MentorGO – Telegram
MentorGO
2.98K subscribers
79 photos
11 videos
1 file
83 links
Mentor — orzuingizdagi yo'lni bosib o'tganlar bilan birga rivojlaning!

👨‍💻 Mentorlik kurslari
👤 Individual konsultatsiya
🗃 Hujjatlarni tekshirib berish

📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @mentorgo_manager
Download Telegram
"Stipendiatlikka qadam" mentorlik kursiga qabul boshlandi!

MentorGO loyihasi sizlar uchun foydali bo'luvchi yana bir mentorlik kursi — nomdor stipendiyalarga tayyorgarlik va hujjat topshirish kursini taqdim etadi!

Mentorlik kursi tarkibi
➡️ Asosiy kontent oldindan yozib olingan videodarslar ko'rinishida
➡️ Ishtirokchilar hujjatlari alohida tekshirib, kerakli tuzatish va maslahatlar beriladi
➡️ Boshqa kerakli yordam va imtihonlarga tayyorlanish uchun manbalar taqdim qilinadi

👩‍🏫 Kurs bosh mentori - Mohiyaxon Uzoqova
📌
Prezident Stipendiyasi g'olibasi (2021-22 o'quv yillari)
📌 Birinchi xususiy stipendiya - Registon stipendiyasi g‘olibasi (2022)
📌 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” startap tanlovi respublika bosqichi g‘olibasi (2023)
📌 Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiya dasturi (NSP) g‘olibasi (2022);
📌 DAAD stipendiyasi yarim finalchisi (2022);
📌 Xorijliklar uchun “O‘zbek tili A2” darsligi va “Korpus lingvistikasi” o‘quv qo‘llanmasi hammualifi (2023);

Kurs narxi
— Videodarslar 299,000 so'm
— Videodarslar va 2 ta individual yordam 599,000 so'm

👉 Ro'yxatdan o'tish

Kursga yozilishga shoshiling! Ilk 5 ta o'quvchi uchun 5% chegirma mavjud!

#mentorlik #kurs #nomdor_stipendiyalar

💼 Telegram | Instagram | MentorGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍5🤩32
— ChatGPTdan foydalansam plagiarism sifatida ko'riladimi?

— ChatGPT yoki boshqa SI vositalaridan yozma ishlarda foydalanish plagiarism sifatida qaralmaydi. Lekin to'liq ular tomonidan yozilgan ish boshqa asosga ko'ra qabul qilinmasligi mumkin. U haqida gapirishdan oldin plagiarism nima ekanini bilib olishimiz kerak.

🔍 Plagiarism — bu boshqa yozuvchi, mualliflar ishidan o'z yozma ishingizda (xat, essey, kurs ishi, ilmiy ish...) original ishga havola bermasdan foydalanish. Ya'ni boshqa odam mualliflik ishini o'zlashtirib olish degani. O'zbek tiliga o'girilsa — ko'chirmachilik.

📱 ChatGPT va boshqa shu kabi SI vositalari yozgan ishlar mualliflik ishi hisoblanmaydi va (odatda) plagirasimga sabab bo'lmaydi. Albatta, uning boshqa odamlar ishlariga havola bermasdan yozgan ishidan foydalansangiz, siz plagirasimda ayblanishingiz mumkin.

❗️Lekin hozirgi vaqtda yozma ishlarni avtomatik tekshiruvchi Turnitin kabi vositalar ularni plagiarismdan tashqari AI detectordan ham o'tkazadi va yozma ish tahminan necha foizi AI orqali yozilganini ko'p holatda aniq ko'rsatib bera oladi.

Agar motivatsion xatlar, tavsiyanomalaringizda bu ko'rsatkich tahminan 40-50% dan oshib ketsa, unda bu ish qabul qilinmaslik ehtimoli mavjud. O'qish muassasalarida bu talab 20-30%, ilmiy ishlar uchun esa 20% dan kamroq deb olinishi mumkin. Albatta, bu yerda AI detector faqatgina ma'lumot berish uchun ishlatiladi, yakuniy qarorni esa mas'ul odamlar qabul qilishadi.

