉 @piramida_atm 🇺🇿
👍2
Milliy sertifikat @piramida_atm oxiri.pdf
547.5 KB
Milliy sertifikat savollari

Tarqatamiz🔥🔥🔥🔥

Yangilandi⚡️⚡️⚡️

❗️Manba (@piramida_atm ) ko'rsatilishini insofdan deb bilamiz!

👉 @piramida_atm 🇺🇿
👉 @matematik_ustoz 🇺🇿
#Milliy_sertifikat

Bugun Matematika fanidan bo’lib o’tgan Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etdim. Ba’zi mulohazalarimni sizlar bilan bo’lishmoqchiman.

1. Imtihonni yakshanba kuniga qo’yilgani, ma’qul ish bo’lgan. Chunki test topshiruvchilarni ishiga (ustozlarni) ta’sir qilmaydi.
(10/10 ball)

2. Imtihon vaqti soat 13:00 ga qo’yilgani biroz noqulay, chunki imtihon 150 daqiqa davom etishi va rasmiyatchiliklari bilan yana bir soat qo’shimcha davom etishini hisobga olsak, peshin vaqti o’tib ketib qoladi. Shuni hisobga olib peshin namozini o’qib bordim, ammo arang ulgurdim.
(7/10 ball)

3. Imtihonga kirishdagi tekshiruv.
Xuddiki o’ta mahviy, o’ta sir saqlanadigan obyektga kirgandek his qildim. Sababi, kiraverishda milliy gvardiya tomonidan tekshiruvdan o’tasiz. Yoningizdagi elektron jihozlarni imtihonga olib kirish noto’g’riligini tushunsa bo’ladi, ammo, o’zingiz bilan olib borgan oddiy ruchka, qalam, plastik karta, karman, mashina kaliti, tanga, uzuk tasbehni olib kirishga taqiqni umuman tushunib bo’lmaydi. Qaysi mantiqga ko’ra bu narsalar mumkin emasligi haqidagi savolga esa, oddiygina “buyruq shunday, ichki tartib”, deb javob berishligi esa yanada ajib. Yuqoridagi buyumlar bilan imtihon natijasiga qanchalik tasir o’tkazish mumkin, haligacha hayronman.
(3/10 ball)

4. Imtihonga masul nazoratchilarning muloqot madaniyati juda yaxshi. Har bir savolimizga muloyim va odob bilan javob qaytarishdi.
(10/10 ball)

5. Imtihon juda shaffof tarzda o’tdi. Hech qanday shubhali vaziyatlar kuzatilmadi.
(10/10 ball)

6. Ustozlarni alohida guruhlarga, o’quvchilarni alohida guruhlarga ajratilgani ham to’g’ri qaror bo’lgan.
(10/10 ball)

7. Savollar darajasi.
Eng muhim va e’tirozli jihati shu.
Umumiy savollar soni 45 ta. Ochiq va yopiq savollardan tashkil topgan.
Savollar saviyasi ancha murakkab. Deyarli barchasi 3-darajali, ba’zilari esa 4- darajali misollar. Berilgan vaqt ichida ushbu misollarni to’g’ri yechish ancha murakkab. Vaqt noto’g’ri taqsimlangan. Bu masalana qayta ko’rib chiqish kerak. Xalqaro standartlarga ham to’g’ri kelmaydi. Xuddiki atayin yiqitish uchun tuzulganday xulosaga olib keladi.
Men o’tirgan xonadagi 60 ta matematika fani ustozlaridan, menimcha 90% kerakli natijani bajara olmasa kerak. Olimpiadaga tayyorlangan abituriyentlar yoki ustozlargina o’z vaqtida bajara oladi.
Bu yerda muammo savollar qiyinligida emas, balki unga ajratilgan vaqtdadir.
(Savollar darajasiga: 9/10 ball
Belgilangan vaqtga: 6/10 ball)

8. Ham abituriyentlarga, ham ustozlarga bir hil darajadagi savollarni taqdim qilish ham noto’g’ri hisoblanadi. Bularni ikki turga ajratish kerak.
(9/10 ball)

9. Ushbu testdan so’ng, ustozlar uchun maxsus tayyorlov kursini yo’lga qo’yish kerakligi haqida o’ylab qoldim.
Insha Alloh bu ishni yaqin kelajakda boshlasak kerak. Duo qilib qo’yinglar.

Xurmat bilan
Hasanxo’ja Muhammad Sodiq.
👍312
Taqqoslang: a=3,(9). b=4
Anonymous Quiz
9%
a>b
46%
a=b
45%
a<b
👎19👍10
#mantiqiy #problem

Yig‘indilardagi qonuniyatni aniqlab, so‘roq ostidagi sonni toping
Javoblaringizni commentda qoldiring 🤔

👉 @iksvariant 🇺🇿
👍7
#misol #problem

Javobingizni aniq izohlab komentariyada qoldiring.

👉 @iksvariant 🇺🇿
👍1
#Foydalik Tub sonlar jadvali 1 dan 1000 ga cha

👉 @iksvariant 🇺🇿
Sondan uchdan birini va to‘rtdan birini ayrilsa 8 qoldi. Sonning o‘zini toping.
Anonymous Quiz
12%
16,3
25%
18,6
50%
19,2
12%
16
👍9
#problem #misol

Javoblaringizni commentda qoldiring 😊

👉 @iksvariant 🇺🇿
👎1
"ҲАЙИТ МУБОРАК БЎЛСИН!"

Дилда йўқ зарра исён,
Бахтга тўла ҳар бир он.
Азиз дўст-у, қадрдон,
Ҳайт муборак бўлсин!