🔥 Ushbu postimiz 50 tadan ortiq reaksiya yig'sa keyingi safar "Esseylar uchun ChatGPTdan to'g'ri foydalanish" haqida post yozamiz

Muallif: Qudratxo'ja Musayev (@Musayev_blogi)

#blog #FAQ #savol_javob #AI #essaylar #motivatsion_xat #tavsiyanoma #ChatGPT

💼 Telegram | Instagram | MentorGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥102125👍4💯2🏆2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Stipendiyat bo'lish uchun maxsus kurs!

Yodingizda bo‘lsa, Prezident va nomdor davlat stipendiyalariga topshirish uchun maxsus tayyorgarlik kursi e’lon qilgandik. Kursimizda barcha bosqichlar qadam-baqadam, amaliy misollar bilan tushuntiriladi.

🔥 Keling, birgalikda kursda nimalar o‘tilishini ko‘rib chiqamiz:
✈️ Nomdor stipendiya talablari va imtiyozlari haqida batafsil ma'lumot
✈️ Shaxsiy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha to‘liq yo‘riqnoma: pasport nusxasi, obyektivka, reyting daftarchasi (Hemis tizimidan yuklab olish bilan)
✈️ Dekanat, kafedra mudiri va ilmiy rahbardan tavsiyanoma olish tartibi va namunalar
✈️ Ilmiy ishlar va ijtimoiy/ijodiy yutuqlar ro'yxatini tuzish, hujjatlashtirish bo‘yicha to‘liq ko‘rsatmalar
✈️ Tezis, ilmiy maqolani yozish bo'yicha ko'rsatmalar va konferensiya, jurnallar ro'yxati
✈️ Ilmiy risola, o‘quv qo‘llanma yozish, lug‘atlar tayyorlash, mualliflik guvohnomasi olish tartibi.

🔖 Kurs davomida siz tayyor hujjatlar namunalariga ega bo‘lasiz va har darsda mustahkamlovchi amaliy topshiriqlarni bajarasiz.

5% chegirma uchun atigi 3 ta joy qoldi.
Shoshiling, orzuingizdagi yo'lni bosib o'tganlar bilan birga rivojlaning!

👉 Ro'yxatdan o'tish

#mentorlik #kurs #nomdor_stipendiyalar

💼 Telegram | Instagram | MentorGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏4🔥32👍2
MentorGO pinned a photo
Tanishing! KOICA va Padua universiteti granti sohibi — Qodirbergan Qodirov

👨‍🎓 Qodirbergan Qodirov — Koreya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan KOICA grant dasturi (2023) g‘olibi va Italiya davlatining Padua universiteti (2023–2024) magistratura bosqichiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilingan. U ikki xalqaro imkoniyatlardan KOICA dasturini tanlagan.

Hozirda “Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi”da data analyst (ma’lumotlar tahlilchisi) lavozimida ishlaydi.

👨‍🏫 Mentorlik yo'nalishlari
IT, Data analyst (ma’lumotlar tahlili), magistratura, xalqaro dasturlar, umumiy mentorlik

💬 Yordam bera oladi
➡️ KOICA grant dasturiga ariza topshirish va tayyorgarlik
➡️ Yevropa davlatlarida magistratura bosqichiga hujjat topshirish
➡️ Koreyada o'qish, universitet tanlash va universitet grantlari
➡️ IT sohasi va xalqaro loyihalarda ishtirok etish

Ayni paytda KOICA grantiga arizalar qabuli ochiq — Qodirbergan Qodirovdan yordam olishga shoshiling!

Individual maslahat olish

#KOICA #Padua #Italiya #Koreya #magistratura #grantlar #IT

💼 Telegram | Instagram | MentorGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍4🔥4👏2🎉1
Forwarded from GrantGO
🤩 KOICA grant dasturi haqida ovozli suhbat

KOICA Scholarship Program — Koreya hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtiriladigan grant dasturi bo‘lib, magistratura va doktorantura bosqichlarida oyiga $872 stipendiya, safar va sug‘urta xarajatlari qoplangan holda o'qish imkonini beradi.

Suhbat davomida:
– KOICA dasturi haqida batafsil ma’lumot
– Asosiy talablar bilan tanishish
– Hujjat topshirish jarayoni
– Intervyuga tayyorgarlik va tavsiyalar

👨‍🎓 Qodirbergan Qodirov — KOICA grant dasturi (2023) g‘olibi, hozirda Raqamli texnologiyalar vazirligida ma’lumotlar tahlilchisi (data analyst) sifatida faoliyat yuritadi.

📍 @grantgouz kanali
🗓 10-iyun (seshanba), soat 20:30

#toʻliq_grantlar #KOICA #Koreyada_oʻqish

Telegram | YouTube | Mentorlik
15👍4🔥4👏2
🇩🇪 DAAD mentorlik kursi qabuli boshlandi!

Yuzga yaqin o'quvchi qatnashgan va yigirmaga yaqin g'oliblarni tayyorlagan DAAD granti uchun mentorlik kursimizning 4-mavsum qabulini boshlaymiz.

Kurs mentori: Qudratxo'ja Musayev
➡️ DAAD va Irlandiya Hukumati grantlari g'olibi
➡️ Chevening, Fulbright grantlari yarim finalchisi
➡️ Mentorlikda 5+ yillik tajriba va 50 dan ortiq g'oliblar

Kurs tarkibi
➡️ Grantlarda g'oliblik asoslari
➡️ DAAD grantlari haqida to'liq ma'lumot
➡️ Mos universitet qidirish va tanlash
➡️ Kerakli hujjatlar namunalari va jonli tahlillari
➡️ Karyera uchun to'g'ri reja tuzish

Natijalar (uch mavsum)
🤩 30 dan ortiq yarim finalchi
🏆️ 20 nafar g'olib
🤝 Qo'shimcha o'nga yaqin g'oliblarga intervyuda yordam

Narx va chegirmalar
💳 DAAD kursi narxlari

Murojaat va ro'yxatdan o'tish
👉️️️️ @mentorgo_sarvinoz

Shoshiling! Birinchi o'n nafar o'quvchiga 10% chegirma beriladi

#DAAD #magistratura #Germaniya #mentorlik

💼 MentorGO| GrantGO | EventGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥3👏3👍2😢1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Natija: Murodullo Turdiyev o'z orzusidagi universitetga qabul qilindi!

Qudratxo'ja Musayev mentorligidagi "Universal mentorlik kursi" o'quvchisi Murodullo Turdiyev Marketing yo'nalishida dunyoda 7-o'rinda turuvchi University of Warwick magistratura bosqichiga qabul qilindi.

👨‍🏫 Mentor fikri:
Murodullo bakalavrni iqtisod yo'nalishida o'qiganiga qaramasdan o'z qiziqishi va kuchli tomoni marketingda ekanini erta anglab yeta olgan. Eng muhimi bu borada kerakli bilim va tajriba to'play olgan. Murodullo eng katta yutug'i shunda deyish mumkin.

Kursda esa u bilan asosan ana shu qiziqish, maqsad va rejalarini CV, tavsiyanoma va motivatsion xatlarda qanday ochib berish ustida ishladik.

Murodullo o'z kelajagi uchun harakat qilishda dangasalik qilmagani sababli ham yuqoridagi natijaga erisha oldi deb ayta olaman.


Kurs haqida batafsil
👉 Universal Mentorlik Kursi

Kelajagingizni o'z qo'llaringiz bilan qurishni o'rgatamiz!

#magistratura #natija #universal_mentorlik_kursi

💼 Telegram | Instagram | Vebsayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉116👏5👍3🔥2🏆1
MentorGO pinned «🇩🇪 DAAD mentorlik kursi qabuli boshlandi! Yuzga yaqin o'quvchi qatnashgan va yigirmaga yaqin g'oliblarni tayyorlagan DAAD granti uchun mentorlik kursimizning 4-mavsum qabulini boshlaymiz. Kurs mentori: Qudratxo'ja Musayev ➡️ DAAD va Irlandiya Hukumati grantlari…»
🇩🇪 DAAD grantlari haqida savol-javob sessiyasi

Tez orada Germaniyaning eng nufuzli DAAD grantiga asosiy qabullari ochiladi. Unga bo'lgan qiziqish esa har qachongidan ham yuqori. Shu sababli sizlar bilan DAAD grantlari haqida savol-javob sessiyasi o'tkazishga qaror qildik.