Кўкдан тушиб фаришта,
Этар дилни саришта.
Шундай ёқимли, ҳуш дам,
Ҳайт муборак бўлсин!

Айтиб гўзал саловат,
Қалбда ширин ҳаловат.
Унутилмас гўзал вақт,
Ҳайт муборак бўлсин!

Зикр қилиб тилларда,
Шукр этинг дилларда.
Шундай ёруғ кунларда,
Ҳайт муборак бўлсин!

Қилмай сира нидолар,
Кўкка этинг дуолар.
Эй, мусулмон биродар,
Ҳайт муборак бўлсин!

Айтиб ширин сўзларни,
Кулдиринг ҳар юзларни.
Қутлаб қўяй сизларни,
Ҳайт муборак бўлсин!

Бу - умрнинг ҳуш дами,
Кўнгилларнинг малҳами.
Мусулмонлар байрами,
Ҳайт муборак бўлсин!

•Муслим Али
👍31
Geometriya – geometrik shakllar va ularning xossalari haqidagi fan.
Planimetriya – geometriyaning bo’limi bo’lib, u tekislikdagi geometrik shakllarning xossalarini o’rganadi.
Nuqta, to’g’ri chiziq va tekislik – geometriyaning asosiy tushunchalaridir.
Aksioma. Tekislikda qanday to’g’ri chiziq olinmasin, bu to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lgan nuqtalar ham, tegishli bo’lmagan nuqtalar ham mavjud.
Aksioma. Har qanday ikki nuqtadan faqat bitta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin.
Aksioma. Har bir to’g’ri chiziq tekislikni ikki bo’lakka. Ikkita yarim tekislikka ajaratadi.
Natija. Agar ikki to’g’ri chiziq kesishsa, ular faqat bitta nuqtada kesishadi
Aksioma. Bir to’g’ri chiziqda yotgan istalgan 3 ta nuqtaning faqat bittasi qolgan ikkitasining orasida yotadi.
Ta’rif. Kesma deb, to’g’ri chiziqning ikki nuqtasi va ular orasida yotgan nuqtalaridan iborat qismiga aytiladi.
Ta’rif. Nur deb, to’g’ri chiziqning biror nuqtasidan bir tomonda yotgan barcha nuqtalaridan iborat qismiga aytiladi.
Ta’rif. Teng shakllar deb, birini ikkinchisining ustiga aynan ustma-ust tushadigan qilib qo’yish mumkin bo’lgan shakllarga aytiladi.
Aksioma. Ixtiyoriy nurning ustiga uning uchidan boshlab, berilgan kesmaga teng yagona kesmani qo’yish mumkin.
Ta’rif. Kesmaning o’rtasi deb, uni o’zaro teng ikkita kesmaga ajratuvchi nuqtaga aytiladi.
Xulosa: Geometriyada o’lchash va taqqoslash ishlarini bajarish lozim: Ko’z aldashi mumkin!
Aksioma. Har qanday kesma 0 dan farqli tayin uzunlikka ega bo’lib, u musbat son bilan ifodalanadi.
Aksioma. Agar to’g’ri chiziqda B nuqta A va C nuqtalar orasida joylashgan bo’lsa, AC kesma uzunligi AB va BC kesmalar uzunliklarning yig’indisiga teng bo’ladi: AC=AB+BC
Ta’rif. Burchak deb, nuqta va undan chiquvchi ikki nurdan iborat shaklga aytiladi.
Ta’rif. Yoyiq burchak deb, tomonlari bir-birini to’ldiruvchi nurlardan iborat burchakka aytiladi.
Aksioma. Ixtiyoriy nurdan boshlab tayin yarimtekislikka berilgan yoyiqmas burchakka teng yagona burchak qo’yish mumkin.
Ta’rif. Burchak bissektrisasi deb uning uchidan chiqib, burchakni teng ikki burchakka ajtratuvchi nurga aytiladi.
Aksioma. Har qanday buchak tayin gradus o’lchoviga ega bo’lib, uning qiymati musbat son bilan ifodalanadi. Yoyiq burchakning gradus o’lchovi 180°ga teng.
Aksioma. Burchakning, burchak tomonlari orasidan o’tuvchi ixtiyoriy nur ajratgan burchaklar gradus o’lchovlarining yig’indisiga teng.
Ta’rif. Qo’shni burchaklar deb, bittadan tomonlari umumiy, qolgan tomonlari bir-birini to’ldiruvchi nurlardan iborat bo’lgan burchaklarga aytiladi.
Xossa. Qo’shni burchaklar yig’indisi 180°ga teng.
Ta’rif. Vertikal burchaklar deb, ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan va o’zaro qo’shni bo’lmagan burchaklar juftiga aytiladi.
Xossa. Vertikal burchaklar o’zaro teng.
Teorema. Agar qo’shni burchaklar o’zaro teng bo’lsa, ularning har ikkisi ham to’g’ri burchak bo’ladi.
Ta’rif. To’g’ri (90°li) burchak ostida kesishuvchi to’g’ri chiziqlar perpendikulyar to’g’ri chiziqlar deb ataladi.
Teorema. To’g’ri chiziqning ixtiyoriy nuqtasidan yagona perpendikulyar to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin.
Teorema. Bitta to’g’ri chiziqqa perpendikulyar bo’lgan ikki to’g’ri chiziq o’zaro kesishmaydi.
@iksvariant
👍52
😁9
Assalomu alaykum!
Boshlangan kuningiz hayrli boʻlsin.
12👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
To’rtta ketma-ket musbat toq sonlar va uchta ketma-ket juft sonlar yigindisi 118 ga teng.Juft sonlarning eng kichik sonini toping.
Anonymous Quiz
36%
32
20%
34
31%
36
8%
38
4%
40
👍1