Kimlar uchun?
➡️Germaniyada magistratura va PhD bosqichida o'qimoqchi bo'lgan
➡️DAAD grantiga topshirishni reja qilgan
➡️Bakalavr so'nggi kurs talabalari, bitiruvchilar, magistrlar

Sessiya davomida
➡️DAAD granti haqida sizda mavjud savollarga javoblar
➡️Qo'shimcha tavsiya va maslahatlar

Mentor
👨‍🏫 Qudratxo'ja Musayev — DAAD (2022) granti g'olibi, 5+ yillik tajribaga va 20 dan ortiq g'oliblarga yo'l ko'rsatgan mentor, @Musayev_blogi kanali muallifi

📍 @DAAD_Community
📅 13-iyul, Yakshanba 20:00

#Germaniya #DAAD #magistratura #PhD

💼 Telegram | Instagram | MentorGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍3🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Muhammadjon Mamitaliyev kursimizda qatnashib DAAD granti g'olibiga aylandi!

🧑‍🎓 Muhammadjon bu yildan Germaniyaning Bon universitetida Agro Iqtisodiyot yo'nalishida DAAD stipendiyasi g'olibi sifatida magistratura bosqichini davom ettiradi.

🇩🇪 U o'tgan mavsum "DAAD mentorlik kursi"da ishtirok etib g'oliblikni qo'lgan kiritgan 6 o'quvchidan biri. Kurs mentori Qudratxo'ja Musayev ularga to'g'ri maqsad atrofida hujjatlar tayyorlashdan tortib suhbatdan o'tishgacha jarayonlarni darslar orqali batafsil tushuntirib o'tgan va tayyorlangan har bir hujjat ustida individual tarzda ishlangan.

👨‍🏫 Mentor fikri:
Muhammadjon o'zi o'qigan universitetning O'zbekistondagi eng birinchi bitiruvchilaridan bo'lgani uchun unda DAADga topshirishdan oldin juda katta ikkilanishlar bor edi: universitetim to'g'ri keladimi, diplomim qabul qilinadimi, g'olib bo'lish imkonim bormi kabi.

Undagi savollarga menda ham aniq javob bo'lmagani bilan javobim har doimgidek edi – "Imkon faqat harakat qilib ko'rganlarda bor". Muhammadjon ana shuni yodda tutgan holda darslarni diqqat bilan o'rganib chiqdi va e'tiborini o'z maqsadlari, rejalari va potensialini hujjatlarda ochib berishga qaratdi.

Natija esa yakunda biz kutganimizdan ham yaxshiroq bo'ldi. G'oliblik bu qaysidir stipendiyani yutish yoki chetda o'qish emas. O'z hayoti va orzulari uchun hech narsaga qaramasdan harakat qila olgan odam haqiqiy g'olib.


Kurs haqida batafsil
🎓 DAAD mentorlik kursi

MentorGO kelajagingizni o'z qo'llaringiz bilan qurishni o'rgatamiz!

#magistratura #natija #DAAD_mentorlik_kursi #fikrlar

💼 Telegram | Instagram | Vebsayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥5👏3👍1🎉1🏆1
Tanishing! Erasmus Mundus va Erasmus+ almashinuv dasturlari g'olibasi — Muxlisa Bahromova!

👩‍🎓 Muxlisa Bahromova Erasmus Mundus Master in Law and Economics (EMLE) dasturiga qabul qilingan va Erasmus Mundus (2025) stipendiyasini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Germaniyaning Saarland universitetida Erasmus+ almashinuv dasturi orqali 2024–2025 o‘quv yilida to‘liq moliyalashtirilgan holda tahsil olgan. 2023-yilda Polshaning Gdansk universitetida 1 semestr davomida almashinuv dasturida ishtirok etgan.

👩‍🏫 Mentorlik yo‘nalishlari
Huquq, davlat boshqaruvi, grant va stipendiyalar, almashinuv dasturlari, umumiy mentorlik

💬 Yordam bera oladi
➡️ Erasmus Mundus (EMLE) va Erasmus+ almashinuv dasturlariga hujjat topshirish va tayyorgarlik
➡️ AQSh va Yevropa universitetlarida grant asosida magistratura bosqichiga o‘qishga kirish
➡️ Motivatsion xat, CV va tavsiyanomalarni yozishda yo‘l-yo‘riq berish
➡️ Yuridik va iqtisodiy sohalariga ilmiy-amaliy tajriba
➡️ Liderlik tashabbuslarini yaratish va yuritish

▶️ Individual maslahat olish

#Erasmus #Polsha #Germaniya #huquq #almashinuv_dasturlari #mentorlik

💼 Telegram | Instagram | MentorGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1611👍6👏4
Grant yutish imkoniyatim qanday? DAAD savol-javob sessiyasi

"Menda mana shunday natijalar bor. Agar bu grantga topshirsam, yutish imkoniyatim qanday?"

Yuqoridagi savolga hozirgacha javob berishni yoqtirmayman. Sababi oldindan kimningdir imkoniyatini aytish qiyin va noto'g'ri. Lekin o'ylab ko'rsam eng kamida kamchiliklari va kuchli tomonlari haqida aytib bera olar ekanman.

🔥 Ertaga aynan mana shu mavzuda savol-javob sessiyasi o'tkazmoqchiman!

Chat davomida DAAD granti uchun harakat qilayotgan va oldindan ro'yxatdan o'tgan 10 ta nomzod kuchli va kuchsiz tomonlarini baholab beraman. Formani eng birinchilardan va batafsil to'ldirgan nomzodlarni tanlab olaman.

Baholanish uchun aynan siz tanlanmasangiz ham savol-javoblardan o'zingizga xulosalar olishingiz mumkin bo'ladi.

Mentor
Qudratxo'ja Musayev - Magistratura uchun toʻliq qoplanuvchi Irlandiya Hukumati Granti - GOI-IES (2022) va DAAD (2022) grantlari gʻolibi. DAAD granti bo'yicha 4 yilllik mentorlik tajribasi ega va 20 dan ortiq g'oliblarga yordam bergan.

📆 7-sentabr 2025 (yakshanba)
@DAAD_Community
💰 Bepul

👉 Ro'yxatdan o'tish

❗️Chat yozib olinmaydi. O'tkazib yubormaslik uchun unda jonli qatnashing!

#DAAD #magistratura #Germaniya #mentorlik #masterclass

💼 MentorGO| GrantGO | EventGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍4🔥3👏2
🇪🇺 Ko'pchilik kutgan Erasmus Mundus stipendiyasi mentorlik kursi!

📣 Magistratura bosqichini Yevropaning bir necha davlatlarida o'qish imkonini beruvchi Erasmus Mundus stipendiyasi uchun mentorlik kursimizga qabulni ochiq deb e'lon qilamiz.

🤝 Bu mavsum kursimiz ikki tajribali mentor - Furkat Gafurov va Qudratxo'ja Musayev tomonidan olib boriladi va sizga dasturga hujjat topshirish va g'olib bo'lishda to'liq yo'l-yo'riq va ko'rsatmalar beriladi.

Kurs tarkibi
➡️ Erasmus Mundus dasturlari bo'yicha maxsus haftalik onlayn darslar
➡️ Magistratura grantlari bo'yicha Universal mentorlik kursi to'liq video darslari
➡️ Hujjatlarni tekshirish va yo'nalish tanlash uchun individual sessiyalar

Kurs mentorlari
🎓️ Furkat Gafurov — Erasmus Mundus PERCCOM dasturi g’olibi (2016-2018), KAIST granti yarim finalchisi (2016). Oʻttizdan ortiq talabalarga dasturga topshirish va oʻndan ortiq g'oliblikda yordam bergan.

🎓️ Qudratxo'ja Musayev — magistratura bosqichi uchun Irlandiya hukumati va DAAD granti g'olibi. Magistraturga grantlarida 300 dan ortiq o'quvchilar va 50 dan ortiq grant g'oliblari mentori

Kurs narxi
▶️ Narx haqida batafsil

🔥 Birinchi 10 ta o'quvchiga to'lov summasidan 10% chegirma mavjud!

Murojaat va savollar
✍️ @mentorgo_sarvinoz

Shoshiling! Onlayn darslar 13-dekabrdan boshlanadi

#Erasmus #ErasmusMundus #Yevropa #magistratura #mentorlik #toʻliq_moliyalashtiriladi

💼 MentorGO| GrantGO | EventGO
🔥12👍73👏3🎉1🗿1
MentorGO pinned «🇪🇺 Ko'pchilik kutgan Erasmus Mundus stipendiyasi mentorlik kursi! 📣 Magistratura bosqichini Yevropaning bir necha davlatlarida o'qish imkonini beruvchi Erasmus Mundus stipendiyasi uchun mentorlik kursimizga qabulni ochiq deb e'lon qilamiz. 🤝 Bu mavsum kursimiz…»
🇹🇷 Turkiya Burslari mentorlik kursi yangi ruhda!

🎯 Yangi yildagi maqsadlaridan biri Turkiya davlatida o'qish bo'lganlar uchun nufuzli Turkiya Burslari grantiga tayyorlovchi mentorlik kursimizni e'lon qilamiz.

Kurs tarkibi
➡️ Turkiya Burslari granti haqida to'liq ma'lumot beruvchi 2 oylik onlayn darslar
➡️ Universitet tanlash, hujjatlar tayyorlash va boshqa savollar bo'yicha guruh yordami
➡️ Hujjatlar to'g'ri tayyorlangani va ma'lumotlar to'g'ri to'ldirilganini tekshirish uchun individual sessiyalar

Kurs mentori
🎓️ Jamshid MurodboevTürkiye Bursları (2023) g‘olibi. 3 yillik mentorlik tajribasi davomida ko‘plab talabalarga xalqaro grantlar yutishga yordam bergan. Erasmus+ almashinuv dasturi asosida Finlandiya va Vengriya universitetlarida Business Management yo‘nalishida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritgan.

Kurs narxi
👉 Narx haqida batafsil

🔥 Birinchi 5 ta o'quvchiga to'lov summasidan 10% chegirma mavjud!

Murojaat va savollar
✍️ @mentorgo_sarvinoz

Shoshiling! Darslar 10-yanvardan boshlanadi

#Turkiya #TurkiyaBurslari #bakalavr #magistratura #mentorlik #toʻliq_moliyalashtiriladi

💼 MentorGO| GrantGO | EventGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4👍3👏2
📣 Jamoamizga grafik dizayner xizmati qidirilmoqda!

🎨 Loyihalarimizning ijtimoiy tarmoqlarida yagona vizual uslub yaratish maqsadida tajribali yoki o'z ishiga usta xavaskor grafik dizaynerlar xizmatlarini qidirmoqdamiz!

Talablar
➡️ Grafik dizayn sohasida professional tajriba va portfolioga ega bo'lish
➡️ MentorGO va GrantGO loyihalari ijtimoiy tarmoqlari uchun umumiy stilistika ishlab chiqish
➡️ Ushbu havoladagi talablar va loyihalar tarixini o'rganib chiqish
➡️ Qo'shimcha takliflar va maslahatlar bera olish
➡️ Tuzatishlar va o'zgarishlar kiritish uchun ochiqlik

Taklifimiz
➡️ Xizmat uchun oldindan kelishilgan holda bir martalik raqobatbardosh haq
➡️ Ish sifati va narxidan kelib chiqqan holda keyinchalik doimiy hamkorlik taklifi
➡️ Portfoliongizni ta'limda ko'zga ko'ringan loyihalar ishi bilan boyitish

📥 Biz qidirayotgan odam ekaningizga ishonsangiz rezyume va portfoliongizni @JanobMusayev ga yuborishingiz mumkin.

Agar yuqoridagi AI yordamida qilingan posterni ko'rishingiz bilan ko'zlaringiz og'rib, o'zgartirib tashlashni xohlagan bo'lsangiz demak bizga kerak odamsiz 😁

💼 GrantGO | MentorGO | EventGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72😁2